Mavzu: Xorijda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi Reja: Ijtimoiy pedagogikaning paydo bo'lishi


Download 41.88 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi41.88 Kb.
#1017967
Bog'liq
Xorijda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi

Mavzu: Xorijda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi

Reja:

1. Ijtimoiy pedagogikaning paydo bo'lishi.

2. Ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish bosqichlari

3. Ijtimoiy pedagogikaning ahamiyatli jihatlari


Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi ancha qadimiylikka borib tutashadi. Uning qadimiyligi buyuk mutaffakirlarning ilmiy qarashlarida o'z tasdig'ini topgan. Bu fan insoniyat jamiyat hayotida muhim rol o'ynaydi. Jamiyat va insonlar o'rtasidagi koprik desak ham mubolag'a bo'lmaydi. Jamiyatdagi ijtimoiy normalar, ularga insonlar qay darajada amal qilyapti insolar qanaqa hayot kechirmoqda bu shu jamiyatga mansub xalqqa mos keladimi milliyligiga qanchalik tog'ri keladi shu kabi muammolarni o'z ichiga oladi. Fan sifatida ijtimoiy pedagogika qadimdan rivojlanib kelgan..
Ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishini quyidagi 3 bosqichga bo‘lish mumkin.
Birinchisi–boshlang‘ich davr, qadimgi davrdan XVII asrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu tarbiya amaliyotini tushunib yetish. Pedagogik va ijtimoiy pedagogik tafakko‘rning shakllanishi bilan bog‘liq. Bu davrda tarbiya ijtimoiy vokelik sifatida tiklana boradi, uning shakllanishi stixiyali tarzdan anglangan faoliyatga aylandi, tarbiya’ning turli nazariyalari vujudga keldi. Antik davrlardayok ijtimoiy – pedagogik g‘oya’ning tamal toshi qo‘yilgan edi, ya’ni ta’lim va tarbiya «Beshikdan tobutgacha» davom etadi, deyilgandi. Tarbiya’ni yoshlikdan boshlash, bunda bolaning tabiatni, atrof – muhit ta’sirini hisobga olish, kattalar, eng avvalo, ota – onalar nufuziga suya’nish lozim.
Ikkinchi bosqich, XVII – XIX asrlarni o‘z ichiga oladi. Bu ijtimoiy pedagogikaning g‘oyalari va ilmiy konsepsiyalarini rivojlantirish, fan sifatida tiklanish davri bo‘lgan edi.
G‘arbda uygonish davrida esa bola tarbiyasida insoniylik g‘oyalarini ilgari surish rivojlana bordi. Bu davrda italyan pedagogi, insonparvari Vitarrino De-Feltre (1378 –1446) “Quvonch uyi” deb nomlangan birinchi maktab-internati tashqil etgan olimning fikrlarini kiritish mumkin.
XVII–XIX –asrlar. Ijtimoiy pedagogika fanini fan sifatida vujudga kelishi va fan rivojidagi ilgor g‘oyalar bilan xarakterlanadi. 18 va 19 – asrlar jahon madaniyati tarixidan burjua demokratik inqilobi bosqichi sifatida joy olgan.
Yirik olim (pedagoglar, faylasuflar, psixologlar) ijtimoiy pedagogik muammolar yechimini izladilar. Ular jamiyat va davlat bilan hamkorlikda bu muammolar yechilishini izladilar. Tarbiya masalalari jamiyatni qayta tashqil etish g‘oyalari bilan ko‘rib chiqildi. Bu davrlar ijtimiy-pedagogik g‘oyalarda barcha insonlar teng huquqli, erkin, ozod bo‘lishlari lozim ekanligi hakidagi fikrlar ko‘tarilgan. Bu bosqichda ijtimoiy pedagogika muammolari amaliy-ijtimoiy pedagogika bilan uzviy aloqada rivojlanadi. O‘sh davr yetuk pedagoglari bolalarni turli muammoga bag‘ishlab, yetim qarovsiz bolalar uchun bolalar uyi, bog‘chalar, maktab va boshqa muassasalar tashqil etdilar. Butun 19 asr davomida pedagogikadan ijtimoiy pedagogikaning ajralib chiqishi jarayoni uzok davom etadi.
Shu bilan birga uning rivojlanishiga falsafa va pedagogikadan tashkari psixologiya, sotsiologiya, antropotologiya (insonni kelib chiqishi va rivojlanishi haqidagi fan), tibbiyot va boshqa fanlar katta tasir ko‘rsatdi. Lekin ijtimoiy pedagogikadan ajralib chiqishi jarayoni bilan birga boshqa jarayon ham uning integratsiya jarayoni (lotincha inteyeger-yaxlit) ya’ni boshqa fanlar bilan birlashishi davom etadi. 19 asr oxirida ijtimoiy pedagogika-pedagogik faniniing mustaqil sohasi bo‘lib ajralib chikdi. Bu hodisa A.Distervarg, Ravul Notoro va boshqalarning nomlari bilan bog'liq. Ko'plab olimlar bu fan ustida ishlaganlar. Alohida fan sifatida shakillanish yo'lida juda katta mehnat qilganlar.
Uchinchi bosqich-20 asrning boshidagi ijtinoiy pedagogikaning mustaqil fan sifatida rivojlanish davri. Bu davrni tekis yoki oson davr deb aytib bo‘lmaydi. hozirgi kungacha turli davr olimlari ijtimoiy pedagogika boshqa pedagogik fikrlar orasida qanday o‘rin tutishi hakida tortishuvlar mavjud: u fan hisoblanadimi yoki amaliy faoliyatning sohasimi; ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlar qanday munosabatlar bor va boshqalar. Ko‘pchilik davlatlarda “pedagogika” va “ijtimoiy pedagogika” umuman ishlatilmaydi. Masalan: AQShdagi o‘quv yurtlarida pedagogika o‘rniga talabalar “ta’lim falsafasi”ni o‘rganadilar, odamlarga amaliy yo‘naltirish sohasi ijtimoiy ishga taalluqli, birok, ijtimoiy xizmatlar orasida aynan turli muammolari mavjud boshqalarga yordam ko‘rsatishga xizmat qiladigan mutaxasislar bo‘lsa ham.
Belgiyada “ortopedagogika” terminidan foydalaniladi, u “maxsus pedagogika” va ijtimoiy pedagogika tushunchalariga yaqin. Rossiyada ijtimoiy [pedagogika rivojlanishi fan sohasi sifatida ham va professional amaliy faoliyat sohasi sifatida ham va o‘quv fani sifatida o‘z xususiyatlariga ega. Ijtimoiy pedagogikaning mustaqil fanga ajralib chiqishida shart-shoroitlarni 19 asrning K.D.Ushinskiy, L.N.Tolstoy kabi mashxur pedagoglar va boshqalar asarlarida topish mumkin. 19 asrning 20-30 yillarida A.S.Makarenko, S.T.Shatskiy kabi pedagoglar faoliyatlarida yetuk bo‘lib qolgan bolalarga ijtimoiy-pedagogik yordam ko‘rsatishga qaratilgan edi. Lekin 30-yillardan keyin Sotsializm g‘alaba kozongani e’lon qilingandan keyin hamma ijtimoiy muammolar ikkinchi darajali bo‘lib qoldi.
Bu ijtimoiy pedagogikaning okuv fani sifatida tashkil topishida ham tasirini ko‘rsatdi, bu ham ijtimoiy pedagogik faoliyat va fan rivojlanishi bilan bir vaktda sodir bo‘ldi. Faning va amaliyotning tashqil topganligi “ijtimoiy pedagogika” fanida bugungi kunda hamko‘plab hal qilinmagan, tortishuvlar masalalari bor. Bu obektiv xolatlar ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlantirishini sekinlashtiruvchi omillar hisoblanadi. Lekin amaliyot talablari Rossiyada shunchalik jiddiy va dolzarb ediki, natijada fanning bu sohasi bilan ko‘plab ilmiy jamoalar shug‘ullana boshladilar.
XX asrning 70-yillarida Germaniyada oliy ma’lumotli pedagoglar tayyorlana boshlandi. 16 XX asrning50-yillariga kelib ijtimoiy pedagogika muammolarining global darajaga yetganiga BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 20.11.1959 yil va 20.11.1989 yilda “Bola huquqlari deklaratsiyasi”ning qabul qilinganligi guvohlik beradi. Unda alohida e’tibor yetimlarning ijtimoiy himoyasiga, ko‘p bolali oilalar, kam ta’minlangan oilalar bolalariga ijtimoiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan. Bizning respublikamizda ijtimoiy pedagogika an’ana va tamoyillarini tiklash va uni rivojlantirish masalasiga alohida ahamiyat berilmoqda. Buni ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha ijtimoiy markazlarning tashkil etilganligidan ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Download 41.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling