Mavzu: xronologiya (vaotini aniolash)


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/37
Sana17.02.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1205552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
yordamchi tarix

 
 
 
 
Mazkur ma’ruzalar matni 2007 yil “___”____________________ 
“Umumiy tarix” kafedrasida muhokama qilinib qo’llashga tavsiya etilgan
.
 



K I R I S H
Yordamchi tarix fanlari tarix fanini o'rganishda yordamchi manbalar 
hisoblanadi. Bu fan tarix fanining yordamchi sohalari bo'lmish; 
poleografiya, diplomatika, genalogiya geroldika, sfragnetika, epigrafika, 
numizmatika, metrologiya va xronologiya buyruqlariga tayanadi. Shular 
asosida tarixiy voqea va hodisalarni mohiyatini haqqoniy, holisona 
yoritishga ko'maklashadi. Quyida shu yordamchi sohalarning vazifasi, 
maqsadi haqida to'xtalib o'tamiz.
 Pаleografiya (grek. Paleo - qadimiy, grafo - yozaman: qadimiy 
yozuv) qadimgi qo'lyozma asarlarning qog'ozi muqovasi, siyohi, 
yozuvi va yozish usullarini tekshiradi. 
 Diplomatika (grek. Diploma - ikki buklangan kog'oz, hujjat) 
rasmiy hujjatlarni o'rganish va tahlil qilish bilan shug'ullanadi.
 Genealogiva (Shajarashunoslik) «grekcha» urug'dosh, inson 
nasablarini kelib chiqishini tahlil qilish, o'rganish bilan 
shug'ullanadi. Shajara-arabcha (daraxt) inson nasablari va qon - 
qarindoshlik aloqalarining majmui. 
 Geraldika (lotin. Gerold - gerb, belgi, nishon qadimiy gerblar) 
turli-tuman nishonlar va belgilarni ( masalan qadimiy turkiy 
qabilalarning tamg'alarini o'rganadi.) 
 Sfragistika (grek spragis - muhr) qadimiy muhrlar, podsholar, 
xonlar, amirlar va qozilarning muhrlari va ularning yozuvlarini 
tekshiradi.
 Epigrafika (grekcha epi - ustida, teppasida, grafo - yozuv,
biron predmet ustidagi yozuv) tosh, metall buyumlar, yog'och
va boshqa qattiq predmet ustiga uyib bitilgan qadimgi yozuvlarni 
o'rganadi.



 Numizmatika (grek. Numizma - pul) qadimiy pullarning kеlib 
chiqishi, tarixi, material turi, shakli, vazni, yozuvlari va zarb etilgan 
joyi, vaqtini o'rganadi. 
 Metrologiya (grek. Metron - o'lchov, logos - tushuncha
bilim : o'lchovlar haqida tushuncha, o'tmishda turli mamlakat
va xalqlar orasida amalda bo'lgan ogirlik, masofa va
satih o'lchovlarini o'rganadi. 
 Xronologiya (grek. Xronos - vaqt, logos - tushuncha bilim ; vaqt 
haqida tushuncha) hadimiy xalqlar va mamlakatlarda amalda 
bo'lgan yil hisobi va taqvim (kalendarlar) ni o'rganuvchi soha.
 Toponimika – qadimgi va tarixiy joy nomlarini, ularning ma'no-
mazmunini tadqiq qiluvchi fan sohasi. 
 Kartografiya – qadimiy, tarixiy, siyosiy, iqtisodiy, tabiiy, harbiy, 
dеngiz, mahfiy va turli xaritalarni va xaritashunoslik tarixini 
o’rganuvchi fan sohasi. 
 Onomastika - (grekcha so'z bo'lib «onoma-ism, nom» ma'nosini 
anglatadi.) tarixiy ismlar, tarixiy joy atamalari, qadimgi havonlar 
nomlari, osmon jismlarining nomlari, xadolar nomlari va 
boshqalarni o’rganuvchi soha. 
 Lingvistika – qadimgi va tarixiy xalqlar, elatlar, millatlar tillarini 
o’rganuvchi fan sohasi. 
 Kriptografiya – mahfiy (yashirin) yozuvlarni o’rganuvchi fan 
sohasi. 
 Этнография – qadimgi va tarixiy xalqlar, millatlar va elatlarning 
kеlib chiqishi, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, an'ana va 
marosimlarini o’rganuvchi fan sohasi




Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling