Mavzu: Xo'jalik sub'ektlari faoliyatini nazorat qilishning mohiyati turlari va shakllari


Download 155.22 Kb.
Sana02.04.2023
Hajmi155.22 Kb.
#1319991
Bog'liq
8T2t9jM-tAsQh-EUp9MAWAXTJ38NHjF1

Mavzu: Xo'jalik sub'ektlari faoliyatini nazorat qilishning mohiyati turlari va shakllari

  • St 81 guruhi talabasi Samadov Sardor

Reja:

  • Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risidagi qonunchilik
  • Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish shakllari
  • Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish chog‘ida nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining huquqlari va majburiyatlari

1.Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risidagi qonunchilik


Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Prokuror nazorati tartibida amalga oshiriladigan davlat nazorati tegishli qonunchilik bilan ham tartibga solinadi.
Tergovga qadar tekshirishlar chog‘ida va qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari bo‘yicha moliya-xo‘jalik faoliyati tekshiruvlarini o‘tkazish tartibi jinoyat-protsessual qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
Soliq tekshiruvi orqali amalga oshiriladigan davlat nazoratining o‘ziga xos xususiyatlari soliq to‘g‘risidagi qonunchilik bilan belgilanadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
tekshirish, shu jumladan taftish, nazorat tartibida tekshirish;
statistika axborotlarini va boshqa axborotlarni tahlil qilish;
idora qaramog‘idagi organlarni tekshirishdan o‘tkazish.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini statistika axborotlarini va boshqa axborotlarni tahlil qilish orqali davlat tomonidan nazorat qilish, shuningdek idora qaramog‘idagi organlarni tekshirishdan o‘tkazish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
2.Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish shakllari va prinsiplari
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
nazorat qiluvchi organlar faoliyatida qonuniylik, xolislik va oshkoralik;
yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga aralashmaslik
tadbirkorlik subyekti huquqlarining ustuvorligi, unga muvofiq qonunchilikda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik subyektining foydasiga talqin etiladi.

3.Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish chog‘ida nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining huquqlari va majburiyatlari


Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish chog‘ida o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan tekshirish o‘tkazish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan zarur hujjatlar va boshqa axborotlarni talab qilish;
tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar mulkdorlari oldiga aybdor shaxslarning javobgarligi to‘g‘risidagi masalani qo‘yish;

Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish chog‘ida o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:


tekshiruvga auditorlik tashkilotlarini va (yoki) ekspertlarni belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb etish;
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda moliyaviy yoki ma’muriy jazo choralarini qo‘llash;
rejali tekshirishlarni o‘tkazish muddatini ko‘chirish to‘g‘risida, basharti bunga obyektiv asoslar bo‘lsa, maxsus vakolatli organga taqdimnoma kiritish.
Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining qonuniy talablari tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarish uchun majburiydir.
Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish chog‘ida o‘z vakolatlari doirasida quyidagilarni bajarishga majburdirlar:
tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tekshirish o‘tkazish huquqini beruvchi zarur hujjatlarni ko‘rsatish;
tekshirishni belgilangan tartibda tasdiqlangan savolnoma bo‘yicha amalga oshirish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar ishlashiga xalal bermaslik;
tekshirishlarni qayd etish daftariga qonunchilikda belgilangan tartibda yozib qo‘yish;
davlat siri, tijorat yoki boshqa sirlar saqlanishini ta’minlash;
huquqbuzarlik hollari aniqlangan taqdirda qonunchilikda nazarda tutilgan choralarni ko‘rish.
tekshirishlar natijalarini dalolatnoma (ma’lumotnoma) bilan rasmiylashtirib, uning bir nusxasini tekshirish tugagan kuni tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektda qoldirish;
E’tiboringiz uchun rahmat
Download 155.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling