Мavzu: Xufyona faoliyatning kelib chiqish sabablari, maqsadlari va amal qilish sohalari Toshkent – 2023 Mundarija


Kursh ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi


Download 54.47 Kb.
bet2/7
Sana24.04.2023
Hajmi54.47 Kb.
#1395622
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Hufyona faoliyatning kelib chiqish sabablari

Kursh ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: Kurs ishida kirish, 3 ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati mavjud.


1.Xufyona faoliyatning kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan omillar
Xufiya iqtisodiyot — ishtirokchilar tomonidan oshkora olib borilmaydigan, davlat va jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan, soliqlar to‘lanmaydigan, rasmiy davlat statistikasida qayd etilmaydigan iqtisodiy jarayonlar, iqtisodiy faoliyat turlari. Yashirin iqtisodiyot oshkora payqab boʻlmaydigan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash, isteʼmol jarayonlari ya’ni iqtisodiy munosabatlar boʻlib, uning negizida ayrim kishilar yoki kishilar guruhi manfaatlari yotadi. Yashirin iqtisodiyot dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida mavjud.
Xufyona iqtisodiyot rivojlanishi, birinchi navbatda, davlat tomonidan iqtisodiyot tartibga solinishiga javoban paydo bo‘lgan munosabat sifatida qabul qilinishi kerak. Tartibga solish jarayoni cheklovlarsiz bo‘lmaydi, cheklovlarni puxta o‘ylamay joriy etish ularga amal qilmaslikni yuzaga keltiradi, ayniqsa, buning oqibatida biron naf ko‘rish mumkin bo‘lsa. Xufyona iqtisodiyotning ko‘p turlari (masalan, soliq to‘lashdan bosh tortish) davlat tomonidan tartibga solish jarayonidagi kamchiliklar sababli yuzaga keladi, masalan boshqaruvning byurokratlashtirilganligi, soliq stavkalari yuqoriligi va h.k. Xufyona iqtisodiyotining rivojlanishi, bir tomondan, davlatning aralashuvi haqiqatiga munosabatdir. Cheklovlarsiz tartibga solish mumkin emas va asossiz cheklovlar ularning buzilishiga olib keladi, ayniqsa bu foydali bo‘lsa. Xufyona iqtisodiyotining ko‘plab turlari (masalan, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash) ko‘p jihatdan davlat tomonidan tartibga solishning kamchiliklari bilan izohlanadi:
1)menejmentning byurokratizatsiyasi, soliqlarning haddan tashqari ko‘pligi va boshqalar. Biroq, hatto eng yaxshi markazlashtirilgan boshqaruv tizimi ham xufyona iqtisodiyot hajmini kamaytirishi mumkin, ammo uni bartaraf eta olmaydi. Va eng kam soliq bo‘lgan taqdirda xam, soliq to‘lovchilarning bir qismi majburiy ravishda to‘lashdan bo‘yin tovlashadi.
2)boshqa tomondan, zamonaviy xufyona iqtisodiyoti nafaqat bozor erkinligini cheklashga urinishlar natijasida, balki bozor munosabatlarining o‘ziga xos xususiyati tufayli ham paydo bo‘ldi. Bozor iqtisodiyoti foyda olish, daromadlarni taqsimlash asosida qurilgan. Diniy etika va ijtimoiy o‘zini tutishning boshqa shakllari foyda uchun bo‘lgan tashnalikni qondirishi mumkin, ammo uni bartaraf eta olmaydi. Shuning uchun, "jekpotni" urish uchun imkoniyat paydo bo‘lganda, odamlar (yoki odamlar guruhlari) ko‘pincha o‘zlarining shaxsiy manfaatlariga erishish uchun uzoq muddatli ijtimoiy manfaatlardan voz kechadilar. Har qanday holatda ham foyda olishga chanqoqlik "ikkinchi" va "qora" xufyona iqtisodiyotiga xosdir.
Yashirin iqtisodiyot murakkab koʻp bosqichli hodisa, uning tur va shakllari xilma-xil. Yashirin iqtisodiyot maqsadi, faoliyati va iqtisodiy-ijtimoiy oqibatlariga koʻra bir necha turlarga boʻlinadi:
1) jinoiy iqtisodiy faoliyat. Bu mutlaqo rad etilgan, qonun yoʻli bilan taʼqib etiladigan ishlar bilan shugʻullanish, narkobiznes, pornobiznes, qurol biznesi va boshqa vaoliyat turlari;
2) gʻayriqonuniy, gʻayriiqtisodiy usullar bilan daromadlarni qayta taqsimlab oʻzlashtirib olish, mas, oʻgʻirlik, bosqinchilik, reket, poraxoʻrlik;
3) ikkilamchi iqtisodiyot — kishilarga zarar keltirmaydigan, ular uchun naf beradigan, lekin rasman ruxsat etilmagan va davlat roʻyxatidan oʻtmagan iqtisodiy faoliyat. Ularga yashirin tadbirkorlik, 1—2 va 5—10 kishi band boʻlgan yashirin kichik korxonalar faoliyati kiradi. Yashirin tadbirkorlik xizmati koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi, qurilish, savdo, kiyimkechak ishlab chiqarishda keng tarqalgan;
4) rasman ruxsat etilgan faoliyat bilan birga qoʻshimcha ravishda yashirin ishlab chiqarishga qoʻl urish, ochiq ishlaydigan korxonalarda qoʻshimcha ravishda hisobga kirmagan mahsulot chiqarib, uni yashirin sotish;
5) mansabni suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga asoslangan iqtisodiy xattiharakatlar. Bular jumlasiga davlat idoralaridagi poraxoʻrlik, yashirin lobbizm, mansabdan foydalanib subsidiyalar olishni kiritish mumkin;
6) qalbakilashtirilgan iqtisodiy faoliyat, bu iqtisodiyot davlat sektoriga xos boʻlib, davlatni aldashga qaratiladi. Buning eng yaqqol namunasi davlat sektoridagi qoʻshib yozishlar, qilinmagan ishlar uchun davlatdan haq olish va boshqalar Yashirin iqtisodiyot dagi ijtimoiy zararli faoliyat davlat tomonidan qatʼiyan taqiqlanadi, hamma choralar bilan unga qarshi kurash olib boriladi, ijtimoiy foydali faoliyatning (norasmiy boʻlsada kishilar talabehtiyojlarini qondiradi) oshkoralikka chiqishi iqtisodiy jihatdan ragʻbatlantiriladi.
Xufyona iqtisodiyotning miqyosi yashirin iqtisodiy aylanma, yaʼni ruxsat etilmagan tovar va xizmatlarni yaratish va ularni sotish hajmi bilan belgilanadi. Aylanma xufiyona boʻlganidan uning aniq hisobkitobi boʻlmaydi. Buning oʻrniga uni taxminan baholash usuli qoʻllaniladi. Ayrim hisob-kitoblarga koʻra, oʻtgan asr oxirlarida Yer yuzidagi yashirin iqtisodiy aylanma 8 trln. dollarga yoki jahon yalpi mahsulotining 27,5% ga teng boʻlgan. BiroqYa.i. miqyosi turli mamlakatlarda farqlanadi. Yashirin iqtisodiyot eng rivojlangan mamlakatlarga Lotin Amerikasi va Afrika mamlakatlari kiradi. 1999-yil Misr va Nigeriyada u yalpi ichki mahsulotning 70% ga teng boʻldi. Yashirin iqtisodiyot hissasi eng kam boʻlgan mamlakat Osiyoda Yaponiya (1—2%), Gʻarbiy Yevropada Shveysariya hisoblanadi. MDH mamlakatlarida yashirin iqtisodiyot darajasi oʻrtacha. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida, masalan AQSH va Italiyada Yashirin iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi hissasi tegishlicha 6,4 va 11,4% ni tashkil etdi (1997).
Xufyona iqtisodiyot bozor xo ‘jaligining obyektiv va doim mavjud bo ‘lgan tizimi bo ‘lib, uning doirasida xo ‘jalik yurituvchi subyektlar nohalol raqobat usullari bilan iqtisodiy manfaat olishga harakat qiladilar, ya’ni o ‘z tashabbuslari yoki tashqi tasir qonunlariga, ish yuritish etikasiga, biznes bilan hokimiyat orasidagi o‘yin qoidalariga, jamiyatning ma’naviy me’yorlariga zid bo ‘lgan xatti-harakatlarni amalga oshiradilar.1
21-asrga kelib iqtisodiyotining globallashuvi oqibatida Yashirin iqtisodiyot milliy doiradan chiqib xalqaro darajaga koʻtarildi. Yashirin iqtisodiyot globallashuvi bu bir mamlakatdagi Yashirin iqtisodiyot boshqa mamlakatga koʻchirilishida, nojoʻya biznes ishlari bilan shugʻullanuvchi xalqaro firmalarning paydo boʻlishida koʻrinadi. Bunga misol qilib xalqaro narkobiznesni, yashirin qurol savdosini, ishchi kuchining yashirin migratsiyasini uyushtirishni, offshor zonalar orqali gʻayri qonuniy yoʻllar bilan topilgan pulni "halollab" olish kabilarni koʻrsatish mumkin. Bular xalqaro hamjamiyatga katta xatar tugdiradi. Pulni chet mamlakatga yashirin chiqarib "halollab" olishga qarshi kurash maqsadlarida xalqaro hamjamiyat maxsus tashkilot — Xalqaro moliyaviy harakatlar guruhini tashkil etgan (36 mamlakat aʼzo; 2000).
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi I.Karimov ‘‘O‘zbekiston 21-asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari‘‘ asarining korrupsiya va jinoyatchilikka bag‘ishlangan qismida ‘‘O‘tish davrida yangi iqtisodiy mexanizmlar shakllantirilayotgan bir paytda aholining asosiy qismi bozor sharoitida yashashni endigina o‘rganayotganligidan foydalanib amalga oshirilayotga iqtisodiy jarayonlar toifasi‘‘2 mamlakat iqtisodiga katta xavf solishi aytib o‘tilgan.
Xufyona iqtisodiyot rasmiy statistikada u yoki bu sabablarga qarab hisobga olinmaydi harqandayy iqtisodiy faoliyat bo‘lib, unda ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar yalpi ichki mahsulot tarkibiga kiritilmaydihamda soliqqa tortilmasdan chetta qoladi. Xufyona faoliyat odatdagi normal iqtisodiy jarayonlarning kechishiga ya’ni daromadlarning taqsimlanishi va shakllanishiga, xalqaro savdoga investitsiya kiritish va umuman iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Xufyona faoliyatning xususiyatlarini aniqlashda turli hil omillar inobatga olinadi, Bunday me’zonlarga quyidagilarni kiritish mumkin:

Xufyona sektor bilan bog‘liq eng katta xavf bu bozor konstitutsiyasidan keskin farq qiluvchi xatti-harakatlar va bitimlar tuzishning alohida me’yorlarining shakllanishdir. Xufyona me’yorlarning asosida ularning amal qilishi hududiy jihatdan va shaxslarning ma’lum doirasi tomonidan chegaralangan ijtimoiy mexanizmlar yotadi - qonunga bo‘ysunish me’yorlarining mavjud emasligi, me’yorlarning amal qilishini ijtimoiy mansubligidan qat’i nazar, barcha iqtisodiy sub’ektlarga tarqatishga imkon bermaydi.
Xufyona me’yorlarning yozilmagan va lokal xususiyati tufayli xufyona bitimlar tuzish uchun universal o‘yin qoidalarini ifodalab bo‘lmasa-da, xufyona iqtisodiyot «konstitutsiyasi»ning asosiy unsurlarini aniqlash mumkin. Misol tariqasida Italiya, Sitsiliya, Kalabriya va Kampaniyani olamiz: rivojlangan xufyona sektorga ega bo‘lgan ushbu mintaqa iqtisodchilar va sotsiologlar tomonidan yaxshi o‘rganilgan. Davlatning (dastlab Ispaniya, so‘ngra Italiya davlatining) kam ishtiroki va uning mahalliy aholining turmushini va mulkchilik huquqlarini himoyalashni ta’minlashga layoqatsizligi Italiya janubi tarixiy rivojlanishining muhim omillari bo‘ldi.
Davlat ushbu mintaqalarning uzoqda joylashganligi va o‘zi olib boradigan «bo‘lib ol va hokimiyat o‘rnat» siyosat tufayli ularning mavjudligi haqida shunchaki unutib qo‘ydi. Shuning uchun, ayniqsa feodal huquqning bekor qilinishi va mayda mulkdorlar sinfining shakllanishi munosabati bilan mulkchilik huquqlarini tafsirlash va shartnomalar bajarilishini ta’minlashning davlatning aralashuviga muqobil mexanizmari talab etildi. Mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoyalash bo‘yicha davlatga muqobil institut sifatida mafiya haqida dastlabki tilga olinishi feodalizmdan mayda va o‘rta er mulkchiligiga o‘tishning aynan shu pallasiga taalluqli. «Mafiya» atamasi odatda turli ma’nolarda va turli xildagi hodisalarni yoritish uchun qo‘llaniladi. Iqtisodiy tahlilda ushbu atamadan asosan bitimlarni tuzishda amalga oshiriladigan xatti-harakatning alohida me’yorlari va na’munalarini belgilash uchun foydalaniladi. Ya’ni, mafiya rasmiy tashkilot bo‘lmasada, xatti-harakat va hukmdorlik munosabatlarining alohida xili hisoblanadi. Boshqacha aytganda, mafiya institut sifatida shaxslarga o‘zining iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalardagi faoliyatini muvofiqlashtirish imkonini beruvchi o‘yin qoidalarining yig‘indisidir.

Download 54.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling