Mavzu: “xodimlar mehnatini muhofaza qilish chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish to‘G‘risida”gi qonun


Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida


Download 23.65 Kb.
bet2/4
Sana07.05.2023
Hajmi23.65 Kb.
#1440823
1   2   3   4
Bog'liq
XODIMLAR MEHNATINI MUHOFAZA QILISH CHORA-TADBIRLARINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN

Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom mehnat sharoitlari, mehnat jarayonining og‘irligi va tig‘izligi, asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazish, uning natijalarini rasmiylashtirish hamda ulardan foydalanish, shuningdek attestatsiyadan o‘tkazuvchi tashkilotlarga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
2. Ushbu Nizom barcha ish beruvchilar — korxonalar, muassasalar, tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda korxonalar deb ataladi) uchun majburiy hisoblanadi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ish o‘rni — xodimlarning mehnat faoliyati jarayonida doimo yoki vaqtincha bo‘lish joyi;
o‘xshash ish o‘rinlari — quyidagi belgilarning jami: bir nomdagi kasb yoki lavozim; bir xildagi ish rejimida bir tipdagi texnologik jarayonni yuritishda aynan bir xil kasb vazifalarini bajarish; bir tipdagi ishlab chiqarish uskunasi, asboblar, moslamalar, materiallar va xomashyodan foydalanish; bir yoki bir necha tipdagi binolarda yoki ochiq havoda ishlash; ventilatsiya, konditsiyalashtirilgan havo, isitish va yoritishning bir tipdagi tizimlaridan foydalanish, ish joyida obyektlarning (ishlab chiqarish uskunasi, transport vositalari va shu kabilarning) bir xil joylashishi; bir klass va darajadagi zararli va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omillarining bir xildagi to‘plami; yakka tartibdagi himoya vositalari bilan bir xilda ta’minlanganlik bilan tavsiflanadigan ish o‘rinlari;
ish zonasi — xodimlar doimo yoki vaqtincha bo‘ladigan joylar joylashgan pol yoki maydoncha darajasidan 2 metrgacha balandlikdagi sath;
turg‘un bo‘lmagan ish o‘rinlari — hududiy o‘zgarib turadigan ish zonalaridagi ish o‘rinlari, bunda bir yoki bir necha xodimlar xususiyatiga ko‘ra o‘xshash ish yoki operatsiyani bajaradigan ishlab chiqarishning zarur vositalari bilan jihozlangan ish o‘rnining bir qismi ish zonasi deb hisoblanadi;
kasb kasalligi — ushbu kasb uchun xos bo‘lgan hamda ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayonining zararli va xavfli omillari ta’siri natijasida xodim chalingan kasallik;
, tugatilgan taqdirda esa — belgilangan tartibda davlat arxiviga beriladi.

Download 23.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling