Mavzu: XVII asr adabiyoti
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
4--mavzu maruza
shoh Menelay bilan Yelenaning qizi Germiona uning Andromaxaga uylanishi haqidagi gapni eshitgach, rashk iztirobi bilan undan o‘ch olishni yigit Orestga topshiradi. Nikoh rasmiyati o‘tkazilayotgan bir vaqtda Orest sevgan qizining
talabini rad etolmay, Pirrni o‘ldiradi. Sevgan yigitining fojiali o‘limidan so‘ng Germiona ham o‘zini halok etadi. Rasin «Andromaxa» tragediyasida qadimgi syujetni olib, unga yangi matno kiritdi. Monarx va unga yaqin doiradagi odamlarning yaramas xulq-atvorlarini qoralaydi. Shoh Pirr, Germiona va Orest obrazlari orkali davlat manfaatlarini unutgan, egoist va jamiyat uchun katta xavf bo‘lib qolgan mutlaq hokimni tanqid qilib, absolyutizm krizisini tasvirlaydi. Yozuvchi axloqiy bo‘zuq kishilarga Andromaxa obrazini qarshi qo‘yadi. Bu ayol— o‘z bolasiga mehribon ona, eriga vafodor xotin, xalqiga sodiq haqiqiy bir insondir. Asarning pirovardida egoistik intilishlar bilan harakat qiluvchi kishilarning mag‘lubiyati Andromaxaning ma’naviy g‘alabasidan dalolat beradi. Rasin tragediyalari bilan Kornel tragediyalari o‘rtasida o‘zil-kesil farq bor. Kornel pyesalaridagi kahramonlar ko‘pmashaqatlarni kechirib, o‘z ehtiroslarini yengib, oxirida g‘alaba qiladilar. Davlat oldidagi burchlarini o‘z manfaatlaridan yuqori qo‘yadilar. Rasinning qahramonlari esa bunday emas. Ularda ichki ehtiros siyosiy masalalardan ustun turadi. Pirr mag‘rur va botir kishi, lekin u sevgi oldida mamlakat manfaatlarini unutib qo‘yadi. Orest ham Germionaga muhabbati tufayli davlatga xiyonat qiladi, insonlik qiyofasini yuqotib, odam o‘ldirishgacha boradi. Germiona faqat o‘z sevgisini biladi, u muhabbat qo‘ygan kishisi uni sevadimi- yo‘qmi, masalaning bu muhim tomoni bilan .qiziqmaydi. Shuning uchun u Pirrning o‘limiga sababchi bo‘ladi. «Britannik» ( 9) Rasinning o‘z davri uchun «Britannik» aktual masalalarni aks ettiruvchi yirik tratragediyasidir. Asar syujeti uchun materialniyozuvchi Rim tarixidan oldi va zolimga aylangan monarxlar va absolyutizmni qattiq tanqid etdi. Taxtni egallab, hokimiyatni boshqarishni o‘z qo‘liga olgan Neron tez vaqt ichida o‘zgaradi, onasini ham mensimay qo‘yadi, vaholanki, Agrippa o‘g‘lini taxtga chiqarish uchun o‘z amakisi keksa Klavdiyga tekkan va uning o‘g‘li Britannikni quvib yuborgan edi. Ona o‘g‘lining Mavqeini mustaxkamlash maqsadida uni Klavdiyning qiziga uylantirib, qizning sevgan yigitini o‘ldirtirgan edi. Cheklanmagan hukmronlik va mansabni suiiste’mol etish zolimlikka olib boradi. O‘lgan imperator Klavdiyning taxtga merosxur o‘g‘li Britannik Neron nazarida katta xavf edi. Raqibining sevgani go‘zal Yuniyani kurib qolgan Neron kizni zo‘rlab o‘ziga xotin qilib olish, Britannikni esa o‘ldirish yo‘lini axtara boshlaydi. Bir kuni u saroyga Britannikni mehmonga chaqiradi va zahar berib, uni halok etadi. Tragediyada Neronni tarbiyalashda ishtirok etgan ikki saroy kishisi ham ko‘rsatilgan. Ulardan biri qo‘rqmas jangchi va hakiqat uchun kurashuvchi Burr, ikkinchisi munofiq Narqissdir. Neron o‘z qilmishlaridan xavfsirab, ikkilanib yurgan vaqtlarida Narqiss uni Rim xalqini doimo qullikda saqlashga undaydi. To‘g‘ri so‘z, pok qalbli Burr davlatning og‘ir ahvolidan tashvishga tushib, Neronga monarxning xalqparvar va mamlakatning osoyishtaligi uchun javobgar shaxs bo‘lishi keraqligini aytib, unga ta’sir ko‘rsatmoqchi bo‘ladi. Biroq saroy muhiti (Narqiss singari riyokorlar) Neronni to‘g‘ri yo‘lga solish o‘rniga, uni yangi-yangi jinoyatlar qilishiga undaydi. Zolimga aylangan mutlaq hokimning xatti-harakatlarini koralagan Rasin xalq kuchiga ham tegishincha baho beradi. Riyokor Narqiss Yuniyani monarx qo‘liga topshirmoqchi bo‘lganida, bunday o‘zboshimchaliklardan g‘azablangan omma uni o‘ldirib, qizni qutqarib oladi. Kornel o‘z tragediyalarida absolyutizmni mustaxkamlash, mamlakatning birligini yuzaga keltirish uchun kurashgan kuchli odamlarni ko‘rsatgan edi. Rasin XVII ayerning ikkinchi yarmida ijod etdi. Bu vaqtda absolyut hokimiyatning karama-qarshiliklari kuchayib ketgan, mutlaq hokim esa, o‘zining cheklanmagan huquqlaridan foydalanib, o‘z shaxsiy istaqlarini qondirish yo‘lida o‘ta zolimga aylana boshlagan edi. Yozuvchi mamlakat hayotida yuz bergan ana shu voqealarni katta haqqoniyat bilan ochib berdi. Garchi tragediyada tarixiy voqealar aks ettirilgan bo‘lsa zsam, lekin bu vokealar orqali zamonasining siyosiy hayotiga oid masalalar, Lyudovik XIV ning davlatni bosh- qarishni o‘z qo‘liga olishi, mutlaq hokim sifatida o‘zboshimchaliklar kila boshlagani tasvirlanadi. Bu asarning boshqa trage- diyalaridan farqi ham shundadir. Rasinning yana bir realistik tragediyasi «Fedra» (1677) da ham aristokratik muhitining ax- loqiy va ma’naviy tushkunligi fosh qilinadi. Rasin o‘zidagi klassitsizmning ratsionalistik cheklanganligini yengib, absolyut hokimiyatda yuz bergan adolatsizlik davlat tepasida turgan kishining gunohi bilan emas, balki o‘sha davlat tartibining yaramasliklari natijasi, deb obyektiv xulosa chiqarishgacha keldi. Shuning uchun ham hukmron sinflar asarning xalq ommasiga o‘tkazadigan ta’siridan cho‘chib, har xil baxonalar bilan tragediyaning satirik kuchini yuqotishga va yozuvchini obru- sizlantirishga urindilar. Rasinning hamma yirik pyesalarining sahnada uynalishireaksiyaning qarshiligini oshiradi. Saroy intrigalari ulug‘ dramaturgning talantini bug‘ib qo‘yadi. Agar Rasin dastlabki o‘n yil mobaynida ( 7—1677) sakkiz tragediya yozgan bo‘lsa, undan keyingi o‘n ikki yil ichida ( 77—1689) hech narsa yarata olmadi. Chunki u ijodiy ishni tashlab ketishga majbur bo‘lgan edi. Lekin - yillarning oxiri, 90- yillarning boshlaridagi voqealar, absolyut hokimiyat krizisining keskinlashuvi bilan birga mamlakat iqtisodiy ahvolining og‘irlashishi, dehqonlarning qashshoqlashishi, 1685 yilda Nant farmonining bekor etilib, gugenot (protestant)larning ta’qib qilinishi, yansenistlarga qarshi boshlangan hujum—bularning barchasi oppozitsiyachi kuchlarni jonlantiradi. Yangi sharoitda Rasin yana qo‘lga qalam oladi. O‘z fikrini ochiq aytish kiyin bo‘lgani uchun u tavrot temalaridan foydalanib, ular orqali o‘z noroziliklarini bayon qiladi. Qizlar yopiq maktabi o‘quvchilari uchun yozgan «Esfir» ( 9) tragediyasida gugenotlarning o‘z e’tiqodlari uchun olib borgan kurashlarining hukmron katolik cherkovi tomonidan bostirilishiga, so‘nggi tragediyasi «Ataliya» («Gofoliya», 9 ) da absolyut hokimyat va qirolning o‘zboshimchaligi va zulmiga qarshi ochiq noroziliklarni aks ettiradi. O‘z e’tiqodidan qaytgan Isroil shohlari avlodidan bo‘lmish Yerusalim malikasi zolim Ataliya Yerusalim shohlari avlodidan kelib chikqan o‘z bolasi va nabiralarini o‘ldira boshlaydi. Shah- zodalardan faqat Ioas qutqarib kolinib, chekkalikdagi bir qasrda tarbiyalanadi. Buni sezib kolgan malika Ioasni halok ztish payiga tushadi. Biroq qasrning popi Ioday, uning xotini Iosavet, bolalari Zaxariya va Sulamif shahzodani saqlab kolish uchun barcha choralarni ko‘radilar. Oxirida zulmkor malika Ataliya o‘z fuqarolari tomonidan o‘ldiriladi va shahzoda Ioas taxtga chiqadi. Tragediyadagi asosiy salbiy obraz — bu malika Ataliyadir. Uning zulmi va xulq-atvori orqali yozuvchi saroydagi adolatsiz- liklarni fosh etadi. Garchi voqea Yerusalim saroyida bo‘lib o‘tgan, deb ko‘rsatilsa ham, lekin Lyudovik XIV saroyidagi kelish- movchiliklar, absolyutizmning inqirozga uchrashi natijasida ku- chayib ketgan o‘zboshimchaliklarni tasvirlagani sezilib turadi. Ataliyaning jazolanishi uning xalqqa o‘tkazgan zulmi uchun olingan qasos, deb izohlanadi. Biroq pyesada xalq «Britannik» pyesa- sidagidek aktiv rol o‘ynamaydi. Zolimga qarshi bosh ko‘tarib chiqqanlar ham bir tuda kishilardir. Ataliyaning yovuzligiga uning dinni o‘zgartirishi, Ioday va boshqalarning adolatli bo‘lishlariga esa ularning dindorliklari sabab bo‘lgan, deb ko‘r- satiladi. Bu hol asarga ma’lum darajada abstraktlik kiritadi. Yozuvchi qarashlarida bunday
qarama-qarshiliklar mavjudligiga qaramay, bu tragediya absolyutizm tushkunligini haqqoniy ko‘rsatib bergan va istibdodchi monarxga qarshi kurash g‘oyasini ilgari surgan uning so‘nggi yirik asaridir. O‘z zamonasida bo‘lgani kabi, undan keyingi davrlarda ham re- aksion adabiyotchilar Rasin ijodini kamsitish, uning xalqchillik va satirik ruhini yo‘qqa chikarish uchun jon-jahdlari bilan urinib keldilar. Ilg‘or yozuvchilar esa Fransuz dramaturgiyasining rivojlanishiga Rasinning qo‘shgan munosib hissasini ta’kidlab o‘tganlar. Rasin o‘rta asr feodal axloqiga katta putur yetkazgan «birinchi yangi shoir bo‘ldi» degan edi Geyne. Pushkin, Gersen va Belinskiy saroy ta’siri ostida yuzaga kelgan asarlaridagi ratsionalistik cheklanganlik va qarama-qarshiliklarni ko‘rsatish bilan birga, Rasinning ijodiga yuksak baho berdilar. Belinskiy Rasinning «Ifigeniya Avlidada» tragediyasini chuqur analiz qildi. Pushkin Rasin bilan Shekspirning adabiy metodi o‘rtasidagi farqni ta’kidlash bilan birga, ulardagi mushtarak tomonlar — xalqchillik va gumanizm har ikkala yozuvchini bir-biriga yaqinlashtirganini ham qayd etadi. Pushkin «Xalq dramasi haqida» degan maqolasida drama san’atining mohiyatini tahlil etib, bu ulug‘ yozuvchilarning o‘ziga xos tomonlarini ham ko‘rsatdi. «Tragediyada nima rivojlanadi? Uning maqsadi nimadan iborat?—deb yozadi Pushkin,— Inson va xalq. Inson takdiri— xalq takdiri. Mana shuning uchun ham tragediya formasining turliligiga qaramay, Rasin ulug‘dir. Mana shuning uchun ham asarlarining bir tekisda bo‘lmasligi, bezagining kurimsizligiga karamay, Shekspir ulug‘dir». «Fransiya va Italiyadan xatlar»ida Gersen ham Pushkin kabi Rasin asarlaridagi ichki ziddiyatlarni payqadi. Tashqi ha- rakatlarning kamligi, mazmunining ratsionalistik cheklanganligini qayd qilgani holda, uning yirik tragediyalarida ichkidramatizm kuchliligi, «dialog ko‘pincha harakatni yo‘qqa chiqarsa ham, lekin u nafis va uning o‘zi harakat»dan iborat bo‘lganini ko‘rsatadi. «Berenika» tragediyasida ifodalangan zulmga qarshi kuchli nafrat Gersnni hayajonlantirgan edi.
«Andromaxa», «Britannik» va «Fedra» kabi ajoyib trage- diyalar yaratgan Rasinning adabiy merosi o‘sha davrning yirik dramaturglari Molyer va Kornelning adabiy meroslari qatorida munosib o‘rinda turadi.
Mavzu yuzasidan qisqacha xulosa: Klassitstik yozuvchilar Rim va grek san’atining yuqori bosqichiga ko‘tarilgan davrda yaratilgan asarlariga ergashib, o‘sha davr adabiyotining namunalari va qoidalarini o‘zgarmas, hamma davr uchun bir xilda xizmat qiluvchi va o‘rnak bo‘luvchi ijoddan iborat, deb ulug‘lab, ularning nazariy qarashlari va amaliy yutuqlarini qabul qildilar. Biroq mavhum g‘oyalarni ideallashtirish, davrning real hayotidan uzoqlashib, xalq turmushidan ajralib qolish, janrlarni qattiq logik qonunlarga bo‘ysundirish kllassitsizm adabiyotini cheklab qo‘ygan edi. Shuning uchun ham uning qotib qolgan qonunlarini A.S..Pushkin va rus adabiyotshunoslari tanqid qilganlar. Lekin bunday salbiy tomonlari bo‘lishiga qaramay, klassitsizm o‘z davri madaniy hayotida katta voqea edi. XVII asrning ilg‘or yozuvchilari ijodi o‘sha davrning yirik mutafakkirlari F.Bekon, Gobbs, Kampanelli, Dekartlarning falsafiy qarashlari bilan bog‘liq ravishda rivoj topadi. Ular ta’limotidagi materialistik an’ana idealistik an’anaga qarshi qaratilgan edi. Bu narsa feodal olami va uning urf-odatlarini tanqid qilishga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. XVII asr G‘arbiy Yevropa adbiyoti o‘z davri hayotining turli-tuman manzarasini gavdalantirgan Milton, Kornel, Rassin, Molyer, Lope de Vega va Kalderon kabi yirik yozuvchilarni yetishtiradi, ularning ko‘p qirrali va esqilikni fosh etuvchi ijodi hozirgi kungacha g‘oyaviy mazmuni va badiiy qimmatini saqlab kelmoqda.
Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling