Mavzu: XVI-XVII asrlarda Qozoq xonligi xo'jalik hayoti. Reja: kirish. I-bob. Qozoq xonligining siyosiy tarixi


Download 144.06 Kb.
bet1/2
Sana15.07.2020
Hajmi144.06 Kb.
#123857
  1   2
Bog'liq
Qozoq xonligi


Mavzu: XVI-XVII asrlarda Qozoq xonligi xo'jalik hayoti.

Reja:

KIRISH.

I-Bob. Qozoq xonligining siyosiy tarixi

I.1. Qozoq xonligining vujudga kelishi va taraqqiyoti

I.2. Qozoq xonligi va uning tashkil etish omillari

II-Bob. XVI-XVII asrlarda Qozoq xonligi va uning xalqi

II.1. Qozoq xalqining etnogenezi, qozoqlarning xalq sifatida shakllanishi

II.2. Qozoq xonligi xo'jalik hayoti.

Mundarija

Kirish………………………………………………………………………..

I. Bob. Qozoq xonligining siyosiy tarixi

I.1. Qozoq xonligining vujudga kelishi va taraqqiyoti………………………

I.2. Qozoq xonligi va uning tashkil etish omillari …………………………..

II. Bob. XVI-XVII asrlarda Qozoq xonligi va uning xalqi

II.1. Qozoq xalqining etnogenezi, qozoqlarning xalq sifatida shakllanishi......................................................................................................

II.2. Qozoq xonligi xo'jalik hayoti

Xulosa...........................................................................................................

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati...........................................................

Kirish

Mavzuning dolzarbligi:

Qozoq xonligining tashkil topishi mavzusini ko‘rib chiqishdan oldin o‘zimizga savol beraylik. Xo‘sh, qozoq xalqi tarixini o‘rganishimiz zarurmi? Qozoq xonligi tarixining biz uchun qanday ahamiyatli tomoni bor.

Avvalambor, biz Markaziy Osiyo xalqlari tarixini o‘rganar ekanmiz Qozoq xonligi ham Markaziy Osiyoda joylashgan davlatlar sirasiga qo‘shiladi.

Garchi, Sobiq SSSR davrida Qozog‘iston va O‘rta Osiyo deb ajratilib aytilgan bo‘lsa-da, Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbusi bilan O‘rta Osiyo termini Markaziy Osiyo termini bilan almashtirildi va uning markaziy qismidagi qardosh davlatlar sifatida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston respublikalari e’tirof etiladi. Shunday ekan, qardosh qozoq, turkman, qirg‘iz, tojik xalqlarining tarixini o‘rganish mintaqa tarixiy-madaniy, siyosiy tarixining mushtarakligi ma’nosida muhim vazifamizdir.

Zero hech kimga sir emaski, bu xalqlar qadim-qadimdan bir-biriga qondosh, bir-biriga birodar sifatida sen-men demay birlashib yashaganlar, qolaversa, biz tarixchi sifatida Qozoq xonligi va o‘zbek xonliklari orasidagi o‘xshashlik va farqli tomonlar nimada ekanligi va ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar qanday bo‘lganligini chuqurroq bilishimiz tariximiz yaxlitligini tushunish imkonini beradi.

Yozma manbalar va tarixiy xujjatlar asosida Qozoq xonlari va xonlikning tarixda tutgan rolini holisona o`rganish va jahon tarixining tarkibiy qismi sifatida olamga tanitish har bir tarixchining vazifasi hisoblanadi. Olimlarning sharqshunoslik sohasida, ayniqsa, qo’lyozma manbalarni o’rganish borasida qilgan xizmatlarini inkor etmagan va kamsitmagan holda mamlakatimiz o’rta asrlar davri tarixini, madaniyatini, ijtimoiy-siyosiy hayotini yangicha nuqtayi nazardan, haqqoniylik, tarixiylik, ilmiylik, xolislik tamoyillari asosida bugungi tarixshunoslik sohasida eng dolzarb masala hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimovning bir guruh yetakchi tarixchilar va jurnalistlar bilan uchrashuvida mazkur masala jiddiy muhokama etilishi, mamlakatda tarix fanini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari belgilab berildi. “Biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur” degan edi Prezidentimiz.1

Qozoq xonligi o`rta asrlardagi tarixi, ichki hayoti, xonadon ahlining mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida tutgan o’rni masalasiga bag`ishlangan tadqiqotlarda ham bir yoqlamalikka yo`l qo`yilganligi mavzuga doir ma’lumotlarni qayta ko`rib chiqish hamda ishonchli ma’lumot topib uni yoritishdan iborat. Shu mavzuga bag`ishlangan tadqiqotlar va ularning ilmiy darajasiga hurmat saqlagan holda mavzuga qaytadan yangicha nuqtayi nazardan murojaat qilish va o`rganishga harakat qildik.

Ma’lumki, Qozoq xonligi XVI asrda tashkil topib o`z iqtisodiy qudrati va ma’naviy-siyosiy salohiyatlarini saqlab keldilar. Bu xonlik to’g’risida yozilgan risola, maqola va ilmiy adabiyotlarda ko`proq ularning iqtisodiy sohadagi faoliyatiga e’tibor qaratilib, xonlikning Temuriyzodalar va so`ng Shayboniylar davrida tutgan o`rni alohida ahamiyatli hisoblangan. Xonlikning davlat boshqaruvi xususida kam yoritilgan yoki bir yoqlama o`rganilgan. Masalani har tomonlama o’rganish va yoritish uchun tarixiy asarlar bilan birga maqomotlarga ham murojaat qilish lozim. Ularda boy tarixiy ma’lumotlar mavjud. Maqomotlarni o’rganish darajasiga kelsak, bu hali to’la yoritilmagan hamda o’zbek tiliga tarjima qilib, chop etish orqada.

Mavzuning xronologik chegarasi: XVI asrdan XVII asr boshlarigacha bo`lgan davr tashkil etib, Qozoq xonligining Tashkil bo’lish jarayonlari hamda Xo’jalik hayotiga oid tadqiqotlar tashkil qiladi.

Mavzuning o‘rganilishi darajasi

Qozoq xonligi va xonlarining ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayoti, o’rni, markaziy hokimiyatga bo’lgan ta’siri kam o’rganilgan mavzulardan biri.

Qozoq xonligini, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-siyosiy hayotini Abulxayrxonsiz tasavvur qilish qiyin.

Movarounnahrda hukmronlik qilgan ikki sulola – Shayboniylar va Ashtarxoniylar davrida bu xonadon vakillari mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida katta ta’sir ko’qsatdilar.

Temuriylarning siyosiy sahnadan ketishi va Movarounnahrda Shayboniylar sulolasi hukmronligining o’rnatilishi, undan so’ng Movarounnahr, Buxoro atrofiga birlashtirish va mamlakatr yaxlitligini saqlab qolish uchun qattiq kurash ketadi. Abu Said Mirzoga yaqindan yordam bergan Abulxayrxon xizmatlari, sa’y-harakatlari juda kattadir.

Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Qozoq xonligini o’rganishda juda ko’plab ishlar, maqolalar, monografiyalar yozilgan. Ular orasida I.Ya. Zlatkin, V.A.Moiseev, Edilxanova S.A. asarlarida keltirilgan.

Rus manbalaridan Qozoqlar haqida ilk ma’lumotlarni bergan qo’lyozma “Stroganovlar qo’lyozma” si hissoblanib, unda Rus shohi Ivan IV ning buyrug’i keltirilgan va unda jung’olar, qozoqlar ham tilga olingan.

Qozoqlar haqidagi ma’lumotlar yana “Esipovlar qo’lyozmasi” va “Remezovskiy qo’lyozmasi” da ham uchraydi. Bu qo’lyozmalar sibirliklarniki hissoblanib, XVI asr oxiriga oiddir.

Qozoqlar haqida Mahmud Chorosning (yoki Shoros) “Xronika” asarida ham ko’plab ma’lumotlarni ucharatish mumkin. Gaban-Sharabning Сказания” va Batur-Ubashi-Tyumennning Сказанияsida ham Xara-Xulaning faoliyati haqida va shu davr haqida keng ma’lumotlar yozib qoldirilgan.

Qozoq xonligini XVII asr oxiri – XVIII asr boshidagi tarixini o’rganishdagi bizning asosiy manbamiz bu ЦГАДА (Центральный государственный архив древни) va АВПР (Архив внешней политики России) fondlaridagi materiallardir. Bundan tashqari «Киргиз-кайсацкие дела» va «Калмыцкие дела» fondlarida ham oyratlar haqida qimmatli ma’lumotlar saqlanadi.

Bu materiallarda katta miqdorda Jung’or xonligining tashqi siyosatidagi faktlar keltirilib, ichki munosabatlar haqida birmuncha kamroq ma’lumotlar berilgan. Bu materiallar haqiqiy nusxalardan iborat bo’lib, rus elchilari Savva Vladislavovich Raguzinskiy, Lorenca Langa, Maksim Etigerov, Leontiy Ugrimov va boshqalarnig Xitoy yoki Jung’oriyaga borganda yozib olgan ma’lumotlaridandir.

Jung’or xonligi to’g’risida Pyotr I ning elchisi, 1714 yilda safarga chiqqan Buhgol’s ham juda qimmatli ma’lumotlar to’plagan.

Xitoylik olimlardan E.Xenishni alohida ta’kidlanadi, u 1755 yildagi sin-jung’or urushi haqida qimmatli ma’lumotlar yozib qoldirgan. Unda qozoqlar haqida ko`plab ma’lumotlar uchraydi.

1752 yilda Peterburgdan I.Neplyuyev va Tevkelevga maxsus qaror bilan maktub yuborilgan. Unga ko’ra, ular Amursan bilan muzokaralar olib borishi kerak edi. I.Neplyuyev ko’plab ma’lumotlarni to’plab, biografik asar yozib qoldirgan.

I.Ya.Zlatkin, V.A.Moiseev, V.Chernenko, Xoyt Sanji va ko’plab boshqa yetakchi olimlarning asarlarida Xusussan, “История Казахстана” 5 tomli asarida, A.Pozdneev, K.Palmovoy va N.Veselovskiyni asarlarida qozoq xonligining davlat boshqaruvi haqida keng ma’lumot berilgan.

1673-1676 yillarda yozilgan “Tarix” asari nihoyatda ma’lumotlarga boy manba hisoblanadi. Asar asosan, XVI asr o`rtalaridan XVII asrning 70-yillarigacha bo`lgan davr voqealarinio`zida mujassamlashtirgan. “Tarix” asarini rus-tiliga tarjima qilgan olim O.F.Akimushkinning ma’lumotiga ko`ra asarda siyosiy masalalarga ko`proq o`rin berilgan.

Mahmud Churasning asari Mirzo Haydar qalamiga mansub “Tarixi Rashidiy” asarining davomi hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimgi asar voqealari izchil va xronologik tartibda bayon qilinadi.



Tadqiqotning manbashunosligi: Qozoq xonligi to’g’risidagi ma’lumotlar bir qancha tarixiy manbalarda uchraydi:

Badriddin Kashmiriyning “Ravzar ar-rizvon” (“Jannat bog’i” XVI asr),

Husayn as-Saraxsiyning “Sanoqibi sa’diya” (“Saodatli manoqibi” XVI asr),

Abu Abbos Muhammad Tolibning “Matlab at-Tolibin” (“Haq izlovchilar maqsadi” XVII asr)

Hofiz Tanish Buxoriyning “Sharafnomayi shohiy” (“Abdullanoma”);

Muhammad Yusuf Munshiyning “Tarixi Muqimxoniy” (XVII asr);

Mir Muhammad Amin Buxoriyning “Ubaydullanoma” (XVIII asr);

Abdurahmon Davlat Tolening “Tarixi Abulfayzxon” (XVIII asr);

Muhammad Tohir Eshonning “Silsilai Xojagon Naqshbandiya” (XVIII asr);

Muhammad Ya’qubning “Gulshan ul-muluk” (“Podshohlar gulshani”) (XIX asr);

Mulla Abdullatif Xojaning “Majmua” (“Ma’lumotlar”) (XIX asr);

Sayyid Muhammad Nosiriddinning “Tuhfat az-zoarin” (“Ziyoratchilarga tuhfa”) (XX asr boshlari).

Abulxayr Fazlulloh Ruzbehonning “Mehmonnomayi Buxoro”

degan asarida ham o‘zbeklar haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan.

Uning fikricha, o‘zbeklar (ko‘chmanchi o‘zbeklar)asosan uch

toifadan, ya’ni qabilalar ittifoqidan: Shaybon ulusiga kirgan qabilalar,

qozoqlar va mang‘itlardan tashkil topgan, deb yozgan.

Mavzuning maqsad va vazifalari:

Qozoq xonligining Xo’jalik, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotidagi o’rnini qo’lyozma asarlar va qo’lyozma hujjatlar, shuningdek, ko’p sonli ilmiy abiyotlar, jumladan, xorijiy tadqiqotlarni tahlil qilish asosida yangicha nuqtayi nazardan atroflicha tadqiq qilishdan iborat.



  • Xonlik davlat tizimi va hukmdorlarning boshqa davlatlar bilan elchilik aloqalari munosabatlarning ijtimoiy, siyosiy,iqtisodiy negizlarini tahlil qilish;

  • Qozoq xonligining Shayboniylar, Jung`orlar va Yorkent xonligi ma’naviy-madaniy hayotidagi o’rni, jumladan, Movarounahrdagi siyosiy ahamiyatini tadqiq qilishdan iborat;

  • Qozoq xonligi tarixnavisligining o’ziga xos xususiyatlari, uning mahsuli bo’lgan qo’lyozma asarlarning ilmiy qimmati, tarixiy manba sifatidagi o’rni, ayniqsa, Qozoq xonlarining tarixini o’rganishdagi ahamiyatini har tomonlama ochib berish

Qozoq xonligining Moskva davlati bilan elchilik aloqalari Rus knyazligi tomonidan bosib olinishi Katta Juz, O`rta Juz, Kichik Juz xonliklarida ijtimoiy-siyosiy hayot va davlat boshqaruvi haqida ma’lumotlar berish.

Kurs ishning yangiligi : Ushbu kurs ishimizning yangiligi sifatida shuni ayta olamizki, Qozoq xonligi O`zbek davlatchiligi tarixi bilan o`zaro bog`liq va Abulxayrxon tashkil etgan “O`zbek ulusi” keyinchalik tarixdagi ahamiyati qay darajada ekanligini bir nechta tarixiy manbalar va adabiyotlar asosida yoritishga harakat qildim. Shayboniylarning asosiy qismini mang`itlar va qozoqlar tashkil etgani u Buxoro xonligida alohida mavqega ega bo`lganinin bir nechta manbalar asosida keltiri9b berdim.

Kurs ishning tuzilishi: Ushbu kurs ishim “Qozoq xonligida XV_XVII asrlarda davlat boshqaruvi” deb nomlandi va Kirish, 4 bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat qilib yozdim.

I. Bob. Qozoq xonligining siyosiy tarixi

I.1. Qozoq xonligining vujudga kelishi va taraqqiyoti
Qozoq xonligi - bugungi Qozogʻiston Respublikasi va unga qoʻshni viloyatlar hududida 1465 yildan 1847 yilgacha mavjud boʻlgan davlat.

Qozoq xonligi Volgadan Uralgacha, Sirdaryo va Amudaryo daryolari va Xuroson o'rtasidagi hududni qamrab olgan.



Qozoq xonligining davlat tuzilishi dash demokratiyasiga asoslangan monarxiyaga asoslangan. Davlat rahbari siyosiy boshqargan xon edi. Ular zodagon sultonlari orasidan tanlangan.Qozoq xonligining birinchi xoni Kerey, oxirgi xon Kenesary Qosimovich bo'lgan.

Kerey va Jonibek xon. 14-15 asrlarda Qozoqiston hududida Qozoq xonligining paydo bo'lishi. Bu mavjud ijtimoiy-iqtisodiy va etno-siyosiy jarayonlardan kelib chiqadigan tabiiy hodisa.

Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, ko'chmanchi aristokratiyaning iqtisodiy qudrati o'sishi, feodal guruhlarning mustaqillikka intilishi, shu asosda Abulxayr xonligi va Mo'g'uliston o'rtasidagi ziddiyatlarning avj olishi, XV asrda ijtimoiy nizolarning kuchayishi.

Ikkinchi yarmida bu davlatlar qulashiga olib keldi. Abulxayrning buyuk xonligi (1428-1468) Jochi-Shaybon-Daulet-Shayx oglan ayniqsa yomon edi.

Uning hududi g'arbdan Uraldan sharqda Balxash ko'ligacha, janubda Sirdaryo va Orol dengizining quyi qismida, shimolda Tobol va Irtishning o'rtalarigacha cho'zilgan. Markazlashgan davlat yo'q edi. Ko'p etnik guruhlarga bo'lingan. Ularning boshida turli xil shoxlardan bo'lgan Chingizxonning avlodlari, ko'chmanchi qabilalarning hukmdorlari turgan edi.

Abulxayr hukmronligi davrida xalq jang qilishdan va jang qilishdan charchagan. 30-yil u Tobol yaqinidagi Shayboniyning avlodi Maxmut Kojaxanni yengdi. Sirdaryo bo'yidagi dashtlarda u Jochi sulolasining Mahmudxon va Ahmadxonlarini (Toka Temir sulolasi) mag'lub etdi.

1446 yilda Abulxayr Temirning avlodlari va Oq O'rda xonlari Sirdaryo bo'yidagi shaharlarni va Karatay yon bag'rlarini - Syganak, Suzak, Akkorgan, Uzgent, Arkukni zabt etdilar.

1457 yil Uz-Temir Turkiston viloyatidagi Oiratlardan (yaylov qidirayotgan) mag'lubiyatga uchradi. Oirliklar qiyin kelishuvga erishdilar va o'z erlariga Shu orqali jo'nadilar.

O'z navbatida Abulxayr o'g'liga qattiq tartib o'rnatishni boshladi. Bu odamlarning unga nisbatan nafratini kuchaytirdi. Natijada, aholining yarmi Sharqiy Dashti Qipchoqdan Turkiston tekisliklariga va Qoratoy etaklaridan Semirechening g'arbiy qismiga ko'chib o'tdi. Uni Janibek va Kerey boshqargan.

Deshti Qipchoq va Semirechye ko'chmanchi xalqlari feodal ekspluatatsiyasining kuchayishiga va urushlarga qarshi xonlar va feodallar qo'lidan ko'chib o'tdilar.

Shunday qilib, XV asrda. 50-70-yillar, ya'ni 1459-yillar. U Abulxayr xonligidan Semirechye g'arbida Esenbuga xonning nazorati ostidagi Shu va Talas daryolarining tekisliklariga ko'chib o'tdi.

Ularning ko'chib ketishining sabablaridan biri Chingizxon avlodlari bo'lgan Kerey Xon va Zenibek Xonning qozoq xalqining mustaqil davlatini yaratish, uning mustaqil siyosiy va iqtisodiy rivojlanishini ta'minlashdagi qadamlari va faoliyati edi.

Semirechye qabilalari va urug'lari davlat birligining markaziga aylandi. Ularning soni 200 ming kishiga yetdi. Mug'alxon Esenbu'dan o'zining shimoliy chegarasini, shuningdek, uning akasi Temurid Abu Said tomonidan qo'llab-quvvatlangan g'arbiy chegarani Yunusning hujumidan himoya qilish uchun foydalanmoqchi edi.

Janibek - Qozoq xonligining birinchi shanirakasini ko'targan Barak xonning o'g'li, Kerey esa uning ukasi Bolat xonning o'g'li. Barakda boshlangan uning o'g'li va nabirasi qozoq davlatchiligi uchun kurashni davom ettirishi tabiiy. Mirza Muhammad Haydar Dulati qozoq xonligining tashkil topishini hijriy 870 yil (1465-1466) ga to'g'ri keladi.

Kerey birinchi qozoq xoni deb e'lon qilindi (1458-1473). Keyin Jenibek qozoq xoni etib saylandi (1473-1480). Bu davrda Semirechye aholisi, 1462 yilda Mo'g'ul Xon Esenbu vafot etganidan so'ng, u erda nizoning avj olishi sababli o'zaro hamjihatlikni mustahkamlashga hissa qo'shdilar.

Abulxayr xonligidan kelgan muhojirlar Janibek va Kerey qozoq xonligini mustahkamladilar. Katta harbiy tarkibga ega bo'lgan va Jiribekda kuchli himoyaga ega bo'lgan Jenibek va Kerey Sharqiy Dashti Qipchoq hukmronligi uchun Jochi sulolasi sultonlarining kurashiga qo'shildilar.

Bu kurash 1468 yilda bo'lib o'tdi. Abulxayrning vafotidan keyin u yana avj oldi. Qozoq xonlarining asosiy dushmanlari Abulxayrning vorislari - uning o'g'li Shayx Haydar va nabiralari Muhammad Shayboniy va Sulton Mahmud edi.



Qozoq xonligining tashkil topishi.G'arbiy Semirechiyadagi qozoq xonlarining mulkiga eng yaqin bo'lgan Sird viloyati va Karatay bo'lgan. Xan Jenibek va Kerey savdo-iqtisodiy aloqalarning muhim markazi va tayanchi bo'lgan Sirdaryo bo'yidagi shaharlarga o'z huquqlarini o'rnatishga harakat qildilar. Sirdaryoning quyi va markaziy oqimlari ham ko'chmanchi qozoq qabilalari uchun qishki yaylovlar bo'lgan.

70-yillarda Suzak yaqinidagi Sauran shahrida katta janglar bo'lib o'tdi. Asi (Turkiston), Syganak qozoq xonlari va Muhammad Shayboniy tomonidan bosib olingan. Ushbu janglarning birida mashhur qo'mondon Kereyning o'g'li Murindik bo'lgan. U 1480 yildan beri xon bo'lib kelgan.

Natijada, XV asrda. 70-yillarda Qozoq xonligining chegaralari kengaydi. Janubiy Qozogʻiston shaharlari uchun Shayboniylar sulolasi bilan urushlar hatto Janibek xondan keyin Qozoq xonligini boshqargan Burundiq Xon (1480-1511) hukmronligi davrida ham toʻxtamadi.

G'arbiy Semirechye (Suzak, Syganak, Sauran) ning janubiy shaharlariga tayanib, birinchi qozoq xonlari Desht-Qipchoqda hokimiyatga ega bo'lgan barcha xonlarni mag'lubiyatga uchratdilar va o'z mulklarini kengaytirdilar.

Dasht Qipchoqda qozoq xonlarining hukmronligi o'rnatilishi Muhammad Shayboniyni Desht Qipchoqda ba'zi qabilalarni tark etishga va Mauerennahrga borishga majbur qildi. Bu erda u temir sulolasi o'rtasidagi ziddiyatdan foydalanib, hokimiyatni tortib oldi.

Shunday qilib, Qozoq xonligining tashkil etilishining sabablari siyosiy va etnik jarayonlar edi. Asosiy bosqich Kerey va Jenibekning va ularning fuqarolarining ko'chmanchi o'zbeklar etakchisi Abulxayrdan Mo'g'ulistonning g'arbiy qismiga ketishi edi. Bu erda muhim narsa shundaki, Kerey va Janibekning tarafdorlari o'zbek-qozoqlar, keyinchalik esa faqat qozoqlar deb atalgan. Abulxayr vafotidan keyin Kerey va Janibek o'zbek ulusiga kelib, hokimiyatni qo'lga kiritdilar. Yangi davlat birlashmasi Qozog'istonga aylandi.



Qosimxon davri. Qosim xon boshchiligidagi Qozoq xonligi.

16-17 asrlar Qozoq xonligi mustahkamlanib, uning chegaralari sezilarli darajada kengaydi. Janibekning o'g'li Qosim o'z davrida "erlarni birlashtirish" jarayonini amalga oshirgan taniqli xonlardan biri edi. Qosimxon (1511-1523) hukmronligi davrida Qozoq xonligining siyosiy va iqtisodiy ahvoli yanada mustahkamlandi. Uning hukmronligi davrida hozirgi qozoq xalqi turar joyi vujudga keldi, bir qator shaharlar qo'shildi va shimolda Qosimxon hukmronligi ostidagi qozoq yaylovlari Uaytovdan oshib ketdi.

Janubi-sharqda u Semirechening ko'p qismini (Shu, Talas, Karatal, Ili tumanlarini) qamrab olgan. Qosim Xon hukmronligi davrida O'rta Osiyo, Volga viloyati va Sibir bilan savdo va elchilik aloqalari o'rnatildi. Rossiya davlati bilan aloqalar mavjud edi. Bu Buyuk gertsog Vasiliy 3 (1505-1533) davrida Moskva davlati edi. G'arbiy Evropa ham o'sha paytda Qozoq xonligini tan olgan.

Qozoq qonunlari "Qosimxonning Kaskaga boradigan yo'li" odatiy qoidalar asosida yaratilgan.

Ammo Qosimxon davrida Qozoq xonligi markazlashgan davlat emas edi. Bu Qosimning o'limidan so'ng darhol sezildi. Taxt uchun janjal va janjal bor edi. Qozoq hukmdorlariga qarshi Mo'g'ul va o'zbek xonlari ittifoqi tuzildi.

Mojaro paytida Qosimxonning o'g'li va vorisi Mamash o'ldirilgan.

Qosim xonning jiyani Tohir (1523-1532) xon bo'ldi. Uning maxsus elchixonasi yoki harbiy mahorati yo'q edi. Mangit va Oyrat xonlari bilan harbiy to'qnashuvlar boshlandi. Ushbu urushlar qozoqlar uchun muvaffaqiyatli bo'lmadi. Qozoq xonligi janubda va shimoli-g'arbda o'z hududining bir qismini yo'qotdi va uning ta'siri faqat Semirechyeda qoldi. Tohir Xonning ukasi Buidash hukmronligi davrida (1533-1534) feodal nizolar va urushlar to'xtamadi.

Ma’lumki, XIV asr o`rtalarida Chig`atoy ulusi Mo`g`uliston va Movarounahr bo`linib ketgan edi.

Sharqiy Turkiston va Yettisuv va Movarounahr hududlarini birlashtirgan Mo`guliston davlatidan 1514-yilga kelib, Sulton Saidxon (1514-1533) boshchiligida markaziy Yorkend bo`lgan davlat ajralib chiqadi.

Sulton Saidxon asos slogan Yorkend xonligi 1514-1706 yillarda Sharqiy Turkistonda mavjud bo`lgan davlat hisoblanadi. Bu paytda hokimiyat dug`lot amrlaridan Tug`luq Temur avlodlariga o`tadi.

Ammo bu bilan Sharqiy Turkistonda davlat tuzumi avvalgiday o`zgarmay qolaveradi. Faqat uning davlatini tug`ishgan amakisi Mansurxongina tan olgan.

Bu vaqtda Mansurxonga davlatning Sharqiy hududlari, xususan Turfon, Kumul va Chalish qarar edi.

Sulton Saidxon davridan boshlab, ya’ni 1514-yildan to 1593-yilga qadar hukmronlik qilgan Abdurashidxon(1533-1360) va Abdukarimxon (1560-1591) davrlarida mamlakatda turli xil siyosiy jarayonlar bo`lib turgan.

Xuddi shu davrlardan, O`ltin O`rdaning qulashi natijasida 1465-yilda G`arbiy Dashti Qipchoqda Girey bilan Jonibeklar Qozoq xonligiga asos solgan. Bu jarayon hududda ijtimoiy-iqtisodiy va etnosiyosatsiyosiy voqealar voqealar rivoji asosida sodir bo`lgan edi.

Biz ko`rib o`tayotgan davrda Qozoq xonlaridan Burunduqxon (1473/74-1511), Qosimxon (1511-1521), Mamashxon (1521-1522), Toxirxon (1522-1531/32), Tog`umxon (1533-1537/38), Xaqnazarxon(1551-1580), Shig`ayxon(1580-1582), Tavakkalxon(1583-1598) va boshqalar hukmronlik qilishgan.

Mazkur Qozoq xonlaridan Qosimxon davrida xonlik hududlari Shimliy-g`arb tomonga Yoyiq va Volga daryolari oralig`igacha, shimolda Ulug`tog`gacha kengaygan. Qozoq xonligi Moskva davlati bilan diplomatik munosabatlarga kirishgan.

Mamashxon, Toxirxon, Tog`umxon davrlarida siyosiy beqarorlik, qozoq sultonlari o`rtasidagi o`zaro ichki kurashlar hukmronlik qilgan.

Qozoq xonligining gullab-yashnagan davri Xaqnazarxon (1551-1580) davriga to`g`ri keladi. Haqnazarxon va Tavakkalxon mamlakatda ichki kurashlarga barham berdi va xonlikda tashqi siyosiy qudratni mustahkamlashga erishdi.2 Haqnazar Yoyiq daryosining chap qirg`oqlarini qo`shib oldi.



Moskva davlati bilan elchilik munosabatlarini o`rnatdi, Janubiy Qozog`iston yerlarida chegarani mustahkamlab oldi.
I.2. Qozoq xonligi va uning tashkil etish omillari
Qozog‘iston tarixidagi muhim masalalardan biri qozoq xonligining kelib chiqishini o‘rganish hisoblanadi. Qozoq xonligining tashkil topishi Jonibek va Girey nomlari bilan bog‘liq.

Bizga ma’lumki, XV asrning boshlarida nafaqat Temuriy shahzodalar o‘rtasida, balki, Chingizxon avlodlari bo‘lmish Shaybon ulusida ham ichki siyosiy kurashlar keskinlashgan edi. Shaybon ulusidan chiqqan ko‘chmanchi o‘zbeklar davlatining asoschisi Abdulhayrxon Chingizxon ulusi tarkibiga kirgan barcha hududlarni bosib olishni o‘z oldiga maqsad qilgan edi. Shu maqsadda 1428-1429 yillarda Turani bosib olib uni o‘z davlati poytaxtiga aylantiradi.

Abulxayrxon o‘z davlatini Oltin O‘rdadagi To‘g‘a Timur davlatiga bog‘liq bo‘lmagan mustaqil davlat deb e’lon qilgan. 1431-1432 yillarda u Xorazm ustiga yurish qildi. 1446 yilda Sirdaryo bo‘yidagi Oqqo‘rg‘on, Arquq, O‘zgan, Sig‘noq, So’zoqni bosib oldi. Abulg‘ozixonning yozishicha, xon hokimiyatiga qarshi chiqqanlarning birontasi ham Abulxayrxonning qahr-g‘azabidan qochib qutula olmagan. Lekin, baribir xonning qahr-g‘azabi ayrim sultonlarning qarshiligini sindira olmagan. O‘rusxonning evarasi Baroqxonning o‘g‘illari Gireyxon bilan Jonibek sultonlar shular jumlasidandir. Ular xaqida 1456-1457 yillarga qadar ma’lumot yo‘q. Baroqxon o‘ldirilgandan keyin ular Oq O‘rdada hukmronlik qilgan bo‘lishlari mumkin.

Mashhur tarixchi Muhammad Haydarning (XVI asr) ma’lumotlarga qaraganda, Gireyxon va Jonibekxon 1455-56 yilda (adabiyotlarda 1459-1460 yy.) Abulhayrxonning ta’qibi ostida Mo‘g‘ulistonga ko‘chib ketgan. Mo‘g‘uliston xoni Eson Bug‘oxon (1428-1462) ularni izzat-ikrom bilan kutib olgan va ularga Chu va Qo‘ziboshi degan yerlarni (G‘arbiy Mo‘g‘iliston, ya’ni hozirgi Chu vodiysi va Yettisuv o‘lkalarining bir qismini) bergan. Eson Bug‘oxon bu ishi bilan ularning yordamida Mo‘g‘ilistonning ichki nohiyalarini qalmoqlar va ko‘chmanchi o‘zbeklarning tez-tez qilib turgan hurujlaridan himoya qilish maqsadini ko‘zlagan.

Keyinchalik G‘arbiy Mo‘g‘uliston Abulhayrxon ta’qibidan qochgan kishilar uchun boshpana bir joy bo‘lib qolgan. 1462 yilda Eson Bug‘oxon vafot etdi. Demak, Qozoq xonligining tashkil topish jarayoni XV asrning ikkinchi yarmidagi Abulxayrxon davlati va Mo‘g‘ulistondagi ichki siyosiy vaziyat bilan chambarchas bog‘liq, aynan shu davrda ikkala davlatda ham ichki tushkunlik holati kuzatiladi. Abulhayrxon va mo‘g‘ul hukmdori qabila va urug‘larni himoya qilib, oyratlarga (bo‘lg‘usi jung‘or-qalmoqlar uyushmasiga) qarshi ularni jipslashtirib yagona mustahkam etnik hudud, ya’ni davlat tuza olmadi.

Shuning uchun Jonibek va Gireylar jamiyatning barcha qatlamlarining xohishlarini inobatga olib, ularni bir ittifoqqa birlashtirgan edi. Xuddi shu davrlarda O‘rta Osiyoda qirg‘izlar, o‘zbeklar, qolraqalpoqlar o‘z davlatlariga asos solgan edilar. Mo‘g‘ulistonda o‘zbek xonligidan ajralib chiqqan qozoq davlatining tashkil topishi Abulhayrxonni tashvishga solib qo‘yadi.

U katta qo‘shin to‘plab 1468 yilda Mo‘g‘ulistonga safarga chiqadi, ammo yo‘lda halok bo‘ladi. Abulxayrxon vafotidan so‘ng uning davlatidagi siyosiy inqiroz yanada keskinlashadi, sulolalar o‘rtasidagi kurash kuchayadi.

Hokimiyatga uning o‘g‘li Shayx-Haydarxon o‘tiradi. Jonibek va Gireylar O‘zbek ulusidagi hokimiyat ishlariga aralasha boshlaydilar. Mag‘lubiyatga uchragan Shayx-Haydarxon halok bo‘ladi, Abulxayrxonning nabiralari qochib ketishadi. Shundan so‘ng Jonibek va Gireyxon taxtni egalladilar va O‘zbek ulusini o‘z xonliklariga qo‘shib oldilar. Jonibek va Girey tarafdorlari o‘zbek-qozoqlar deb atalgan, keyinchalik esa qozoq deyilgan. Ular tuzgan davlat Qozog‘iston deb atala boshlangan.

XV asr o‘rtalari va XVIII asrda Qozoq xonligi yagona siyosiy birlashma hisoblangan. Bu davr xonlik uchun oyoqqa turish pallasi hisoblangan. Aynan shu vaqtda xonlikning hududi goh kengayib, goh qisqarib turgan. XVIII asrda Juzlar o‘zlarining xonlarini saylaydilar. Juzlar o‘rtasida raqobat davri boshlangan.

XV asrning 50-70 yillarida Qozoq xonligining xonlari Jonibek va Gireyxonlar edi. Ular davrida Gireyxonning katta o‘g‘li Burunduq 70-yillarning o‘rtalarida yoki 1480 yillardan taxtga o‘tirdi. Qozoq xonligining tashkil topish davrida uning xonlari Shayboniylar bilan Sirdaryo bo‘yidagi shaharlar uchun doimiy kurashlar olib borganlar.

Qozoq xonligining gullab yashnashi Qosimxon hukmronligi davriga to‘g‘ri keladi. U hali Burunduq davridayoq omadli xon hisoblanadi. Rasman esa Qosimxon taxtga 1511 yilda o‘tiradi va Jonibek avlodlarining hukmronligiga asos soladi. Burunduqxon esa xonlikda o‘z mavqeini yo‘qotadi va oilasi, ko‘ch-ko‘roni bilan Movarounnahrga ko‘chib ketadi.

Qosimxon (1511-1521) Shayboniyxonning Eron shohi Ismoil bilan bo‘lgan jangdagi muvaffaqiyatsizligidan foydalanib, Janubiy Qozog‘istonda o‘z mavqeini mustahkamlab oladi. 1515 yilda u Sayramni egallab, Toshkentga yurish uyushtiradi. Qosimxon Mo‘g‘uliston xoni Sulton Said bilan yaqin aloqada bo‘lgan. Sulton Said 1514-yilda Yettisuvdan ketib Sharqiy Turkistonda o‘z davlatini tashkil etgan edi.

Bu esa qozoq xonining Yettisuvda o‘z mavqeini tiklab olishiga yo‘l ochgan edi. G‘arbda esa inqirozga uchragan No‘g‘ay O‘rdadan ba’zi bir qabilalar ko‘chib kela boshladi, shu yo‘l bilan xonlikning chegaralari kengayib boradi: uning hududlari janubda Sirdaryoning o‘ng qirg‘oqlari, janubi-sharqda Yettisuvning katta qismi, shimolda va shimoliy-sharqda Olatov tog‘lari va Balxash ko‘ligacha, g‘arbda esa Yoyiq daryosigacha borgan.

Rus manbalarida Qosimxon «Qozoq yerlarini yig‘uvchi» nomi bilan mashhurdir. Ibn Ruzbexon, Bobur, Mirza Haydar ta’biricha Qosimxon boshqalarga o‘rnak ko‘rsatuvchi, jasur, mard, harbiy mahorat egasi, katta ahloqiy sifatlarga ega bo‘lgan. Uning davrida xon hokimiyati shu darajada kuchli bo‘lganki, hech bir xon shuncha aholini uningchalik birlashtira olmagan.

Xalq Qosimxon nomi bilan matallar bitgan, masalan, “Qosimxonning qashqa yo‘li” ya’ni “Qosimxonning ravon yo‘li, yoki Qosimxonning oq yo‘li”. Qosimxonning o‘limidan so‘ng 1522 yilda uning o‘g‘li Mamash taxtga o‘tiradi va ammo birozdan so‘ng jangda vafot etadi. 1523 yilda Jonibekning nabirasi, Adiqsultonning o‘g‘li Tohir (1523-1533) taxtga o‘tiradi. U o‘zining o‘ta vaxshiyona shafqatsiz zolimligi bilan ajralib turar edi. Uning davrida mamlakatda ichki va tashqi norozilik, boshboshdoqlik va parokandachilik kuchayib ketdi. Qozoq xonligi ko‘p hududlarni qo‘ldan boy berdi. 1533 yili Mo‘g‘ulistonning janubida Shayboniylar bilan bo‘lgan jangda Tohirxon qirg‘izlar orasida vafot etdi.

Undan so‘ng taxtga ukasi Buydash o‘tiradi (1533-1534). U asosan Yettisuvda hukmronlik qilgan. 1530 yillarda Jonibekning o‘g‘li Tugumxon tilga olinadi. U 1537 yilda 37 sultoni bilan urushga kirgan, ammo Chagat degan joyda mo‘g‘ul xoni bilan bo‘lgan jangda halok bo‘lgan. 1538- yilda Qosimxonning o‘g‘li Haqnazar (1538-1580) taxtni egaladi. Uning davrida davlat hududlari kengayadi. U oyrat va mo‘g‘ul hukmdorlari bilan muvaffaqiyatli kurashlar olib borgan. Uning nomi nafaqat qozoqlarning uchala juzlarida, balki, uyg‘ur va no‘g‘aylarda ham doston bo‘ldi. Shayboniy Abdullaxon bilan yaqin aloqalarni o‘rnatgan.

Uning vafotidan keyin Jonibekning nabirasi Jadiqning o‘g‘li Shig‘ay (1580-1582), undan keyin esa uning o‘g‘li Tavakkal (1582-1598) taxtga o‘tiradi. U 1594 yilda Qulmuhammad boshchiligida Rossiyaga elchilar yuborgan. 1598 yilda esa Abullaxonning o‘limidan foydalanib, u Sayram, Toshkent, Turkiston va Samarqand shaharlarini egallab Buxoroga yo‘l oldi. Lekin jangda yaralanib, vafot etdi. Taxtga Shig‘ayning o‘g‘li Yesimxon (Ishimxon) (1598-1628) o‘tiradi. Uning davrida poytaxt Turkiston bo‘lgan. Undan keyin taxtni uning o‘g‘li Jangir (1628-1652) egalladi.

Uning davrida Sin imperiyasi bilan yaqin aloqada bo‘lgan oyratlarning Qozog‘iston xonligini bosib olish xavfi ko‘chaydi. Jangirning o‘zi 1652 yilda oyratlar (jung‘or-qalmoqlar) bilan bo‘lgan janglarning birida halok bo‘ldi. Jangirdan so‘ng xonlikni Botirxon boshqardi, lekin uning hukmdorligi to‘g‘risida ma’lumotlar uchramaydi. Botirxondan keyin Jangirning o‘g‘li Taukexon (1652-1715) taxtga chiqdi.



Download 144.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling