2.Yoshlar media-resurs parcha(fragment)larini afzal ko’rishadi. Foydalanuvchilar ko’plab takliflar orasidan mediani tanlash imkoniyatiga ega, ya’ni: qaysi videoklipni ko’rish, qanday yangiliklarni ochish, qaysi ma’lumotlarga ishonish va h.k. Yoshlar turli manbalardan olingan axborot parchalarini yaxlit holatga keltiradi. Natijada esa parchalanish (fragmentatsiyalash) xavfi va umumiy manzaraning buzilishi ehtimoli yuzaga keladi.
3.Yoshlar mediakontentni do’stlariga tavsiya etadi. Ijtimoiy mediada har kim axborotning markaziy manbasiga, fikrlar filtri yoki baobro’ yetakchisiga aylanishi mumkin. Bunda axborot oqimlari kesishadigan markazga aylanish juda oson, chunki bu vositalardan barcha foydalana oladi.
4. Yoshlar parallel ravishda bir necha mediadan foydalanadi. Bir vaqtning o’zida medianing bir necha turi qo’llanilishi mumkin: yoshlar bir vaqtning o’zida radio tinglashi, jurnal o’qishi va Facebookda do’stlari bilan muloqot qilishi mumkin.
5. Yoshlarda har doim mediavositalar mavjud bo’ladi. Deyarli barcha o’smirlarning qo’lida har doim uyali telefon, planshet yoki mp3pleyer bo’ladi. Mobil Internet ijtimoiy tarmoqlar uchun yangidan-yangi imkoniyatlar eshiklarini ochib bermoqda. Makondagi joylashuvni o’rnatishga asoslangan ilovalardan foydalanish bunga yaqqol misol bo’la oladi.
Media va axborotni yaratish hamda undan foydalanish.
MAS yoshlarni media va axborot platformalari bilan o’zaro munosabatga kirishish, kasbiy muloqot hamda kontentni tayyorlash bo’yicha zarur kompetensiyalar bilan ta’minlaydi. Ushbu ko’nikma va qobiliyatlar sirasiga xalqaro standartlar va madaniyatlararo bag’rikenglikni e’tiborga olgan holda media va axborot axloq-odobi tamoyillarini o’zlashtirish kiradi.
MAS materiallari va vositalarini saralash, moslashtirish va yoki yaratish qobiliyati uchun zarur bo’lgan ko’nikmadir. OAVning bo’lajak mutaxassisida mustaqil ravishda mediaresurslar yaratish ko’nikmasi shakllanishi ham juda muhim, chunki bu narsa uni mediatadqiqotlar olib borishga undaydi va kasbi doirasida tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi.
Foydalanuvchi kontenti ham yangi, ham an’anaviy medialarga diqqatni jalb etishning asosiy omili bo’lib bormoqda. Shu ma’noda O’zbekistonda ijtimoiy tarmoqlar va boshqa mobil media imkoniyatlarini fuqarolarning jamiyat hayotida hamda millat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etuvchi ijtimoiy va siyosiy masalalar yuzasidan ijtimoiy muloqot-munozaralarda faol ishtirok etishini ta’minlash nuqtai nazaridan yanada faollashtirish zarur.
MAS bo’lg’usi jurnalistlarga izchillik bilan jamiyatda media va axborot savodxonligini keng targ’ib qiluvchi kuchga aylanish imkoniyatini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |