Mavzu: XVII asr adabiyoti
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
4--mavzu maruza
oilasiga xos bo‘lgan tipik maishiy realistik manzaralardir. O‘tmishning yirik yozuvchilari komediyani yuksak baholaydilar. Volter «Tartyuf» komediyasini nodir asar deb, A. S. Pushkin esa Molyerdagi komiklik iste’dodining zo‘r va beqiyos mahsuli, deb baholadi. “D«n Juan”Molyerning ijodigullagan davrda yaratgankomediyasi «Don Juan» ( ) nomli satirik komediyasi alohida ahamiyatga ega. Reaksion guruhlar taqiqlagan «Tartyuf» komediyasi o‘rniga qo‘yish uchun tez vaqt (ikki hafta) ichida yozilgan bu pyesa ham bir necha marta o‘ynalgandan so‘ng butunlay taqiqlanadi. «Don Juan»ning syujeti turli davrda turli yozuvchilarning diqqatini o‘ziga jalb etib keldi. Masalan, Don Juan haqida ispan dramaturgi Tirso de Molina «Seviliyalik shum yigit» ( ) pyesasini yaratdi. Pushkin esa «Tosh mehmon» asarida bu obrazni chuqur talqin qildi. Molyer ispan ertaqlaridagi bu obrazni o‘z zamonasining aristokrat yigiti qiyofasida tasvirlab, uning butun nuqsonlarini fosh etib tashladi. Bu obraz ko‘p qirrali bo‘lib, umuman, buzilgan dvoryan sinfining vakili, deb ko‘rsatiladi. Komediyaning boshidayok Don Juan hakida uning xizmatkori Sganarel bilan tashlab ketgan xotini Elviraning xizmatkori Gusman o‘rtasidagi suhbatda jiddiy fikrlar bayon qilinadi. «Don Juan hamma jinoyatchilardan eng yovuzi», u «it, shayton, turk, yeretik» deb ataydi uni Sganarel. Xizmatkorning o‘z xujayinini bunday haqorat qilishi uchun asosi bor zdi, albatta. Xar qanaqaayolga «uylanishga mohir» Don Juan xotinmi yoki qiz, shaharlikmi yoki qishloqlik, bundan qat’i nazar, ularning barchasiga «muxabbat» izhor qilaveradi. Sganarel xujayinining bunday beqaror va bema’ni hayot kechirishiga, har qadamda uylanib, xotinini tashlab ketishiga e’tiroz bildiradi. Suvdan omon-eson chiqqan (tulqin ularning qayig‘ini ag‘darib yuborgan edi) Don Juan qishloq ko‘chasida Sharlotta ismli kizga duch kelib, «Nahotki qishloq joylarda, daraxt va toshlar orasida, sizga o‘xshagan jononlarni uchratish mumkin bo‘lsa?» dgb unga sevgi izhor qiladi va qizni dehqon yigit Pyerdan aynitib, o‘zi olmoqchi bo‘ladi. Shu vaqtda bundan bir oz ilgari suhbatlashgan, Matyurina degan qiz ham kelib qolib, Sharlotta bilan janjallashadi. Biroq ayyor Don Juan har ikkalasining qulog‘iga ikki xil gapirib, ularni olishga ishontiradi. Don Juanning ijobiy tomonlari ham bor. U diniy e’tiqodga ishonmaydi. himoyasizlarga yordam berishga tayyor jasur kishi. Elviraning akalari ta’qibidan bekinib, o‘rmonzorda ketayotgan Don Juan uch qaroqchining bir kishiga hujum qilayotganini ko‘rib qoladi va uni o‘limdan qutqaradi. Bu odam Elviraning kichik akasi Don Karlos edi. Don Karlos haqoratlangan singlisi uchun Don Juandan o‘ch olish maqsadida, uni axtarib yurganini aytganida, Don Juan o‘zining kimligini bildirmay, qidirib yurgan odamining qadrdon do‘sti ekani va o‘sha yaqin kishisi hurmati uchun har qanday odam bilan jang qilishga tayyor ekanini aytadi. Don Juan sodda, diniy e’tiqodlarga ishonuvchi Sganarelni masxara qiladi. Biroq unda egoistik intilish kuchli. Don Juan ko‘chada sadaqa so‘rab o‘tirgan gadoyga oltin ko‘rsatib, xudodan nolisang shu oltin tanganing egasi bo‘lasan, deydi. Lekin gadoy o‘z vijdonini oltinga alishtirmaydi. Ateist Don Juan odamgarchilik yuzasidan unga oltinni berib ketadi. Biroq ko‘p utmay «falakni ham pisand qilmagan», «haqoratlan- gan ayol nafrati»dan ham qo‘rqmagan Don Juan, birdan boshqacha qiyofaga kiradi: men butun adashib yurishlarimdan voz kechdim, men endi kecha kechqurungi kishi emasman, falak tusatdan menda o‘zgarish yasadiki, u butun olamni hayratda qoldiradi. U mening qalbimni yoritdi, ko‘zimni ochdi, men hozir o‘zoq vaqt dovdirashlar ichida qolganim va bo‘zuq turmush kechirganimdan dahshatga to‘shaman» ,— deydi u. Lekin u haqiqatda ham o‘z qilmishlaridan tavba qilib, vijdon azobi bilan yashamoqchi edimi? Yuq, aslo! Garchi u otasiga bundan so‘ng yaramas shumlik qilmaslikka so‘z bergan bo‘lsa ham, bu narsa, ya’ni dinga «qaytish» faqat tug‘iladigan shubhalarni qaytaradigan «najot chorasi», kishilarni masxara kilish, ularni aldash uchun bir nayrang, yovuz niyatlarini pardalab turuvchi bir niqob edi, xolos. Don Juan diniy urf-odatlarga garchi ishonmasa ham, lekinundan o‘z manfaati yo‘lida foydalanadi. «Bizning zamonda,— deydi Don Juan,—munofiqlik katta imtiyozlarga ega. Shu san’at tufayli soxtalik hurmatlanadi: hatto uni oshqora qilganlarida ham, unga qarshi bari bir hech kim biror so‘z aytishga jur’at etolmaydi. Kishilardagi barcha bonsha nuqsonlar tanqidga uchraydi. Kim ham ularga ochiq hujum qilishga haqlidir, lekin ikki yuzlamalik — alohida yengilliklardan foydalanadigan shunday nuqsonki, u boshqalarning ovozini o‘chiradi va o‘zi tinchgina, jazo kurmay qolaveradi». Zamonaning rasm-odatiga aylangan nuqson — munofiqlikka moslashgan Don Juan, endi har bir harakatida «tangrining irodasi» ga suyanib ish tutayotganini o‘qtirishga urinadi. U Don Karlosning Elvira bilan birga yashash keraqligi haqidagi har bir so‘ziga, bunday bulishi mumkin emas, «xudoning xohishi shunday» deb javob qaytaradi. Ilgari har qanaqa dushman bilan kurashishga tayyor turgan Don Juan, endi munofiqlarcha, bunday qilishga «tangri yo‘l bermaydi» deb, himoya chorasi sifatida o‘zini taqvodor etib ko‘rsatadi. Don Juanning ilgarigi qiyofasidan asar qolmaydi, u ashaddiy riyokor va qasoschiga aylanadi. U shubha qilgan har bir kishini dinsiz, erkin fikrlikda ayblashdan qaytmaydi. Sganarel xo‘jayinida yuz bergan jiddiy o‘zgarishdan qattiq tashvishlanadi: «Janob, sizda iblisona yusinda gapirishning paydo bo‘lishining boisi nimada? Bu ilgarigilarning hammasidan battarroq, menimcha, sizning qadimdagidek qolganingiz yaxshiroq...». Don Juanning munofiqqa aylanishi, Sganarel ta’biricha, o‘ta qabohat»dir. Shuning uchun u xo‘jayinining yuz tuban ketganidan nafratlanadi. Don Juan Tartyuf singari munofiq va axloqiy jihatdan buzilgan dvoryan edi. Shu sababli uning jazodan qutulib qolmasligi kerak edi. Komediyaning oxirida «Tosh mehmon» traditsion qiyofada paydo bo‘lib, Don Juan esa chaqmoq va momaqaldiroqdan yorilgan yerga kirib ketsa ham, lekin uning jazolanishi razil jinoyatlarining oqibati ekanligi anglashilib turadi. Komediyaning asosiy qahramonlaridan biri sodda va dono Sganarel obrazi razolatga uchragan dvoryan sinfining vakili Don Juanga qarshi kuyiladi. Molyer komediyada kambag‘al tabaqaning vakillari (gadoy, xiematkor Sganarel, dehqon Pyerga xayrixohlik bilan qaraydi. Bu oddiy kishilar, garchi diniy urf-odat- lardan qutulmagan bo‘lsalar ham, lekin vijdonan pok, qiyinchiliklarga bardosh beradigan odamlardir. Sganarel voqeaning boshidanoq xujayinining noto‘g‘ri yo‘lga kirib borayotganini bilib, uni ogohlantiradi va oxirida unga qarshi chiqadi. Lekin shunday bo‘lsa ham, undan aloqani o‘zish uchun ojizlik qiladi. Munofiq Don Juanning fojiali halok bulishidan hamma xursand, biroq Sganarelga bu ma’qul bo‘lmaydi. Uning sazana buylab: «Voy, mening maoshim, mening maoshim»,— deb dod-faryod kutarishi kulgi qo‘zgatishidan tanshari, unda hukmron feodal-aristokrat sinfining halokati yaqinligi chuqur kinoya bilan ifodalanadi. Shuning uchun ham bu pyesa butunlay taqiqlangandan so‘ng, Tom Kornel uni she’riy formada qayta ishlab, undagi satirik ruqni yuq qilib, Snagarelning shu so‘zlarini chiqarib tashlaydi va « Tosh mehmon» nomi bilan pyesa yaratadi. «Don Juan» Molyerning klassitsizm qoidalari qobig‘ini yorib chiqib yaratgan tom ma’nodagi yirik realistik asaridir. Bu narsa turmushni keng ko‘lamda tasvirlashda ham, uch birlik qonuniga rioya qilmaslikda ham (voqea o‘rni almashib turadi: saroy, dengiz qirg‘og‘i, o‘rmonzor va hokazo), qahramonlar xarakterining rivojlanib borishida, klassitsizm traditsiyasiga binoan, komediyaning she’rda emas, balki prozada yozilishida, shuningdek, xalq vakillarini tasvirlashga alohida e’tibor berishida ham ochiq kurinadi. «Mizantrop» ( ) komediyasi Molyer ijodining yuqori cho‘qqisi va shu bilan uning o‘z adabiy faoliyatida boshlangan burilish nuqtasi ham bo‘ldi. Asarning bosh qahramoni sof ko‘ngilli Alsest yaramas saroy muhitida azob chekadi. hamma vaqt yaxshilik va adolatli ish qilishga intilgan bu yignt har qadamda adolatsizlik va olchoqlikka yo‘liqadi.U tabiatan insonparvar, undagi mizantropiya—odamovilik bo‘zilgan dvoryan-aristokratiya hayoti ta’siri ostida yueaga keladi. Chunki u olijanob g‘oyalarni amalga oshirish uchun o‘sha jamiyatdan o‘ziga suyanchiq topolmaydi. Shuning uchun ham Alsest qalbida tug‘ilgan g‘azab o‘ti cheksiz. U ba’zi kishilardan yovuzliklari uchun nafratlansa, boshqalarni o‘sha yovuzliklarga qarshi kurashmaganliklari uchun qoralaydi. Dvoryan zodagonlarning hayoti va xulq-odati, takabburligi Alsestga yoqmaydi. U hashamdor formalistik san’atga ham qarshi kurashadi. Aristokrat shoir Orantnnng soneti munosabati bilan Alsestning izhor qilgan fikr va mulohazalari xarakterlidir. Alsest Orantning yuzaki sonetiga chuqur mazmunli xalq qo‘shiqlarini qarshn qo‘yadi. Alsestga yaqin turganlar — do‘sti Filint, Selimena va Arsinalar ham aristokratnk hayotning yaramasliklari girdobiga tushib qolgan kishilardir. Ular muhitning bo‘zuqligini biladilar, biroq undan aloqani uzolmay, o‘zlaridan yuqori turuvchilarga xu- shomad qiladilar. Alsest qurolining tig‘i ham dastlab shunday munofiqlikka qarshi qaratiladi, Alsest aristokratiya tannoz- ligi ruhida tarbiyalangan Selimenani qattiq sevadi, uni o‘sha mug‘itdan aloqani o‘zishga, o‘ziga o‘xshash olijanob maqsad yo‘lida qattiq turib kurashuvchi bo‘lishga undaydi. Biroq uning urinishlari puchga chiqadi. Selimena Alsestning bu talablarini tushu- nib yetmaydi. Alsest shaxsiy hayotda ham shunday ziddiyatlarga duch keladi. Oxirida u yakka o‘zi qolib, «nuqsonlar hukmron bo‘lgan girdobdan» chiqib ketadi, Alsestni sevgan va o‘z tuyg‘ularini yashirib kelgan Elianta esa Filingga turmushga chiqadi. Bu komediyada Molyer mavjud tartiblarga qarshi kurash g‘oyasini ilgari surib, dvoryan-aristokratiya bilan murosaga kelgan kishilarni ayovsiz tanqid qiladi. Qahramon so‘zlari orqali Molyer mavjud feodal-aristokratiya tuzumi absolyutizmga qarshi keskin norozilik bildiradi. Alsest obrazida qarama- qarshiliklar mavjuddir. U hukmron sinflarning munofiqligi, razilligi va manmanligini qattiq qoralagani xolda, ayni chokda ularni insofga chakiradi. Uning donkixotchiligi, kulgili tomoni ham shu yerdadir. Aristokratiya sinfi vakillari uning istaqlariga quloq solmaydilar, bundan so‘ng u umidsizlikka tushadi, odamlar ichidan chiqib ketadi. Alsestning odamoviligining asossizligi shundaki, o‘z muvaffaqiyatsizligi uchun u beistisno hammani ayblaydi. «Mizantrop»— klassitsizm adabiyoti «oliy» komediyasining namunasi hisoblanadi. Chunki pyesaning boshida masalaning qo‘yilishi — nasihatgo‘ylik, so‘ngra esa butun komediya davomida oldindan belgilangan maqsad — qahramonning harakatlari orqali emas, balki xarakterning psixologik tasviri orqali beriladi. Lekin klassitsizm komediyasining formal belgilari orqasida, shubhasiz, realistik dramaning asosiy belgilari yashirinib yotadi. Yumshoq tabiatli Filint atrofidagi kishilar bilan chiqishib ketadi, Alsest esa kelishuvchilik degan narsani bilmaydi,buzilgan mu- hitga qarshi nafrat yog‘diradi, qahramonning og‘ir ruhiy kechinma- lari avtorning shu davrdagi ahvol-ruhiyasiga mos tushadi. Chunki reaksion feodal-aristokratiya Molyerga bo‘lgan hujumni nixoyag darajada avj oldirib yuborib, hatto uni yo‘qotish payiga tushgan edi. Shu sababli «Don Juan»da ilgari surilgan demokratik fikrlar va hukmron sinflarga qarshi qaratilgan o‘tkir satira «Mizantrop» da ham o‘z ifodasini topdi. Asar yozuvchining ezgu niyatlari dvoryan-aristokratiya jamiyatida amalga oshishi mumkin emasligidan dalolat beradi. Molyer «Xasis» ( ) komediyasining syujetini qadimgi Rim komediografi Plavtning «Ko‘zacha» («Ko‘milgan xazina») komediyasidan olgan.
Birok Rim dramaturgi tomonidan yaratilgan xasis obrazi Evklion aslida kambag‘al bo‘lib, bir xumcha oltin topib olganidan so‘ng unda ziqnalik boshlanadi. Molyerdagi xasis Garpagon boylik to‘plashga hirs qo‘ygan aqcha dunyosining vakilidir. «Xasis» Molyerning tipik «xarakterlar komediyasi» dir. Butun maqsad bosh qahramon xarakterining umumiy tomonlarini emas, balki Garpagon uchun asosiy xususiyat — xasislikni ochishga qaratiladi. Pyesaning markazida Garpagon obrazi turadi.
Uta xasis Garpagon o‘z boyliklarini hech kimga ishonmaydi. U boyligini hatto farzandlarining to‘yi uchun ham sarflamaydi. Garpagondan pul so‘ragan kishi guyo uning qalbiga xanjar sanchganday bo‘ladi. Shuning uchun ham Lyaflesh uni «hamma odamlardan eng yaramas odam, ziqna, johil», deb aytadi. Xasisning qizi Eliza Valer degan yigitni sevadi. Biroq u Elizani savdogar Anselmga bermoqchi, chunki savdogar qizdan bisot so‘ramaydi. Lekin o‘g‘liga olib bermoqchi bo‘lgan qizdan bisot talab qiladi. Xasisning o‘g‘li Kleant Marianani yaxshi ko‘radi. Lekin unda qizga sovg‘a-salom uchun pul yo‘q. Shuning uchun yaqinda otasidan qoladigan meros evaziga deb, boshqa sudxo‘rdan karz olishga ahd qiladi. Biroq sudxur % foyda talab etganini bilgan Kleant «Bu paroxurlik! Ko‘ppa-kunduzi- talash!»—deydi. Qarz beruvchi bilan qarz oluvchi uchrashganlarida, ular ota-bola Garpagon bilan Kleant bo‘lib chiqadilar. «Sizningcha, kim jinoyatchi?,— deydi g‘azab bilan Kleant,— muhtojlikda kolib katta foyda berish evaziga karz olgan kishimi yoki pulga muhtojlik sezmagan holda uni bosqinchilik bilan qo‘lga tushirgan kishimi?» . Garpagon atrofidagi sof dil yoshlar Kleant, Eliza (xasisning bolalari), Valer, Mariana (Anselm bolalari), chaqqon va ishbilarmon xizmatkorlar Laflesh, Jak, Klod, vositachi Frozina va boshqalarga duch keladi. Yoshlar puldan suiiste’mol qilish uchun emas, balki undan zarur bo‘lgan darajada xushchaqchaq turmush kechirish uchun foydalanishga intiladilar. Ular Garpagonning o‘ta qurumsokligi, tosh bag‘irliligiga qarshi kurashadilar. Xizmatkorlar ham qurumsoq otaga emas, yosh Kleantning sevgan qiziga erishishiga yordam berishga intiladilar, shu maqsadda Laflesh xasisning oltinlarini o‘g‘irlaydi. Bu komediyaning kulminatsion nuktasi hisoblanadi. Boylikdan ayrilgan Garpagon esankirab koladi, endi yashash uning uchun o‘z ma’nosini yo‘qotadi. U o‘g‘rini axtaradi. «Tuxta! Bu kim?» deb o‘z qulini ushlab oladi. Biroq o‘g‘ri hali topilgani yo‘q. Hammaga gumon bilan qarab, ko‘rgan kishisini «o‘g‘ri» deb biladi. Barchaning dorga osilishini istaydi, agar oltin topilmasa, o‘zini ham osmoqchi bo‘ladi. Asarda ma’lum darajada bo‘lsa ham, klassitsizm teatri prinsiplariga xos abstraksiya va qahramonlardagi shartlilik ko‘rinadi. Bosh qahramon atrofidagi odamlar yaxshi kishilar, lekin ular (Kleant, Eliza va Mariana)ning azoblari o‘sha yaramas muhitning oqibati ekani yetarli ochilmaydi. Garpagondagi ziqnalik esa mutloq ehtiros sifatida beriladi. Garpagonning xususiy mulkchilikka hirs qo‘yishi, xasisligi va egoizmi uni insongarchilikdan chiqarib qo‘yadi, boylik oldida u o‘z bolalaridan ham voz kechadi. Yozuvchi bu hirsni bir nuqson sifatida tasvirlaydi. Jahon adabiyotida, xasislikning halokatli ta’sirini aks ettirgan qator obrazlar yaratilgan. Bular Shekspirdagi Sheylok, Balzakdagi Gobsek va Grande,
Pushkindagi xasis ritsar, Gogoldagi Plyushkin, S. Ayniydagi Qori-ishkamba va boshqalar. Bu yozuvchilar xasislikning sotsial sabablari va uning jirkanch tomonlarini ochib ko‘rsatdilar. Molyer Garpagon obrazi orkali xasislikni mutlaq nuqson sifatida berib, uni qoralaydi. Garpagonning xasisligidan boshka xususiyatlari ochilmagan. Shuning uchun ham Pushkin Molyerning xarakterlar yaratish metodini tanqid qilib, unga ko‘p nuqson, kuchli ehtirosli jonli kishilar xarakterini yaratgan Shekspirning realistik metodini qarshi quydi. «Shekspirda — Sheylok xasis, ziyrak, qasoschi, farzandsevar, hozirjavob, Molyerda — xasis faqat xasisdir», deyishda u haqli edi. Lekin Molyer klassitsizm prinqipining formal qonunlariga rioya qilgan bo‘lsa ham, adabiy mahorati orqali xasislikni yaramas balo sifatida mahorat bilan haqqoniy tasvirlab, unga qarshi tomoshabinda to‘la nafrat uyg‘ota oldi. «Dvoryanlikdagi «Dvoryanlikdagi meshchan» ( 7 ) Molyer ijodining so‘nggi davrida yaratgan eng yaxshi komediyalaridan biridir. Pyesada aristokratiyahayotiga taqlid qiluvchi va dvoryanlikka suqulib kiruvchi meshchan kattiq masxara qilinadi. Asarning bosh qahramoni burjua Jurden yoshi anchaga borib qolgan bo‘lsa ham, lekin u aristokratlarga ergashib, uyida muika, raqs, qilichbozlik va falsafa buyicha muallim shtatlarini saqlaydi. Muallimlar «nodon bu meshchandan» xursand, chunki hech narsa urganmasa ham ularga yaxshi haq to‘layveradi. Falsafa muallimi, nihoyat, unga alifbeni urgatadi. Jurden bir baland' martabali xonimni sevib kolganini aytib, unga maktub yozishga yordam berishni muallimdan iltimos qiladi. Xat poeziyadami yoki prozada yozilsinmi, deb so‘ralganida, Jurden unisida ham, bunisida xam emas, deb javob qaytaradi. Muallim, kishi o‘z fikrini yo prozada, yo she’rda ifodalaydi, boshqa yo‘l yuq, deb proza va poeziyaning ma’nosini tushuntirganidan so‘nggina u, qirq yildan ortiq vaqtdan beri prozada gapirib kelganini xayoliga xam keltirmaganidan taajjublanadi. Jurden xonimlar bilan muomala qilishni ham urganmoqchi bo‘ladi. U sevgilisi Dorimenaga ikki marta ta’zim qilishi bilanoq unga juda yaqin kelib qoladi, shuning uchun ham u xonimga «bir oz orqaga tislaning, bo‘lmasa uchinchi marta ta’zim qilolmay qolaman», deydi. Garchi Jurden bema’ni harakatlari bilan atrofdagilarga kulgi bo‘lsa ham, lekin u unchalik nodon emas, masalan, haqqoniy burjua sifatida hisob-kitob ishlariga pishiq, Dorantga qachon va qancha qarz berganini yanglishmay birma-bir aytib beradi. Muallif asilzodalikka intilish natijasida kulgili holga tushib qolgan Jurden obraziga o‘zining meshchan ekanligidan uyalmaydigan Jurden xonim obrazini qarama-qarshi qo‘yadi. U har qadamda erini tuzatishga harakat qiladi. Jurdenning aristokratlarcha kiyinib, hammaga masxara bo‘layotganini ham, Dorant uchun «sog‘im sigir»ga aylanib kolganini ham faqat o‘z xotinigina uning betiga ochiq aytadi. «Erimning nodonligi uchun uni laqillatish sizdek olijanob kishiga uyat. Oilada janjal chiqarish va erimning o‘z orqangizdan ergashib yurishiga yo‘l qo‘yishingiz sizdek xonimga ham yarashmaydigan narsa», deydi Jurden xonim va ularning dvoryanlik nasablariga ham, erining laqmaligiga ham nafrat bilan qaraydi. Biroq Jurden meshchanlar bilan emas, balki aristokrat doirasidan chiqqan Dorant kabi kishilar bilan aloqa qilayotgani uchun faxrlanadi.
«Agar men graf yoki markiz bo‘lib tug‘ilsam edi, ikki barmog‘imni kesib tashlashga rozilik berar edim», deydi u. Molyer komediyada olg‘ir graf Dorantning «yoqimli do‘stim» deb aytgan so‘ziga taltayib ketgan, aristokratiya hayotiga kur-kurona ergashgan burjua Jurdenni qattiq tanqid qiladi. Komediyadagi ijobiy obrazlardan biri yosh yigit Kleantdir. U Jurdenning qizi Lyusilni sevadi. Lekin Jurden yigitdan «siz dvoryanmi» deb so‘raydi. U ochikdan-ochiq «men dvoryan emasman» deb javob qaytarganida, Jurden bo‘lg‘usi kuyovi dvoryan bo‘lishi kerak, deb qizini unga bermasligini aytadi. Komediyaning oxirida Jurdenni laqillatadilar. Kleantni turkcha kiyintirib, uni Lyusilni qattiq sevib qolgan turk sultonining o‘g‘li deb ataydilar va ikki sevishganning bir-biri bilan topishishiga yordam beradilar. XVII asrning 60—70-yillaridagi Fransuz voqeligi realistik aks ettirilgan bu asar keng tomoshabinlar ommasining sevimli komediyasi bo‘lib qoladi. Molyerning so‘nggi komediyalaridan biri «Yolg‘on kasal» ( 7 ) dramaturgning realistik mahorati yanada usganini ifodalaydi. Asardagi katta muvaffaqiyat bilan ishlangan obrazlardan biri burjua Argandir. Uning xudbin, pulning qudratiga tayanib, mol-mulk va pulga hirs qo‘ygan, o‘z manfaatidan boshqa narsani o‘ylamaydigan kimsa ekanligi yorqin ochilgan. Keyingi komediyalarida namoyon bo‘lgan oddiy kishidagi yaxshi fazilatlar aqcha girdobiga tushib qolgan egoist va munofik (Argan, Belina, Diafu- arus, Purgon) larga qarshi qo‘yilgan Tuanetada yana ochiq ko‘rinadi. U o‘zi tarbiyalagan Argan bolalarini sevadi, ularga ona kabi g‘amxo‘rlik qiladi va ularning manfaatlarini yoklab, yaramas niyatli kishilarning kirdikorlarini fosh etadi. Tuaneta avtorning «Skapenning nayranglari» ( 7 ) komediyasidagi bosh qahramon xizmatkor Skapenga o‘xshash yoshlarga mehribondir. Pyesada insonni xususiy mulkchilik Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling