Mavzu: XVII asr adabiyoti
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
4--mavzu maruza
qurqishni bilmaydi» degan so‘zi Laurensiyaning qalbidan chuqur joy oladi. Mamlakat birligiga putur yetkaznsh maqsadida Syudad Realga qarshi urush ochgan va zarbaga uchrab, qishloqka kaytgan komandor Laurensiya bilan Frondoso to‘yi vaqtida kirib kelib, bazmga yig‘ilganlarni xaydaydi. Qiz bilan yigitning otasini haqorat qiladi. Frondosoni qamoqqa yuborib, Laurensiyani zo‘rlab olib ketadi. Dehqonlar zolimga qarshi nafrat bildirsalar ham, lekin jiddiy harakat etpsh uchun uyusha olmaydilar. Komandor tomonidan tahqirlangan va azoblangan Laurensiya paydo bo‘lib, o‘z qizini jallod qo‘liga berib qo‘ygan va uning haqoratlanishiga chidab turgan, zolim-dan qasos olmagan otasi va qarindoshlarini «qo‘zini bo‘riga oldprib, ko‘rkuvga tushgan cho‘ponlarga» o‘xshatadi. «Sizlar— qo‘ylarsiz, shuning uchun Ko‘zibo‘lok yashamoq uchun sizlarga mos joy» deb, o‘z qizlari va ayollarini begonalar qo‘liga topshirib qo‘ygan dezsqonlarni ham ayblaydi. Axvol shundan ekan, endi xotin-qizlarning o‘zlari qo‘llariga qurol olib. or-nomuslarini o‘zlari ximoya qiladilar, deydi. Laurensiyaning otasi Esteban bunday jabr-zulmga ortik chidab turish mumkin emasligi, har qanday og‘ir vaziyatda ham kurashga borajagini bildiradi. Bu fikrga dehqonlar ham qo‘shiladilar. Erlar bilan bir qatorda ayollar ham qurollanib, komandor saroyiga bostirib boradilar na uni o‘sha yerda jazolab o‘ldiradilar. Frondosoni esa zindondan qutkarib oladilar. Komandornnng qutulib qolgan
xnzmatkorlaridan biri Flores yashirincha qirol huzuriga borpb, Ko‘zibo‘loq axolpsi g‘alayon ko‘tarnb, o‘z senyorlarini vaxshiylarcha o‘ldirdnlar, degan xabar yetkazadi. Qirol qishloqqa chinovnik yubornb, gunoxkorlarnn aniqlab, ularni qattiq jazolashni buyuradp. Tergovchi qishloqodamlarini chaqirib, komandor Fernan Gomesnn o‘ldirgai kishini anpqlash maqsadnda katta-yu kichik qnshlok axolisini qiynab so‘roq qiladi. Biroq «Komandornn kim o‘ldirdi?», deb bernlgan so‘roqqa ular: «Ko‘zibo‘loq o‘ldirdi», Axir aybdor kim?». deb so‘raganida ular: «Ayibdor Ko‘zibo‘loq» deb javob qaytaradilar. Pirovardida tergovchn xaqiqiy gunoxkornn topolmay saroyga qaytadi. Shu sababli qirol «yuz bergan jnnoyat og‘ir bo‘lishiga qaramay», tergovnn to‘xtatadp pa dehqonlarning "gunoxi»ni kechirishdan boshqa iloji qolmaydi. Ko‘zibo‘loq qishlog‘inp esa bevosita o‘z nazorati ostiga oladi. Asarda yozuvchi xalqning soxta ximoyachisi ispan monarxiyasini qoralab, masxaralab, dehqonlarnnng antifeodal isyoniga katta xayrixoxlik bildiradi.
Dramadagi yondosh voqealar Dramada markazny syujet chizig‘iga yondosh davom etgan uch voqea: qirollik xokimiyati bilan fitnachi feodallar o‘rtasidagi kurash, ezilgan ommaningzolimlarga qarshi qo‘zg‘oloni va, nixoyat, Frondoso bilan Laurensiya o‘rtasidagi sevgi munosabatlari ifodalanadi. Yozuvchi aragonlik Ferdinand va kastiliyalik Izabella o‘rtasidagi ittifoq (nikox) orqali mamlakatning birligini yuzaga keltirish va uni arablardan ozod etish yo‘lida qo‘yilgan dastlabki qadamni tasvirlaydi. Shuning uchun qirollik davlati mamlakatda Portugaliya xukmronligini o‘rnatish uchun yordam bergan Kalatrava ordeniga qarshi kurash olib boradi. Bu kurashda dehqonlar qirollik xukumatiga xayrixoxlik bildiradilar, chunki undan yordam ko‘tar edilar. Komandor esa o‘zining shaxsiy manfaatini vatan manfaatidan yuqori qo‘ygan, Kastiliya taxtpga boshqa da’vo-garni o‘tkazish bilan mamlakat birligini mustaxkamlashga putur yetkazuvchi reaksion kuch vakili sifatida qoralanadi. Pyesada dramatik konfliktni tashqil etgan asosiy voqea xalq qo‘zg‘olonidpr. Asarda qo‘zg‘olon—ezilgan xalqning o‘z xuquqlarini poymol etilishi va xaqoratlanishiga qarshi ko‘rgan birdan-bir xaqqoniy tadbiri tarzida tasvirlanadi. Komandor qishloq axolisi bilan surbetlarcha munosabatda bo‘ladi, keksalarni xo‘rlaydi, qizlarning sevgisini haqorat qiladi. Bu «oliy tabaqaning xulk-atvori xar qadamda kishida nafrat uyg‘otadi. Xalqda tug‘ilgan norozilik qo‘zg‘olonga aylanib, komandorning takdirini xal etadi. Adolat o‘rnatilishini istagan xalq qirolga yordamso‘rab, murojaat qilsa ham. biroq undan madad olmaydi.Dehqonlar ommasidagi ezgu istaklar feodal xukumronliig davridaamalga oshmaslign asarda o‘zining to‘la ifodasini topgan. Dramadagi o‘chinchi voqea ikkiyoshning sevgisi tarixiga oidepizoddir, u pyesadagi asosiy masala feodalo‘zboshimchaliklarga qarshi kurash masalasi bilan bevosita bog‘lik ravishda yoritiladi. Chunki komandor zulm o‘tkazayotgan bir vaziyatda, Fronde bilan Laurensiyaning baxtli turmush kechirishlari mumkin emas edi. Frondoso sevgilisining tahqirlanishiga yo‘l qo‘ymay, o‘z senyori komandorga qarshi dadillik bilan qo‘l ko‘taradi. Qizning yigitga muxabbati ana shunday qattiq kurash jarayonida tug‘iladi va toblanadi. Komandornnng tuy marosimi vaqtida
paydo bo‘lib-tuynp to‘xtatishi, Frondosoni qamab, qizni zo‘rlab olib ketishi singari voqealar qishloqni larzaga soladp. Azob chekkan va lekin tiz cho‘kmagan Laurensiyaning achchiq kinoyalarn zolimga qarshi butun qishloqni oyoqqa turg‘izadi. Dramadagi asosiy obrazlar Dramaning qahramonlari aloxida shaxslar emas, balki butun Ko‘zibo‘lok qishlog‘ining axolisidir. Ahil mexnatka dehqonlar ommasining xarakterli xususiyatlari odamiyliq mardlik sof ko‘ngillilik vafodorlik bo‘lib, bunday olijanob tuyg‘ular komandor va uning malaylariga butunlay yotdir. Komandor — insoniylik qiyofasini yo‘qotgan tipik feodal. Yovuzlik tamagirlik aysh-ishrat qilish, o‘z manfaatini xalq va davlat manfaatlaridan ustun qo‘yish kabi yara.mas xususiyatlar unga xosdir. Qahramonlarning umumiy belgilaridan tashqari, ularning xar birining o‘ziga xos individual xususiyat va odatlari ham bor. Sevishganlar Frondoso va Laurensiya og‘ir qiyinchiliklarni yen-gishga qobiliyatli, jasur va bir-biriga vafodordir, ular o‘z baxt-larini zolimga qarshi kurash g‘oyasi bilan bog‘laydilar. Qizning otasi oqsoqol Esteban va Frondosoning otasi dehqon Xuan Rijiy sodda va mo‘min kishilardan zolimga qarshi bosh ko‘tarib chiqqan aktiv kurashchilarga aylanadilar. Batrak Mengo ham o‘ziga xos tipdir. Sevgann (Xasinta) tufayli komandordan ko‘p jafo ko‘rgan bu yigit extiyotkorlik bilan ish tutadi. Xokimga qarshi keskin xarakat etmaslikka undaydi. Biroq komandor zulmiga chidab turish mumkin bo‘lmay qolgan vaqtda, u endi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqni ko‘zg‘alib chiqish va zolimni yo‘q qilishga chaqiradi. Eng og‘ir daqiqalarda ham Mengo o‘z qiziq- chiligi bilan ajralib turadi. Tergov vaqtidagi uning xarakati kishida goxo tashvish, goxo kulgi tug‘dirsa ham, lekin sudyaning «uni kim o‘ldirdi?»—deb bergan so‘rog‘iga Mengo: «Fuyentus Ove-xunskiy», ya’ni «Qo‘zibuloq» dehqonlari o‘ldirdi,— deb kat’iy javob beradi. Lopening novatorligi va xalqqa yaqrnligi shundaki, uning yaratgan qahramonlari mexnatkash omma — erkak va ayol, yosh va kek-salar — hammanin yagona maqsadi zulmdan qutulish va mustaqil yashashdir. Bunga erishish yo‘li — qo‘zg‘olondir. Mexnatkash omma feodal o‘zboshimchaligiga qarshi kurashda qirollik xukimatidanmadad ko‘tadi, lekin yozuvchi dehqonlarning bu orzulari real emas-ligini ta’kidlaydi. Qirolning o‘ldirilgan komandor o‘rniga yangi va yana ham qattiq qo‘l xokim yuborish haqidagi so‘zi bunga yaxshi dalil bo‘ladi. Asardagi dehqonlar o‘z insoniy fazilatlarini,or-nomuslarini saqlay olishlari bilan feodal aristokratiyadan xar tomonlama ustun turadilar. Saroy adabiyotida xalq tuban, «qulgili» voqea-larni ifodalashdagina tilga olinsa, Lope xalqni xaqiqiy qaxra-monlar darajasiga ko‘taradi, o‘zmustaqilliklari uchun hayot-mamot kurashi olib borgan dehqonlarning kuchi va qudratiga munosib baho beradi. «Qo‘zibuloq» Lope de Veganing xalq qo‘zgolonini haqkoniy aks ettirgan, demokratik ruh bilan sug‘orilgan, badiiy puxta ishlan-gan dramasidir. Lope de Vega bu asarda juda katta jasorat va ishonch bilan xalq kudrati xar qanday zulm- zahmat, qullik zanjir-larini yakson etishga va o‘z mustaqilligini saqlab qolishga qodir ekanini tipik obraz va realistik manzaralarda gavdalantirdi. Pyesaning shu davrgacha o‘z qimmatini yo‘qotmay kelishining boisi ham mana shunda.
Lope de Vega Ispaniyada absolyut xokimiyat krizisi va feodal-katolik reaksiyasi kuchaygan davrda yashab ijod etdi. Ulug‘ muta-fakkir Lope shu tushkunlik muxitining to‘siqlarini yorib o‘tib, Xaqiqat yo‘lini izladi, zulm va adolatsizliklarga qarshi gumanistik g‘oyalarni katta jasorat bilan himoya qildi. Xalqning o‘z taq-dirini o‘z qo‘liga olishi, o‘z mustaqilligi uchun kurashi haqidagi mavzuni aks ettirishi uning ijodining demokratik xarakterini belgilab beradi. Shu sababli Lopening jangovar ruxdagi nodir asarlari Ispaniyada xukumron reaksion doiralar ta’qibiga o‘chraydi. XIX asr boshlarida ispan adabiyoti va teatrini urganish yana kuchayadi. Pushkin «Adabiyotning xalqchilligi haqida» ( ) nomli maqolasida Lope de Vegani xalq orzularining ifodachisi deb baxoladi. V. G. Belinskiy ispan dramasi Lope de Vega va Kalderon kabi yozuvchilar bilan haqli ravishda faxrlanishini ta’kidlab o‘tadi. Lope de Vega «Valensiya bevasi», «Seviliya yuldo‘zi», «It o‘zi yemas, birovga ham bermas», «Raqs muallimi» singari dan ortik drama va komediyalari faqat rus tilidagina emas, balki ukrain, belorus, arman, gruzin, ozarbayjon, tatar, o‘zbek va boshqa tillarda ham saxnada ko‘rsatildi.
LOPE DE VEGADAN KEYINGI ISPAN DRAMASI XVI asrning oxiri va XVII asrning birinchi yarmidagi ispan dramaturgiyasi Lope de Veganing bevosita ta’siri ostida ri-vojlandi. Uning traditsiyalarini davom ettiruvchi qator yozuvchilar yetishib chiqdi. Ulardan Gilyen de Kastro, Xuan Ruis de Alarkon va Tirso de Molinalarning dramalari bu davr ispan adabiyotida 'alohida o‘rin egallaydi. Gilyen de Kastro ( 9— 1631) ustozi Lope de Veganing realistik prinsiplariga amal qilib, o‘z ijodida xalq badiiy yodgorliklari namunalaridan keng foydalandi. Uning muhim asari ispan milliy qaxhramoni Sid haqidagi xalq romanslari asosida yaratilgan «Sidning yoshligi» dramasidir. Pyesada sevgi, oila or-nomusi uchun kurash va absolyu-tizmda yuz bergan krizis aks etgan. Lope de Vega dramaturgiya maktabining yirik vakili Xuan Ruis de Alarkon ( — 9) Meksikada aristokratiya oilasida tug‘iladi, uning yoshligi o‘sha yerda o‘tadi, so‘ngra Ispaniyaga kelib, o‘qishini davom ettiradi, universitetni bitirgach, advokatlik bilan shug‘ullanadi. Alarkonning adabiy merosi katta emas, u tili va kompozitsiyasi jihatdan puxta ishlangan 30 ga yaqin pyesa yozgan, Alarkonning milliy qahramonlik siklidagi pyesalaridan biri «Segoviyalik to‘quvchi» ( ) asaridir. Unda dramaturg inson kuchi va irodasi, adolat va chin sevgining tantanasi haqida hikoya qiladi.
Yozuvchi bosh qahramonning og‘ir takdirini tasvirlar ekan, diniy aqidalarga sira murojaat etmaydi, balki voqealarga siyosiy tus berib, dvoryan don Fernando kurashini ota qasosi uchun emas, balki xaqoratlangan kambag‘al to‘quvchining adolat uchun olib borgan kurashi sifatida talqin qiladi. Bu Alarkonning intriga komediyasidan xarakterlar komediyasi-ga o‘tishini belgilab bergan original asarlar sifatida ispan dramaturgiyasi xazinasiga qo‘shilgan muhim xissadir. Uning shu tarzda yozgan «Shubhali xaqiqat», «Devorning ham qulog‘i bor», Erlarni sinash», «Xar to‘kisda bir ayb» kabi bir qancha komediyalari hambor. Bu pyesalarida asosiy qahramonlarning qandaydir bir nuqsoni ko‘rsatilib, yaxshilik ularga qarshi qo‘yiladi. Masalan, «Shubxali xakiqat»da aldoqchilik tanqid qilinadi. Aristokrat yigiti don Garsiya doimo hammani aldab yuradi. Kunlardan birida rost gapni aytganida, unga ishonmaydilar, chunki uning uchun xaqiqat haqida gapirish yot narsa edi. Dvoryan yigitidagi bu yomon odat oxirida uni og‘ir axvolga solib qo‘yadi. Alarkonning bu
komediyasi fransuz
dramaturglari Kornelking «Yolg‘onchi», Molyerning «Mizantrop» asarlariga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatdi. Dramaturg komediyalarida qahramonlarning xarakteri dramatik xolatning asosini tashqil etadi. Lope de Veganing sevgi komediyalari kompozitsiyasida tasodifiy voqealar qaltis burilish-lar yuzaga keltirsa, Alarkon dramalarida bunday voqealar xarak-terlarning psixologik tomonini ochib beradi. Alarkon ijodining realistik xarakteri, voqelikni tanqidiy tasvirlashi bilan XVIIasr ispan adabiyotida munosib o‘rin tutadi.
KALDERON (1600— ) Ispaniyaning iktisodiy va siyosiy xayotida boshlangan tushkunlik XVII asr o‘rtalariga borib ko‘chayadi. Mamlakatning ilgarigi qudrati va shuxratidan asar ham qolmaydi. Feodal-katolik reaksiyasi hujumi natijasida XVI asr oxirlarida yuzaga kela boshlagan barokko adabiy okimi endi hukumronbo‘lib qoladi. San’at va adabiyotda aks etgan turmush quvonchlari va uning yorqin buyoqlari o‘rnini mavxum iboralar oladi. Arxitektura va tasviriy san’atda ham realizmdan chekinish, turmushdan uzoqlashish, qandaydir sirli voqeaga berilish kuchayadi. Ispaniyaning shu davrdagi ruxini, gumanizmning krizisini aks ettirgan so‘nggi yirik yozuvchi Kalderondir. Don Pedro Kalderon de La Barka Madridda Xayoti va qadimgi dvoryan urug‘iga mansub oilada dunyoga keladi. O‘n yoshida onadan yetim qoladi. Dastlabki ma’lumotni iyezuitlar maktabida oladi, so‘ngra Salamanka universntetida o‘qiydi. Lekin uni tashlab ketadi. Yoshlik vaqtida u xarbiy xizmatni ham o‘taydi, Italiya va Flapdriyaga bo‘lgan yurishlarda ishtirok etadi. Dvoryan yigitlariga xos turmush kechirib, o‘zaro janjallarda katnashadi, ruxoniylikni xaqoratqilgani uchun qamalib ham chiqadi. Kalderon dramatik asarlar yozishga juda erta kirishadi. Lope de Vega bu yosh yozuvchining talantiga yuqori baxo beradi. Lope vafotidan so‘ng u Ispaniyada yagona dramaturg bo‘lib shuxrat qozo-nadi. 1636 yilda saroy dramaturgi nomini oladi. Kalderonning adabiy merosi xilma-xil bo‘lib, u dan ortik pyesa yaratgan, shulardan 120 ga yaqini dunyoviy xarakterdagi, 80 ga yaqini diniy mazmundagi va 20 ga yaqini intermediya tarzidagi saxna asarlaridir. U 2 poema va lirik she’rlar ham yozgan. Kalderon Lope de Vega traditsiyalarinn davom ettirgan bo‘lsa-da, lekin bu ikki yozuvchi ijodi o‘rtasida katta farq bor. Kalderon dastlabki pyesalarini aristokrat tomoshabinlarni nazarda to‘tib shaxar teatrlariga topshirgan bo‘lsa ham keyinchalik faqat saroy teatriga atab asarlar yozadi. Uning ijodi ispan gumanizmining inqirozga yuz tutishining ifodasi sifatida namoyon bo‘ladi. Barokko shoiri Kalderon dramaturg sifatida diniy ruxdagi pyesalari bilan taniladi. «Avliyo Patrikning maxshargoxi», «Bo‘tga sajda qilish», «Matonatli shaxzoda», «Xayot — uyqu demak», «Mu’jizakor sexrgar» pyesalarida feodal axloki va katolik dini aqidalarini aks ettiradi. «Mo‘jizakor sexrgar»ni «katolik Fausti» deb atadi. «Undan Gyote o‘z «Fausti» uchun alohida joylarinigina emas, balki bir butun ko‘rinishlarni hamkamrab oldi». Kalderon turmushga to‘g‘ri karay olmasa ham, lekin asarlarida uning adabiy talanti ko‘zga tashlanib turadi. Diniy dramalari dunyoviy mazmundagi pyesalari bilan bog‘lanib ketadi. Masalan, «Avliyo Patrikning maxshargoxi», «Butga sajda qilish» pyesalarida ko‘p jinoyatlar qilgan gunoxkorlar tavba-tazarru yoki iloxiy kuch aralashuvi natijasida qutulib qoladilar. «Mu’jizakor sexrgar»da jonini shaytonga sotgan kishi xaqidagi ertak hikoya qilinadi. Kalderon pyesasi Faust xaqidagi nemis xalq kitobida tasvirlangan rivoyatdan farq qiladi. Xalq kitobida Faust dunyodagi sirlarni bilishga intilgai. ado- latsizliklarga nafrat bilan qarovchi kishi sifatida beriladi. Kalderonning «katolik Fausti deb nom olgan «Mu’jizakor sexrgar» pyesasining qahramoni majusiy Kiprian lazzatlanish uchungina shayton bilan ittifok tuzadi, oxirida qilmishlaridan azobga tushib, xristianlikni qabul qiladi. Faustning o‘limi fojiali bo‘ladi, Kiprian esa din yo‘lida jonini qiynoqqa solib vafot etadi. «Matonatli shaxzoda» pyesasida ham turmush voqealari diniy «mo‘jizalar» bilan aralashib ketadi. Mavrlar qo‘liga asir tushgan portugal shaxzodasi Fernando qirolga xiyonat qilishni is-tamaydi, garchi qirol rozi bo‘lsa ham, bir qal’ani berish evaziga o‘zini ozod etilishiga ko‘nmaydi, undan o‘limni afzal biladi. Fernaidoning vatan oldidagi sadoqati, yozuvchining tasviricha, uning shaxsiy intilishlaridan yuqori turishi kerak “Xayot — uyqu demak” pyesasida ham diniy mavzu asarning realistik mazmuni bilan duch keladi. O‘z o‘g‘li Sigizmundning kelajak taqdiri haqida habar topgan (munajjimlar shahzodani zolim va daxshatli kimsa bo‘lib yetishadi, deb aytadilar) qirol Basilio, yana ko‘ngilsiz voqealar ro‘y bermasin deb xavfsirab, Sigizmundni qamaydi. Bir necha yil o‘tgandan so‘ng qirol yulduzlarning o‘g‘li haqidagi ma’lumoti to‘g‘riligiga shubxalanadi va shahzodani ozod qilib butun xokimiyatni unga topshiradi. Qirol xonasida uykudan bosh ko‘targan Sigizmund barcha ayonlarni shu jumladan, hamma yoq-qa daxshat solgan qamoqxona boshlig‘ini ham o‘z huzurida ko‘radi, ularning barchasi shaxzodaning istaklarini bajo keltirishga tayyor turadilar. Bu xodisalar Sigizmundni g‘azablantiradi, chunki gunoxi bo‘lmagani xolda, munajjimlar qur’asi bilan, unga shunchalik azob berilishi adolatdan emas edi. Endi Sigizmund tentaklarcha xarakat etib, o‘zi bilan munozaralashgan xizmatchini zindonga tashlaydi, boshqalar xayotiga xavf soladi. Otasiga ham shafqat qilmaydi. Qirol Basilio uni raxmdil bo‘lishga chaqiradi. «Extimol, sen faqat uyqudadirsan va xayol qilarsan» degan fikr tez-tez takrorlanadi. Oxirida ota o‘g‘lini to‘zata olmasligini sezgach, uxlatadigan dori berib uni yana qamoqqa yuboradi. Sigizmund uchun ko‘rgan va boshidan kechirganlari uyqu bo‘lib tuyuladi. Baxt haqida o‘ylash, yashash uchun intilish
bexuda narsa, degan xulosaga keladi. Mag‘rur, kuchli irodali Sigizmund pyesa oxirida mumin-qobil, takdirga tan beruvchi kishi qilib ko‘rsatiladi. Sigizmund — allegorik obraz bo‘lib, xaqiqiy insonga deyarli o‘xshamaydi. U o‘rta asrlarda tasvirlangan mag‘lubiyatga uchragan farishta — shaytonga yaqin. Asar boshida u isyonkor obraz, pyesa oxirida esa yengilgan va tavba qilgan gunoxkordir. Lekin falsafiy-diniy xarakterdagi bu dramada yozuvchi insonni qiziqdiradigan muhim masalalarni ko‘zg‘aydi, chuqur izlanishlarga beriladi, qaxramonning ichki ruxiy kechinmalarini ko‘rsatishga intiladi. Sigizmund «iloxiy farog‘at»ni sezganidan emas, balki turmush ziddiyatlariga duch kelganidan dono bo‘ladi va vijdon azobini boshidan kechiradi. Shu sababli asarning realistik moxiyati uning diniy tomonlarini xiralashtirib qo‘yadi. Kalderon or-nomus masalasiga bag‘ishlangan qator dramalar yaratdi. Lope de Vega ham o‘z zamonasi kishilarini qiziqtirgan oila va or-nomus masalasini «Ayriliqning xavfi», «Nomus g‘alaba-si», «Nomus tufayli azoblanish», «Maxfiy nikox», «Oqilona jazo», shuningdek «O‘z uyida dono», «Jazo o‘ch emas» kabi pyesalarida yoritib bergan edi. Bulardan ba’zilari («Nomus tufayli azoblanish», «Nomus g‘alabasi», «Jazo o‘ch emas»)da, XVII asrda yuz bergan voqearalarga asoslanib, xotindan qattiq o‘ch olishni tasvirlasa ham, lekin yozuvchi ota-ona tomonidan zo‘rlab erga berilgan ayolning fojiali taqdiriga («Jazo o‘ch emas», «Raqs muallimi») achinib qaraydi. Lope to‘kilgan qon tushirilgan dog‘ni yuvmaydi, degan fikrni ko‘p takrorlaydi. Erning gumoni asossiz chiqqani tasvirlangan pyesalarini yozuvchi er-xotinning yarashishi, erning o‘z ayblariga iqror bo‘lishini bayon qilish («Ayb — dalillarda» «Ayriliqning xavfi») bilan tugatadi. Lekin Kalderon bu masalani boshqacha talqin qiladi. «O‘z sha’nining vrachi», «O‘z orsizligining san’atkori», «Yashirin haqorat uchun — yashirincha o‘ch», «Rashk — oliy yovuzlik» va boshqa pyesalarida or-nomus haqidagi traditsion koidalar mukammal o‘z aksini topgan. Shu xaqdagi qonunlar nomus juda mo‘rt u sal narsaga sinib ketishy mumkin, degan qarashga asoslangan edi. Nomussizlik kishi boshidan kechiradigan eng og‘ir sharmandalikdir. Shaxsga nisbatan xiyonat — sha’niga dog‘ soluvchi voqea haqida odamlarda shubxa tug‘ildimi, demak shuning o‘zi taxqirlanganning haqorat etuvchidan o‘ch olishi uchun kifoyadir. Shu yo‘l bilan kishi sha’niga tushgan qora dog‘ yuviladi. «O‘z sha’nining vrachi» dramasi asosida ana shunday fikr yotadi. Pyesaning asosiy personaji don Go‘tyerre, faqat" shubxa bilan, sira gunoxi bo‘lmagan xotini donya Mensiyaki o‘ldiradi va qonli qo‘lini eshikka bosib, qilgan ishidan belgi qoldiradi. Joxil don Go‘tyerre qilgan jinoyatini qirolga sovuqqonlik bilan aytib beradi: «Xunari bor kishi, janobim, eshikka o‘z tamg‘asini qoqib qo‘yadi. O‘z sha’nini qondirish bilan band bo‘lgan men qonli qo‘limdan eshikda nishona Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling