Mavzu: XIX asrning II yarmi – XX asr boshlarida Xiva xonligida tarixnavislik Mundarija: Kirish 2 I bob. Xiva xonligi tarixining mahalliy tarixchilar va xorijlik olimlar tomonidan o‘rganilishi 7
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi
Download 226.5 Kb.
|
Xiva xonligida tarixnavislik
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Ilmiy adabiyotlarning tarixshunoslik tahlili shuni ko‘rsatadiki, Xiva xonligining XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr
20-30 yillari davri tarixshunosligi shu kunga qadar maxsus o`rganish obyekti sifatida alohida tadqiq etilmagan. Xiva xonligi tarixi va tarixshunosligiga XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asrning 20-30 yillariga oid mahalliy tarixchilardan Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy “Zubdat ut- tavorix” “Shohid ul-iqbol” va Muhammad Yusuf Bayoniy “Shajarayi Xorazmshohiy”, “Xorazm tarixi”, Sayyid Homid To‘ra Kamyob “Tavorix ul- xavonin” nomli birlamchi manbalarda muarrixlarning o`zi tarix jarayonida yuz bergan voqeotlarni ko`rib, eshitib yozganligi bilan qimmatlidir. Sovet davrida bu yo‘nalishdagi dastlabki tadqiqotlar P.P. Ivanov va M.Y. Yo‘ldoshevga tegishli bo‘lib, tadqiqotchilar Xiva xonlari arxivi hujjatlaridagi ma'lumotlarni o‘rganganlar va nashr etganlar. Ushbu tadqiqotlarning so‘z boshisida tarixshunoslik tahlili berilgan. Bundan tashqari, asarga hujjatlar, ularga berilgan izohlar va ko‘rsatkichlar ham kiritilgan. B.V.Lunin tomonidan esa, rus sharqshunosligida O‘rta Osiyo xonliklarining o‘rganilishi, rossiyalik tadqiqotchilar olib borgan izlanishlar natijalari va tahliliy fikrlari taqdim etilgan. XX asrning 70-yillariga kelib, Xiva xonligining XIX asr ikkinchi yarmi XX asr 20-30 yillari davri ijtimoiy-iqtisodiy sohalariga oid masalalar umumlashma tadqiqotlarda, ilmiy adabiyotlarda o‘z aksini topgan. Xususan, “Qadimgi Xorazm” deb nomlangan monografiyaning kirish qismida mavzu tarixshunosligining umumiy sharhi, shu jumladan, Xiva xonligining Qo‘ng‘irotlar sulolasi davri ijtimoiy-iqtisodiy sohalarining o‘rganilish darajasi yoritilgan. Shunga ko‘ra, sovet tarixshunosligida Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoni bosib olish imasalasi XX asrning 20-30 yillarida “mutlaq jaholatdir”, 30 - 40 yillarda “qisman jaholatdir”, 50-yillarning boshlarida “Rossiyaga qo‘shib olinishi progressiv fakt bo‘lgan edi”, deb talqin qilingan. Ushbu muammo bilan shug‘ullangan olimlar “bosib olish” atamasini rad etgan holda, “o‘z ixtiyoriga ko‘ra qo‘shib olinishi” atamasini qo‘llay boshlaganlar. 60–80- yillarning birinchi yarmiga kelib,tadqiqotlarning muammoviy doirasi kengayib, Xiva xonligining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayotining ko‘pgina masalalarini o‘rganish kabi vazifalarni qo‘ygan va ular bir qator tadqiqotlarda hal qilingan bo‘lsa, 80-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab, “ko‘rsatma bilan ishlash” prinsipi o‘rniga tarixiylik prinsipining tiklana borishi bilan, Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoni bosib olishi masalasi, davlatchilik tarixi, mustamlaka va sovet hokimiyati boshqaruv tizimi mohiyatini aniqlash kabi masalalarni o‘rganishga e'tibor kuchaygan14. Xiva tarixi manbalarini o‘rganishda xorijlik sharqshunos olimYu.Bregel tadqiqotlari muhim o‘rin egallaydi. Tadqiqotchi Ogahiylarning “Firdavs ul- iqbol” asarining tanqidiy matni nashr qilingan. Asarning so‘z boshisida mavzu tarixshunosligi berilgan bo‘lib,muallif asarning qay darajada o‘rganilganligiga asosiy e'tiborini qaratgan. Ushbu asarning ingliz tiliga tarjima qilinishi xorijiy tadqiqotchilarning ham undan foydalanishiga imkon yaratdi. Jumladan, ingliz tarixshunosligida Xiva xonligiga oid ma’lumotlar hajmi kengayib, asarlar soni ko‘paydi. Bu davrda faoliyat ko‘rsatgan M. Xoldsvort, Uiler, Allworth, Rambaud, Qrauset va boshqalar Xiva xonligi tarixi masalalariga ham o‘zlarining munosabatlarini bildirishgan. Mustaqillikdan keyin nashr qilingan bir qator to‘plamlardan Xiva xonligi tarixshunosligiga oid maqolalar o‘rin olgan. Jumladan, “O‘zbekistonda tarix fani: yutuqlar va rivojlanish muammolari” to‘plamida O.G. Pugovkina, U.A. Abdurasulov, M.U. Qayumovlar tomonidan Xiva xonligining Qo‘ng‘irotlar sulolasi davri tarixining tarixshunoslikdagi talqini, Rossiya tarixshunosligida Xivaga yurishning yoritilish masalalari yangicha yondashuvlar asosida yoritilgan. E.E. Karimovning Xiva qozilik hujjatlari va xon yorliqlari tavsifini o‘zida mujassamlashtirgan asariga doir muhim ma'lumotlar mavjud. Jumladan, Q. Munirov asarida Xiva xonligining XVII – XX asr boshidagi tarixi,Ogahiy, Kamyob, Bayoniyning tarixiy asarlari mazmuni tahlil qilingan va bu asarlarning O‘rta Osiyo xalqlari tarixini o‘rganishdagi ahamiyati ko‘rsatilgan.G‘.A. Ahmadjonovning tadqiqotlari mazmuni Rossiya imperiyasining Turkistondagi mustamlakachilik siyosati tarixi va tarixshunosligiga bag‘ishlangan bo‘lib, ushbu tadqiqotlar o‘rganilayotgan muammoni tahlil etishda nazariy asos bo‘la oladi. XIX – XX asr boshlaridagi Xiva xonligining tarixiga oid ma'lumotlar nomzodlik dissertatsiyalarida ham keng o‘rin olgan. Jumladan,O. Masalieva tadqiqotida e'tiborini Xiva xonligi tarixining XX asr xorijiy tarixshunosligida o‘rganilishiga qaratsa, U.A. Abdurasulov tadqiqotida Xiva xonligidagi yer munosabatlari masalalarining o‘rganilish darajasi ilmiy tahlil etilgan. Xiva xonligining XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr 20-30 yillari davri siyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy ahvolining ayrim masalalariga oid asarlar va tadqiqotlar mavjudligiga qaramasdan, Xiva xonligining davlatchilik muammosi tarixshunoslik nuqtai nazaridan hozirga qadar yaxlit tarzda jamlab tahlil etilmagan va tarixshunoslik fanida o‘z yechimini kutayotgan muammolar sirasini tashkil qiladi. Download 226.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling