Mavzu: XVII asr adabiyoti


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana10.11.2020
Hajmi0.52 Mb.
#143437
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4--mavzu maruza

qoldirdim.  Chunki,  janobim,    or-nomus  qon  bilan  yuviladi».  Dvoryan  sha’ni 

ximoyachisimonarx don Pedro don Go‘tyerrening bu qilmishini ma’qullaydi. 

«O‘z orsizligining san’atkori»da ham shunday fikr ilgari suriladi. 

Kalderon,  diniy-falsafiy  dramalaridan  tashqari,  «Ko‘rin-mas  ayol»,  «O‘z 

uyida  qamoqda»,  «Ikki  eshikli  uyni  qo‘riqlash  qiyin»,  «Sekin  oqqan  suvdan 

saqlan» kabi «Plash va shamshirlar» siklidagi komediyalarida dunyoviy muxabbat 

va  turmush  zavq-shavqini  jo‘shqin  qo‘yladi.  Personajlarning  baxt  haqidagi  istagi 


kurash vositasi bilan emas, balki tasodifiy xodisalar bilan bog‘lansa ham, lekin bu 

komediyalarda  qiziqarli  xayol-orzular,  ajoyib  ibora  va  xikmatli  so‘zlar  orqali 

yozuvchi  o‘zining  gumanistik  qarashlarini  aks  ettiradi.  Sevishgan  ikki  yoshning 

muxabbat yo‘lida turgan xar qanday to‘siqlarni yengish uchun kurashlari realistik 

buyoqlarda ifodalanadi. 

Xushchaqchaq  yengil  va  kishi  diqqatini  tortadigan  «Ko‘rinmas  ayol» 

komediyasida  Kalderon  akalari  (Xuan,  Luis)  ta’qibi  ostida  qolgan  va  lekin  o‘z 

sevgisi  uchun  kurashib  maqsadiga  yetuvchi  chaqqon  va  bilimdon  donya 

Anxelaning  xarakatini  moxirlik  bilan  ko‘rsatib,  oila  nomusining  ximoyachisi 

bo‘lgan don Luisning bema’ni xarakati va shubxalanishini qattiq kulgi ostiga oladi. 

Realistik  tasvir,  xarakterlarning  pishiq  ishlanganligi  va  demokratizmi  bilan 

ajralib turadigan eng  yaxshi dramasi «Salamey alkaldi» asarida yozuvchi dexqon 

bilan  feodal  xukumrono‘rtasida  kelib  chiqqan  to‘qnashuvni  ko‘rsatish  asosida 

nomus temasini boshqacha talqin qiladi. Shuning uchun ham o‘z syujeti bilan bu 

pyesa  Lope  de  Veganing  «Qo‘zibuloq»  dramasida  aks  ettirilgan  voqeaga  yaqin 

turadi.  Qishloq  oqsoqoli  (alkaldi)  qilib  saylangan  dehqon  Pedro  Krespo  qizining 

qirollik qo‘shinining ofitseri don Alvaro tomonidan taxqirlanganini bilgach, ularni 

nikoxlab  qo‘yish  bilan  ko‘ngilsiz  xodisani  bartaraf  etmoqchi  bo‘ladi.  Lekin 

ofitserdan rad javobini olgan Pedro o‘z xuquqidan foydalanib, surbet don Alvaroni 

qamoqqa  oladi  va  uni  o‘lim  jazosiga  xukm  qiladi.  Shu  voqea  ustidan  chiqqan 

qirolning yuz bergan xodisani tan olishdan boshqa iloji qolmaydi. 

Voqeaga  real  yondashgan  Kalderon  dehqonlarning  axloq  va  or-nomusi 

kuchliligini  tasvirlashga  aloxida  e’tibor  beradi.  Pedro  Krespo  o‘zining  dehqon 

urug‘iga mansub ekanligi bilan faxrlanadi va soxta nom, soxta obruga nafrat bilan 

qaraydi.  Ofitserning  dehqonlarda  qanday  or-nomus  bo‘lishi  mumkin,  deb 

gerdayishiga qarshi Pedroning o‘g‘li Xuan: «Sizda qanday bo‘lsa, xuddi shunday! 

Dehqonsiz  kapitan  nima  qila  olur  edi»,—  deb  unga  tanbex  beradi.  Bu  so‘zlar 

yozuvchining  feodal-zodagonlarga  nafrat  va  oddiy  kishilarga  nisbatan  chuqur 

samimiyat bilan qaraganini ko‘rsatadi. Gersen: «Salamey alkaldi»ni o‘qib chiqqach 

(    ), o‘z xotira daftariga «Agar unda qonunchilik haqida shunday tushuncha bor 

ekan, ispan plebeyi ulug‘dir», deb yozib qo‘ygan edi. 

Kalderon mamlakatda tushkunlik ko‘chaygan davrda yashagani uchun uning 

ijodi qarama-qarshiliklar bilan to‘la, unda barokko oqimiga xos «jimjimadorlik» va 

yuzaki tasvirlar ham bor. Biroq uning diniy-falsafiy, oilaviy-maishiy, rashk va or-

nomusga bag‘ishlangan pyesalarining mazmuni yozuvchi katolik ta’limotiga to‘la 

rioya  qilgan  va  uning  ashaddiy  targ‘ibotchisi  bo‘lgan  degan  xulosani  keltirib 

chiqarmaydi.  Dramaturgdagi  umidsizlik  xayot-dan  qoniqmaslikning  natijasi  edi. 

Kalderonning 

dramaturgiya-sida 

diniy 


fanatizm 

va 


feodal-absolyutizm 

dogmatikasini  xira-lashtirib  qo‘yadigan  xislat,  ya’ni  realistik  tasvir  mavjud  edi. 

Lekin  shunday  bo‘lsa  ham,  uning  dramaturgiyasida  Lope  de  Vega  ijodiga  xos 

turmush  kuvonchlari  ko‘rinmaydi.  Gyote  qo‘yilgan  masa-lalarning  jiddiyligi, 

g‘oyaviy mazmunining kengligi bilan ajralib turgan «Matonatli shaxzoda», “Xayot 

— uyku demak” pyesalariga yuqori baxo berib, Kalderonni “Ulug‘ dramatik shoir» 

deb ataydi. 


Yozuvchi asarlarida ko‘targan katta falsafiy fikrlar, qaxra-monlarining ichki 

dunyosini  moxirlik  bilan  ochishi,  lirik  mo-mentlar  —  Kalderonning  dramatik 

maxoratidan  dalolat  beradi,  Kalderon  feodal-katolik  reaksiyasi  kuchaygan  davrda 

yashagan,  gumanizmning  tushkunligini  ifodalagan  XVII  asr  ispan  adabiyotining 

so‘nggi  yirik  vakilidir.  XVII  asrning  oxirlariga  borib  ispan  teatri  butunlay 

inqirozga uchraydi. 

 

XVII ASR FRANSUZ ADABIYOTI 



 

XVI  asrda  Fransiyada  feodal  zulmiga  qarshi  sotsial  kurashlar  kuchayadi. 

Biroq  feodal  zodagonlar  oppozitsiya  chikuchlar  o‘rtasidagi  ziddiyatlardan 

foydalanib,  ularni  tarqatib  yuborish,  bir  guruxini  ikkinchisiga  qarshi  qo‘yish  va 

mamlakatda diniy janjallar chiqarish bilan o‘z mavqeini saqlab qolishga erishadi. 

XVI  asr  oxirida  taxtga  chiqqan  Genrix  IV  davrida  qirollik  hukumati 

fitnachi  feodallarni  bostirish  va  markazlashgan  hokimiyat  o‘rnati  uchun  ko‘p 

harakat  qiladi.  Lyudovik  XIII  davri  (XVII  asrning  birinchi  yarmi)da  davlatni 

boshqarishishida  bevosita  qatnashgan  kardinal  Rishelye  monarxiya  tuzumini 

mustahkamlab,  provinsiyalarni  markazga  buysundiradi.  Madaniy  hayot  sohasida 

xam  yagona  nazorat  o‘rnatadi.  Rishelye  savdo-sanoatni  rivojlantirishga  e’tibor 

beradi,  doimiy  armiya  va  flot  tuzadi,  xalq  og‘ir  soliqlar  ostida  eziladi.  Bu  narsa 

qator  dehqon  ko‘zg‘olonlarini  keltirib  chiqaradi.  Lyudovik  XIII  vafot  etgandan 

so‘ng,  uning  balog‘atga  yetmagan  o‘g‘li  Lyudovik  XIV  davlat  tepasiga  chiqadi. 

Lekin davlat ishini  kardinal  Mazarin  o‘z qo‘liga  oladi. Bu vaziyatdan  foydalanib, 

tarixda  frondi nomi  bilan  ataladigan  dvoryan  oppoziqiyasi  bosh ko‘taradi,  u  xalq 

noroziligidan foydalanib, hukumatga qarshi 4 yil (1648—1652) urush olib boradi. 

Bu harakat bashliqlarining xalq manfaatiga zid urinish- larini sezgan kambag‘altoy 

faundan  chetlashadi.  Mazarin  o‘lganidan  so‘ng,  yigirma  uch  yoshli  Lyudovik 

XIVning o‘zi davlatni mustaqil idora qilaboshlaydi. 

Dekart o‘z kuzatishlari orqali dunyoning moddiyligiga iqror bo‘lsa-da, lekin 

u o‘rta asr diniy ta’limoti ta’siridan butunlay quto‘laolmaydi. Shunga qaramasdan, 

u diniy-sxolastikani rad etib, fanning erkinligi uchun yo‘l ochib berdi. Dekartning 

raqio-  nalizmi  shundan  iborat  ediki,  u  haqikatni  tajribadan,  moddiy  dunyodan 

emas,  balki  aql-idrokdan  qidirdi.  Uningcha,  idrok—hakiqatning  yagona  o‘lchovi. 

Klassitsizm nazariyachilari aql-idrok kuchiga qattiq ishonadilar va o‘z qarashlarini 

shunga asoslaydilar. 

Fransuz  klassiqiemining  dastlabki  vakili  shoir  Maler  (1555—1628)  hamma 

narsa  aql-idrokka  asoslanishi  kerak,  feodal  o‘zboshimchaliklar  siyosiy  hayotda 

davlat  ishiga  putur  yetkazgani  ka-  bi,  san’atda  ham  emoqiyali  anarxiya 

yozuvchining fikrini buzadi, asarining maqsad aniqligi va kompoziqion butunligini 

yo‘lda  chiqaradi,  deb  san’atkorni  aql  amriga  buysunishga  chaqiradi,  uning 

nazariyasi  hukumat  siyosatiga  mos  edi,  chunki  «aql  hukm»i  yukori  doirada, 

saroyda  ishlab  chiqilgan  edi.  Maler  saroy  shoiri  sifa-  tida  o‘z  odalarida  qirol 

(Genrix  1U)ning  mutlaq  hokimiyati  va  uning  siyosatini  madh  etdi.  Feodal 

tarqoqlikni qoralab, inson aqli va uning irodasiga ishonch «bilan qaradi.  

PYER KORNEL (1606—    ) 


XVII asr Fransuz adabiyotining yirik vakili  dramaturg  Pyer  Kornel  sud 

chinovnigi  oilasida  tug‘iladi.  Yosh  Kornel  Ruan  shahrida  iyezuit  kolledjida 

o‘qiydi. So‘ngra huquqshunoslikni o‘rganib, advokat vazifasida ishladi. 

Kornel  ijodining  dastlabki  etapi  (   9—    )  da  aristokratiya  sinfining 

ma’naviy yemirilishi, uning vakillarining axloqiy tubanligini aks ettirgan «Melita», 

«Beva», «Sud galeriyasi», «Kirollik maydoni» kabi komediyalarini yaratdi. Biroq 

Kornel bu pyesalaridan ko‘ra bundan so‘ng yozgan yirik tragediyalari bilan shuhrat 

qozondi. 

Kornel  birinchi  tragediyasi  «Medeya»  (    )  ning  syujetini  antik 

yozuvchilar  Yevripid  va  Senekaning  Medeya  haqidagi  asarlaridan  oldi.  Yozuvchi 

aristokratiya  tabaqasining  axloqiy  bo‘zuqligi  qurboni  bo‘lgan  ayolning  og‘ir 

taqdirini  tasvirlaydi.  Voqea  asosida  mifologii  tarix  yotsa  xam,  lekin  Kornel  o‘z 

zamonasi aristokratiyasining yaramasliklarini fosh etadi. 

«Komik  illyuziya»da  oddiy  kishilardagi  chin  insoniy  tuyg‘ular,  jumladan, 

do‘stlik  tasvirlanadi.  Yosh  yigit  Klindor  otasining  mansab  va  boylik  orttirish 

hakidagi  maslaqatini  rad  etib,  uyidan  chiqib  ketadi  va  boshidan  ko‘p 

mashaqqatlarni  kechiradi.  Oxirida  u  maqtanchoq  jangchi  Matamor  uyida 

xizmatkorlik  qiladi.  U  Izabella  nomli  go‘zal  qizni  sevadi.  Biroq  bu  sof  sevgiga 

xo‘jayini to‘g‘anoq bo‘ladi. U Klindorni turmaga tashlaganida, gunohsiz bu yigitni 

Izabellaning xizmatkori oddiy qiz Liza qutqarib yuboradi. 

«Medeya»  va  «Komik  illyuziya»da  Kornel  hukmron  guruhlar  tomonidan 

ezilgan  va  haqoratlangan  oddiy  kishilarning  huquq-  larini  himoya  qiladi.  Bu 

asarlarda  aniq  ijobiy  ideal  bo‘lmagani  uchun  yozuvchi  bayon  etgan  noroziliklar 

cheklangan  edi.  Xali  u  zamonasidagi  o‘sib borayotgan  sinfiy  ziddiyatlarni  yetarli 

ochib  berolmaydi.  Erksevar  yozuvchilarga  yaqinlashishi  tufayli  Kornel  o‘zidagi 

chegaralanganlikni  qisman  yengadi,  bu  narsa  uning  shu  vaktda  ijod  qilgan  eng 

yirik asari «Sid» (    ) tragediyasida seziladi. 

Kornel  «Sid»  (    )  tragediyasi  syujetiniispan  bahodiri  Rodrigo  Dias 

haqidagi 

o‘rtaasr 

qahramonlik 

eposidan, 

shuningdek, 

Gilyen 


de 

Kastroning«Sidning yoshligi» pyesasidan olsa ham, biroq yozuvchi bu temanio‘z 

zamonasiga yakinlashtirib, to‘la ma’noda mustaqil, originalasar yaratdi. 

«Sid»  tragediyasi  Franqiyadagi  ijtimoiy-siyosiy  voqealar  bilan  bog‘liq 

ravishda paydo bo‘ladi.    yillik urush natijasida Franqiya og‘ir ahvolga tushgan, 

gabsburglar armiyasi      yilning yozida Franqiyaning ko‘p yerlarini ishg‘ol etib, 

hatto Parijga yaqinlashib qolgan edi. Bu ahvoldan g‘azablangan mehnatkash omma 

qo‘liga  qurol  berilishini  talab  qiladi.  Qurquvga  tushgan  hukumat  uni 

qurollantirishga  majbur  bo‘ladi.  Xalqning  o‘z  vataniga  zo‘r  muhabbati  tufayli 

mamlakat  halokatdan  qutuladi.      —    yillar  dehqonlar  qo‘zg‘olonlarining 

kuchaygan  davri  ham  edi.  Feodal  zodagonlar  bu  voqeadan  o‘z  manfaatlari  uchun 

foydalanmoqchi  bo‘lib,  mamlakatni  maydalab  yuborishga  urinadilar.  Bu 

voqealarta’sirida yozuvchi g‘oyavii chuqur, gumanistik ruh bilan sug‘orilgan yirik 

realistik asarlar yozishga kirishdi. «Sid» tragediyasi mana shu davr mahsulidir. 

Boy  aristokrat  don  Gomes  graf  Gormasning  qizi  Ximena  bilan  don 

Diyegoning  o‘g‘li  Rodrigo  Dias  bir-birini  sevadi.  Ota  ham  qizini  don  Sanchoga 

emas, balki Rodrigoga berishga moyil. Lekin shu vaqtda ikki sevishganning baxtli 


sevgisiga to‘siqlik qiluvchi kutilmagan voqea yuz beradi. Kirol don Diyegoni o‘z 

o‘g‘liga  murabbiy  sifatida  xizmatga  chaqiradi.  Bu  xizmatdaya  umidvor  bo‘lgan 

graf  Gormas  qirolga  o‘zining  bir  vaqtlari  ko‘rsatgan  xizmatlarini  uno‘tganligini 

aytib,  uni  ayblashga  jur’at  etadi.  Ikki  feodal  o‘rtasidagi  tortishuv  shundan  kelib 

chiqadi.  Don  Gomes  Rodrigoning  otasini  haqorat  qiladi.  Keksa  don  Diyegoning 

undan  o‘ch  olishga  qurbi  yetmay,  qasos  olishni  o‘g‘li  Rodrigoga  topshiradi. 

Rodrigo  uchun  bu  topshiriq  juda  og‘ir.  Agar  grafdan  qasos  olsa,  u  taqdirda 

sevgilisidan  ajraladi,  agar  o‘ch  olmasa,  o‘z  oilasi  haqorat  ostida  qoladi.  Rodrigo 

qizning otasi graf Gormasni duelga chaqirib, uni halok etadi. Bu fojiali voqeadan 

so‘ng Ximena qirol huzuriga borib, otasining qotilini jazolashni so‘raydi. Ularning 

har  ikkalasi  urug‘  urf-odatlariga  amal  qilib,  ota  oldidagi  burchini  bajarmoqchi 

bo‘lsalar  ham,  lekin  ko‘ngil  amriga  ham  itoat  qiladilar.  Aristokratik  burch  bilan 

yoshlik tuyg‘usi o‘rtasida ma’naviy azob chekadilar. 

Shu vaqtda Rodrigo mamlakatga bosib kelgan mavrlarga qarshi xalq kungilli 

otryadlari  bilan  birga  jang  qilib,  ularni  tor-mor  etadi.  Xalq  yosh  qahramonni 

sharaflaydi.  Dushman  tomon  ham  Rodrigoning  botirligiga  qoyil  qolib,  uni  «sid», 

ya’ni janob deb ataydi. 

Ximena  xalq  va  davlat  oldida  o‘zining  grajdanlik  burchini  a’lo  darajada 

bajargan qahramon Rodrigoni jazolashni talab qiladi. Biroq qirol davlatni dushman 

xavfidan  saqlab  qolgan  kishini  jazolashga  botinolmaydi.  Shundan  so‘ng  qiz 

Rodrigoni o‘ldirgan kishiga turmushga chiqishini ma’lum qiladi. Qirol jangda kim 

g‘olib  chiqsa,  qiz  o‘shaniqi  bo‘ladi,  deydi.  Bu  shart  Ximenada  goh  dadillik 

tug‘diradi, ya’ni u sevgani umidi bilan yashaydi, goh qasos olish fikri bilan azob 

chekadi. Tragediyaning oxiri yaxshilik bilan tugaydi, qizning talabgori don Sancho 

duelda  yengiladi.  Qirol  maslaxati  bilan  g‘alaba  qilgan  Rodrigo  Ximena  bilan 

topishadi. 

XVII  asrning  birinchi  yarmida—  Fransiyada  feodal  o‘zboshimchaliklarini 

tugatish, yagona  milliy  davlat  —  absolyutizmni  mustaqkamlash uchun kurash  avj 

olgan  bir  vaqtda  Kornel  o‘z  ijodida  eski  feodal  tartiblarining  yemirilishi 

muqarrarligi  va  mar-  kazlashgan kuchli  davlat barpo  etish  zarurligini  aks  ettiradi. 

Jumladan,  «Sid»  tragediyasida  qonga  qon  degan  eski  urf-odat  o‘rniga  vatan 

oldidagi grajdanlik burchini bajarishni asosiy vazifa qilib qo‘yadi. 

Xalq 

qahramoni  Rodrigo  «oddiykishilarning  umidi  va  tayanchi»  sifatida  o‘z  vatanini 



dushman  hujumidan  saqlab  qoladi.  Uning  qahramonligini  hammadan  oldin  tan 

olgan  va  unga  yuqori  baho  bergan  kuch  —  bu  xalqdir.  Asarning  xalqchilligi 

Kornelning  mehnatkash  ommaga  ishonchi  va  unga  xayrixohlik  bilan  qarashidan 

kelib chiqadi. 

Kornel  tragediyada  absolyut  hokimiyatga  qarshi  feodal  oppozitsiyasi 

kayfiyatlarini  mag‘rur graf Gormas obrazida beradi. Uning: «Men halok bo‘lsam, 

butun  davlat  halok  bo‘ladi»,—  degan  so‘zini  yozuvchi  qattiq  qoralaydi,  chunki 

Gormas  o‘z  manfaatini  davlat,  xalq  manfaatidan  yukori  qo‘yadi.  Kornel  qirollik 

hokimiyatining  barqaror  emasligini  ham  katta  jasorat  bilan  ta’kidlaydi.  Monarx 

dushman  guruhlar  o‘rtasida  ehtiyotkorlik  bilan  ishtutadi,  xalq  fikri  bilan 

hisoblashadi,  isyonkor  feodal-zodagonlarga  qattiq  tegmaslikka-intiladi,  ko‘p 

masalalarda  ikkilanadi  ham.  Muhimi  shundaki,  Kornel  qirolni  benuqson  qilib 



tasvirla-  maydi.  Mana  shu  narsalar  yozuvchiga  hujum  qilish  uchun  katta  bahona 

bo‘ladi.  Bunday  jasorat  tragediyaning  badiiy  tuzilishida  ham  ko‘-  rinadi.  Kornel 

klassitsizmning  uch  birlik  qonunini  ham  buzadi.  Masalan,  fojiali  voqeadan  so‘ng 

Rodrigo  qiz  bilan  saroyda  emas,  balki  qizning  uyida  uchrashadi.  A.  S.  Pushkin 

yozuvchi «Sid» tra- gediyasida dadillik bilan vakt birligiga ham rioya etmaganini 

ko‘rsatib o‘tgan edi. 

Sahnada katta muvaffaqiyat qozongan «Sid» tragediyasi hakida ko‘p o‘tmay 

jiddiy munozaralar boshlanib ketadi. 

Asarda karama-qarshiliklar uchrab turishiga karamay, yozuvchining erkinlik 

va demokratii g‘oyalarni dadillik bilan himoya qilishi, feodal urf-odatlarni tanqid 

etishi hukmron doiralar, xususan feodal guruhlarni tashvishga soladi. Aristokratik 

ada-  biy  oqim  vakillari  —  pretsioz  dramaturglari  (Mere  va  Skyuderi)  Kornelga 

qattiq  hujum  qiladilar.  Rishelye  ham  asarning  mavjud  tuzum  zamiriga  putur 

yetkazishini  hisobga  olib,  yozuvchiga  tazyiq  o‘tkazadi  va  Korneldan  o‘z 

pozitsiyasini  tubdan  o‘zgartishni  talab  qiladi.  «Sid»  tragediyasining  tankidchilari, 

yozuvchini  klassitsizm  qoidalarini  buzishda  ayblasalar  ham,  lekin  ularning  bu 

fikrlari  ostida  aniq  siyosiy  mulohazalar  yotar  edi.  XVII  asrning  30-  yillaridagi 

absolyut  hokimiyat  va  feodal  tartiblariga  qarshi  keng  xalq  ommasining  harakati 

(jumladan,     9  yildagi  «Yalangoyoqlar»  qo‘zg‘oloni)  kuchayib  borayotgan 

sharoitda  bunday  realistik  va  gumanistik  asarlarning  paydo  bulishi  davlat  uchun 

xavfli edi. Xukumron doiralar yozuvchidagi erkinlikni ma’lum darajada bug‘ishga 

erishadilar. Kornel bundan so‘ng yozgan asarlarida klassitsizm qonun-qoidalariga 

rioya kiladi. «Sid» dagi kabi keng demokratii va xalqchillik ruhi bilan sug‘orilgan 

badiiy yuksak asarlar yaratolmaydi. 

«Goratsiy»  Kornel «Goratsiy» (   9) tragediyasi syujetitragediyasi  uchun 

materialni  Rim  tarixchisi  Tit  Liviyning  birinchi  kitobida  bayon  etilgan  qadimgi 

grek davlatining tashkil topishi haqidagi afsonadan oladi. 

Bir-biriga  qo‘shni va  qon-qardoshlik  aloqalari  bilan  bog‘langan  ikki  shaxar 

— Rim hamda Alba-Longa o‘rtasida, ulardan qaysi biri yetakchilik rolini o‘ynashi 

lozimligi  masalasida  kelishmovchilik  kelib  chiqadi  va  u  ikki  shahar  vakillari 

o‘rtasidagi olishuv hal qilsin, degan karorga kelinadi. Bu kurash rimliklardan chol 

Publiy  Goratsiyning  uch  egizak  o‘g‘li  Goratsiylar,  Alba-Longa  tomonidan  uchta 

egizak Kuriatsiylar zimmasiga tushadi. Goratsiylardan biri Kuriatsiylarning singlisi 

Sabinaga  uylangan.  Publiy  Goratsiyning  qizi  Kamilla  Kuriatsiylardan  biriga 

unashtirilgan.  Sabina  yuz  berayotgan  mushkul  vokealardan  tashvishlanadi.  Xar 

ikki  tomonning  yengilishi  xam  Sabina  uchun  juda  og‘ir,  chunki  bir  shaharda 

tug‘ishganlari bor, ikkinchi shaxarda esa sevgan eri bilan yashaydi. Kamilla ham 

Rim  g‘alaba  qilsa,  sevgani,  Alba  yengsa,  akalari  halok  bo‘lishini  o‘ylab,  qattik 

kayg‘uradi.  Xar  ikkala  ayolda  ham  muxabbat,  sadoqat  kuchli,  lekin  ular 

vatanparvarlik burchlarini sevgiga qurbon qilmaydilar. 

Nixoyat, Goratsiylar bilan Kuriatsiylar o‘rtasida jang boshlanadi- Bu urush 

sahnada  emas,  sahana  orqasida  bo‘lib,  uning  borishi  tomoshabinga  ma’lum  qilib 

turiladi.  Uchala  Kuriatsiy  yaralangan,  ikki  Goratsiy  o‘lgan,  kichik  Goratsiy 

dushman  oldiga  tushib  qochib  borayotgani  xaqida  xabar  keladi.  Chol  Goratsiy 

o‘lgan  o‘g‘illari  uchun  qayg‘urmaydi,  balki  dushmandan  qo‘rqib  qochayotgan 


o‘g‘lini o‘ylaydi va uni nafratlaydi. Uning qochib qutulganidan ko‘ra qahramonona 

halok  blishini  ma’qul  ko‘radi.  Biroq,  Goratsiyning  qochish  va  qurquv  alomati 

emas,  balki  harbiy  nayrang  ekani  ma’lum  bo‘ladi.  U  dastlab  son  jihatidan  ustun 

dushmandan  qochadi  va  orqasidan  kuvib  borayotgan  Kuriatsiylar  bilan  birma-bir 

jang qilib, ularning uchalasini ham yengib, Rimga g‘alaba keltiradi. Goratsiy katta 

tantana bilan jang maydonidan qaytgan vaktida singlisi Kamillaga duch keladi. U 

sevgani  Kuriatsiyning  halok  bo‘lganini  bilib,  dod-faryod  ko‘taradi.  Goratsiy  bu 

holdan  qattiq  g‘azablanadi.  Axir,  u  mamlakatga  g‘alaba  keltirsa-yu,  singlisi 

dushman uchun qayg‘ursa! U akalarini va vatanini unutgan Kamillani la’natlaydi. 

«Nourin muhabbating bilan sevganing oldiga jo‘na», deb uni qilichi bilan chopib 

o‘ldiradi. Shu tarifa Goratsiy kahramon yigitdan jinoyatchi kotilga aylanadi. Biroq 

qirol Goratsiyning qahramonligini hisobga olib, uning gunohini kechadi. 

«Goratsiy»  tragediyasida  Kornel  davlat  va  jamiyat  ishi  uchun  kurash 

mavzusini  birinchi  o‘ringa  qo‘yadi.  Yozuvchi  chol  Goratsiy  obrazida  davlat 

tuzumini  yoqlash  uchun  har  qanday  shaxsiy  qurbondan  qaytmaydigan  olijanob 

kishini  tasvirlaydi  va  bu  bilan  u  mam-  lakatning  tarqoqligi  uchun  kurashayotgan 

isyonkor feodal zodagonlarni qoralaydi. Agar «Sid»da davlat ishi ham qirol, ham 

xalq-  ning  aralashuvi  bilan  olib  borilsa,  «Goratsiy»  da  hamma  narsa  mutlaq 

hokimning  hukmiga  bo‘ysundiriladi.  Asar  mazmunining  mavhumligi,  har  ikki 

shahar  o‘rtasida  jiddiy  qonflikt  yo‘qligi,  kuchli  tomonning  zaif  tomonni  o‘ziga 

itoat ettirishga urinishi kabi hollar asarning gumanistik mazmuni va vatanparvarlik 

ruhiga  putur  yetkazmay  qolmaydi.  Lekin  asardagi  monarx  sha’niga  tegadigan 

voqea  va  realistik  momentlar  muholiflarning  yana  Kornelni  tanqid  qilib 

chiqishlariga sabab bo‘ladi. 

Yozuvchining  bundan  keyingi  asarlarida  klassitsizm  prinsiplari  yana 

kuchayadi,  u  shaxsan  absolyut  hokimiyatga  ko‘r-ko‘rona  itoat  ettirish  bilan 

qarama-qarshiliklardan qutulish yo‘lini izlaydi. Endi samimiy insoniy his-tuyg‘ular 

tasviri  o‘rnini  sovuq  quruq  muhokamalar  egallaydi.  Qaxramonlar  jonli  individlar 

emas, balki mavhum g‘oyalarni tashuvchi shaxslardir. 

Kornelning «Sinna yoki Avgust marhamati» (   9) tragediyasining syujetini 

Kornel qadimgi Rimboshka asarlaritarixidan oladi. Asarning bosh qahramoni qonli 

kurashlar natijasida Rimni o‘ziga qaratib, hukmron bo‘lganAvgustdir. 

Emiliya otasining qotili Avgustni ko‘olmaydi va, qanday bo‘lmasin, undan 

qasos  olishni  o‘ylaydi.  Bu  ishga  o‘zini  sevadigan  yigit  Sinnani  undaydi.  Sinna 

bilan  Emiliyaning  muhabbatini  ko‘ralmagan  Maksim  uyushtirilayotgan  fitna 

haqida Avgustni ogohlantiradi. Avgust Sinnani qamoqqa oladi. Lekin o‘ziga yaqin 

turgan kishilar fitna kutarmoqchi bo‘lganidan attiq azob chekadi. Nixoyat, Avgust 

qalbida  rahmdillik  hissi  tug‘iladi.  Sinnani  xuzuriga  chaqirib  osoyishtalik  bilan 

uning xatolarini ko‘rsatadi va gunohlarini kechirib, ularni bo‘shatib yuboradi. 

Kornel bu siyosiy tragediyasida ham mustaqkam davlat hokimiyati tarafdori 

sifatida  chiqadi.  O‘zaro  diniy  urushlar  va  aristokratlar  fitnasi  kuchayib  ketgan, 

butun og‘irlik omma ustiga tushayotgan vaqtda oddiy xalq ham «tartibsizlik ichida 

tartib vakili» bo‘lgan yagona markazlashgan hokimiyatni himoya qilar edi. Sinna 

va  Maksim  obrazlarida  yozuvchi  xalq  noroziligidan  o‘z  manfaati  uchun 



foydalanishga  intilgan  feodal  oppozitsiyasining  vakillarini  qoralaydi.  Shuniig 

uchun yozuvchi pyesani monarxning tantanasini tasvirlash bilan tugatadi. 


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling