Mavzu: Xodimlarni ishga jalb qilish strategiyasi Bajardi: Sobirov Sherali To’xtarovich. Reja


Download 0.68 Mb.
bet1/3
Sana25.01.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1120123
  1   2   3
Bog'liq
Sobirov Sh HR strategy

Mavzu: Xodimlarni ishga jalb qilish strategiyasi

Bajardi: Sobirov Sherali To’xtarovich.

Reja:

  • Tashkilotning qanday malaka va sifatlarga ega xodimlarga ehtiyoji bor? Potensial xodim portreti.
  • EVP.
  • Potensial xodimlarni qamrab olish usuli va vositalari.
  • Relationship management yoki qo'lga olish, isitish usul va vositalari.

Avvalo, kasbim, ish joyim va vazifalarim haqida.

Tashkilotning qanday malaka va sifatlarga ega xodimlarga ehtiyoji bor? Potensial xodim portreti.

Men ishlaydigan tashkilot davlat tashkiloti. Shartnomaviy-huquqiy bo’lim boshlig’i bo’lib ishlayman, va bo’limda men bilan birga yana 4 ta xodim ishlaymiz. Asosiy vazifamiz tabiiy gazdan noqonuniy foydalanayotganlar bilan ekanligini hisobga olganda, bizdan quyidagi qonuniy hujjatlarni yaxshi bilish, kerak bo’lsa yod olish talab qilinadi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va hokazolar.

Potensial so’ziga qisqacha ta’rif :

Potensial (lot. potentia — salohiyat) — biror vazifani hal etish va koʻzlangan maqsadga erishishda foydalaniladigan manba, imkoniyat, mablagʻ, zaxiralar; ayrim shaxs, jamiyat, davlatning muayyan sohadagi salohiyatlari.

Bizning tashkilotda POTENSIAL XODIM PORTRETI quyidagicha:

  • 2017-yil 29-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmoni.
  • 2017-yil 30-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” qarori.
  • Va yuqoridagilarga muvofiq 12.01.2018 yildagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 22-son qarori.
  • Va shunga o’xshash qaror va farmoishlar va boshqa qonun hujjatlarini ipidan ignasigacha o’rganib chiqqan, va sud jarayonida unumli foydalanish qobiliyatiga ega kadr.
  • Eslab qolish qobiliyati va maxsus saytlardan unumli foydalana bilish.
  • Yuklatilgan vazifani, kutilgan natijaga erishgunga qadar qattiq ushlab, puxta tayyorgarlik ko’rib, ijobiy natija uchun jon jahti bilan kurashadigan xodim.
  • Sabrli, qonunbuzarlar qilmishlari va korrupsiyaga ko’z yumib ketmaydigan, kurasha biladigan.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling