Mavzu: "xususiy va umumiy iqtisodiy muvozanat"


Download 188.42 Kb.
bet16/21
Sana09.06.2023
Hajmi188.42 Kb.
#1475377
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Xususiy umumiy iqtisodiy muvozanat

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2022-2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy oʻsishni tiklash va tizimli tarkibiy oʻzgarishlarni davom ettirish boʻyicha amaliy harakatlar rejasi;

  • Iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni tiklash va davom ettirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”.

Mutasaddi vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari rahbarlarining zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga har oyda maʼlumot kiritgan holda Harakatlar rejasi va “Yoʻl xaritasi”dagi tegishli tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish taʼminlanishi uchun masʼuliyat topshirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga:

  • iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari, shuningdek, hududlar kesimida “Yoʻl xaritasi” doirasidagi tadbirlarning amalga oshirilishi tizimli asosda tahlil qilinishini va ularning harakatlar rejasida belgilangan asosiy maqsad va vazifalarga erishishga taʼsirini baholashni taʼminlash;

  • zarur boʻlganda, “Yoʻl xaritasi”ga manfaatdor vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari bilan kelishgan holda, Harakatlar rejasini amalga oshirish samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;

Harakatlar rejasi va “Yoʻl xaritasi” doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash va iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni amalga oshirishga taʼsirini baholash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga har oyda axborot kiritib borish vazifalari yuklatilgan.
2022-2023-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasida koronavirus pandemiyasi tarqalishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, shuningdek koronavirus infeksiyasi tarqalishi davrida aholi va iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan asosiy chora-tadbirlar, tiklanish bosqichlari va 2020-yil kutilayotgan natijalari batafsil tahlil qilingan.
Rejaning asosiy muammolari, maqsad va vazifalari, makroiqtisodiy siyosat va bozor institutlarini isloh qilish sohasidagi asosiy chora-tadbirlar tavsiflangan.
Bank sektoridagi asosiy chora-tadbirlar, ish bilan bandlikni oshirish, aholi daromadlari va qashshoqlikni kamaytirish orqali ichki talabni ragʻbatlantirish, shuningdek, ishbilarmonlik va raqobat muhitini yaxshilash, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, sanoat va mahalliylashtirish sohasidagi chora-tadbirlar, investitsiya muhitini yaxshilash, raqamlashtirishni rivojlantirish va eksportni kengaytirish alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Download 188.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling