Mavzu: xronologiya (vaotini aniolash)
Ahmoniylar davri mixsimon yozuvlari
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
yordamchi tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sak till va yozuvi.
Ahmoniylar davri mixsimon yozuvlari.
Millodan avvalgi 559 yilda Erondagi ahmoniylar sulolasining yirik davlatiga podsho Kayxusrav I va Kayxusrav II asos soladi. Kambiz, Doro 1, Kserks kabi fors podsholari Qadimgi Sharqdagi juda ko'p mamlakatlari ustidan o'z hukmronliklarini o'rnatganlar. Milloddan avvalgi 545-540 yillarda ahmoniylar Markaziy Osiyoning Parfiya, Marg'iyona , Baqtriya va Sug'diyona viloyatlarini bo'ysindirganlar. Sak - masagetlarga qarshi fors podshosi Kir 11 ning yurishlari milloddan avvalgi 530 yilda muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Uning izdoshi Doro 1 (mil. avv. 522-486 ) milloddan avvalgi 518 yilda saklar yurtini istilo qiladi. Markaziy Osiyoda ahmoniylar davlati 200 yil davomida milloddan avvalgi 330 yilgacha hukumronlik qilganlar. Ahmoniylar davlati tarixda birinchi yirik imperiya davlati hisoblanadi. Ahmoniylar davri mixsimon yozuvlarda Markaziy Osiyo xalqlari va viloyatlari to'g'risida turli xil ma'lumotlar bor. Bu yozuvlar milloddan avvalgi VI - IV asrlarga oid bo'lib, Behistun va Naqshi Rustam qoya toshlarida, Suza, Persepol va Hamadon shaharlarida topib tekshirilgan. Ayniqsa, Karmanshoh va Hamadon shaharlari o'rtasidagi yo'lda baland qoyatoshda yozilgan yozuvlar e'tiborga molikdir. Unda : «Men Doro, ulug' podsho shahanshoh, mamlakatlar podshosi, Vishtasp o'g'Ii, Arshan nevarasi, Ahmoniy - hammasi 23 ta davlat ... Parfiya , Xorazm, Baqtriya, Sug'diyona, Saka va boshqalar. Shuningdek, Marg'iyona mendan ajralib Frada ismli bir odam o'zini viloyat hokimi deb e'lon qildi. Men Baqtriyadagi hokimi Dardanish bilan (mil.avv. 522 y) uni tor - mor qildim». Hamadon , Suza, Naqshi Rustam yozuvlarida esa Markaziy Osiyo xalqlari etnografiyasiga ta'luqli ma'lumotlar nihoyatda qimmatligi bilan ajralib turadi. Behistun yozuvlarining uzunligi 22 metr, balandligi 7 - 8 metr. Sak till va yozuvi. Saklar Markaziy Osiyo va Qozog'istonning dashtlarida, cho'llarida va tog'larida joylashgan ko'chmanchi qabilalardir. Olimlar fikriga ko'ra, sak tilida yoritilgan eng qadimgi manba - bu Olmaota atrofida Issiq qo'rg'onida topilgan kumush idishdagi yozuvdir. U milloddan avvalgi V asrga ta'luqli. Tilshunoslik fanlarida Issiq yozuviga o'xshagan belgi yozuvlari «noma'lum xat» deb ataladi. Sak tilidagi yoritilgan xujjatlarning asosiy qismi Sharqiy Turkistonning Xotan vohasidan 30 topilgan. Ular VII-X asrlarga oiddir. Bu yozuvlarni G.V.Beyli, M.J.Drezden, L.G.Gersenberg, I.M.Oranskiye kabi olimlar o'rganganlar. Sak tili va yozuvi 26 ta belgidan iborat. Ma'lum bir qism yozuvlar yaqinda Afg'onistonning Dashtinavur degan manzilgohida ham topildi. Olimlarning fikricha, sak yozuvidagi ayrim tushuncha va atamalar hozirda o'zimizning tilimizda ham saqlanib qolgan. 1. hapta-hafta 2. band-bog'lab qo'yish 3. zar-oltin 4. nav-yangi 5. ap-ob (suv) Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling