Mavzu: Xorazm davlati va uning yuksalishi
Xorazmshohlar davlatining yuksalish davri
Download 49.54 Kb.
|
Xorazm
3 Xorazmshohlar davlatining yuksalish davri .
XI asr oxiri XII asr boshlarida tarix sahnasida Buyuk Saljuqiylargatobe davlat sifatida paydo boʻlgan Xorazmshohlar davlati, sulola asoschisiAnushtaginning Alouddin Otsiz (1127-1156), Abulfath El-Arslon (1156-1172), Alouddin Takish (1172-1200) singari iqtidorli va siyosatdon avlodlarining harakatlari tufayli mustaqillikni qoʻlga kiritibgina qolmay, balki oʻz davrining yirik qudratli saltanatlaridan biriga aylandi. 1194 yili Sulton Toʻgʻrul III (1176-1194) ustidan gʻalaba qilib, Iroqi Ajam saljuqiylarining mulklarini ham oʻz tasarrufiga kiritgan.Takish minbaʼd “Xorazmshoh” emas, “Sulton ibn Xorazmshoh” deb atala boshladi. Zero, Gʻarbda Bogʻdod xalifaligi chegaralaridan tortib, Sharqda Sirdaryo boʻylarigacha boʻlgan katta hududda uning nomi bilan xutba oʻqilar, Xorazm mahalliy davlatdan jahon miqyosidagi saltanat markaziga aylanayotgan edi. Kuchli va koʻp sonli qoʻshin tayyor turib, boshqaruv tizimi puxta yoʻlga qoʻyilgan, tranzit savdo va boshqa ichki ham tashqi manbalar asosidamamlakat iqtisodiyoti oʻsib bordi.Ammo, ayni paytda, Xorazm hali “kofir” (qoraxitoylarga oʻlpon toʻlab,bosib olingan oʻlkalarning hammasida ham Xorazmshohlar hokimiyati mustahkam emasdi. Gʻuriylar davlati (hozirgi Afgʻoniston va Hindistonning bir qismini oʻz ichiga olgan davlat) kun sayin kuchayib, janubdan tahdid solgan. Shunday bir vaziyatda, 1200 yil 3 avgust kuni Takishning oʻgʻli Qutbiddin Muhammad poytaxt Gurganjda Alouddin Muhammad nomi bilan taxtga (1200 -1220) oʻtiradi13. Xorazmshoh xalqaro siyosat maydonida ishni Xurosondagi mulklarini qaytarib olishdan boshladi. Zero, Gʻuriylar Takishning vafotidan (1200 yil 3 iyul) soʻng yuz bergan parokandalikdan foydalanib, Xurosonni katta qismini Xorazmshohlardan tortib olgan edilar. Sulton Alouddin Gʻuriylarga qarshi kurashda qoraxitoylardan madad soʻrashga majbur boʻldi. 1204 yil kuzida boʻlib oʻtgan jangda Shahobiddin Gʻuriy (1203-1206) qoʻshini magʻlubiyatga uchradi. Oradan bir bir yarim yil oʻtgach, Movarounnahrga yurish uchun tayyorgarlik koʻrayotgan Shahobiddin Gʻuriy yollanma qotillar tomonidan oʻldiriladi. Natijada Xorazmshohlarning musulmon dunyosidagi eng kuchli raqibi boʻlgan Gʻuriylar davlati parchalanib ketadi. Sulton Alouddin uchun yangi yerlarni zabt etib, oʻz saltanati hududlarini kengaytirish imkoni paydo boʻldi. Bu imkoniyat 1206 yilning oʻzida Hirot, Balx, Termiz, Toliqon, Andxud, Isfizor, Sijiston, Mozandaron (Tabariston) kabi yirik shahar va viloyatlar birin-ketin Xorazmshohning ixtiyoriga oʻtdi. Xorazmshohlar davlatining kuch-qudrat va nufuz kasb etgani sababmi yoki qoraxitoylar zulmining ortishimi, har holda Samarqandda hukmronlik qilayotgan qoraxoniylar sulolasining soʻnggi vakili, qoraxitoylar vassal Usmon ibn Ibrohim 1207 yilda Sulton Alouddinga qoraxitoylar istibdodidan xalos etishni soʻrab noma yubordi. Movarounnahrdagi mahalliy sulolalar har yili qoraxitoylarga katta miqdorda oʻlpon toʻlar edilar. Taxminan shu paytda Buxoro sadrlari ham shahar hunarmandlariningqoʻzgʻolonini bostirishda madad tilab Xorazmshohga murojaat qilishadi. Bu iltimoslarni ayni muddao deb bilgan Sulton Alouddin Movarounnahrga qoʻshin tortdi. Buxoro ishgʻol qilinib, Sulton Usmon ham Xorazmshoh hokimiyatini tan oldi14. Xorazmshohning qoraxitoylar bilan toʻqnashuvi muqarrar edi, chunki Xorazm hali ularga tobe edi. Ammo Movarounnahr egallanganidan soʻng, gurgon (qoraxitoylar hukmdori) qoʻshini bilan boʻlgan birinchi jangda Xorazmshoh magʻlubiyatga uchrab, hatto asirga tushadi va baxtli tasodif tufayligina najot topib, Xorazmga yetib olishga muvaffaq boʻladi. Ikkinchi, hal qiluvchi jang 1210 yilning erta kuzida Ilamish choʻlida (Andijon viloyatining shimoliy chegarasi)da boʻlib oʻtdi. Bu gal Xorazmshohning qoʻli baland kelib, Taroz hokimi qoraxitoylar qoʻshinining qoʻmondoni Tayangu qoʻshini tor-mor keltirildi; qoraxitoylarning bir qismi va Tayanguning oʻzi ham asir olinadi. Yettisuv oʻlkasi Xorazmshohlar davlatiga qoʻshib olinadi. Bu gʻalaba haqidagi xushxabar butun musulmon dunyosiga tarqalib, katta shov-shuvlarga sabab boʻldi. Xorazmshoh Alouddin endi oʻzini “Iskandari soniy” (“Ikkinchi Iskandar”) va Buyuk saljuqiylarning soʻnggi vakili, 40 yil hukmronlik qilgan Sanjar (1117- 1157) nomi bilan “Sulton Sanjar” deb atay boshladi. Saroy marosimlari ham shunga yarasha yanada dabdabali tarzda oʻtkazadiladigan boʻldi54. Ammo bu hokimiyat oʻrta asrlardagi barcha feudal davlatlariga xos boʻlgan xususiyatlarga ega edi. Qoraxitoylar davlatining tor-mor qilinishi Xorazmshohga oʻz yerlarini sharqqa qarab kengaytirishga imkon berdi. Movarounnahr yerlarini qoʻlga kiritgan Xorazmshoh bu oʻlkaning koʻpgina shaharlarini buzib tashlashga buyruq berdi (jumladan, Shoshda va Shimoliy Fargʻonada) va buni moʻgʻullarning bostirib kirishiga qarshi tadbir deb asosladi. Bir qancha oʻrta asr tarixchilari Alouddin Muhammadning qoraxitoylar davlatini yoʻq qilib yuborishini katta xato deb hisoblaydilar, chunki, qoraxitoylar islom mamlakatlari bilan “kofir” moʻgʻullar orasidagi toʻsiq vazifasini oʻtar edi. Xorazmshohning bu oʻylamay qilgan ishlarining koʻpgina islom mamlakatlari uchun achinarli oqibati tez orada maʼlum boʻldi. Moʻgʻullar uchun gʻarbga tomon yoʻl ochilib qolgan edi Xorazmshohning nigohi janubiy va gʻarbiy oʻlkalarga qaratilgan edi. Qisqa fursat ichida Eron, Ozarbayjon, shuningdek, ayrim viloyatlar Xorazmshohga boʻysundirildi. 1217 yilga kelib Xorazmshohlar imperiyasi Shimolda Orol dengizidan tortib Janubda Fors koʻrfasigacha Gʻarbda Iroq chegaralaridan Sharqda Hindistongacha boʻlgan hududni oʻz ichiga olardi15. Buning ustiga Gruziyaga yurishi uchun 50 minglik qoʻshin tayin etilgan. Gruziyadan soʻng Anatoliya, Suriya va Misrga yurish qilish moʻljallanmoqda edi56. Biroq Bogʻdod xalifasi an-Nosir bilan (1180-1225) boʻlgan nizo va keyingi voqealar sabab bu yurish amalga oshmay qoladi. Bogʻdod xalifaligi bilan munosabatlarning yomonlashuvi Sulton Takish davrida boshlangan edi. U Abbosiylardan dunyoviy hokimiyatni tortib olishga urinib koʻrgan, biroq uning an-Nosir bilan olib borgan kurashi natijasiz tugagan edi. Sulton Alouddin bir vaqtlar buvayhiylar (935- 1055) va Buyuk saljuqiylarga nasib etgan bu ishning uddasidan chiqishga qatʼiy qaror qildi. Ammo Xorazmshohning foydasiga Bogʻdodda xutba oʻqishni talab qilib borgan elchilarning barchasi rad javobini olib qaytishdi. Munosabatlar tobora keskinlashib, 1217 yili Xorazmshoh Muhammad 400 ming kishilik katta qoʻshin bilan Bogʻdodga qarshi yurishga otlandi. Lekin Xorazmshoh lashkarlari Hamadon va Bogʻdod orasidagi Asadobod dovoniga yetganda kuchli qor yogʻib, koʻpchilik jangchilar halok boʻldilar. Xorazmshoh orqaga qaytishga majbur boʻladi. Tabiiyki, bu ofat zamondoshlar tomonidan “Allohning gʻazabi va jazosi” sifatida qabul qilindi. XI asrning mazkur 40- yillaridayoq saljuqiylar Xorazm, Eron, Kavkazortiga harbiy yurishlar uyushtiradilar. 1055 yili esa Toʻgʻrulbek xalifalik poytaxti Bogʻdodni egallaydi va oʻz nomiga xutbi oʻqittiradi. Toʻgʻrulbek hayotligidayoq saljuqiylar Eron, Iroq, Kavkazorti oʻlkalarini oʻz taʼsir doiralariga tortgan edilar. 1071 yili esa keyingi saljuqiy hukmdor Sulton Alp Arslon (1063-1072) Kichik Osiyoda Vizantiya podshosi Romen IV Diogenni yengib, uni asirga oladi. Bu oʻz oʻrnida saljuqiylarning Kichik Osiyo va Yaqin Sharqda oʻrnashib olishlari uchun katta zamin tayyorlaydi. Sulton Malikshoh (1072-1092) zamonida Samarqand, Buxoro, Oʻzgand (Fargʻona) ham saljuqiylar qoʻl ostida birlashadi16. Sharqiy Turkistondagi qoraxoniylar ham saljuqiylar ustunligini tan oladilar. Sulton Malikshoh hukmronligi davrida saljuqiylar saltanati Sharqiy Turkistondan Oʻrta dengizigacha boʻlgan hududni oʻz ichiga olgan. Shu bilan birga, avvallari ham koʻrganimizdek, har qanday saltanatning oʻz yuksalish bosqichi boʻlishi bilan birga parchalanish, inqiroz yoʻliga kirish davri ham boʻldi. Saljuqiylar saltanatining zaiflashib parchalanish jarayoni esa XI asrning ikkinchi yarmida boshlanadi. Bunday jarayon sababini saltanatning haddan tashqari oʻlkan hududda yastanganligi,buning oqibatida uni bir markazdan turib boshqaruvdagi maʼlum qiyinchiliklarning vujudga kelishi, rasmiy sulolaning koʻplab namoyondalari, mahalliy hukmdorlarning mustaqillikka intilishlari, qaram oʻlkalarning tabiiy ravishda noroziligi, qarshiligi kabilar bilan tushuntirish mumkin. Qisqasi, XI asrning ikkinchi yarmidayoq saljuqiylar xonadoni vakillari faoliyati bilan bogʻliq Suriya, Iroq, Anatoliya (Koʻnya), Kirmon sultonliklari yuzaga keladi. Sulola ichki nizolari keskinlasha borib, XII asr boshlaridayoq saltanat sharqiy va gʻarbiy qismlarga boʻlinib ketadi. (Ashinaliylar, qoraxoniylarning ham ichki nizolar sababli huddi shunday qismlarga boʻlinib ketganini eslaylik). Sharqiy qism, asosan, Xuroson va Movarounnahrdan iborat boʻlib qoldi. Uning chegaralari, taʼsir doirasi qatʼiy boʻlmay oʻzgarib turgan. Chunonchi, Sulton Sanjar (1118-1157) qudrati avjiga chiqqan vaqtlarda gʻarbiy saljuqiylar (Eron, Iroq, Ozarbayjon) uning yaʼni sharqiy saljuqiylarning siyosiy taʼsirida boʻlganlar. 1141 yili Movarounnahrga sharqdan qoraxitoylarning bostirib kirishi bilan esa Sulton Sanjarning ham kuchi qirqildi. Qoraxitoylarga qarshi saljuqlar qoraxoniylar bilan birgalikda lashkar tortgan boʻlsalar-da, ammo magʻlubiyatga uchraydilar. 30 ming kishi, jumladan, 3-4 ming amiru amaldor ham halok boʻladi60. Bu oʻz oʻrnida saljuqiylarga qaram boʻlgan Xorazm sulolalarining yuksalishi uchun sharoit yaratadi. Xuddi shu yerdan chiqqan xorazmshohlar (anushtaginiylar) XII asrning ikkinchi yarmida gʻarbiy saljuqiylarga zarba beradilar. Sharqiy saljuqiylar faoliyatiga esa Sulton Sanjar oʻlimidan keyin chek qoʻyiladi. Boshqacha qilib aytganda, XII asr oxiriga kelib, Kichik Osiyodagi Anatoliya (Koʻnya) sultonligidan oʻzga biron-bir makonda rasmiy saljuqiy xonadoni qolmaydi. Anatoliya (Koʻnya) sultonligi esa XIII asr oʻrtalarida moʻgʻullarga qaramlikka tushadi. Ammo nima boʻlganda ham xuddi mana shu saljuqiylar tufayli Kichik Osiyoga turkiy tilli qavmlarning borib oʻrnashishi jarayoni kuchayadi va asta-sekin mazkur mintaqada turkiy davlat va millatga asos solinishi uchun zaminyaratdi17. Shuning uchun ham hozirgi Turkiyadagi turkiy tilli xalq Turkistonni ota yurtimiz, yaʼni tarixiy vatanimiz, deb eʼtirof etadi. Yuqorida qayd etilganidek, saljuqiylar 1043 yili Xorazmni zabt etib, bu yerlarda Anushtaginlar – Xorazmshohlar sulolasiga (1097 - 1231) asos soldilar. Qutbiddin Muhammad, Jaloliddin Otsiz, El-Arslon, Sultonshoh Mahmud, Alouddin Takish, Muhammad Xorazmshoh hamda Jalolliddin Manguberdi ushbu sulolalarning hukmdorlari boʻlganlar. Xorazmshohlar sulolasining asoschisi Anushtagin yoshligida (tarixiymanbalarga koʻra) Garjistonda yashagan turk quli edi. (Manbalarda uni mamluk deyilgan, mamluklar qul ham, yollanma jangchi ham boʻlishi mumkin). Tarixchilar Rashididdin va Hofizi Abroʻ uning oʻgʻuz turklarining Bekdili urugʻidan deb yozishadi. Anushtaginni yoshligida isfahsolar Izziddin Onar (Oʻnar) Bilgitagin (vaf. 1098) sotib olgan va u saljuq sultoni Malikshoh I (1072- 1092)ning saroy aʼyonlaridan biri, sulton hovuzlari va hammomlari ashyolarining xazinachisi – tashtdorlik mansabida edi va koʻp oʻtmay, Anushtagin sultonning yaqinlaridan biri boʻlib qoldi. Tashtdorlik uchun zarur harajatlar u zamonda Xorazm viloyatidan kelib turgani uchun sulton Malikshoh xos, yaqin odami Anushtaginni Xorazm mustasarrifi (sarflovchisi) mansabiga tayinlab, unga taxminan 1077 yili Xorazm shihnasi (raisi, qalʼa boshligʻi) unvonini bergan edi62. Bu paytda Xorazm hokimi sulton Malikshoh I, yaʼni boʻlgʻusi ulugʻ Sulton Sanjarning oʻgʻliga tobe – mamluk Ekinchi ibn Qoʻchqor boʻlib, u bir necha yillar davomida Markaziy Osiyoda yuz bergan siyosiy voqealarning faol ishtirokchisi edi. Shuning uchun ham Xorazm shixnasi Anushtagin u vaqtda Xorazmda hokimiyat ishlariga aralasha olmas edi. 1097 yil Anushtagin vafot etadi va shu yili oʻgʻli Qutbiddin Muhammad Xorazm voliysi, yaʼni hokimi mavqeiga erishadi. Qutbiddin Muhammad otasi Anushtagin davrida Xuroson poytaxti Marvda yaxshi maʼrifat olgan, odob va din ilmlarini oʻrgangan edi18. U Xorazm hukmdori boʻlgach, qobiliyatli rahbar sifatida ulamolarga va din arboblariga homiylik qildi. U har tomonlama isteʼdodli odam edi. Olimu va din arboblari uni yaxshi koʻrishar, u ham ularni izzat-hurmat qilar edi. (Qutbiddin Muhammad) fuqarolariga adolatli boʻlib, ular ham uni yaxshi koʻrib, uning nomini aziz tutar edilar. Qutbiddin Muhammad saljuqlarning oliy hokimiyat uchun oʻzaro kurashida faol qatnashib, gʻalabaga munosib hissa qoʻshgan edi. Bularning hammasi Qutbiddin obroʻsini Sulton Sanjar oldida yanada ziyoda qildi. Sulton Sanjar 1118 yildan boshlab xalifalikdan Buyuk Sulton unvonini olgan edi. Bir yili Samarqand hokimi qoraxoniylar sultoni Muhammad Arslonxon (1102-1130)ga qarshi urush boshlamoqchi boʻlganida Movarounnahr aholisi (ulamo va din arboblari) Xorazmshoh Qutbiddinga maktub yozib, bu nizoni bartaraf etishda yordam soʻradilar. Ana shu vaqtda Xorazmshoh Muhammad Arslonxon iltimosini inobatga olib, Sulton Sanjar bilan xon oʻrtasidagi nizoni tinch yoʻl bilan hal etishga erishdi19. Xulosa Xorazm davlati tarixini o’rganar ekanmiz bu davlat tarixda o’zining o’chmas izini qoldriganiga guvoh bo’lamiz albatta.Xorazm davlati faoliyat yuritgan davrda o’ziga chegaradosh bo’lgan ko’plab yurtlarni bosib olgan va o’z davlati safiga qo’shgan.Xorazm davlati gullab yashnagan davrda nafaqat kuch balki ilm-fan memorchilik, adabiyot va san’at sohalarida juda katta rivojlanishlar sodir bo’ldi. Mamlakatimiz va millatimizning, arboblarimiz-ning fan va madaniyatga bo’lgan chanqoqligi azaliy jarayon ekani anushteginiylar davrida yana bir bor isbotlandi. Bu zamonda madrasalar barpo etish, kutubxonalar ochish, ularni kitoblar bilan to’ldirish, iste’dod egalarining boshini silash, asrab-avaylash odati saqlanibgina qolmay, yanada rivoj topdi. Ziyo maskani bo’lmish kutubxonalar faoliyatiga katga e’tibor berilgan. Masalan, Buxoro viloyatidagi shaharlardan birida fuqarolar, ya’ni umumiy kutubxona mavjud bo’lib, unda saqlanadigan qo’lyozma asarlar g’oyatda noyob hisoblangan. Xuddi shunday kutubxonalar o’lkaning boshqa erlarida ham, masalan, Xorazmda bo’lgani ma’lum. Madrasalarga kelsak, manbalarda yozilishicha, bunday bilim maskanlari saltanat markazi Xorazmdan tashqari Nishopur, Isfahon va boshqa shaharlarda ham qad ko’targan. Ularda o’qish jarayoniga juda katta mas’uliyat bilan qaralganini shundan ham bilib olsa bo’ladiki, Madrasa rahbari va mudarrislar oliy hukmdor yo uning joylardagi noibining maxsus buyrug’i bilan tayinlanganlar. Chunki har qanday jamiyat, u qanchalik turli imkoniyatlarga ega bo’lmasin, agar shu imkoniyatlarni yuzaga chiqarishga qodir mutaxassislar bo’lmas ekan, ular og’izda qolaveradi. Mutaxassislar esa tarbiyalanadi, parvarish etiladi. Xorazmshohlardan Otsiz, Takashlarning shu ma’nodagi buyruqlarini tahlil qilarkanmiz, ular mazkur haqiqatni juda to’g’ri anglaganliklari namoyon bo’ladi. Shuning uchun ham ular ta’lim va tarbiya, fan sohalariga mutasaddilarning ilmli, iymonli, hurmatli, halol bo’lishlariga katta e’tibor bilan qaraganlar. Xorazm davlatida parokandalik boshlangan paytda bundan Chingizxon unumli foydalandi va davlatni o’z tasarrufiga kiritdi, Shoh Jalollidin Manguberdinng barcha say-harakatlariga qaramay Xorazm davlati bosib olindi. Download 49.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling