Mavzu: XIX asrning II yarmi – XX asr boshlarida Xiva xonligida tarixnavislik Mundarija: Kirish 2 I bob. Xiva xonligi tarixining mahalliy tarixchilar va xorijlik olimlar tomonidan o‘rganilishi 7


Download 226.5 Kb.
bet3/9
Sana22.04.2023
Hajmi226.5 Kb.
#1379793
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Xiva xonligida tarixnavislik

Mavzuning maqsad va vazifalari. Ushbu Kurs ishining asosiy maqsadi – Xiva xonligining XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr 20 – 30 yillari davri tarixi tarixshunosligida xonlikning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy ahvoli masalalarining qay darajada yoritilganini ko‘rsatib berish, muammo bilan bog‘liq yangi ma'lumotlarni ilmiy muomalaga kiritish, mavjud tadqiqotlardagi tarixiy ma’lumotlarni qiyosiy tahlil qilib, ilmiy jihatdan umumlashtirishdan iborat.

Mavzu yuzasidan oldiga qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilab olindi:



  • Xiva xonligining XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr 20-30 yillarida siyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy ahvolining mahalliy va xorijiy olimlarlar asarlarida yoritilishini o‘rganish va qiyosiy tahlil qilish;

  • Xiva xonligining XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr 20-30 yillari davri tarixining sovet tarixshunosligidagi talqinini o‘rganish, asosiy nazariya va yondashuvlarni tahlil qilish hamda umumlashtirish;

  • mustaqillik yillari tadqiqotlaridagi muammoga oid yangi konsepsiya va yondashuvlarni o‘rganish,tarixchilar tadqiqotlarining qiyosiy tahlili orqali xulosa chiqarish;

Tadqiqotning obyekti va predmeti. Tadqiqotning obyektini Xiva xonligining XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr 20 -30 yillari davri tarixi, tadqiqotning predmetini XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr 20-30 yillarida xonlik tarixining o‘rganilish darajasi tashkil qiladi.
I bob. Xiva xonligi tarixining mahalliy tarixchilar va xorijlik olimlar tomonidan tomonidan o‘rganilishi
1.1 Mahalliy tarixchilar asarlari xonlikning manbasi sifatida
O‘zbekiston mustaqilligining ilk paytlaridanoq asl manbalarga tayangan holda, chuqur ilmiy tahlil, yaxlit bir konsepsiya asosida xalqning haqqoniy tarixini yaratish vazifasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Zero, tarixiy voqelikni haqqoniy va to‘laqonli aks ettirishning zarurshartlaridan biri birlamchi manbalardan foydalanish, ularni ilmiy iste'molga kiritish hisoblanadi.3
Xiva xonligining Qo‘ng‘irotlar sulolasi davri tarixini o‘rganishda yozma ma'lumotlar muhim ahamiyatga ega. Xonlik tarixi bilan bog‘liq ma'lumotlar asosan Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy (“Riyoz ud-davla”, “Zubdat ut-tavorix”, “Jome' ul-voqeoti sultoniy”, “Gulshani davlat”, “Shohid ul-iqbol”) va Muhammad Yusuf Bayoniy (“Shajarayi Xorazmshohiy”, “Xorazm tarixi”), Sayyid Homid To‘ra Kamyob (“Tavorix ul-xavonin”) singari xivalik tarixchilar asarlarida qayd qilingan bo‘lib, ular XVII asrda Abulg‘oziy Bahodirxon boshlab bergan tarixnavislik ilmini davom ettirganlar, hamda rivojlantirganlar. Ushbu mualliflar o‘zlaridan oldin o‘tgan va zamondoshlari asarlaridan ham foydalangan xolda,voqea-hodisalarga o‘zlarining fikr-mulohazalari, tanqidiy yondashuvlarini bildirganlar.Ogahiy,Bayoniy va Kamyobning tarixiy asarlari faktik ma'lumotlarning ko‘pligi va aniqligi jihatidan katta ahamiyat kasb etadi.Rus olimi akademik V.V. Bartold Munis va Ogahiy asarlarini adabiy- tarixiy asarlar deya ta'kidlagan. Olimning ushbu fikriga qo‘shilgan xolda shuni aytish mumkinki, Ogahiy, Bayoniy va Kamyob asarlarida tarixiy voqealar bayon etilib, faktik ma'lumotlar keng o‘rin olgan bo‘lsada, bayon etish usuli adabiy ekanligi ko‘rinadi. Ma'lumki, Xiva xoni Eltuzarxon tashabbusi bilan Munisga Xorazm tarixini yozish ishi topshirilgan. Ogahiy tomonidan yakunlangan ushbu “Firdavs ul-iqbol” asarining ahamiyati shundaki, asardan Xiva xonligining qariyib 300 yillik (1511 – 1825) tarixi, shu davr mobaynida istiqomat qilgan turli etnik guruhlarning ijtimoiy-siyosiy hayotda tutgan o‘rni, yer egaligi, soliq va majburiyatlar, ichki va tashqi savdo, diplomatik aloqalariga oid ma'lumotlar o‘rin olgan. Ayniqsa, Qo‘ng‘irot urug‘larining Xorazm hududiga kelib joylashishi, bu urug‘ vakillarining Xorazmdagi siyosiy voqealarda muhim ro‘l o‘ynay boshlaganlari tarixi hamda xonlik taxtiga erishish yo‘lida qilgan tadbirlari bayon qilingan.Ogahiy yashagan davrda Xivada yetti marta xon almashgan, muallif ularning faoliyati davrida bo‘lgan tarixiy voqealarni bayon etuvchi beshta tarixiy asarlarini yozishga muvaffaq bo‘lgan. Jumladan, Olloqulixon hukmronligi davrini (1825 – 1843) yorituvchi “Riyoz ud-davla” (“Saltanat bog‘lari”) asari shular jumlasidandir. Ushbu manbaning qimmati shundaki,unda Olloqulixon davrida yuz bergan voqealar, ichki va tashqi savdo, diplomatik aloqalar, xalqning turmush tarzi, madaniyati, mamlakatda hukm surgan diniy ahvol keng yoritilgan.4 Ogahiyning tarixlar sarasi yoki tarixlar qaymog‘i nomini olgan “Zubdat ut-tavorix” asari Xiva xoni Rahimqulixon saltanati voqealarini(1843 – 1846) tasvirlaydi. Ushbu asar ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qism Rahimqulixonning tug‘ilishidan boshlanib, diniy, dunyoviy va harbiy ilmlarni egallashi, Hazorasp hokimi sifatidagi faoliyati, hamda xonlik taxtiga chiqquniga qadar bo‘lgan voqealar, ikkinchi qismda xonning taxtga chiqqandan vafotigacha bo‘lgan voqealarni o‘z ichiga oladi. Ushbu asar 2009 yilda Rashid Zoxid muharrirligida nashr qilindi.Tadqiqotchi Nurboy Jabborov uni nashrga tayyorlab, asarni so‘z boshi, lug‘at,izoh va ko‘rsatkichlar bilan ta’minlagan. Bu esa, tabdilning ilmiy ahamiyatini oshiradi. Yuqorida berilgan dalillar asosida ushbu bo‘limga quyidagi xulosalarni qayd qilish mumkin:
– mahalliy tarixchilar asarlarida Xiva xonligining siyosiy,ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy ahvoli xususida ma'lumotlar mavjud.Ushbu asarlarda ma'lumotlar sohalar bo‘yicha emas, balki xronologik tartibda joylashtirilgan. Shu tufayli ushbu asarlarni biz “Xiva solnomalari” deb atashimiz mumkin;– saroy tarixnavislari Xiva xonlarining qo‘shni xalqlarning yer-suvlarini, mol- mulkini xonlikka tortib olish siyosatini qo‘llab-quvvatlab yozganlar, ularning milliy ozodlik va mustaqillik uchun olib borgan harakatlarini ma'qullamaganlar. Bu asarlarda qo‘shni xalqlar sha'niga aytilgan “tug‘yonkor”, “isyonkor”, “avbosh” “noshukur” kabi atamalarning uchrashi, ularning o‘z faoliyatini xon boshqaruvi siyosati bilan uzviy bog‘lab,hukmdorlar manfaatlariga mos qilib talqin qilishga majbur bo‘lganliklari kuzatiladi;
Xiva xonligi XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Xorazm tarixnavislik maktabi o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga ko‘tarildi. Shu tufayli xonlikda tarixchi, shoir va tarjimonlar jipslashib, ularning tarixiy va adabiy asarlari bir yerga to‘plangan holda, ulardan nusxalar ko‘chirilganini, ko‘p sonli manbalar sharq tillaridan o‘zbek tiliga tarjima qilinganini tarixnavislar Ogahiy, Bayoniy va Kamyob misolida ko‘rish mumkin; Bayoniyning “Shajarayi Xorazmshohiy” asarida rus qo‘shini tomonidan xonlikning katta harbiy kuch yordamida bo‘ysundirilishi manzarasi keng yoritilgan bo‘lib, unda muallifning rus zobitlariga nafrati, xalqqa nisbatan achinish tuyg‘ulari ifodalangan. Ogahiy, Bayoniy va Kamyob tomonidan yaratilgan tarixiy asarlar qanchalik kamchiliklarga ega bo‘lmasinlar, Xiva xonligining Qo‘ng‘irotlar sulolasi davri siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotini yorituvchi o‘zbek tilidagi asosiy manba hisoblanib, ilmiy ahamiyatini va qimmatini saqlab kelmoqda.



Download 226.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling