Mavzu: "xususiy va umumiy iqtisodiy muvozanat"


Tarmoq ichidagi mutanosibliklar


Download 188.42 Kb.
bet8/21
Sana09.06.2023
Hajmi188.42 Kb.
#1475377
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
Xususiy umumiy iqtisodiy muvozanat

3. Tarmoq ichidagi mutanosibliklar. Tarmoqlararo mutanosiblik va milliy ishlab chiqarish darajasidagi muvozanatlik tarmoqlar ichidagi mutanosiblik orqali ta’minlanadi. Tarmoqlar ichidagi mutanosiblik alohida olingan tarmoq tarkibidagi soha va ishlab chiqarishlar o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi. Masalan, sanoatning ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlari ishlab chiqaradigan sohalari, qishloq xo’jaligining dexqonchilik va chorvachilik sohalari o’rtasidagi mutanosibliklar va h.
k. Shu bilan birga ta’kidlab o’tilgan sohalarning ichidagi tarkibiy bo’linmalar o’rtasida ham bog’liqlik bo’lishi zarur. Masalan, sanoatning qazib olish va qayta ishlash tarmoqlari, chorvachilikning sut va go’sht ishlab chiqarish sohalari o’rtasida va boshqalar
4. Hududiy (territorial) mutanosibliklar. Iqtisodiy rivojlanish mamlakat ayrim hududlari o’rtasidagi bog’liqlikni ham taqozo qiladi. Yuzaki qaraganda hududlar o’rtasidagi mutanosibliklarning mamlakat iqtisodiy rivojidagi roli to’liq namoyon bo’lmaydi. Lekin alohida hududiy bo’linmalar (viloyat, tuman, shahar va boshqa hududiy birliklar) ning bir-biriga iqtisodiy va tashkiliy jihatdan bog’liqligi, ixtisoslashish, ishlab chiqarish kooperatsiyasi va kommunikatsiya nuqtai-nazaridan qaralsa, bu bog’liqlikning ahamiyati yaqqol ko’rinadi.
5. Davlatlararo mutanosibliklar. Bu mutanosiblikni ikki holat taqozo qiladi. Birinchidan, dunyoning ko’pchilik mamlakatlari xalqaro mehnat taqsimoti orqali bir- biri bilan bog’langan, ikkinchidan, shu bog’liqlik orqali milliy ishlab chiqarishning bir qismi chet elliklar tomonidan xarid qilinadi yoki milliy ishlab chiqaruvchilar o’z iste’molining bir qismini chetdan keltirilgan mahsulotlar hisobiga qondiradi. Bu bog’liqlik qanchalik katta bo’lsa, sof eksport hajmi orqali makroiqtisodiy muvozanatlikka shunchalik kuchli ta’sir ko’rsatadi.

Iqtisodiyotni butunlay yangi tartiblar asosida isloh qilish uning rivojida nomutanosibliklar bo’lishi va tanglik holatlarning kelib chiqishini muqarrar qilib qo’yadi. Shu sababli iqtisodiyotni barqarorlashtirish, bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida uni jonlantirish va bir tekis rivojlantirish yo’lidagi qonuniy bosqichdir. U iqtisodiy rivojlanishda butunlay inqirozga uchrashga chap berish uchun ishlab chiqarish va chiqarilayotgan mahsulot tarkibini o’zgartirishga, ya’ni tanglik holatlarga barham berishga yo’naltiriladi. Respublikada iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishning dastlabki davrida barqarorlashtirish siyosatidan ko’zda tutilgan maqsad eng avvalo, makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishni keskin darajada pasayishining oldini olish va ommaviy ishsizlikning kelib chiqishiga yo’l qo’ymaslikdan iborat bo’ldi. Shu bilan birga bu siyosat pul emissiyasini boshqarish, uning qadrsizlanishining oldini olish, mamlakat to’lov balansini bir me’yorda saqlash kabi maqsadlarni ham o’z ichiga oladi.


Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib, birin ketin bir necha fazalarni bosib o‘tib, o‘zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o‘tgan davr tuShuniladi. Iqtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir sikl bilan to‘xtab qolmaydi, balki u to‘xtovsiz to‘lqinsimon harakat sifatida davom etadi. Sikli harakat iqtisodiy o‘zgarishning muhim omili, makroiqtisodiy muvozanat unsurlaridan biri bo‘lib, milliy xo‘jalik turli tarkibiy qismlarining amal qilishidagi notekislikni, uning rivojlanishidagi inqilobiy va tadrijiy bosqichlarning, iqtisodiy taraqqiyotning almashuvini aks ettiradi.
Iqtisodiy sikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy rivojlanishdagi muayyan pallani ifodalab, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Odatda iqtisodiy siklning inqiroz, turg‘unlik, jonlanish, yuksalish fazalari ajratib ko‘rsatiladi. Ana Shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o‘tish uchun sharoit yuzaga keladi.
Iqtisodiy siklning dastlabki fazasi inqirozdan boshlanib, u ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi. Inqiroz fazasining asosiy belgilari va o‘ziga xos xususiyatlarini mazkur bobning 3-bandida batafsil bayon etiladi.
Inqirozdan keyin turg‘unlik fazasi boshlanib, u nisbatan uzoqroq davom etadi. Bu fazada ishlab chiqarish darajasining barqarorligi ta’minlansada, u inqiroz boshlanishidan oldingi darajaga nisbatan ancha past bo‘ladi. Narxlarning pasayishi to‘xtab, ssuda foizlari pasayadi, tovar zahiralari barqarorlashadi. Biroq ishsizlikning Yuqori darajasi saqlanib qoladi. Turg‘unlik fazasi davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga etadi.

Download 188.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling