Mavzu: xronologiya (vaotini aniolash)


XVIII- XIX asrlarda xattotlik


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/37
Sana17.02.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1205552
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37
Bog'liq
yordamchi tarix

XVIII- XIX asrlarda xattotlik. 
Buxoro xattotlik XIX asrning buyuk olimi enseklopedik aql egasi 
Ahmad Donish undan zebo qo'llyozmalar ko'chirib qoldirgan. Muqimiy 
juda mayda xastalik va shikasta xatida bayoz ko'chirgan. 
Bularning hammasi shuni ko'rsatadiki, CTrta Osiyoda kitob chop 
etish texnikasi ixtiro etilmagan bir davrda kotiblikka talab nihoyatda zo'r 
bo'lgan. Kotiblik o'z tavbatida madaniyat hayotning qay darajada taraqqiy 
etganligini aniqlovchi omillardan biri hisoblangan. 
Badiiy qoMyozmalargina emas, balki oddiy kitoblarni ham 


33 
tayyorlashda bir necha kasb egalari ishtirok etgani uchun qo'lyozmalar 
kolektiv mehnat maxsuli sifatida maydonga kelar edi. Qo'lyozmalarni 
kitob holiga keltirishda bir necha mutaxassislar ishtirok etganlar. Ulardan 
birinchi darajada ishlari qog'ozsiz (qog'oz tayyorlovchi), xattot 
(ko'chiruvchi), muzahqib (oltin hal beruvchi), lavvoh (sarlovha va 
jadvallarni 
ziynatlovchi), 
rassom 
(qo'lyozmalarga 
miniatyuralar 
ishlovchi) va saqxoir (muqovasoz). Biz bu hunar egalarini kasbi va ish 
jarayonlari bilan qisqacha tanishib o'tamiz. 
Shu yo'sinda bir necha san'at ustalarining ishtirokida tayyorlangan 
qo'lyozmalar, odatda, san'at mu'zizasi darajasiga ko'tarilgan va badiiy 
qo'lyozmalar o'z zamonasida buyuk olimlar, shoirlar kutubxonalari 
tashkil etgan. XV-XIX asrlardagi Buxoro, Xiva va Farg'ona saroy 
kutubxonalari, ko'pincha, eng qimmatbaho badiiy qo'lyozmalar hisobiga 
boyigan. Bir qator qo'lyozmalar davlat boshliqlari va katta mulk egalari 
ehtimoli bilan dunyoga kelgan va yuqori baholangan. Xonlar, sultonlar, 
amirlar saroy kutubxonasiga qabul qilingan har bir qo'lyozma podshoh 
xazinasiga qabul qilingan oltin va javohir singari xazina boyligi deb 
qaralgan. 
Boshqacha 
qilib 
aytganda, 
mu'tabar 
va 
badiiy 
qo'lyozmalardan tashkil topgan va turli asr obidalarini o'z ichiga olgan 
saroy kutubxonalari shohlarning oltin javohirlaridan tashkil topgan 
xazinasidan ham yuksak va bebaho xazina hisoblangan. 
Turkiy xalqlar shu jumladan o'zbek xal qi turli yozuvlardan 
foydalanganlar. Chuqur singarmonizmga asoslangan O'rxun - Enasoy 
yozuvi xorijiy adabiyotlarida turk - runa (dulbarchin yozuvi deb 
yuritiladi) qirqdan ortiq belgili bo'lib, belgilarning ko'pligi bu yozuvda til 
oldi va yil orqa tovushlari uchun har biriga alohida - alohida harflar qabul 
qilinganligida edi. 
Turkiy xalqlar turli davrlarda sug'd, paxlaviy, moniy, brahmal va 
boshqa qator yozuvlardan foydalandi. 
Turk dunyosi X asrdan oshiqroq davr mobaynida foydalanib 
kelayotgan arab yozuvida islom dini, arab tilining muqaddas aqidalariga 
tayangan holda alifbo va yozuvdagi imloviy qonuniyatlar saqlab qolindi. 
1929 yildan boshlab lotin yozuvi asosidagi alifboga o'tildi. 1934 
yilda o'zbek tilshunoslarining I quriltoyi 30 harfdan iborat yangi alifboni 
joriy qilindi. Bu yozuv 40 yillarning boshlariga qadar amalda boMib, 
keyinchalik kirilcha yangi alifboga asos qilib olishdi. 
Shu tariqa hozirga qadar amalda bo'lgan alifbo va imlo qonuniyatlari 
vujudga keldi. 


34 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling