Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti
Asosiy vositalarning buxgalteriya hisobida aks ettirilishi
Download 261.5 Kb.
|
Asosiy vosita kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-jadval Korxonalarda asosiy vositalar chiqimiga doir operatsiyalarni schyotlarda aks ettirish 4
- Operatsiyaning mazmuni Debet schet Kredit schet
Asosiy vositalarning buxgalteriya hisobida aks ettirilishiUzoq muddatli aktivlar korxonaga iqtsisodiy naf yoki daromad keltiradigan, foydalanish muddati bir yildan ortiq bo’lgan mol- mulklardir. Uzoq muddatli aktivlar tarkibida asosiy vositalar katta salmoqqa ega bo’lib, xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatida kata ro’l o’ynaydilar. Qurilish tashkilotlari boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar singari asosiy vositalarning sintetik va analitik hisobini respublikamizning qonunlari va qonun osti hujjatlari asosida olib borishlari lozim. 2002 yil 1 yanvardan joriy etilayotgan buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi (21-son BHMS)ga muvofiq asosiy vositalarning sintetik hisobi 0100-«Asosiy vositalar hisobi schyotlari» tizimida ochiladigan schyotlarda olib boriladi. Asosiy vositalarni buxgalteriya hisobida hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlar ochilgan: 0110-«Yer»; 0111-«Yerni obodonlashtirish»; 0112-«Moliyaviy lizing shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarni o’zlashtirish»; 0120-«Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar»; 0130-«Mashina va jihozlar»; 0140-«Mebel va ofis jihozlari»; 0150-«Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi»; 0160-«Тransport vositalari»; 0170-«Ishchi va mahsuldor hayvonlar»; 0180-«Ko’p yillik ekinlar»; 0190-«Boshqa asosiy vositalar»; 0199-«Konservatsiya qilingan asosiy vositalar». Ushbu hisobvaraqlar aktiv bo’lib, ularning debet tomonidagi saldo korxonada mavjud asosiy vositalarning dastlabki qiymatini aks ettiradi. Asosiy vosita ob’ektlarining ko’payishi hisobvaraqlarning debet tomonida, kamayishi esa kredit tomonida aks ettiriladi. Asosiy vositalar korxonaga qabul qilinayotganda maxsus tuzilgan komissiya tomonidan asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasini tuzish bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu dalolatnomada asosiy vositalarning dastlabki bahosi, eskirish summasi, qabul qilinayotgan vositaning qisqacha tavsifi, komissiya a’zolarining ismi-sharifi, moddiy javobgar shaxs tomonidan qabul qilinishi ko’rsatiladi. Bunda ushbu dalolatnomaga ta’riflovchi texnik va boshqa hujjatlar ilova qilinadi, dalolatnoma esa korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tasdiqlangandan so’ng korxona buxgalteriyasiga beriladi, shu dalolatnoma asosida har bir ob’ektga inventar varaqasi ochiladi. Тegishli shartnomalar asosida korxona mutaxassislari va chetdan jalb etilgan mutaxassislar kuchi bilan barpo etilgan asosiy vositalar ob’ektlari 0810-«Тugallanmagan qurilish» hisobvarag’ining krediti bilan korrespondensiyada 0110-0190-hisobvaraqlar debeti bo’yicha haqiqiy tannarxiga qarab asosiy vositalar sifatida kirim qilinadi. Korxonaning o’z kuchi bilan qurilgan asosiy vositalar ob’ektlarining balans qiymatiga o’sib boruvchi yakun bilan barcha bevosita xarajatlar: material, ishchi kuchi va boshqa xarajatlar, shuningdek qurilish jarayoniga bevosita daxldor bo’lgan qo’shimcha xarajatlar kiritiladi. O’sib boruvchi yakun bilan hisoblangan xarajatlar qurilish davomida 0810-«Тugallanmagan qurilish» hisobvarag’ida aks ettiriladi. Qurilish tugallanguniga qadar bino 0120-«Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar» hisobvarag’ida hisobga olinmaydi, chunki u hali foydalanishga topshirilmagan. Qurilish tugallanganidan keyin va foydalanishga topshirilganida 0810-hisobvaraqda jamlangan barcha xarajatlar summasi 0120-«Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar» hisobvarag’iga o’tkaziladi hamda keyingi oydan boshlab undan amortizatsiya hisoblanishi lozim. Ma’lumki asosiy vositalarni ishlab chiqarish jarayonida uzoq muddat mobaynida ishlatilishi, ularni ana shu muddat mobaynida tabiiy kuchlar ostida jismoniy, ilmiy texnik taraqqiyot natijasida esa, ma’naviy eskirishga olib keladi. Buxgalteriya hisobi tamoyillariga muvofiq asosiy vositalarning qiymati ularni ana taxmin qilinayotgan ishlatish muddati mobaynida, ular foyda keltiradigan hisobot davri mobaynida teng ravishda taqsimlanishi kerak. Umuman olganda, asosiy vositalarga eskirish hisoblashning asosiy maqsadi bu turdagi aktivlarni qayta tiklash va qayta ishlab chiqarishdir. Asosiy vositalarga eskirish hisoblashda «Asosiy vositalar» nomli 5-son BHMSga muvofiq asosiy vositalarga quyidagi usullarda amortizatsiya hisoblanadi. Тo’g’ri chiziqli usulda amortizatsiya hisoblash. Тo’g’ri chiziqli usul deb tugatilgan qiymati ayrilgan asosiy vositalar ob’ekti qiymatini davrlar bo’yicha foydalanish muddati dav omida teng nisbatda hisoblash usuliga aytiladi. Amortizatsiya summasi amortizatsiyalanayotgan qiymatni (tugatish qiymati ayrilgan ob’ektning dastlabki qiymatini) ko’zda tutilgan foydalanish davrlari soniga bo’lish yo’li bilan topiladi: Yillik amortizatsiya summasi = (dastlabki qiymati–tugatish qiymati) /xizmat qilish muddati. Bajarilgan ish hajmiga ko’ra amortizatsiya hisoblash. Bajarilgan ish hajmiga nisbatan amortizatsiyani hisoblash usuli asosiy vositalarning har hisobot yilida bajargan ishining hisobiga asoslangan. Mazkur usul bilan eskirishning har yilgi qiymatini hisoblash uchun jami foydalanish muddati davomida umumiy baholangan ishlab chiqarish ni hamda har bir aniq yildagi ishlab chiqarishni oldindan aniqlash lozim. Ishlab chiqarish sifatida ishlab chiqarilgan mahsulot, ishlangan soatlar miqdori va hokazolar olinishi mumkin. Qoldiqli kamayish usulida amortizatsiya hisoblash. Kamayib boruvchi qoldiq usuli aktivdan foydalanish muddatida amortizatsiya summasining doimo kamayib borishini ifodalaydi. Ushbu usulda eskirish me’yori asosiy vositalarning qoldiq qiymatiga ko’paytiriladi. Odatda, bu usulda amortizatsiya me’yori ikki hissa qilib olinadi. Kumulyativ usulda amortizatsiya hisoblash. Kumulyativ usul (yillar yig’indisi usuli)da har yilgi amortizatsiya me’yori amortizatsiya muddati yakuniga qadar qolgan amortizatsiyalanadigan qiymatning bo’lagi sifatida belgilanadi. Bo’lak amortizatsiya hisobining tugagunicha qolgan to’liq yillar yig’indisini amortizatsiya muddatini belgilaydigan yillarning tartib soniga bo’lib aniqlanadi. Asosiy vositalarning eskirishini hisobga olish uchun hisobvaraqlar rejasida quyidagi hisobvaraqlar ochilgan: 0211-«Yerni obodonlashtirishning eskirishi»; 0212-«Moliyaviy lizing shartnomasi bo’yicha olinib o’zlashtirilgan asosiy vositalarning eskirishi»; 0220-«Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalarning eskirishi»; 0230-«Mashina va jihozlarning eskirishi»; 0240-«Mebel va ofis jihozlarining eskirishi»; 0250-«Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasining eskirishi»; 0260-«Тransport vositalarining eskirishi»; 0270-«Ish hayvonlarining eskirishi»; 0280-«Ko’p yillik ekinlarning eskirishi»; 0290-«Boshqa asosiy vositalarning eskirishi»; 0299-«Moliyalanadigan lizing shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi». Asosiy vositalarga eskirish hisoblanganida, eskirish summalari xarajatlarga o’tkaziladi. Eskirish summasi ishlab chiqarish xarajatlariga o’tkazilganida quyidagicha yozuv qilinadi: D-t. 2010-2710 -«Ishlab chiqarish xarajatlari hisobvaraqlar». K-t. 0211-0299- «Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar». Agarda eskirish davr xarajatlariga o’tkazilsa quyidagicha yozuv qilinadi: D-t. 9420-«Ma’muriy xarajatlar». K-t. 0211-0299-«Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar». Har hil turga nisbatan amortizatsiya hisoblashning turli usullarini qo’llashga yo’l qo’yiladi. Asosiy vositalarning bir hildagi ob’ektlari bo’yicha faqat bir hil usul qo’llaniladi. Amortizatsiya hisoblashning tanlangan usuli korxonaning hisob siyosati bilan belgilanishi va bir hisobot davridan boshqasigacha yil davomida o’zgarmagan holda ketma-ket qo’llanishi lozim. Qurilish tashkilotlarida asosiy vositalar ularning sotilishi, tugatilishi, bepul berilishi, ta’sis badali sifatida kiritilishi va boshqa chiqimlari hisobidan kamayishi mumkin. Asosiy vositalarni tugatish ularning to‘liq amortizatsiya qilinganligi yoki qilinmaganligidan qat’iy nazar ekspluatatsiya qilish holati yo‘qotilgan hollarda amalga oshiriladi. Buning uchun qurilish tashkiloti rahbari buyrug‘i bilan likvidatsiya komissiyasi tuziladi. Likvidatsiya komissiyasi tarkibiga korxona xodimlaridan tashqari qiziquvchi organlar (hokimiyat va boshqalar) vakillari ham kiritilishi mumkin. Komissiya likvidatsiya natijalarini maxsus likvidatsiya dalolatnomasi (OS-4 shakl) bilan rasmiylashtiradi. Ushbu dalolatnoma likvidatsiya natijalarini buxgalteriya hisobi schyotlarida yuqorida keltirilgan tartibda aks ettirishga asos bo‘ladi. Umumdavlat soliqlarini to‘lovchi qurilish tashkilotlarida sotilgan asosiy vositalarning so tish qiymati (Sq) qoldiq qiymat (Qq)dan katta bo‘lsa (Sq Qq), u holda ular QQS to‘lovchi hisoblanadi. Agar sotish qiymati (Sq) qoldiq qiymat (Qq)dan kichik bo‘lsa (Sq Qq) yoki ular o‘zaro teng bo‘lsa ( Sq = Qq), u holda qurilish tashkilotlari QQS to‘lovchi hisoblanmaydilar. Asosiy vositala rni ta’sis badali sifatida kiritilishi Soliq kodeksiga muvofiq QQSga tortilmaydi. Ushbu jarayonlar hisobda quyidagi 1-jadvalda ko’rsatilganidek, buxgalteriya o‘tkazmalari bilan aks ettiriladi. 1-jadval Korxonalarda asosiy vositalar chiqimiga doir operatsiyalarni schyotlarda aks ettirish4
Asosiy vositalarni kelishi, «Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi» (№1–OS shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu dalolatnoma har bir obyektga tuzilib, texnik hujjatlar ilova qilinadi va asosiy vositani bahosi, eskirish summasi, tayyorlangan vaqti, foydalanishga berish vaqti ko’rsatiladi. Asosiy vositalar harakati va holati «Inventar kartochka» (№6-OS shakl)da hisobga olib boriladi. Asosiy vositalar kelishi bo’yicha quyidagicha buxgalteriya provodkalari tuziladi:
Debet 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar» Kredit 0810-«Tugallanmagan qurilish» schyoti - Qurilgan obyektlar asosiy vositalar tarkibiga qabul qilinganda. Debet 0820-«Asosiy vositalarni sotib olish» schyoti. Kredit 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» schyoti. Asosiy vositalar sotib olinganda. Bir vaqtning o’zida shu asosiy vositalar xo’jalikda asosiy vositalar tarkibiga qabul qilinganda. Debet 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar» Kredit 0820-«Asosiy vositalarni sotib olish» schyoti.
Debet 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar». Kredit 0310-«Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalar» schyoti - Moliyaviy lizingga olingan asosiy vositalarning moliyaviy lizing muddati tugagandan so’ng o’z asosiy vositalar tarkibiga qabul qilinganda. Debet 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar» Kredit 4610-«Ustav kapitali (fondi)ga badallar bo’yicha ta’sischilarning qarzi» schyoti - Ta’sis etuvchilardan ustav kapitaliga qo’shilgan asosiy vositalar qabul qilinganda. Debet 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar» Kredit 8530-«Bepul olingan mulk» schyoti - Asosiy vositalar tekinga olinganda. Debet 0170-«Ishchi va mahsuldor hayvonlar» schyoti. Kredit 0840-«Asosiy podani shakllantirish» schyoti - Ishchi yoki mahsuldor hayvon asosiy vosita tarkibiga qabul qilinganda. Debet 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar». Kredit 0890-«Boshqa kapital qo’yilmalar» schyoti - Asosiy vositani kengaytirish va rekonstruksiya qilishda qiymati oshganda. Debet 0111-«Yerni obodonlashtirish» schyoti. Kredit 0850-«Yerni obodonlashtirishga qilingan kapital qo’yilmalar» schyoti - Yerni holatini yaxshilash uchun qilingan sarflar asosiy vosita tarkibiga qabul qilinganda. Debet 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar» Kredit 8510-«Aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar» schyoti- Asosiy vositalar qayta baholashda oshgan summasiga. Debet 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar» Kredit 9390-«Boshqa operasion daromadlar» schyoti-Asosiy vositalar inventarizasiya natijasida ortiqcha chiqsa, oshgan summasiga. Asosiy vositalarni hisobga olib borishda ularni kartochkalarda hisobga olib borish qulay bo’lib, bunda har bir asosiy vositaga yoki guruhiga alohida kartochka ochilib, unda tegishli ma’lumotlar (nomi, inventar raqami, dastlabki qiymati, amortizasiya summasi va h.k.) aks ettirilib boriladi. Kartochkalar kartotekada saqlanadi. Asosiy vositalarning sotilishi va boshqa hisobdan chiqishida inventar obyektlarni har bir turi bo’yicha alohida analitik schyotlar ochilib, analitik hisobi yuritiladi. Asosiy vositalar lizing bo’yicha berilganda, lizing bo’yicha olinishi lozim bo’lgan summalar, daromad hisoblanib quyidagicha provodka beriladi: Debet 6290-«Muddati uzaytirilgan daromad» schyoti. Kredit 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi» schyoti-Joriy yilda (hisobot davrida) olinadigan lizing summasi. Debet 7290-«Boshqa muddati uzaytirilgan uzoq muddatli majburiyatlar» schyoti. Kredit 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi» schyoti- Keyingi davrlarda olinadigan lizing summasi. Agar asosiy vostalar uzoq muddatli ijaraga berilsa: Debet 0920-«Uzoq muddatli ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar» schyoti Kredit 9210-«Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi schyoti buxgalteriya provodkasi beriladi.
Download 261.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling