Mavzu: xorijiy davlatlarda ijtimoiy siyosat olib borish muammo va istiqbollari norvegiya timsolida


Download 1.34 Mb.
Sana18.12.2022
Hajmi1.34 Mb.
#1028505
Bog'liq
Khoshimova Dilafroʻz

MAVZU: XORIJIY DAVLATLARDA IJTIMOIY SIYOSAT OLIB BORISH MUAMMO VA ISTIQBOLLARI NORVEGIYA TIMSOLIDA

  • Shimoliy Yevropadagi davlat. BMT aʼzosi. Skandinaviya yarim orolining gʻarbiy va shimoliy qismida. Maydoni 385 ming km2. Aholisi 5,328,212 kishi (2019). Poytaxti Oslo shahri. Maʼmuriy jihatdan 19 fyulke (viloyat)ga, jumladan, fyulkega tenglashtirilgan Oslo shahriga boʻlinadi. Shpitsbergen arxipelagi, Aiyq oroli, Yan Meyen va Buve orollari ham Norvegiyaga qaraydi.

Davlat tuzumi

  • Norvegiya — konstitutsiyali monarxiya. 1814-yil 17-mayda qabul qilingan Norvegiya Qirolligi konstitutsiyasi amal qiladi, unga keyinchalik tuzatishlar kiritilgan.

Tabiati

Aholisi


Aholisining 97 % norveglar.
Saamlar
kvenlar
shvedlar
danlar
nemislar va boshqalar ham yashaydi.
Rasmiy til — norveg tili.

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari


Norvegiya ishchi partiyasi, 1887-yil asos solingan;
Markaz partiyasi, 1920-yil tashkil etilgan;
Taraqqiyot partiyasi, 1973-yil tuzilgan;
Venstre, liberal partiya, 1884-yil asos solingan;
Sotsialistik soʻl partiya, 1975-yil tashkil etilgan;
Xristian xalq, partiyasi, 1933-yil tuzilgan.
Xeyre, konservativ partiya, 1884-yil asos solingan. Norvegiya kasaba uyushmalari markaziy birlashmasi, 1899-yil tashkil etilgan.
Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi va Yevropa kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi.

Iqtisodiyoti


Norvegiya — rivojlangan indoʻstrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 28,6 %, qishloq xoʻjaligining ulushi 2,9 %. Dengiz kema qatnovi, baliq ovlash, tashki savdoning roli katta.

Sanoati

  • Sanoatning yetakchi tarmoqlari:
  • elektr metallurgiya,
  • elektr kimyo,
  • sellyuloza-qogʻoz,
  • baliq sanoati, asosan tashki bozor uchun ishlaydi..

Qishloq xoʻjaligi

  • Mamlakatning tabiiy sharoiti qishloq xoʻjaligi uchun juda noqulay. Togʻ-tosh koʻpligidan Norvegiya hududining 3 % ga yaqini haydaladi.
  • Qishloq xoʻjaligi, asosan, goʻsht sut chorvachiligiga ixtisoslashgan. Dehqonchiligida yem-xashak ekinlari, bir oz miqdorda gʻalla (suli va arpa), kartoshka ekiladi. Chorvachilikda yilqi, qoramol, qoʻy, choʻchqa, parranda boqiladi. Qishloq xoʻjaligi mamlakatning oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojini qondira olmaydi. Moʻyna hayvonotchiligi, baliqchilik rivojlangan, oʻrmonlarda koʻp miqdorda yogʻoch tayyorlanadi.

Transporti

  • Ichki yuklar va tashqi savdo mahsulotlarining aksariyati dengiz kemalarida tashiladi. Dengiz savdo flotining tonnaji 38,3 mln. tonna dedveyt. Yirik portlari: Oslo, Bergen, Stavanger. Temir yoʻl uzunligi — 4 ming km, avtomobil yoʻllari 89,7 ming km. Asosiy aeroportlari — Gardermoen (Oslo), Sulla (Stavanger) va Budyo.

Eksport va import

  • Chetga neft va tabiiy gaz, kemasozlik, sellyuloza-qogʻoz va kimyo sanoati mahsulotlari, qora va rangli metallar, baliq mahsulotlari chiqaradi.
  • Chetdan mashina, mineral xom ashyo, avtomobillar oladi. Tashqi savdodagi asosiy hamkorlari: Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Germaniya, Niderlandlar. Pul birligi — krona.

Tibbiy xizmati

  • Norvegiyada sogʻliqni saqlash yuqori darajada tashkil etilgan. Tibbiy xizmat qiymatining 80 % ijtimoiy sugʻurta hisobidan qoplanadi. Vrachlar universitetlarning tibbiyot fakultetlarida tayyorlanadi. Sankt — Olafs — Kille, Sanneford, Larvik, Xanke balneologik kurortlari, gʻarbiy sohilida Bergen dengiz boʻyi iqlimiy shifoxonasi bor.

Teatri

  • Milliy teatr faoliyati diniy va maishiy udumlarni sahnalashtirishdan boshlangan. 18-asr oʻrtalarida Kristi-aniya (hozirgi Oslo) va Bergenda havaskor teatr truppalari tuzildi. 1780-yil do-imiy teatr ochildi. 1899-yil Kristia-niyada barpo etilgan Milliy teatrda G.Ibsen, B. M. Byornson, U. Shekspir, F.Shiller, B.Shou asarlari qoʻyildi.

19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Kristianiya, Bergen, Tronxeym, Stavangerda yangi teatrlar barpo etildi. X.Krog, N.Grig va boshqa yozuvchilarning pyesalari sahnalashtirildi. Ikkinchi jahon urushi (1939—45) davrida N. teatrlari inqirozga uchradi. Mamlakat ozod etilgach, teatrlarda jahon va milliy mumtoz dramaturgiyasining asarlari koʻrsatildi. Osloda aktyor va rejissorlar tayyorlaydigan Davlat teatr maktabi (1953) bor.

  • 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Kristianiya, Bergen, Tronxeym, Stavangerda yangi teatrlar barpo etildi. X.Krog, N.Grig va boshqa yozuvchilarning pyesalari sahnalashtirildi. Ikkinchi jahon urushi (1939—45) davrida N. teatrlari inqirozga uchradi. Mamlakat ozod etilgach, teatrlarda jahon va milliy mumtoz dramaturgiyasining asarlari koʻrsatildi. Osloda aktyor va rejissorlar tayyorlaydigan Davlat teatr maktabi (1953) bor.

Xulosa

  • Xulosa qilib shuni aytish mumkin, Norvegiya davlati ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy jihatdan ham jahondagi yetakchi o'rinlarni zabt etib kelmoqda. Norvegiya davlatini rivojlanayotgan davlatlariga bemalol qo'shish mumkin

Foydalanilgan adabiyotlar

  • https://staff.tiiame.uz
  • https://uz.kuzminykh.org
  • https://arxiv.uz 
  • https://ru.wikipedia.org

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling