Mavzu: Xo'jalik subyekti buxgalteriya balansini tuzulishi va ularning tahlili. Reja
Download 466.57 Kb. Pdf ko'rish
|
Xo\'jalik subyekti buxgalteriya balansini tuzulishi va ularning tahlili yangisi 3
Xulosa.
Ma’lumotlarning davrlararo qiyosiyligini oshirish foydalanuvchilarga iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda, ayniqsa bashorat maqsadlarida, moliyaviy ma’lumotlardagi tendensiyalarni baholash uchun imkoniyat yaratadi. Ba’zi holatlarda, joriy davrga nisbatan qiyoslanuvchanlikka yerishish uchun muayyan oldingi davrdagi qiyosiy ma’lumotlarni qayta tasniflashning imkoni bo‘lmaydi. Masalan, tadbirkorlik subyekti qayta tasniflashga imkon beradigan tarzda oldingi davr(lar)dagi ma’lumotlarni yig‘magan bo‘lishi mumkin va ma’lumotlarni qayta yaratish imkoni bo‘lmasligi mumkin. Minimum darajada, moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot quyidagi summalarni aks yettiradigan satrlarda ko‘rsatiladigan moddalarini o‘z ichiga olishi lozim: (a) asosiy vositalar; (b) investitsion mulk; (d) nomoddiy aktivlar; (ye) moliyaviy aktivlar; (f) ulush bo‘yicha hisobga olish usuli bo‘yicha hisobga olingan investitsiyalar; (ye) biologik aktivlar; (j) tovar-moddiy zaxiralar; (z) savdo bo‘yicha va boshqa debitorlik qarzlari; (i) naqd pullar va naqd pul yekvivalentlari; (y) sotishga mo‘ljallangan sifatida tasniflangan aktivlar va sotishga mo‘ljallangan sifatida tasniflangan hisobdan chiqariladigan moddalarning guruhlariga kiritilgan aktivlari; (k) savdo bo‘yicha va boshqa kreditorlik qarzlari; (l) rezervlar; (m) moliyaviy majburiyatlar; (n) joriy soliq bo‘yicha majburiyatlar va aktivlar; (o) muddati uzaytirilgan soliq majburiyatlari va muddati uzaytirilgan soliq aktivlari; (p) sotish uchun mo‘ljallangan sifatida tasniflangan hisobdan chiqariladigan moddalarning guruhlariga kiritilgan majburiyatlar; (r) kapital tarkibida aks yettirilgan, nazorat kuchiga yega bo‘lmagan ulushlar; (s) bosh tashkilotning mulk yegalariga tegishli bo‘lgan, chiqarilgan kapital va kapitaldagi rezervlar. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarining moliyaviy holatini tushunishda o‘rinli bo‘lsa, moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotning satrlarida ko‘rsatiladigan qo‘shimcha moddalarini, sarlavhalarni va jamilarni taqdim yetishi lozim. Agar xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘zining moliyaviy holati to‘g‘risidagi hisobotida joriy va uzoq muddatli aktivlarni hamda joriy va uzoq muddatli majburiyatlarni 34 alohida turkumlar sifatida aks yettirsa, u muddati uzaytirilgan soliq aktivlarini (majburiyatlarini) joriy aktivlar (majburiyatlar) sifatida tasniflamasligi lozim. Xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotda alohida taqdim yetilishi o‘rinli bo‘lgan mohiyati yoki vazifasi jihatidan yetarlicha farqlanadigan moddalarning ro‘yxatiga quyidagilarni kiritish mumkin: (a) moddalar hisobotning alohida satrlarida ko‘rsatiladi, qachonki moddaning yoki o‘xshash moddalar guruhining hajmi, xususiyati yoki vazifasi xo‘jalik subyektining moliyaviy holatini tushunish uchun ushbu moddalarning alohida taqdim yetilishini talab yesa; (b) xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holatini tushunishda o‘rinli bo‘lgan ma’lumotlarni ta’minlash uchun foydalanilgan tavsiflar va moddalarning yoki o‘xshash moddalar guruhining tartibi xo‘jalik yurituvchi subyekt va uning operatsiyalarining mohiyatidan kelib chiqib o‘zgartirilishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling