Iqtisodiyoti
Norvegiya — rivojlangan indoʻstrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 28,6 %, qishloq xoʻjaligining ulushi 2,9 %. Dengiz kema qatnovi, baliq ovlash, tashki savdoning roli katta.
Sanoati - Sanoatning yetakchi tarmoqlari:
- elektr metallurgiya,
- elektr kimyo,
- sellyuloza-qogʻoz,
- baliq sanoati, asosan tashki bozor uchun ishlaydi..
Qishloq xoʻjaligi - Mamlakatning tabiiy sharoiti qishloq xoʻjaligi uchun juda noqulay. Togʻ-tosh koʻpligidan Norvegiya hududining 3 % ga yaqini haydaladi.
- Qishloq xoʻjaligi, asosan, goʻsht sut chorvachiligiga ixtisoslashgan. Dehqonchiligida yem-xashak ekinlari, bir oz miqdorda gʻalla (suli va arpa), kartoshka ekiladi. Chorvachilikda yilqi, qoramol, qoʻy, choʻchqa, parranda boqiladi. Qishloq xoʻjaligi mamlakatning oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojini qondira olmaydi. Moʻyna hayvonotchiligi, baliqchilik rivojlangan, oʻrmonlarda koʻp miqdorda yogʻoch tayyorlanadi.
Transporti - Ichki yuklar va tashqi savdo mahsulotlarining aksariyati dengiz kemalarida tashiladi. Dengiz savdo flotining tonnaji 38,3 mln. tonna dedveyt. Yirik portlari: Oslo, Bergen, Stavanger. Temir yoʻl uzunligi — 4 ming km, avtomobil yoʻllari 89,7 ming km. Asosiy aeroportlari — Gardermoen (Oslo), Sulla (Stavanger) va Budyo.
Eksport va import - Chetga neft va tabiiy gaz, kemasozlik, sellyuloza-qogʻoz va kimyo sanoati mahsulotlari, qora va rangli metallar, baliq mahsulotlari chiqaradi.
- Chetdan mashina, mineral xom ashyo, avtomobillar oladi. Tashqi savdodagi asosiy hamkorlari: Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Germaniya, Niderlandlar. Pul birligi — krona.
Tibbiy xizmati - Norvegiyada sogʻliqni saqlash yuqori darajada tashkil etilgan. Tibbiy xizmat qiymatining 80 % ijtimoiy sugʻurta hisobidan qoplanadi. Vrachlar universitetlarning tibbiyot fakultetlarida tayyorlanadi. Sankt — Olafs — Kille, Sanneford, Larvik, Xanke balneologik kurortlari, gʻarbiy sohilida Bergen dengiz boʻyi iqlimiy shifoxonasi bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |