Mavzu: Xorazmshohlar (Anushteginiylar) davlati. Reja


Download 20.93 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi20.93 Kb.
#1062324
Bog'liq
anushtegeniylar2


Mavzu: Xorazmshohlar (Anushteginiylar) davlati.


Reja:
1. Xorazmning mustaqilligi uchun kurash
2. Takash davlati
3. Xorazm buyuk davlat

Kirish
Xorazmshohlarning o`ziga xos bo`lgan hukumdori Aluddin Xorazmshoh Otsizning hayoti haqida bo`lib, ushbu tarixiy shaxsning murakkab,shu bilan birga qiziqarli hayotidan lavhalar yoritilgan. Aslida bu inson haqida butun boshli kitoblar yozish ham mumkindir balkim. Ammo bu maqolda iloji boricha qisqaroq va tushunarliroq hayoti va faoliyatiga baho berishga urunilgan. Albatta bularning barchsi ma`lum ilmiy asarlarga asoslangan faktlarga asoslangan

Xorazmshoxlar davlati 1017- yilda Mahmud Gʻaznaviy tomonidan zabt etib, oʻz mustaqilligidan mahrum boʻlgan Xorazm koʻp vaqt oʻtmay (1044), saljuqiylar davlatiga qaram boʻlib qoldi. Saljuqiylar hukmdori Malikshoh oʻz ma’murlaridan Anushtakinni Xorazmga noib hukmdor qilib tayinlaydi. Anushtakin vafotidan soʻng Xorazmda uning vorisi Qutbiddin Muhammad (1097-1127) noiblik qildi.


Xorazmning mustaqilligi uchun kurash XII asrning ikkinchi choragidan boshlanadi. U Qutbiddin Muhammadning oʻgʻli Otsiz (1127-1156) nomi bilan bogʻliqdir. Mohir diplomat va gʻayratli lashkarboshi Otsiz va uning vorislari Xorazmni saljuqiylar tasarrufidan ajratib olindi. Otsiz siyosatini uning vorislari Elarslon (1156-1172) va Alouddin Takash (1172-1200) davom ettirdilar.
1156- yilda Sulton Sanjarga qarshi koʻchmanchilar isyon koʻtardi. Buning oqibatida Saljuqiylar davlati keskin zarbaga uchrab, parchalanib ketdi. Xorazmning hukmronlik doirasi kengayib, uning mustaqilligi yanada mustahkamlandi. Xorazm davlati, ayniqsa, Otsizning nabirasi Takash davrida kengaydi. U 1187- yili Nishopurni, 1192- yilda Rayni, 1193- yilda Marvni egalladi. 1194- yilda Saljuqiylar sultoni Tugʻrulbek II ga zarba berdi. Butun Sharq va gʻarbiy Eron hududlari Takash qoʻliga oʻtdi va Xorazmshohlar davlatining yerlari ikki barobardan koʻproq kengaydi.
Takash davlati harbiy feodal davlat edi. Uning doimiy 150 ming kishilik qoʻshini bor edi. Xorazmshohlar davlatining siyosiy tizimi ancha samarali edi. Unda devon bosh idora hisoblanar edi. Devon tepasida turgan vazir davlat ichki va tashqi siyosatini oʻz qoʻli ostidagi xodimlar orqali amalga oshirar edi. Takashning xotini Turkonxotun tufayli Xorazmga kelgan turk zodagonlari va qipchoqlar davlatning barcha mas'uliyatli lavozimlarini va qoʻshinda qoʻmondonlik oʻrnini egallaydilar.
Takashdan soʻng uning oʻgʻli Sulton Muhammad Alovuddin (1200-1220) ham Xorazm davlatini kengaytirish siyosatini davom ettiradi. Dastlab u Xirot va uning atroflari hamda Xurosonning Xorazm davlatiga kiritilmagan viloyatlarini egalladi, U qoraxoniylarga zarba berib, Movarounnahrni ular qoʻlidan tortib olishga harakat qildi.
XIII asr boshida Xorazm juda keng maydonni egallagan buyuk davlatga aylangan edi. Uning shimoliy-gʻarbiy va harbiy chegarasi Orol va Kaspiy dengizi sohillaridan janubiy gʻarbda Iroqqa qadar borar edi. Janubiy-sharqiy hududlari qazna viloyatidan, shimoliy-sharqiy chegarasi esa Yettisuv va Dashti qipchoqdan oʻtar edi. Bu ulkan davlatning poytaxti Urganch shahri edi. Biroq qoʻlga kiritilgan muvaffaqiyatlar Xorazmshoh Alovuddin Muhammadni esankiratib qoʻydi. U oʻzini dunyoda eng qudratli, yengilmas shoh deb hisobladi. Shu bilan birga oʻzini “Iskandari soniy” (“Ikkinchi Iskandar”) deb ham atay boshladi.
1217- yil Xorazmshoh lashkarlarining Bogʻdodga qarshi yurishida omad uncha boqmadi. Biroq, 1219- yil moʻgʻullar Movarounnahrga hujum boshlaganligi toʻgʻrisida xabar keldi. Xorazmshoh faqat tashqi koʻrinishdangina kuchli koʻrinar edi. Viloyat hukmdorlarining isyonlari, xalqning norozilik harakatlari Xorazmshoh davlatni zaiflashtirdi. Chingizxon boshliq moʻgʻullar hujumiga bardosh bera olmay, saltanat tez fursatda qoʻladi.
Xulosa:
Men xulosamni Tarix fanlari doktori,professor Ashraf Ahmadning “Dunyo o`ta bevafo ayolga ham, keksa donoga ham o`xshaydi. Shuning uchun tarixni bilish, u bilan “sizlashish” kerak. Undan “kim edik,kim bo`lganmiz,endi kimmiz,ular kim edilar,endi kim bo`ldilar”- degan savollarning barchasiga javob topish mumkin. Shuning uchun tarixni mutolaa va u haqida munozara qilmoq kerak” – degan so`zlari bilan boshlashni joiz topdim. Rostdan ham tarix ba`zan o`ta bevafo va adolatsiz. Jumladan Xorazmshohlar davlatining ayanchli yakuni bunga misol. Yoki sohibqiron Amir Temur zahmatlar ila birlashtirgan,tinchlik o`rnatgan davlatning parchalanib ketishi va oxir-oqibatda qulashi,yaqin tarixda esa yurtimiz mustaqilligi uchun kurashgan jadidlarning, yurt fidoiylarining taqdiri bunga yaqqol misol. Xoramshoh Otsiz hayotida ham xuddi shunday adolatsizliklar mavjud. Ulardan eng muhimi Xorazmshohlar mustaqilligi yo`lida 18 yillik kurashi(1138-1156-yillar) davomida kechgan zahmatlari(farzandidan ayrilishi,bir necha marotaba sulton Sanjarga bosh egishga majbur bo`lishi, turli mag`lubiyatlar va g`alabalar)uchun unga davlatinining mustaqilligi,kuchayishi,tarqqiyotini ko`rish nasib etmadi. Ko`pchilik Xotazmshohlar davlatini o`rganishni 1-o`rinda sulola asoschisi Qutbiddin Muhammad davridan o`rganish kerak deyishi yoki Sulolaning asl mustaqilligini va qudratini ta`minlagan Sulton Takash davridan boshlash kerak deyishi mumkin. Ammo menimcha Xorazmshohlar tarixini o`rganishda,uning Saljuqiylar qaramligidan qanday mustaqillik tomon qadam qoyib borganligi, qudratli davlatga aylanganligini bilish uchun albatta Otsiz va uning hukumronligini o`rganishi tadqiq etishi shart va lozim. Chunki qudratli va mustaqil Xoramshohlar davlatiga tamal toshini qoyib ketdi va keyingi avlodlari uchun Buyuk davlat qurish uni rivojlantirish uchun zamin tayyorladi. Xulosa qilib aytganda Otsiz buyuk davlatga asos solgan ajdodlariga namuna bo`ldi, yo`l ko`rsatdi, imkoniyat yarat

Foydalanilgan adabiyotlar


1. Ziyo Buniyodov “Anushtagin-Xorazmshohlar davlati(1097-1231)
2. Ibrohim Qafes o`g`li “Xorazmshohlar davlati”
3. Xorzamiy.uz va ZiyoNet.uz saytlari
4. Ziyo Buniyodov Anushtagin-Xorazmshohlar davlati 10-bet
5. O`sha kittob 11-bet
6. Jahongusho II jild 3-4-bet
7. Jahongusho II jild 5 sahifa
8. Ziyo Buniyodov O`sha kitob 40-bet
9. Ato Malik Juvayniy 1-tom,V.V. Bartold
10. Ziyo Buniyodov O`sha kitob 38-bet
Download 20.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling