Mavzu: Xo'jalik subyektlari moliyaviy holatining tahlili Mundarija: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 272.09 Kb.
bet1/10
Sana24.10.2023
Hajmi272.09 Kb.
#1718197
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1111111111.Xo\'jalik subyektlari moliyaviy holatining tahlili 19.10


Mavzu:Xo'jalik subyektlari moliyaviy holatining tahlili


Mundarija:

I.Kirish
II.Asosiy qism.
2.1.Asosiy vositaning iqtisodiy mazmuni va nazariy asoslari
2.2.Asosiy vositalarning buxgalteriya hisobida aks ettirilishi
2.3.Xo’jalik yurituvchi subektlarning asosiy vositalar bilan ta’minlanganligini tahlil etishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axbarot manbalari
2.4.Korxonada asosiy vositalar bilan ta’minlangaligi tahlili
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar

I.Kirish


O’zbekiston Respublikasida so’ngi yillarda iqtisodiyotning barcha sohalarida xo’jalik yurituvchi subektlar soni ko’paymoqda. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, «Istiqlol yillarida mulkchilikning tuzilishida tub o’zgarishlar ro’y berdi, ko’p ukladkali iqtisodiyot amalda shakllanib, uning tarkibida xususiy mulk ustuvor rivojlandi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiyotida nafaqat hal qiluvchi o’rin egalladi, ayni vaqtta bozorni zarur tovarlar va xizmatlar bilan to’ldirish, odamlarning daromadlari va farovonligiga oshib borishning asosiy manbaiga, aholi bandligi o’sishning eng muhim omiliga aylandi».1Korxonalarda ishlab chiqarish (ish va xizmat ko’rsatish)da korxona aktivlarining ahamiyati katta. Korxonalarda buxgalteriya hisobining elementlari bo’lgan aktivlari, moliyaviy-xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda xo’jalik vositasi sifat ida qatnashadi. Korxona asosiy vosita foydalanish yordamida korxonaga daromad keltiriladi. Har bir asosiy vosita holati hamda harakatini aks ettirish, ularni tegishli schyotlarda olib borilishi kerak. Ma’lumki, korxona faoliyatinig rivojlanishi asosiy vositaning tog’ri ishlatilishi, saqlanishi bilan bog’liq. Korxonalarda asosiy tog’ri, qonun- qoidalariga muvofiq hisob –kitob qilinishi, ularning holatining va samarodorligining tahlili dolzarb masala hisoblanadi.Mamlakatimizda korxonalarning sonini ko’paytirish, ularga yengilliklar yaratishga e’tibor qaratilib kelinmoqda. Jumladan, 2001yil 6 dekabrda «Ma’suliyati cheklangan hamda qo’shimcha ma’suliyatli jamiyatlar tog’risida» Qonun, 2003 yil 11 dekabrda «Xususiy korxona tog’risida » Qonun qabul qilindi.2 Ushbu qonunlarning amalda qo’llanilishida ko’plab korxonalar tashkil etilib, aholi ish bilan ta’minlanib, bozorlarimiz mahsulot ( ish va xizmatlar) bilan to’ldirilmoqda.O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirining 2003 yil 9-oktyabrda 114-son buyrug’i bilan tasdiqlangan, Adliya Vazirligi tomonidan 2004 yil 20 yanvardagi 1299-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan “Asosiy vositalar” nomli 5-son BHMS muvofiq “Asosiy vositalar – uzoq davom etadigan vaqt mobaynida (bir yildan ko’proq vaqt davomida) moddiy ishlab chiqarish sohasida ham, noishlab chiqarish sohasida ham amal qilinadigan, shuningdek ijaraga berish uchun foydalanadigan moddiy aktivlardir” deyiladi. Asosiy vositalarni hisobga olishda ularni aktiv sifatida tan olingan paytini belgilash, mazkur aktivlarga nisbatan qo’llaniladigan ularning balans qiymatini va amortizatsiyani hisoblash usullarini belgilash, shuningdek asosiy vositalarning balans qiymatidagi boshqa o’zgarishlarni va ularning chiqib ketishi hisobiga moliyaviy natijalarni belgilash va hisobga olish asosiy qoidalar hisoblanadi Asosiy vositalardan foydalanish darajasi oshgan sayin ishlab chiqarish rivojlanib, uning hajmi oshib boradi. Shuning uchun asosiy vositalar hisobini takomillashtirish va ulardan foydalanish samaradorligi darajasini o’rganish asosida mavjud imkoniyatlarni aniqlash katta ahamiyatga egadir.

Download 272.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling