Mavzu: Xorazm davlati va uning yuksalishi
Xorazm davlat boshqaruvi va boshqaruv tizimi
Download 49.54 Kb.
|
Xorazm
2.Xorazm davlat boshqaruvi va boshqaruv tizimi.
Xorazmshohlar davlatida markaziy boshqaruv idorasi «al-majlis ul oliy al faxri at-toji» deb nomlangan boʻlib, uni vazir boshqargan. Vazir – mamlakatda sultondan keyingi eng yuqori mansabdor shaxs boʻlgan. Vazir sultonning bosh maslahatchisi boʻlib, bevosita unga boʻysungan. Vazir rasmiy marosimlarda, davlatlararo aloqalarda, mustamlakalar bilan olib boriladigan moʻzokaralarda xorazmshoh nomidan ishtirok etib, sulton va rayiat (fuqarolar) oʻrtasida vositachilik qigan. Barcha davlat amaldorlari, jumladan, amirlar, beklar va harbiy boshliqlar vazirga boʻysungan. Vazirning vazifalari qoʻyidagilardan iborat boʻlgan9: - ashob ad-davanin yoki devonxonalar amaldorlarining boshligʻi. Yuqori mansabli amaldorlarini ishga tayinlagan yoki ishdan boʻshatgan; - davlat amaldorlariga nafaqalar (arzak) va moddiy yordam (mavajib) joriy etish ishlarini boshqargan; - davlat amaldorlarini hayot uchun zaruriy ozuqa va ashyolar bilan taʼminlanishini belgilagan; - bojxona va xazina faoliyatini nazorat qilgan; - sultonga muntazam ravishda hamrohlik qilgan, baʼzi paytlarda qoʻshin joʻnatib ularga boshchilik qilgan. Xorazmshohlar davlatida vazirlik lavozimi katta hurmatga ega boʻlib, oʻrta asr manbalarining birida vazir haqida shunday maʼlumot beriladi (Z. Bunyodov boʻyicha): «eng yuksak mahkama – vazorat (vazirlik) boʻlib, barcha jamoat ishlari hamda odamlar hayotining toʻgʻri yoʻldan borishi u bilan aloqadordir, buning natijasida mamlakatning chiroyi va martabasi ortadi, davlatda tartib va qonunchilik oʻrnatiladi… Vazir – idora qilish qonunlarini biladigan, davlat kelajagini biladigan, hayotiy tajribaga boy, yaxshi ishlarga undovchi, shon-shuhrat va yutuqlarga yetaklovchi, fuqarolar ahvolidan roʻyi-rost xabardor qilib turadigan, koʻrsatmalariga toʻla ravishda ishonish mumkin boʻlgan kishi boʻlishi lozim…» Vazirlarga sadr, dastur, xojayi boʻzruk kabi unvonlar berilgan. Vazir lavozimidagi shaxs oʻzining siyohdoni (dovot) va maʼlum xil movutdan oʻralgan sallasi (dastor) bilan ajralib turgan. Ular asosan arab-fors mansabdorlari muhitiga mansub kishilar boʻlib, arab hamda fors tili, maʼmuriy ishdagi layoqati, saroy tartib-qoidalarini bilishi shart boʻgan. Xorazmshohlar davlatining vazirlari asosan Xorazm, Buxoro, Nishopur, Isfaxon, Balx, Hirotdan chiqqan arboblar boʻlgan. Xorazm davlatiga qarashli viloyatlarning maʼmuriy boshqaruvida ham vazirlar boʻlgan. Baʼzan shaharlarga ham vazirlar tayinlangan boʻlib, ular oʻsha madaniy va iqtisodiy markazning yagona hokimi ham edilar. Xorazmshohlar davlatida vazir lavozimi dastlab Sulton Otsiz hukumatida paydo boʻlgan. Oʻrta asrlar yozma manbalarida Xorazmshohlar davlat boshqaruvidagi koʻpgina mansab va lavozimlar haqida maʼlumotlar saqlanib qolgan. Ularning asosiylari quyidlagilaridir: Bosh hojib yoki ulugʻ hojib (hojibul-kabir) – oliy hukmdor shaxsi bilan bogʻliq masalalar, marosimlar, marosimlarning nazorati bilan aloqador ishlarga javobgar boʻlgan. Ular sultonning eng zarur topshiriqlarini bajarganlar hamda hukmdorga doimiy ravishda hamrohlik qilganlar. Ular vazirlik devonining daftarlari, undagi yozuvlar, arxivlar, moliya sohasidagi kotiblar va amaldorlarning hatti-harakatini nazorat qilgan. Ustozdor – xorazmshohlar saroyida xizmatkorlarga bosh boʻlib, otxonalar, oshxonalar, novvoyxonalar, sharobxonalar xoʻjaligini boshqarar edi. Oliy hukmdorning birinchi chorlashidayoq ustozdor yetib kelib, sulton topshiriqlarini boshqa xizmatkorlarga yetkazar edi. Ustozdor saroyning barcha chiqimlarini amalga oshirgan. Saroy mansablarining barcha xarajatlari ham uning zimmasida boʻlgan. Ustozdor xazinadan chiqadigan barcha sarf-xarajatlar uchun doimiy ravishda sultonga hisobot berib turgan. Amiri-oxur (miroxoʻr) – sayischi, sulton otxonalari boshligʻining lavozimi. U sultonga qarashli minib yuriladigan otlarga egalik qilgan. Miroxoʻrlar harbiy yurishlarda ham faol ishtirok etganlar. Amiri-shikor – sulton ovlarini tashkil etuvchi va boshqaruvchisi lavozimi. Tashtdor – sulton hammomlari va hovoʻzlarining boshligʻi. Uning qoʻl ostida bir necha gʻulom boʻlgan. Tashtdorlar sultonga juda yaqin odamlar boʻlgan. Ayrim sultonlar tashtdorlarga malik unvonini ham berishgan. Ayrim tashtdorlar hatto oʻn ming askarlarga boshchilik qilib, harbiy yurishlarga ishtirok etganlar, baʼzilari esa sultonning shaxsiy elchisi vazifasini ham bajargan. Sharobdor – sulton sharobxonasining boshligʻi. Sharobxonada turli sharoblar tayyorlash bilan birga shirin ichimliklar tayyorlash uchun shakar ham saqlangan. Sharobdorlar amirlar orasidan tayinlanib, uning qoʻl ostida bir nechta gʻulomlar boʻlgan. Qissador – bir hafta davomida sulton nomiga yozilgan ariza va iltimosnomalarni yigʻib payshanbadan jumaga oʻtar kechasi sultonga topshirgan. Juma kuni esa sultonning javobini ariza egalariga yetkazgan. Xorazmshohlar saroyida qissador eng obroʻli mansablardan biri hisoblangan. Choshnigir (bakovul) – u dasturxon yozilganda sulton taomlaridan zaharlanmasligi uchun oʻzi birinchi boʻlib tatib koʻrar edi. Davotdor – sultonning xos kotibi, farmonlarini yozuvchi. Farrosh – sulton oʻrin-toʻshaklari saqlanadigan farroshxona boshligʻi. Uning ixtiyorida gilamlar, chodirlar, poyondozlar, koʻrpa-toʻshaklar boʻlgan. Farrosh va maxsus oʻrgatilgan gʻulomlar sulton atrofida doimo hozir turar edilar. Amirul-aʼlam (aʼlamdor yoki yalovbardor) – sulton bayroqdori yoki sulton tugʻining sohibi. Xorazmshohlarning davlat tizimi Saljuqiylardan deyarli farq qilmagan. Ilgari boʻlgani kabi davlat boshqaruvi dargoh va devonlar majmuidan iborat boʻlgan. Dargohda hojib, ulugʻ hojib Xorazmshohlar davrida ham oʻz ahamiyatini saqlab qolgan. Hojiblarga maxsus moʻzokaralar olib borish, hatto vazirlar faoliyatini tekshirish kabi muhim vazifalar topshirilgan. Hojiblarning viloyat hukmdori boʻlganliklari ham manbalardan maʼlum. Xorazmshohlar davlatining aholisi va ularning qatlamlari haqida yozma manbalar (Muhammad Bagʻdodiy) qoʻyidagicha maʼlumot beradi10. 1. Sayidlar – paygʻambar avlodlari sanalganliklari tufayli hukmdorlar ularni qattiq hurmat qilganlar hamda ularni har tomonlama, ayniqsa, moddiy jihatdan doimo qoʻllab-quvvatlab turganlar. 2. Imomlar va olimlar – ularning maslahatlari va koʻrsatmalariga davlat ishlariga amal qilingan boʻlib, ijtimoiy hayotda bunday shaxslarning mavqei ancha ustun boʻlgan. 3. Qozilar va xokimlar – asosiy qonun chiqaruvchilar boʻlib, ular shariatning aholi ustidan nazoratini amalga oshirganlar. 4. Tasavvuf vakillari – islom dinida noortodoksal oqim vakillari boʻlib, faqirona hayot kechirganlar. Ular orasidan chiqqan donishmandlar va mashoyixlarning koʻpchiligi xalq tomonidan eʼzozlangan. Hukmdorlar bunday shaxslarni hurmat qilib, ularning duosini olib turgan. 5. Oqsoqollar – qishloq, qasaba, urugʻ-qabila boshliqlari. 6. Amaldorlar va sipohiylar – hukmdorlarning joylardagi noiblari qoʻli ostida xizmat qiluvchi shaxslar. 7. Gʻoziylar – islom dini uchun kurashuvlar. Xorazmshohlar davlati oʻzining paydo boʻlgan davridan boshlab to inqiroziga qadar doimiy qoʻshinlariga ega boʻlgan. Manbalarning maʼlumot berishicha, Xorazmshohlar oʻz davlatida majburiy umumxalq harbiy taʼlim tizimini joriy qilganlar. Davlatdagi qoʻshinlar soni hukmdorlar harbiy yurishlarining koʻlamiga qarab oʻzgarib turgan. Manbalardan maʼlum boʻlishicha, 1218 yilda Muhammad xorazmshoh yalpi qoʻshinlar koʻrigi oʻtkazib, unda «150 mingga yaqin otliq, 100 ming piyoda askar qatnashdi». Xorazmshohlar davlatining eng oliy harbiy boshqaruv idorasi devon-al arz (yoki devon-al jaysh) deb nomlangan boʻlib, uning boshligʻi sohib devon-al arz (yoki sohibi devon-al jaysh, yoki ariz-al jaysh) hisoblanar edi. Devon-al arz harbiylarga tegishli boʻlgan yer-suvlar, ularga beriladigan maosh va har xil toʻlovlar, shuningdek, askarlarni roʻyxatga olish, ular va ular qoʻlidagi qurol-aslahalarni tekshirib kurish ishlari bilan shugʻullanardi. Bu devon hamma harbiylarga belgilangan maoshlarini (mavajib, arzak) hamisha maʼlum vaqtda berib turar va harbiy boshliqlarning maoshini oʻz qoʻl ostidagilarga toʻgʻri taqsimlanishini nazorat qilar edi. Dargohda ulug‘ hojib mansabi alohida o‘rin tutgan. U hukm dor ning xos kishisi sanalib, lozim bo‘lgan hollarda vazirlar faoliyatini ham nazorat qilgan. Hojiblar hukmdor nomidan davlat ahamiyatiga daxl dor muhim masalalarda muzokaralar olib borganlar. Dargohdagi yana bir oliy lavozim sohibi ustozdor hisoblangan. Xazina mablag‘ lari butunlay uning tasarrufida bo‘lgan. Dargoh hayotiga oid ko‘plab asosiy masalalar ustozdor nazorati ostida hal etilgan. Davlatdagi tashtdor lavozimi ham muhim sanalib, u sultonning sirdosh kishisi hisoblangan. Tashtdor hukmdorning maxfiy sirlaridan ogoh bo‘lib, doimo u bilan bahamjihat holda faoliyat yurit gan. Oliy lavozimlardan yana biri – qissador bo‘lib, u sulton nomiga kelgan arz, shikoyatlarni yig‘ib, o‘rganib, ularni hukmdor hukmiga havola qilib borgan. Dargohdagi xizmat turlari ichida chashnigir – sultonga beriladigan ovqat, ichimliklarni tekshiruvchi, jomador, davatdor (kotib), sharobdor, bayroqdor (amiri alam), xizmatkorlar boshlig‘i maliki havas kabi vazifalar ham alohida ko‘zga tashlanib turadi. Ijroiya ish lari devonlar (vazirliklar) tomonidan amalga oshirilgan. Ayniq sa, bunda bosh vazir katta mavqega ega bo‘lib, u faqat hukm dor ga bo‘ysungan. Man sabdor larni ishdan olish, ishga tayinlash, mao sh, nafaqa tayinlash, xazina va soliq tizimini nazorat qilish, mahalliy vazirlar hisobotini olish va shu kabilar uning vakolatida bolgan. Devonlar ham o‘z vakolatlari doirasida faoliyat yuritganlar. Ma sa lan, insho yoki tug‘ro devoni rasmiy hujjatlar, yozishmalarni tuzish bilan shug‘ullangan. Shuningdek, moliya ishlari bilan istifo devoni, davl at nazorati tadbirlari bilan ishrof devoni, harbiy ishlar bilan devoni arz yoki jaysh shug‘ullangan. Sulton xonodoni hayotiga, iq tisodi yotiga tegishli yana bir muhim devon mavjud bo‘lib, u devoni xos nomi bilan atalgan. So‘n ggi xorazmshohlar davrida harbiy sohaga alohida ahamiyat be ril gan. Bunda bir necha yuz minglik qo‘shindan tashqari oliy hukm dorning maxsus shaxsiy gvardiyasi (Haros) katta mavqega ega bo‘ l gan. Sulton Muhammadning shaxsiy gvardiyasi 10 ming nafar kishi dan tashkil topgan. Harbiy qismlarda harbiy nazoratchi, sipohsalor, sohibi jaysh (viloyat qo‘shini boshlig‘i), amir ul-umaro, malik (10 ming qo‘shin boshlig‘i), chovush (chopar), josus (razvedkachi), askar qozisi kabi mansablar ham mavjud bo‘lgan11. Xorazmshohlar qoʻshinlarining qoʻmondoniga qoʼid yoki muqaddam degan unvon tavsiya etilardi. Xorazmshohlar yangi zabt etilgan oʻlka yoki viloyat yerlarini amirlarga iqto tariqasida taqsimlab berar, mahalliy amirlar orasidan eng qobiliyatlisini ularga boshliq qilib tayinlab unga amir-al umaro (amirlar amiri) nomini berardi. Qoʻshindagi 10 ming kishilik suvoriylar guruhiga qoʻmondonlik qilgan kishilar malik unvoniga ega boʻlar edi. Janglarda alohida mardlik koʻrsatgan maliklarga esa xon unvoni berilgan. Qoʻshindagi choparlar chovush, ularning boshliqlari esa muqaddam chovushiya deb yuritilgan. Maxsus xufiya va aygʻoqchilar boʻlinmalari josusiya deb atalgan. Urush boshlanishidan avval yoki urush eʼlon qilingan vaqtda Xorazmshohlar harbiy kengash chaqirishar va unda oldinda turgan urush bilan bogʻliq masalalar muhokama qilinardi. Ushbu kengashga Xorazmshohning oʻzi boshchilik qilib, unga yirik harbiy arboblar, ulamolar, qonunshunoslar va munajjimlar taklif qilinar edi. Kengashda barcha takliflar koʻrib chiqilib, soʻnggi qarorni shohning oʻzi qabul qilardi. Maʼmuriy jihatdan bu davlat viloyatlarga, viloyatlar esa, shahar va qishloklarga ajratilib boshqarilgan. Ular davrida Xorazmda davlat boshkaruvining ancha takomillashgan tizimi vujudga keldi. Xorazmshoh davlatning oliy hukmdori, hokimi mutlaq hisoblangan. Gurganjda shoh saroyi qoshida markaziy boshqarma — devonxona tashkil etilib, uning tarkibida ziroat, savdotijorat, moliya, soliq ishlari, shahar va qishloqlarda osoyishtalikni saqlash, harbiy ishlar va boshqa davlat ahamiyatiga ega vazifalar bilan shugʻullanadigan mahkamalar boʻlgan. Saroyning eng yuqoriʻlavozimlaridan biri vazirlik lavozimi boʻlib, u xoʻjayibuzruk (bosh xoʻja) unvoniga ega boʻlgan. U devonxona ishlariga javob bergan, katta safar paytida podsho nomidan davlatni idora qilgan. Maʼmuniylar davrida Xorazmshohlar davlatida ilmfan, madaniyat ravnaq topib, Xorazm Maʼmun akademiyasi tashkil qilindi. Unda xizmat kilgan buyuk qomusiy olimlar, allomalar oʻzlarining ajoyib kashfiyotlari va asarlari bilan Xorazmshohlar davlatining mavqeini oʻz davri va keyingi davrlar uchun yuksak darajaga koʻtardilar. Biroq bu madaniy yuksalish uzoq davom etmadi. 1017-y. da Xorazm Mahmud Gʻaznaviy tomonidan zabt etidsi. Shu bilan maʼmuniylar sulolasiga chek qoʻyildi. Mahmud Gʻaznaviy oʻz sarkardalaridan biri Oltintoshni xorazmshoh lavozimiga tayinlaydi. Oltintoshlar sulolasidan ham 3 ta xorazmshoh hukmronlik qilgan.Xullas, XIII asrning birinchi choragida Xorazmshoh Muhammadning harbiy va siyosiy uquvsizligi tufayli Horazmshohlar davlati inqirozga uchradi. Shunga qaramasdan oʻzbek xalqi oʻrta asrlar davri davlatchiligi tarixida Xorazmshohlar davlati muhim oʻrin tutadi12. Oʻz davrida Xorazm davlati Movarounnahr, Xuroson, Mozandaron, Kirmon, Fors Iroqi, Ozarbayjon, Sijiston, Gʻazna va boshqa davlatlar hamma viloyatlarni oʻz tarkibiga olgan edi. Xorazm saltanati XII asrning oxiri – XIII asrning boshlarida musulmon Sharqining eng yirik va qudratli davlati edi. Download 49.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling