Mavzu XVI asrdan XX asr boshlarigacha O’zbekistonda ijtimoiy-falsafiy tafakkur Reja
Download 90.83 Kb.
|
Falsafa topshiriq bajarilgan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Antropologiya
- Shaxs erkinligi
- ADABIYOTLAR
Inson tarixning yaratuvchisi sifatida tabiat taraqqiyotidagi uzluksizlikni ta’minlaydi. U o’z bilimi, tajribasi va yutuqlarini kelgusi avlodlarga meros qilib qoldiradi; tabiat va jamiyatni qayta quradi va takomillashtiradi. Inson o’z aqli tufayli butun koinot, tabiat taraqqiyotida buyuk yaratuvchi kuch sifatida namoyon bo’ladi, o’z tarixini yaratadi, uni avaylab-asraydi. Inson faoliyati va tajribalari jamiyatning takomillashuvi va kishilarning har tomonlama kamol topishi uchun manba bo’lib xizmat qiladi. Tabiat va jamiyatdagi o’rni va ahamiyati, yaratuvchilik mohiyati, oliy mavjudot ekani, vorislikning davomiyligini ta’minlashi barcha ijobiy va foydali yutuqlarni saqlashi va targ’ib etishi kabi xususiyati va qobiliyati tufayli inson muqaddas va tabarruk qadriyat hisoblanadi. Antropologiya insondagi insoniylikning namoyon bo’lishi va rivojlanishini ruh bilan bog’laydi. Ayrim tadqiqotchilar insonga xos bo’lgan biror-bir xususiyatga alohida urg’u bergan va shu orqali insoniy mohiyatni ochib berishga harakat qilgan. Masalan, I. Kant insondagi axloqiy jihatlarga ko’proq e’tibor bergan va uni ezgulikni yovuzlikdan farqlovchi mavjudot sifatida ta’riflagan. Vladimir Solovev insonning boshqa mavjudotlardan farqini uyalish, achinish va oliy kuchlarga sig’inish kabi xususiyatlarda, deb bilgan. Uning fikricha, inson o’zining tuban mayllari va gunohlaridan uyalish qobiliyatiga ega. Faqat odamlarga emas, balki butun tirik jonga achinish va muqaddas kuchlarga sig’inish insongagina xos. Inson tabiati — g’oyat murakkab. Unda hayvoniy va ilohiy sifatlar mujassamlashgan. Lekin u — hayvon ham, farishta ham emas. Insoniy ruh va ma’naviyat uni boshqa mavjudotlardan yuqori darajaga ko’taradi. Insonni o’rganadigan fan — antropologiya deb yuritiladi.
Inson o’z hayoti davomida tana va ruh ehtiyojlarini qondirishga intiladi. Tana ehtiyojlarini qondirish inson borlig’ining birlamchi sharti hisoblanadi. Biroq hayotning ma’nosi faqat moddiy ne’matlardan bahramand bo’lish, tanparastlik, lazzatlanish, boylikka ruju qo’yishdan iborat emas. Inson ruhi ham o’ziga xos oziqqa ehtiyoj sezadi. Shu bois unda ma’rifatparvarlik, odamiylik, odillik, rahm-shafqat, diyonat, vijdon, olihimmatlik, vatanparvarlik kabi ma’naviy fazilatlar shakllanadi. Yuksak ma’naviyat insonni ruhan poklaydi, iymon-e’tiqodini mustahkamlaydi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar insonni ma’naviy-ruhiy jihatdan kamol toptirishga qaratilgandir. Insonning ma’naviy ehtiyojlarini uning tabiiy-moddiy manfaatlaridan ajratish, unga faqat ilohiy mavjudot sifatida qarash ham biryoqlamalikka olib kelishi, etilgan ijtimoiy muammolar mohiyatini to’g’ri tushunishga xalaqit berishi mumkin. Mamlakatimizda shakllanayotgan milliy g’oya va milliy mafkura insonga biryoqlama qarashlarga zid ravishda, undagi moddiylik va ma’naviylikni uyg’unlashtirishni taqozo etadi. Bozor iqtisodiyoti kishilarning farovon, boy — badavlat, mulkdor, barcha qulayliklarga ega bo’lishini inkor etmaydi. Aksincha, ularni tadbirkor, uddaburon va mehnatsevar bo’lishga rag’batlantiradi. Yuksak ma’naviyatgina inson ehtiyojlarini oqilona qondirishga, ijtimoiy adolat o’rnatib, saxiy va olihimmat bo’lishga undaydi. Antropologiya insonning ma’naviy olamiga chuqurroq kirib borish orqali olam mohiyatini bilish mumkin, degan g’oyani ilgari suradi. Islom Karimov ta’rifiga ko’ra, ma’naviyat (ruh) insonni axloqan poklaydigan, iymon-e’tiqodini mustahkamlaydigan, ezgulikka undaydigan botiniy kuchdir. Yuksak ma’naviyatda haqiqiy insoniy mohiyat mujassamdir. Insonning olijanob fazilatlari etuk shaxslar timsolida o’z aksini topadi. Insonga xos bo’lgan barcha xususiyatlar shaxs faoliyatida, uning jamiyatda tutgan o’rnida, uning o’z moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishida, muayyan mafkurani amalga oshirishida yaqqol ko’rinadi. Shaxsning shakllanishi va rivojlanishida tarixiy shart-sharoit, ayniqsa, g’oya va mafkura muhim o’rin tutadi. Bozor munosabatlariga o’tish davrida vujudga kelgan muammo va vazifalar yangi barkamol insonni voyaga etkazishni taqozo etdi. Unga xos fazilat va sifatlar Prezident Islom Karimov asarlarida asoslab berilgan. Bozor iqtisodiyoti inson ehtiyojlarini to’laroq qondirish, uning qobiliyati, ijtimoiy faolligini yanada kuchaytirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Bular quyidagilardir: - mehnatni tashkil etish usul va shakllarining o’zgarganligi; - mehnatga yangicha munosabatni rag’batlantirishga yordam beruvchi omillar; - o’z qobiliyati, qiziqishlariga mos bo’lgan faoliyat turlarini tanlash imkoniyatining yaratilganligi; - shaxs tadbirkorligi va ishbilarmonligining qo’llab-quvvatlanishi; - turli mulk shakllarining vujudga kelganligi; - shaxs erki va huquqlarining kengayganligi; - davlat va jamoat ishlarida qatnashish imkoniyatlarining yaratilganligi; - demokratik qadriyatlar rivoji; - ma’naviy meros va madaniyat yutuqlaridan erkin foydalanish imkoniyatining yaratilganligi kabilardir. Ular shaxsning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishda, uning komil inson sifatida rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir. Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan barcha islohotlar inson manfaatlari, uning ezgu maqsadlari ro’yobga chiqishini ta’minlashga, uning barkamol sifatlar kasb etishiga qaratilgandir. Shaxs islohot natijalaridan bahramand bo’luvchigina emas, balki ularni sobitqadamlik bilan amalga oshiruvchi kuch sifatida ham yangilanish jarayonida o’zgaradi, yuksaladi, qadr-qimmat topadi va e’zozlanadi. Insonning jamiyatidagi o’rni, qadr-qimmati borasida milliy istiqlol o’z oldiga quydagilarni maqsad va vazifa qilib qo’yadi: - insonning qadr-qimmatini joyiga qo’yish; - inson uchun baxtli hayot sharoitlarini yaratish; - insonning o’zligini anglashi, ijtimoiy burch va vazifalarini ado etishi, sog’lom avlodlar uzluksizligini ta’minlashi, kelgusi avlodlarga yaxshi xotiralar qoldirishi va iymon-e’tiqodi butun bo’lishi uchun qulay sharoitlar yaratish. Bunday imkoniyatlarni amalga oshirishga xalaqit beradigan nuqsonlar ham inson tabiati bilan bog’liqdir. Hozirga qadar inson to’g’risidagi falsafiy ta’limot va qarashlarda, asosan, uning ijobiy xususiyatlariga, yaratuvchanligiga ko’proq e’tibor berib kelindi. Keyingi vaqtlarda inson borlig’ining salbiy jihatlari ham tahlil qilina boshlandi. Mustaqillik yillarida inson tabiatini chuqurroq o’rganish va undagi salbiy mayllarni bartaraf etishga yordam beradigan falsafiy qarashlarga ehtiyoj vujudga keldi. Shuni ta’kidlash joizki, ayrim kishilar millat, Vatan, xalq manfaatlariga zid ravishda jamiyatdagi mavjud qonun-qoida va me’yorlarni poymol etib, ko’proq g’arazli maqsadlarini amalga oshirishga va turli ixtiloflarni keltirib chiqarishga harakat qiladi. Shunday niyatlar yo’lida hatto jinoiy guruhlarga birlashadilar, jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan davlat dasturlarini amalga oshirishga to’sqinlik qiladilar. Shuningdek, ular milliy totuvlik, tinchlik va barqarorlikka raxna soladi, ma’naviy-axloqiy muhitni buzadi, kishilarning ijtimoiy adolatga bo’lgan ishonchini susaytiradi, barkamol insonni voyaga etkazishga qarshilik ko’rsatadi. Ular turli ziddiyatlarni keltirib chiqaruvchi firibgarlar, hokimiyatga intiluvchi ekstremistlar, korruptsiya va jinoyatchilik olami vakillari, giyohvand, poraxo’r, terrorchi va shuhratparastlar kabi jamiyat uchun noxush odamlardir. Insonni falsafiy bilish va tahlil etishda ana shunday kishilar mavjudligini e’tiborga olish muhimdir. Demokratik jamiyat inson huquqlarini ta’minlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’yar ekan, bunday kishilarni tarbiyalashga, ularni ijtimoiy foydali mehnatga jalb etishga, kishilar ongida milliy manfaat va ijtimoiy qadriyatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor beradi.
Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida inson qobiliyatlari to’laroq namoyon bo’ladi. Ijtimoiy tabaqalanish jarayonida kishilarning boy va qashshoq guruhlarga ajralishi tabiiy qonuniy jarayondir. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng muhim xususiyati — aholining muayyan qismining ijtimoiy himoyalanishida, ko’p bolali oilalar, nafaqaxo’rlar, talabalar va nogironlarning davlat tomonidan himoyalanishida, ijtimoiy adolatning qaror topishida yaqqol namoyon bo’lyapti. Kishilarning boqimandalik kayfiyati, tafakkur turg’unligidan ozod bo’lishlari, o’zgargan yangi iqtisodiy sharoitga moslashishlari, o’z bilimi va mahoratini oshirishlari uchun g’amxo’rlik qilish iqtisodiy islohotlarning insonparvarlik yo’nalishga ega ekanligidan dalolat beradi. Iqtisodiy islohotlar va bozor munosabatlariga o’tish sharoitida aholini kuchli ijtimoiy himoyalash tamoyili Prezident I. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan o’zbek modelining muhim jihatlaridan biridir. Inson mohiyatini falsafiy bilish ulkan tarbiyaviy ahamiyatga ham ega. Inson falsafasi har bir yangi tarixiy davrda inson mohiyati, uning jamiyatda tutgan o’rni va ahamiyatini chuqurroq anglashga yordam beradi. Insonga xos xususiyat va fazilatlarni bilish orqali talaba o’zida shunday sifatlarni shakllantirishga intiladi. Bunday fazilatlar falsafa va boshqa ijtimoiy fanlarni o’rganish va umuman, ta’lim-tarbiya jarayonida shakllanadi. Zamonaviy bilim va yuksak insoniy fazilatlarni egallash orqali O’zbekistonda ozod va obod jamiyat qurish vazifalari uyg’unligini ta’minlashga erishish butun ta’lim-tarbiya ishimizning bosh mezoni va uning oldida turgan muhim vazifadir. ADABIYOTLAR 1. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T., «O’zbekiston», 1997. 2. Karimov I.A. Barkamol avlod — O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T., «O’zbekiston», 1997. 3. Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni xalq, millatni millat qilishga xizmat etsin. – T., «O’zbekiston», 1998. 4. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. – T., «O’zbekiston», 1999. 5. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. – T., O’zbekiston, 2000. 6. Osnovi filosofii.– T., «O’zbekiston», 1998. 7. Falsafa kursining ayrim masalalari. – «Farg’ona», 1994. Download 90.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling