1. Xarajatlarni taqsimlash tartibi va usuli Tannarxni kalkulyatsiya qilishning buyurtmali usuli1


Download 214.16 Kb.
bet1/8
Sana04.11.2023
Hajmi214.16 Kb.
#1747028
  1   2   3   4   5   6   7   8

Mahsulot (ish, xizmatlar) tannarxini kalkulyatsiya qilish


Reja:



1-. Xarajatlarni taqsimlash tartibi va usuli

2-. Tannarxni kalkulyatsiya qilishning buyurtmali usuli1

3-. Tannarxni kalkulyatsiya qilishning jarayonli usuli


Boshqaruv hisobining muhim vazifalaridan biri – bu xo’jalik yurituvchi subyektda ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat) birligining ishlab chiqarish tannarxini aniqlash hisoblanadi.


Aynan ishlab chiqarilayotgan (ko’rsatilayotgan xizmat yoki bajarilayotgan ish) mahsulot birligi tannarxi boshqaruv qarorlarini qabul qilishda asos bo’lib xizmat qiladi. Xususan, shu mahsulotning bahosini belgilash, baho bilan tannarxni solishtirib ko’rib, foyda miqdorini aniqlash, rentabellik darajasini hisoblash va h.k.z. Buning uchun boshqaruv hisobi quyidagi vazifalarni ham bajarishi lozim bo’ladi:

  • tegishli xarajat moddalari bo’yicha sodir etilayotgan xarajatlarni o’z vaqtida vato’g’ri aks ettirish;

  • mavjud resurslardan samarali foydalanish, ularning tegishli me’yor, me’yorko’rsatkichlari va smetalarga mos kelishi borasidagi axborotlar bazasini shakllantirish;

  • xarajatlarni kamaytirish, noishlab chiqarish xarajatlari va turli xil yo’qotishlarnikamaytirish borasida asosli takliflarni tayyorlash va sh.k.

Moliyaviy hisobni yuritishda hisobot tuzish uchun sotilgan mahsulot tannarxining umumiy hajmi va omborda mavjud bo’lgan tayyor mahsulotning umumiy qoldiq qiymati haqidagi ma’lumotga ega bo’lish zarur. Boshqaruv hisobida mahsulot birligining ishlab chiqarish tannarxiga ko’proq urg’u beriladi. Xo’jalik yurituvchi subyektning muvaffaqiyati tannarxning shakllanishi bilan bog’liq ma’lumotlarga bir qancha sabablarga ko’ra bog’liq:

  • ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar mahsulotning sotuv bahosini o’rnatish, foydani hisoblash va rentabellik ko’rsatkichlarini aniqlash uchun asos hisoblanadi;

  • mahsulot tannarxi borasidagi ma’lumot ishlab chiqarishni boshqarish va istiqbolni belgilashda asos bo’lib xizmat qiladi;

  • boshqaruvning juda ko’p miqdordagi joriy vazifalarini hal qilishda foydalaniladi.

Ushbu bob doirasida mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlarni taqsimlash tizimining boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritish uchun juda samarali bo’lgan ikki asosiy turi mohiyati yoritiladi:
1. mahsulot tannarxini hisoblashning buyurtma usuli 2. mahsulot birligi tannarxini hisoblashning jarayonli usuli.
Bu borada asosiy e’tibor hisobni tashkil qilish texnikasiga, buxgalteriya yozuvlariga va buxgalteriya-o’zaro aloqalariga ham qaratiladi.

Download 214.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling