Mavzu: XIX-XX asir boshlarida Janubiy Sharqiy osyo mamlalkatlari Reja
Kurs ishining maqsad va vazifalari
Download 93.39 Kb.
|
Mavzu Janubi-Sharqiy Osiyoning qadimgi davr arxeologiyasi-fayllar.org
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasidagi mamlakatlarning arxeologiyasini to’la-to’kis ochib berishdan iborat.
1. Janubi-Sharqiy Osiyo haqida umumiy ma’lumot. Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi – Ushbu jamlanma Osiyo qit’asinig janubi-sharqida joylashgan oʻn mamlakatni birlashtirgan iqtisodiy va siyosiy tashkilot sifatida jahon hamjamiyatida muhim rol oʻynaydi. Avvaliga ushbu kelishuv 1967-yilning 8-avgustida Indoneziya, Malayziya, Fillipin, Singapur va Tayland hukumatlari tomonidan tashkil etilgan. Hozirgi kunga qadar aʻzolar soni oʻntaga yetgan va tashkilot ichida endi Bruney, Myanma, Kambodja, Laos va Vyetnam mamlakatlari oʻz qiziqishlari bilan ishtirok etishmoqda. Tashkilotning asosiy maqsadlari iqtisodiy oʻsishni kuchaytirish, ijtimoiy vaziyatni yaxshilash, aʻzo mamlakatlar orasida madaniy aloqalarni rivojlantirish, regional hududni himoya qilish kabi masalalarni oldigan maqsad qilgan mamlakatlar vakillari global muammolarni tinchlik yoʻlidagi muzokaralar bilan hal qilish ustida faoliyat yuritishmoqda. Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari Asssotsiatsiyasi (JShOMA) maydoni 4460000 км ² bu hudud Yer shari umumiy maydonining 3%-ni tashkil etadi. Aholisi 600000 kishi atrofida va Yer aholisining 8,8%-iga tengdir. 2012-yilda mamlakalarning erkin nominal YIM oldingi koʻrsatkichlarga nisbatan $ 2,3 trln. AQSh Dollariga oʻsish qayd etilgan. Agar JShOMA mamlakatlarnining iqtisodiyoti birlashtirilsa jahon iqtisodiyotida sakkiztadan bitta kuchli iqtisodiy potensial mavqesiga ega tashkilotlardan sanaladi1. Qisqacha tarixi. 1961-yil Malayziya, Fillipin va Tayland mamlakatlari oʻrtasida imzolangan alyans keyinchalik Janubiy-Sharqiy osiyo mamlakatlari Assotsiatsiyasi nomini olgan (JShOMA). Lekin bu jamlanma rasmiy ravishda besh davlat Indoneziya, Malayziya, Tayland, Singapur va Fillipin kabi mamlakatlarning Tashqi ishlar vazirlari tomonidan Bangkokda Tayland Tashqi ishlar vazirligi departamentida uchrashuv tashkil etilgan va ushbu (JShOMA) tashkiloti yaratilishi haqidagi deklaratsiya qabul qilingan. Deklaratsiya keyinchalik jahon hamjamiyatida Bangkok Deklaratsiyasi nomini olgan. Tashkilotning asoschilari sifatida besh mamlakat Tashqi Ishlar vazirlari eʻtirof etiladi, bular: Indoneziyadan Adam Malik, Fillipindan Narciso Ramos, Malayziyadan Abdul Razak, Singapurdan S. Rajaratnam va Tayland vakili Thanat Khomanlardir. 1960-yillarda roʻy bergan hodisalar iqtisodiy rivojlanishga harakat qilish, tashqi taʻsirlarga ishonchning yoʻqolishi, kommunizm tizimidan choʻchish va davlat tizimini mustahkamlash kabi muammolar JShOMA tashkiloti yaralishiga asosiy sabablar boʻlgan. 1984 1-yanvarida Bruney mustaqillikni qoʻlga kiritgan va bir haftadan soʻng 1984-yilning 8-yanvarida ilk marotiba jamlanma tarkibida kengayish kuzatilib Bruney JShOMA anjumanida oltinchi vakil sifatida ishtirok etgan2. Tashkilot kengayishi. 1995-yilning 28-iyulida Vyetnam yettinchi aʻzo sifatida va keyinchalik ikki yildan soʻng 1997-yilning 23-iyulida Laos hamda Myanma mamlakatlari tashkilotga aʻzo boʻlishgan. Kambodja Laos va Myanma mamlakatlari bilan birgalikda tashkilot aʻzoligiga oʻz istagini bildirgan lekin mamlakatlar orasidagi ichki siyosiy kurashlar tufayli ushbu taklif JShOMA tomonidan vaqtinchaga bekor qilingan. Keyinchalik mamlakat hokimiyatidagi kamchiliklar bartaraf etilib 1999-yilning 30-aprelida tashkilotning hozirgi kundagi eng soʻnggi oʻninchi aʻzosi sifatida JShOMA tarkibiga qabul qilingan. 1990-yilda Malayziya vakillari Sharqiy Osiyoda iqtisodiy forum yaratishni taklif etishgan va bu forumga tashkilotning yangi aʻzolari sifatida Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreyakabi rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorliklar olib borib Osiyo-Tinch okeani boʻyidagi iqtisodiy hamkorlikda AQSh taʻsiri bilan oʻz mavqelarini Osiya hududida tenglashtirishmoqchi boʻlishgan. Lekin bu reja AQSh va Yaponiyaning bir-biriga kuchli qarama-qarshiligi sabab amalga oshmagan. Biroq bu kabi muvaffaqiyatsizliklarga qaramay oʻz faoliyatlarini davom ettirishib 1997-yilda JShOMA uch plyus nomli birlashma yaratilgan. 1992-yilda yangi tartiblarga asoslangan imtiyozli tariflar qabul qilingan. Bu tariflar jahon bozorida ishlab chiqarish sifatini oshirish va regional hududda ishlab chiqarilgan maxsulotlar raqobatbardosh boʻlishini yaxshilash kabi muammolarni oʻz ichiga olgan. Ushbu qonunlar tashkilotningb erkin iqtisodiy hududida amal qilishi belgilangan. 1997-yilda Sharqiy Osiyodagi moliyaviy inqirozdan soʻng Malayziya ushbu tashkilotni kuchli iqtisodiy salohiyatga ega mamlakatlar (Xitoy Xalq Respublikasi, Yaponiya va Janubiy Koreya) bilan birlashtirish fikrini oldinga surgan. Bu tashkilotga aʻzo boʻlgan har bir mamlakat nafaqat regionda balki jahon mamlakatlari orasida iqtisodiy yutuqlarga erishish niyatida birlashishgan. 1995-yilning 15-dekabrida aʻzo mamlakatlar Janubiy-Sharqiy Osiyoni yadroviy qurollarni qisqartirish kelishuvi va Janubiy – Sharqiy Osiyoda yadroviy qurollar hududini bekor qilish haqidagi kelishuvlar imzolangan. Ushbu kelishuvni aʻzo mamlakatlardan faqatgina bir mamlakat imzolamagan boʻlib kelishuv 1997-yilning 28-martidan kuchga kirgan. Ushbu havfsizlikga oid kelishuv 2001-yilning 21-iyunida Fillipin imzolaganidan soʻng regionda toʻlaqonli yadroviy qurollarning barcha turlari taqiqlangan3. Sharqiy Timor va Papua Yangi Gvineya. Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi 2011-yilning martida Jakartada oʻtkazilgan sammitida Sharqiy Timor tashkilotga aʻzo boʻlish istagini bildirgan. Bunga javoban Indoneziya ushbu taklifni iliqlik bilan qabul qilgan. Papua Yangi Gvineya 1976-yilda kuzatuvchilik mavqeiga, keyinchalik 1981-yilda maxsus kuzatuvchi sifatida tashkilot sammitlarida ishtirok etishni boshlagan. JShOMA ushbu mamlakat bilan 1976-yil Bali shahrida oʻtkazilgan sammit ortidan iqtisodiy hamkorlik dasturlarini amalga oshirib kelmoqda. Bu holat 80-yillarning oʻrtalarida toʻlaqonli amalga oshirilib, keyinchalik 1991-yilda Tayland rezolyutsiyasi ortidan erkin savdo hududida oʻz mavqeini yanada oshirgan4. 21-asrga kelib koʻpgina mamlakatlar va yirik tashkilotlar atrof-muhit holatini tiklash va yaxshilash kabi savollarni hal qilish tarzini oldiga maqsad qilib qoʻyishmoqda. Jumladan JShOMA tashkiloti endilikda tabiatni saqlash kabi yangi tartibdagi tizimlarni oʻzining regional hududida qabul qilmoqda. Tashkiliot vakillari avvaliga 2002-yilda Janubiy-Sharqiy Osiyoda tutunli ifloslanishni nazorat qilish maqsadida JShOMA transhududida tutunli ifloslanishga qarshi kelishuvni imzolashgan. Afsuski bu imzolangan kelishuv 2005-06-yillarda Malayziya tomonidan ifloslangan havo oqimi tufayli oʻz qadrini yoʻqotgan. Shuningdek tashkilot ekologik muamolarni oʻz ichiga oladigan bir necha kelishuvlarni qabul qilib, shulardan: Sharqiy Osiyo energetik havfsizlik deklaratsiyasi, 2005-yilda АСЕАН Wildlife Enforcement tarmogʻi regionda joriy qilinishi va Osiyo-Tinch okeanining iqlim va muhitni asrash kabi masalalarda hamkorlikning imzolanishi iqlimning oʻzgarishi sababli qabul qilingan. 2003-yilda Bali shahrida oʻtkazilgan JShOMA sammitida aʻzo mamlakatlar vakillari birdamlikda demokratik dunyo tartibiga asoslangan tizimni imzolashgan. Bunga sabab barcha mamlakatlar jahon va regional hudud hamjamiyatida oʻz demokratik dunyoqarashlarini tenglashtirishga va yaqin kelajakda rivojlanishga erishish harakatlari asosiy dalillar sifatida koʻriladi. Bundan tashqari demokratik boʻlmagan aʻzo mamlakatlar ham bu kabi vaziyatni qoʻllab quvvatlashgan. Har bir mamlakat vakillari keyinchalik tashkilot faoliyatini oʻrganib chiqishib kelajakda yangi integratsiyalarni regionda joriy qilish zarur degan hulosaga kelishgan va 1997-yildan boshlab shu maqsadlar asosida va tashkilot faoliyatini regionda yanada kuchaytirish kabi masalalarni hal qilish uchun yangi iqtisodiy jamlanma yaratish harakatini boshlashgan. Aʻzo mamlakatlar oʻzlarining iqtisodiy aloqalarini yaxshilash uchun oʻtkazilgan Hindiston, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Amerika Qoʻshma Shtatlari va Rossiya kabi mamlakatlarni oʻz doirasiga olgan Sharqiy Osiyo mamlakatlari sammitida tashkilotga yirik eksportyorlar Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlarni tarkibga qoʻshish istagini bildirishgan va bu masala keyinchalik matbuotda JShOMA plyus uch degan nomini olgan. Bu harakat Yevropa hamjamiyatini Sharqiy Osiyo hududida yoʻq qilish va yangi zamonaviy, rivojlangan sanoatni bunyod etish hamda kuchli Sharqiy Osiyo iqtisodiy hamjamiyatini yaratish ekanligi baʻzi bir mamlakatlar tomonidan tanqid qilib kelinadi. Ohirgi yillarda erishilgan yutuqlar va muvaffaqiyatsizliklarni oʻrganish maqsadida hamda tashkilot jamgʻarmasini tashkil qilish masalalari sababli JShOMA huzurida Kuzatuvchi Faollar guruhi tashkil etilgan. 2006-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga kuzatuvchi tashkilot maqomi berilgan va bunga javoban JShOMA tashkilotning "dialoglar borasida hamkor" degan maqomiga erishgan.5 Download 93.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling