Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti


Download 261.5 Kb.
bet1/4
Sana31.10.2020
Hajmi261.5 Kb.
#139241
  1   2   3   4
Bog'liq
Asosiy vosita kurs ishi


BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI IQTISODIYOT FAKULTETI


Kirish 3

Asosiy vositaning iqtisodiy mazmuni va nazariy asoslari 5

Asosiy vositalarning buxgalteriya hisobida aks ettirilishi 12

Xo’jalik yurituvchi subektlarning asosiy vositalar bilan ta’minlanganligini tahlil etishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axbarot manbalari 22

Korxonada asosiy vositalar bilan ta’minlangaligi tahlili 25

Xulosa 35

Foydalanilgan adabiyotlar 37



Kirish


O’zbekiston Respublikasida so’ngi yillarda iqtisodiyotning barcha sohalarida xo’jalik yurituvchi subektlar soni ko’paymoqda.

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, «Istiqlol yillarida mulkchilikning tuzilishida tub o’zgarishlar ro’y berdi, ko’p ukladkali iqtisodiyot amalda shakllanib, uning tarkibida xususiy mulk ustuvor rivojlandi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiyotida nafaqat hal qiluvchi o’rin egalladi, ayni vaqtta bozorni zarur tovarlar va xizmatlar bilan to’ldirish, odamlarning daromadlari va farovonligiga oshib borishning asosiy manbaiga, aholi bandligi o’sishning eng muhim omiliga aylandi».1

Korxonalarda ishlab chiqarish (ish va xizmat ko’rsatish)da korxona aktivlarining ahamiyati katta. Korxonalarda buxgalteriya hisobining elementlari bo’lgan aktivlari, moliyaviy-xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda xo’jalik vositasi sifat ida qatnashadi. Korxona asosiy vosita foydalanish yordamida korxonaga daromad keltiriladi.

Har bir asosiy vosita holati hamda harakatini aks ettirish, ularni tegishli schyotlarda olib borilishi kerak. Ma’lumki, korxona faoliyatinig rivojlanishi asosiy vositaning tog’ri ishlatilishi, saqlanishi bilan bog’liq. Korxonalarda asosiy tog’ri, qonun- qoidalariga muvofiq hisob –kitob qilinishi, ularning holatining va samarodorligining tahlili dolzarb masala hisoblanadi.

Mamlakatimizda korxonalarning sonini ko’paytirish, ularga yengilliklar yaratishga e’tibor qaratilib kelinmoqda. Jumladan, 2001yil 6 dekabrda «Ma’suliyati cheklangan hamda qo’shimcha ma’suliyatli jamiyatlar tog’risida» Qonun, 2003 yil 11 dekabrda «Xususiy korxona tog’risida » Qonun qabul qilindi.2

Ushbu qonunlarning amalda qo’llanilishida ko’plab korxonalar tashkil etilib, aholi ish bilan ta’minlanib, bozorlarimiz mahsulot ( ish va xizmatlar) bilan to’ldirilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirining 2003 yil 9-oktyabrda 114-son buyrug’i bilan tasdiqlangan, Adliya Vazirligi tomonidan 2004 yil 20 yanvardagi 1299-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan “Asosiy vositalar” nomli 5-son BHMS muvofiq “Asosiy vositalar – uzoq davom etadigan vaqt mobaynida (bir yildan ko’proq vaqt davomida) moddiy ishlab chiqarish sohasida ham, noishlab chiqarish sohasida ham amal qilinadigan, shuningdek ijaraga berish uchun foydalanadigan moddiy aktivlardir” deyiladi. Asosiy vositalarni hisobga olishda ularni aktiv sifatida tan olingan paytini belgilash, mazkur aktivlarga nisbatan qo’llaniladigan ularning balans qiymatini va amortizatsiyani hisoblash usullarini belgilash, shuningdek asosiy vositalarning balans qiymatidagi boshqa o’zgarishlarni va ularning chiqib ketishi hisobiga moliyaviy natijalarni belgilash va hisobga olish asosiy qoidalar hisoblanadi

Asosiy vositalardan foydalanish darajasi oshgan sayin ishlab chiqarish rivojlanib, uning hajmi oshib boradi. Shuning uchun asosiy vositalar hisobini takomillashtirish va ulardan foydalanish samaradorligi darajasini o’rganish asosida mavjud imkoniyatlarni aniqlash katta ahamiyatga egadir.




Asosiy vositaning iqtisodiy mazmuni va nazariy asoslari


Korxona aktivlari – korxona egalik qiladigan va ular yordamida o’zining moliyaviy- xojalik faoliyatini amalga oshiradigan xo’jalik vositalarining xilma- xil turlaridir.

«Aktiv» so’zi lotinchadan olinib – faoliyatli, amal qilish, muddatli degan so’zlardan kelib chiqqan. Aktivlar bu- oldingi amalga oshirilgan muomalalarni yoki oldin sodir bo’lgan voqealar natijasida korxonaga kelib tushgan va ulardan foydalanishda kelajakta foyda keltiradigan iqtisodiy resurlardir.

«Aktivlar- xo’jalik yurituvchi sub’ektining qiymat bahosiga ega bo’lgan moddiy, shu jumladan, pul mablag’lari va debitorlik qarzlari va nomoddiy mulkidir.

Aktivlarda aks ettirilgan bo’lg’usi iqtisodiy foyda, xo’jalik yurituvchi subektning pul mablag’lari oqimiga potensial, bevosita va bilvosita qo’shiladigan ulushdir. Bu ulush xo’jalik yurituvchi sub’ekt asosiy faoliyatining bir qismi sifatida yuzaga kelishi mumkin».3

Aktivlar uch xil xususiyatga ega bo’lishi kerak:


  1. Qiymatga ega bo‘lishi va bu qiymat baholanadigan bo‘lishi kerak;

  2. Egalik qilish huquqiga asosan qaysi korxona balansiga kiritilgan bo‘lsa,

shu korxona tomonidan nazorat qilinishi lozim;

v) Kelgusida korxonaga iqtisodiy naf keltirishi kerak, jumladan korxonaning pul mablag‘larining kirimini ko‘payishiga bevosita va bilvosita hissa qo‘shishi kerak;

Aktivlarning harakterli xususiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin;


  • Jismoniy ko‘rinishga (shaklga) ega bo‘lishi ham, ega bo‘lmasligi ham mumkin. Masalan, bino yoki stanok aniq shaklga ega, lekin patent, litsenziya, savdo belgisi, mualliflik huquqi moddiy shaklga ega emas.

  • Sotib olingan, bepul kelib tushgan, ishlab chiqarilgan bo‘lishi mumkin.

  • Korxonada yuz berayotgan jarayonlarda moddiy asos yoki ularning natijasi hisoblanishi mumkin. Masalan, xom-ashyo ishlab chiqarishga moddiy asos, tayyor mahsulot esa ishlab chiqarishning pirovard natijasi hisoblanadi.

  • Boshqa aktivlarga almashtirilishi mumkin.

  • Qarzlarni to‘lash uchun ishlatilishi mumkin.

  • Qisqa yoki uzoq vaqt mobaynida foydalanishda bo‘lishi mumkin.

  • Oborotda va oborotdan tashqarida bo‘lishi mumkin.

Korxonalarning yuqorida keltirilgan talab va xususiyatlarga javob beradigan aktivlar joriy va uzoq muddatli aktivlarga bo’linadi.

Uzoq muddatli aktivlar – foydali ishlatish muddati bir yildan ortiq bo’lgan mol-mulk kiradi. Foydali ishlatish muddati-bu aktivlardan foydalanish mobaynida mol- mulkdan foydalanishda xo’jalik yurituvchi subektga daromad yoki iqtisodiy naf keltiradigan davr.

Uzoq muddatli aktivlarga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalar, uzoq muddatli debitorlik qarzlari kiradi. Masalan, asosiy vositalarga: yer, bino va inshootlar, asbob uskunlar, kompyuter jihozlari, nomoddiy aktivlarga: litsenziya, dasturiy ta’minot, patent va boshqalalar kiradi.

Uzoq muddatli aktivlarning turlarinini quyidagi 1- chizmada keltirib o’tamiz.

Asosiy vositalar- har qanday xo’jalik yurituvchi subektning, har qanday tadbirkorlik faoliyatining moddiy – texnika bazasidir. Aniqrog’i asosiy vositalar, binolar, inshootlar, mashina va uskunalar, xizmat muddati 1 yildan ko’p bo’lgan boshqa mehnat vositalari hisoblanadi.

5-sonli «Asosiy vositalar» BHMSga muvofiq asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi:



  1. bir yildan ortiq xizmat qilish muddati;

  2. bir birlik uchun qiymati O’zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq bo’lgan buyumlar.

Agarda asosiy vositalar:

  1. korxonaga kelgusida aktiv bilan bog’liq iqtisodiy foyda kelib tushishiga

ishonch bo’lsa;

  1. aktiv qiymatini aniq baholash mumkin bo’lsa, aktiv sifatida tan olinadi.

Asosiy vositalar ishlab chiqarish va no ishlab chiqarish asosiy vositalariga bo’linadi.

Ishlab chiqarish asosiy vositalariga ishlab chiqarishda bevosita qatnashadigan

yoki ishlab chiqarish jarayoni uchun xizmat qiladigan asosiy vositalar kiradi.

Noishlab chiqarish asosiy vositalariga korxona xodimlariga xizmat qilish uchun mo’ljallangan, ularga korxona balansida bo’lgan sog’liqni saqlash, ta’lim, madaniy- maishiy ehtiyoj, uy-joy komunal xo’jaligi obektlarining binolari va uskunalari kiradi.

Asosiy vositalar aylanma mablag’lardan quyidagi belgilari bilan farq qiladi:


      1. Ishlab chiqarish jarayonida bir necha marta ishtirok etishi.

      2. Xizmat muddati davomida natura ko’rinishini saqlab qolishi.

      3. O’z qiymatini xarajatga bosqichma-bosqich (amortizasiya shaklida) qo’shishi.

Xizmat muddati bir yildan kam bo’lgan aktivlar (mehnat vositalari) tez eskiruvchi buyumlar hisoblanadi.

Asosiy vositalar moliyaviy hisobotning 3-shakli «Asosiy vositalar harakati to’g’risida hisobot»ga asosan quyidagicha turkumlanadi:



  1. Bino.

  2. Inshoot.

  3. Uzatish moslamalari.

  4. Mashina va jihozlar shu jumladan:

  • kuch mashina va jihozlari.

  • Ishchi mashina va jihozlar.

  • o’lchov va tartibga soluvchi asboblar, moslamalar va laboratoriya jihozlari.

  • hisoblash texnikasi.

  • boshqa vositalari.

  1. Transport vositalari.

  2. Asbob-uskunalar.

  3. Ishlab chiqarish inventari.

  4. Xo’jalik inventari.

  5. Xodim va mahsuldor hayvonlar.

  6. Ko’p yillik daraxtlar.

  7. Yer holatini yaxshilashdagi kapital xarajatlar (inshootsiz).

  8. Boshqa asosiy vositalar.

Asosiy vositalar ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyatida tayinlanishiga ko’ra turkumlanadi:

  • ishlab chiqarish asosiy vositalari.

  • zahiradagi asosiy vositalari.

  • konservasiya qilingan asosiy vositalar.

  • ijaraga olingan asosiy vositalar.

Asosiy vositalar kimga tegishli ekanligiga ko’ra turkumlanadi:

  • o’z asosiy vositalari.

  • ijaraga olingan asosiy vositalar.

Asosiy vositalar hisobini to’g’riligining sharti-ularni yagona prinsip asosida baholanishidir. Asosiy vositalarning 4 xil bahosi mavjud:

Asosiy vositalar dastlabki qiymati – ularni barpo etish (qurish, o’stirish. yetishtirish, yasash) yoki sotib olish bo’yicha amalda qilingan xarajatlar qiymatidir.

Asosiy vositalar dastlabki qiymati, ularni kelish manbalariga qarab quyidagicha bo’ladi:


  • ta’sischilardan, ularning ustav fondiga ulushi sifatida olinganda – tomonlarning kelishuviga ko’ra baholanadi.

  • fermer xo’jaliklarining o’zida tayyorlangan, boshqa fermer xo’jaliklaridan yoki shaxsdan sotib olingan asosiy vositalar – haqiqiy xarajatlar miqdorida (olib kelish, montaj va o’rnatish xarajatlari qo’shilib) baholanadi.

  • tekinga olingan asosiy vositalar ekspertlar aniqlagan yoki qabul qilish – topshirish hujjatlarida ko’rsatilgan bahoda baholanadi.

Asosiy vositalar vaqti-vaqti bilan O’zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan 2002 yil 29 oktyabrda tasdiqlangan hamda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 4 dekabrda ro’yxatdan o’tkazilgan «1 yanvar holati bo’yicha asosiy fondlarni har yili qayta baholashni o’tkazish tartibi to’g’risida Nizom»ga ko’ra qayta baholanib turiladi. Bunday qayta baholash har yili bir marta 1 yanvar holatiga o’tkazildi. Qayta baholash natijasida aniqlangan asosiy vositalar qiymati – qayta tiklangan qiymat deyiladi.

  1. Boshlang’ich qiymat- asosiy vositani ishchi holatga keltirish uchun qilingan jami xarajatlardir yoki ularni barpo etish (qurish, o’stirish. yetishtirish, yasash) yoki sotib olish bo’yicha amalda qilingan xarajatlar qiymatidir.

  2. Joriy qiymat – asosiy vositalarning muayyan bir vaqtda amaldagi bozor baholari bo’yicha qiymati yoki aktivlarni xabardor manfaatdor tomondan o’rtasida almashtirilishi mumkin bo’lgan summasidir.

  3. Qoldiq qiymati – asosiy vositalarning dastlabki (qayta tiklangan) yoki joriy qiymatidan to’plangan amortizasiya chiqarib tanlangan summasidir.

  4. Tugatish qiymati – asosiy vositalarni hisobdan chiqarish vaqtida ko’zda tutilgan qiymati, bundan asosiy vositani tugatish xarajatlari ayriladi.

  5. Amortizasiyalanadigan qiymat – dastlabki qiymatdan tugatish qiymatini chegirilganidir.



Download 261.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling