Mavzu: Xotira Reja: - 1. Xotira haqida tushuncha va uning nerv fiziologik asoslari.
- 2. Xotiraning psixologik nazariyalari. 3. Xotira jarayonlari va turlari.
TAYANCH TUSHUNCHALAR: - Xotira - biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda saqlash, keyinchalik ularni eslash yoki xotirlash jarayoni. So‘z-mantiqiy xotira - fikrlar, tushunchalarni esda olib qolish, saqlash va eslash. Operativ xotira - inson tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan faol tezkor harakatlar, usullar uchun xizmat qiluvchi jarayonni anglatuvchi mnemik holat. Xayol - odamning ongida ilgaridan bor bo‘lgan vaqtli aloqalarning qaytadan tiklanishi va bir-biri bilan yangicha qo‘shilishi orqali narsa va hodisalarning yangi obrazlarini hosil qilish. Agglyutinatsiya – «elimlash» degan ma’noni bildirib, unda turli qismlarni bitta qilib yangi obraz yaratiladi. Giperbolizatsiya – obrazlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish shuningdek, alohida qismlarni o‘zgartirishdir. Urg‘u berish – ayrim belgilarni ta’kidlash orqali obrazlar yaratish.
- . 1. Xotira haqida tushuncha va uning nerv fiziologik asoslari. Xotira – shaxs psixik hayotini belgilab beruvchi xususiyat. Uning ahamiyati o‘tmish voqealarini qayd etish bilan cheklanmaydi. Axir hozirgi zamondagi hech qanday harakatni jarayonlardan tashqarida tasavvur qilib bo‘lmaydi; eng oddiy psixik aktning sodir bo‘lishida har bir elementni keyingisiga bog‘ lash uchun esda saqlab qolish katta ahamiyatga ega. Bunday bog‘lanishga layoqatsiz bo‘lgan insonning rivojlanishi mumkin emas.
Xotira xususiyatlarining orasida uning quyidagi tabiiy xossalari ajratiladi: Xotira xususiyatlarining orasida uning quyidagi tabiiy xossalari ajratiladi: - yodda saqlash tezligi – axborotni xotirada saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan takrorlashlar soni;
Do'stlaringiz bilan baham: |