Mavzu: xorijiy ommaviy axborot vositalarini media reja: makondagi o`rni


Britaniyaning Blueclaw marketing agentligi


Download 55.33 Kb.
bet5/12
Sana29.12.2022
Hajmi55.33 Kb.
#1071939
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
5 mavzu xorijiy ommaviy axborot vositalarini media makondagi o`

Britaniyaning Blueclaw marketing agentligi Yer yuzidagi hayotga nisbatan eng asosiy tahdidlar ro‘yxatini tuzdi. Ro‘yxat How Will The World End resursida e'lon qilindi. Mazkur ro‘yxat 50 ta turli manba, jumladan, BMT statistikasi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, NASA kabi tashkilotlar ma'lumotlari asosida tuzildi. Mualliflar to‘rtta asosiy tahdid:

  • Epidemiyalar;

  • yadro urushi;

  • tabiiy ofatlar;

  • Yerga asteroid qulashini ajratib olishdi.

Agentlik halokat keltiruvchi kasalliklar sifatida sil, mavsumiy gripp, vabo, Ebola virusi, meningit, Lassa isitmasi, o‘lat, Marburg virusini ajratib ko‘rsatishgan. Ular orasida eng xavflisi deb sil kasalligi e'tirof etildi.
Yadroviy urush ehtimoli ham keyingi vaqtda eng yuqori darajadagi tahdidlardan biri deb topildi. Ochiq ma'lumotlarga ko‘ra, AQSh eng ko‘p – 1030 marta, Rossiya esa 715 marta yadroviy qurol sinovini o‘tkazgan. Agentlikning hisob-kitobiga ko‘ra, insoniyatni butunlay yo‘q qilib yuborish uchun AQSh 5351 marta, Rossiya esa 4206 marta yadroviy portlashni amalga oshirishi lozim bo‘ladi. Yerga asteroid qulashi ehtimoli juda kam, ammo NASA sayyoramizga yaqin yuz yil ichida yaqin keladigan asteroidlarni kuzatib kelmoqda. Ana shunday asteroidlardan biri diametri 3,9 kilometr bo‘lgan Florence asteroididir. Uning zarbasi 1,2 milliard kishining o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin. Asosiy iqlimiy tahdid sifatida global isish ko‘rilmoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra, 2025 yilga kelib sayyoradagi havo yana ikki darajaga ortadi. 
Jahon bo‘ylab jadal tusda o‘tayotgan axborot asrining globallashuv jarayoniga xos bo‘lgan g‘oyalar kurashi, axborot xuruji avj olgan bir davrda mamlakatimizda o‘sib kelayotgan avlod, yoshlarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash yanada dolzarb hamda muhim masala bo‘lib hisoblanadi. Mazkur masalani hal etishda yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamkakatimiz yoshlariga zamon talabiga mos ta’lim-tarbiya berish jarayoniga yangi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) tizimi va Internet tarmog‘i imkoniyatlarining tatbiq etilishi o‘zining samarani oshirish omili ekanligini allaqachon namoyon etmoqda. Jahonda shiddat bilan taraqqiy etib borayotgan AKT tizimi va internet tarmog‘idan samarali foydalanish yoshlarda ijodiy tafakkurlarini rivojlantirib, o‘zligini namoyish etishlariga imkon berayotganligi ham yangi zamonaviy texnologiyalarning afzalliklaridan biri hisoblanadi. Mazkur afzalliklardan foydalanib, yoshlarimiz o‘z intellektual salohiyatlari va qobiliyatlari, iste’dodlarini namoyon etishlari uchun shart-sharoitlar yaratib berilmoqda, ularning barkamol avlod bo‘lib yetishishlari maqsadida ta’lim-tarbiya jarayoni zamon talabiga muvofiq tashkil etilib, barcha zarur texnika vositalari bilan ta’minlanmoqda. Shu bilan bir qatorda, olimlar, muta­xassislar, shifokorlar, pedagoglar va boshqalar tomonidan mazkur yangi texnologiyalar bolalar va yoshlar tarbiyasiga salbir ta’sirga egaligi ham ta’kidlanmoqda. Ma’lumki, Internetdan foydalanuvchilar­ning ko‘pchilik qismini yoshlar tashkil etadi.
Yoshlar moda haqidagi blogni yuritadigan o’spirin bu olamga o’z ta’sirini ko’rsata olishiga, yoxud yosh musiqachi MySpace tarmog’i tufayli dunyoga mashhur bo’lib ketishi mumkinligiga ishonadi. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib, yoshlarga salbiy ta’sir etuvchi, yoshlar kamolotiga xavf solayotgan mafkuraviy tahdidlar va g‘oyalarga qarshi kurashishda ota-onalar ogohligi borasida alohida batafsil fikrlar bayon etilgan.
Internet— inson hayotining ilk bosqichidanoq uning ajralmas qismiga aylanib qolgani bois, bolalarni uning xavfidan himoyalash masalasi bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi va mazkur muammo global miqyosda hal etilishi taqozo etiladi.

Download 55.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling