Mavzu: XVII asr adabiyoti


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana10.11.2020
Hajmi0.52 Mb.
#143437
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4--mavzu maruza

ofatidan xoli qiladigan sotsial o‘zgarish bo‘lishi kerak, degan obyektiv xulosa kelib 

chiqadi.  Pyesa  boshqa  asarlarda  uchraydigan  sun’iylikning  yo‘qligi  dramaturg 

realistik mahoratining yana ham ortganini ko‘rsatadi. 

Fransuz  milliy  dramaturgiyasining  asoschisi  va  yaratuvchilaridan  biri 

bo‘lgan Molyerning adabiy merosi barcha xalqlar uchun ham qimmatlidir. Chunki 

Molyer o‘sha zamon adabiyot qonunchilari «tuban» deb atagan komediyani yuqori 

bosqichga ko‘tarib, uni xalqning sevimli janriga, shuningdek, feodal-aristokratiya 

reaksiyasi,  diniy  jaholat,  aqchaning  halokatli  ta’sirini  qoralagan  keskin  kurash 

quroliga ham aylantirdi. 

XVII  asrning  oxiri  va  XVIII  asrning  boshida  yashagan  Fransuz 

dramaturglari  Lesaj,  Volter,  Bomarshe,  shuningdek,  ingliz  yozuvchilari  Drayden, 

Filding va boshqalar Molyer realistik san’ati traditsiyalarini chuqur urganib, undan 

foydalandilar.  Pushkin,  Gogol  va  Belinskiy  Molyer  komediyalaridagi  ziddiyatlar, 

realizmidagi  cheklanganlik  (klassitsizm  estetikasi  prinsiplariga  yon  berishi)ni 

ko‘rsatish bilan birga, uning ijodini yuksak baholaydilar. 

O‘zlarining milliy teatrlari bo‘lmagan o‘zbek sahnasida «Tartyuf», «Zo‘raki 

tabib»,  qozoq  sahnasida  «Tartyuf»,  «Skapenning  nayranglari»,  «Xasis»,  turkman 

sahnasida  «Zo‘raki  tabib»  va  «Yolg‘on  kasal»  komediyalarining  muvaffakiyat 



bilan ko‘rsatilishi Fransuz demokrat shoiri Molyer adabiy merosiga katta qiziqish 

bilan qaraganining yorqin misolidir. 

 

LAFONTEN (1621—  9 ) 



XVII  asr  Fransuz  adabiyotining  yirik  vakili,  mashqur  masalchi  shoir  Jan 

Lafonten (1621— 1695) Shato-Tyerida mayda chinovnik oilasida tug‘ildi. Dastlab 

u  kishlok  maktabqda,  so‘ngra  kolledjda  o‘qiydi;  Hukukshunoslikni  urgansa  ham, 

lekin  ko‘proq  adabiyotga  qiziqadi.  Antik  va  Uyg‘onish  davri  yozuvchilarining 

asarlarini diqqat bilan urganadi. 

Lafontenning  adabiy  faoliyati  kech  boshlanadi.  U  o‘ttiz  uch  yoshida 

Terensiyning «Yevnux» komediyasini qayta ishlaydi. Bu pyesa avtorning bundan 

so‘nggi tanilishi va usishiga zamin yaratadi. 

Lafonten  ijodining  birinchi  davrida  (   7—    )  aristokratii  pretsioz 

adabiyoti  ta’sirida  bo‘ladi.  U  o‘ziga  homiylik  qilgan  ministr  Fukeni  maqtaydi. 

Grek  mifologiyasidan  foydalanib  yaratgan  «Adonis»  (    )  poemasida 

Adonisning  ma’buda  Vene-  raga  bo‘lgan  muhabbatini  tasvirlaydi.  Ishdan 

chetlatilgan va hamalgan Fukega o‘z she’rlari (bilan xayrixoqlik bildirgani uchun 

qirol Lyudovik XIV va uning yangi ministri Kolber Lafontenni yoktirmay qo‘yadi 

va  uni  1663  yilda  Limojga  surgun  qiladi.  Shu  davrdan  boshlab  Lafonten  ijodida 

katta  burilish,  uning  feodal-  absolyut  hokimyatga  munosabatida  jiddiy  o‘zgarish 

ruy  beradi.  Molyer  bilan  yonma-yon  turgan  Lafonten  endi  pretsioz  adabiyotiga 

taqlid etishdan voz kechadi, realistik uslubni o‘zlashtirib, original asarlar yozishga 

kirishadi. 

Lafontenning  bu  davrda  (1664—1674)  yaratgan  ijodiy  mahsuli  cherkov  va 

aristokratik xulq-atvor tankid qilingan she’riy yorqin dalilidir. 

Xayoti  va  adabiy  faoliyatiertaqlardan  iborat  edi.  U  o‘n  yil  ichida  beshta 

«Ertaklar» kitobini yaratdi. Xalqka yaqin turgan Lafonten «Xujayin oldida gunoh 

qilgan  dehqon»  novellasida  aybsiz  aybdor  delenii  yoqlab,  feodal  zulmiga  nafrat 

bildiradi. 

Biroq  Lafontenning  she’riy  ertaqlari  o‘z  mazmuni  va  fosh  etuvchi  kuchi 

bilan bir xi\ qimmatga ega emas. To‘rtinchikitob hukmron sinf va cherkovga qarshi 

qaratilgan  o‘tkir  satirasi  bilan  ayniqsa  xarakterlidir.  Shoir  turmush  quvonchlarini 

cherkov asketizmiga qarshi qo‘yadi. Undagi ertak va novellalar qisqa, ba’zilari bir 

necha  she’riy  satrdan  iboratdir.  Ko‘p  ertaqlarida  («hamshira  Janna»)  cherkov 

xodimlari hajv qilinadi. 

  7   yilda  ministr  Kolber  «din  asoslarini  qo‘poradi»  deb  «Ertaklar»ning 

to‘rtinchi  kitobini  sotishni  taqiqlab  qo‘yadi.  Lafonten  ertaqlari  bundan  so‘ng 

Gollandiyada  bosib  chiqariladi.  Ijodi  absolyutizmga  qarshi  ruh  bilan  sug‘orilgani 

uchun  ham  kirol  va  ministr  Lafontenning  Fransuz  akademiyasiga  saylanishiga 

ruxsat  etmaydi.  Kolber  o‘lganidan  so‘ng,        yilda  Lafonten  akademiyaga  a’zo 

bo‘lib kiradi. 

  9   yilda  Lafonten  masallarining  o‘n  ikkinchi  kitobining  nashr  etilishiga 

erishadi.  Keksayib  kolgan  shoirning  bu  asarida  umidsizlik  kayfiyati  sezilsa  x;am, 

lekin  ba’zi  masallarida  («Ikki  echki»)  absolyutizm  hokimiyatining  yemirilib 



borayotganiga  ishora  yaqkol  ko‘zga  tashlanadi.  Sog‘ligi  yomonlashib  qolgan  La-

fonten bundan so‘ng yangi asarlar yarata olmaydi va u   9  yilda vafot etadi. 

Lafonten o‘z masallari bilan katta shuxrat qozondi. Masal janri absolyutizm, 

shuningdek,aristokratik  reaksiyaga  qarshi  keng  demokratik  guruhlarning 

noroziligini  qulay  va  tushunarli  qilib  bayon  etish  kuroli  edi.  Lafontenning 

xalqchillik  g‘oyalari  faqat  uning  masallaridagina  ochiq  namoyon  bo‘ladi.  Shoir 

masallarining  birinchi  olti  kitobi  1668  yilda,  ikkinchi  besh  kitobi  1678—  1679 

yillarda  nashr  etiladi.  Lafontenning  masallari  o‘zining  demokratik  ruhi  va  satirik 

kuchining o‘tkirligi va ezilgan omma- ning orzu-istaqlarini aks ettirishi bilan shoir 

ijodining  eng  yuqori  chuqqisi  hisoblanadi.  Ezop  davridan  beri  masal  «tuban» 

tabaqalarning  manfaatlarini  ifodalab  kelgan  edi.  Shuning  uchun  ham  klassitsizm 

estetikasi  masalni  badiiy  adabiyotning  quyi  turlariga  kiritib  keldi.  Uning 

nazariyotchisi  Bualo  esa  shoirdan  yiroqlashib,  Lafonten  ijodi  hakida  o‘zining 

«Poeziya sanati» da bir og‘iz ham so‘z aytishga jur’at etolmadi. Shoir masallari-

ning  ko‘pchiligi  chukur  gumanistik  g‘oya  va  haqqoniy  realistik  tasvirga  boydir. 

Lafontenning  klassitsizm  estetikasining  adabiy  normalari  doirasidan  chiqib, 

original asar yaratishdagi maho- ratini «O‘tinchi va o‘lim» masalida yakqol ko‘rish 

mumkin.  Shu  sabab-  li  Bualo  bu  masaldan  norozi  bo‘lib,  uni  o‘z  didiga  moslab 

qayta ishlaydi. Lekin u, Lafonten erishgan chuqur mazmun va badiiy yuksaqlikka 

erisha  olmaydi.  Lafonten  va  Bualo  antik  masalchisiEeopdagi  bir  syujetdan 

foydalanganlar. (Og‘ir mehnat va turmush mashaqqatidan tinkasi qurigan o‘tinchi 

dehqon  bu  dunyo  bilan  xayr-  lashmoq  maqsadida  o‘z  oldiga  azroilni  chaqiradi. 

Azroil  o‘tinchidan  nimani  istashini  so‘raganda,  undan  qo‘rqib  ketgan  dehqon  bir 

bog‘lam o‘tinni ko‘rsatib, uni yelkasiga olib qo‘yishni iltimos kiladi.) 

Klassitsist Bualo o‘z masalida kambag‘al o‘tinchi haqidagi kul- gili ertakni 

hikoya  etib  berishdan  nariga  o‘tmaydi,  o‘tinchining  og‘ir  ahvoliga  achinmaydi, 

uning qashshoqligining ijtimoiy sabab- lariga qiziqmaydi ham. Gumanist yozuvchi 

Lafonten esa bu masalaga boshqacha yondashadi va kambag‘alning og‘ir ahvoliga 

achinib,  bu  oddiy  insonning  mashaqqatlarni  yengish  uchun  zo‘r  'ishonch  bilan 

yashashini  ochiq-oydin  tasvirlaydi.  Dehqonning  qashshoqlanishiga  sabab  bo‘lgan 

ijtimoiy  illatlar,  so‘rab  olgan  muhitning  yaramasligini  ifodalash  bu  masalning 

asosiy g‘oyasini tashkil etadi. 

Yozuvchining dastlabki kitobida ham realistik tasvir va demokratik ruh bilan 

sug‘orilgan  masallari  anchagina.  Bu  kitobda  aristokratiyaning  mag‘rurligini 

masxara  qilgan  «Dub  va  hamish»,  burjuaziyaning  qo‘rqoqligini  ko‘rsatgan 

«Kalamushlar kengashi», saroy tekinxurlarini qoralagan «Pashsha bilan chumoli», 

adolatsiz  sudni  tanqid  qilgan  «Maymunlar  sudida  tulkiga  qarshi  shikoyat  bilan 

chiquvchi bo‘ri», absolyut hokimiyat zulmiga ishora etgan «Kasal arslon va tulki», 

shuningdek,  ruhoniy  va  dvoryanlarning  yovuzliklarini  fosh  etuvchi  bir  qator 

masallari  diqqatga  sazovordir.  Biroq  bu  masallarida  siyosiy-ijtimoiy  hayotdan 

ko‘ra  maishiy  hodisalar  tasviri  ustun  turadi  va  bu  hodisalar  abstrakt  holda  talqin 

qilinadi. Ijtimoiy ziddiyatlar inson tabiatida azaldan mavjud bo‘lgan kamchiliklar 

deb  ko‘rsatiladi.  «Bo‘ri  bilan  qo‘zichoq»  masalining  ma’nosi  zo‘r  hamma  vaqt 

bo‘lib chikadi, degan mavhum xulosa bilan tugallanadi. 



Dastlabki  masallarida  qirol—arslonning  yirtqichligi,  zo‘ravonligi  orkali 

qirolga  faqat  ishora  qilinsa,  «Masallar»ning  ikkinchi  nashriga  kirgan  kitoblarida 

endi «hayvonlar shohi» zulm va adolatsizlikni mujassamlantirgan monarx sifatida 

satira  ostiga  olinadi.  Arslon  va  uning  atrofidagi  yirtqich  hayvonlar  orkali  shoir 

mustabid  qirol  va  saroy  aqlini  ifodalaydi.  Masaldan  kelib  chiqadigan  xulosa  ham 

aniq va chuqur sotsial ma’- noga egadir. 

«Yirtqich  hayvonlar  o‘lati»  masalida  ham  yomonlik  va  zulm  man-  bai  — 

saroy,  qirol  va  uning  yordamchilari  qoralanadi.  Ularning  hayoti  zo‘ravonlikka, 

kambag‘allarni ekspluatatsiya qilishga asos- langan, shuning uchun hukmdorlardan 

yaxshilik, shafqat kutish mum- kin emas, degan xulosa masalning asosiy g‘oyasini 

ifodalaydi. 

Shoirning  ikkinchi  to‘plamiga  kirgan  masallarida  sotsial  satira 

keskinlashadi.  Pul  hukmronligi  va  uning  halokatli  ta’sirini  («Etikdo‘z  va  ulgurji 

savdogar»),  sudning  sotqinligini  («Mushuk,  laycha  va  quyon»)  qirollik  hukumati 

va  din  ahllarining  yovuzliklarini  («Arslon,  bo‘ri  va  tulki»,  «Ona  arslonni 

ko‘mishmarosimi», «Ruhoniy va murda») masallarida katta badiiy kuch bilan aks 

ettiradi. 

Lafontenning  dastlabki  masallari  tasviriga  xos  kinoya  va  ko‘zatuvchilik 

o‘rnini,  endi  7 -yillarning  oxiriga  kelib,  qonkret  sotsial  satirik  va  realistik  tasvir 

egallaydi. Xayvonlarning allegorik figurasi o‘rniga inson obrazi paydo bo‘ladi. Bu 

yillari  shoir  qirol  Lyudovik  XIV  ning  bosqinchilik  urushini  qoralagan  va  tinch 

ijodiy  mehnatni  ardoqlagan  chuqur  mazmunli  masallar  («Dunaylik  dehqon», 

«Savdogar,  dvoryan,  chupon  va  shoh  o‘g‘li»)  yaratish  bilan  keng  xalq  ommasi 

o‘rtasida shuhrat qozondi. 

Lafonten  antik  dunyo,  o‘rta  asrlar  va  Uyg‘onish  davri  masal-  chilik 

traditsiyalarini urganib, ularga favqulodda realistik xarakter va satirik ruh kiritadi, 

bu  janrni  yangi  badiiy  yuksak-  likka  ko‘taradi.  Uning  masallari  soddaligi  va  o‘z 

davri ijtimoiy hayotini keng hamrab olishi, meqnatkash omma manfaatlarini qizgin 

himoya  qilib  chiqishi  bilan  qimmatlidir.  Belinskiy  I.  Krilovning  masallari  haqida 

yozib,  masal  badiiy  buyog‘i,  o‘z  belgilari  va  xarakterlari  bilan  kichik  povest  va 

drama bo‘lishi kerak, deb ko‘rsatgan edi. Hiqatan ham Lafonten — mana shunday 

masallar  yaratib  XVII  asr  Fransuz  adabiyoti  va,  xususan,  masalchilik  janrining 

rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. Shuning uchun ham Pushkin Fransuz xalqi ruhiy 

boyligini  mujassamlantirgan  Lafontenni  buyuk  masalchi  sifatida  Krilov  bilan  bir 

qatorga qo‘ygan edi. 

BU ALO (1636— 7  ) 

 Klassitsizm  adabiy  uslubining  yirik  nazariyachisi  shoir  Ьualo  Parijda 

burjua-chinovnikoilasida  tug‘ildi.  U  diniy  aqidalar  va  huquqshunoslikni  urgandi, 

so‘ngra advokat bo‘lib ishlaydi. Satiralar yozib shuhrat qozongach, Bualo butunlay 

adabiyot  bilan  shugullanadi.  1673  yilda  Lyudovik  XIV  Bualoni  saroy  tarixchisi 

qilib  tayinlaydi.        yilda  Bualo  Fransuz  akademiyasiga  a’zo  bo‘lib  saylanadi. 

Adabiy  faoliyatining  dastlabki  bosqichida  yozgan  satiralarida  shoir  qonunchi 

lo‘ttibozlar, munofiq taqvodorlar, kekkaygan dvoryanlar va boylikka hirs qo‘ygan 

kishilarni qattiq qoralaydi. Bualo satiralardan tashqari, nomalar, epigrammalar ham 

yozadi.  «Roman  qahramonlari»  nomli  parodiyali  dialogida  (    )  shoir  feodal 


o‘zboshimchaligi  bilan  bog‘langan  XVII  asr  aristokrat  —  pretsioz  adabiyotini 

qattiq tanqid qiladi. 

Bualoning  muhim  asari  «Poeziya  san’ati»  nomli  didaktik  poemasidir,  shoir 

bu  asarida  klassitsizm  adabiy  uslubining  qoi-  dalarini  asoslab  berdi.  Bualo 

Dekartning falsafiy metodinibadiiy adabiyotga tatbiq qildi. Klassitsistlar estetikasi 

uchun  xarakterli  narsa  aql-idrokka  tayanishdir.  Bualoning  fikricha,  aql-idrok 

san’atning  oliy  maqsadi  bo‘lgan  go‘zallikni  yaratadi.  Aql-idrok  vositasi  bilan 

Bualo  antik  jamiyatda  yaratilgan,  guyo  hamma  davr  uchun  bir  xil  qimmatga  ega 

bo‘lgan,  lekin  o‘rta  asrlarda  yo‘qolib  ketgan  va  endi  faqat  yukori  guruxlarga 

ma’lum bo‘lgan oliy -badiiy didni tushunadi. Uning shahar va saroyni urganingiz, 

degan shiori shundan kelib chikadi. Bualo saroy doirasidagi kishilar talabiga javob 

beradigan  asar  yozishga  chaqiradi.  U  absolyutizm  g‘oyalarining  maddohi  edi. 

Shuning uchun ham hamma «tuban», «qo‘pol» narsalarni rad etgan Bualo xalq va 

uning oddiy turmushini aks ettirgan Molyerni iqoralaydi. 

Klassitsizm  adabiyoti  antik  madaniyatga  ergashishdan  kelib  chiqdi. 

Uyg‘onish  davrida  grek  va  Rim  san’atini  urganish  o‘rta  asr  diniy-asketik 

dunyoqarashiga  norozilik  bildirish  uchun  kerak  edi.  Birok  bu  voqea  XVII  asrda 

Fransiyada  o‘ziga  xos  shaql  va  ma’naviy  mazmun  kasb  etadi.  Ular  antik 

yozuvchilar asarlarini o‘sha davr hayotini realistik tasvirlashda namuna bo‘ladigan 

bir  ijod  deb  emas,  balki  qonkret  tarixiy  sharoitga  bog‘liq  bo‘lmagan  mavhum 

go‘zallik ideali .namunasi deb kabul qiladilar. Klassitsizm vakillari uchun o‘z davri 

kishilari  turmushini  urganishning  zaruriyati  yo‘q,  antik  adabiyot  klassiklari 

yaratgan  obrazlar,  ular  tasvirlagan  xarakterlar  va  qadimgi  adabiyotni  urganish  va 

unga  taqlid  qilish  yetarlidir.  Chunki  tiplar,  ularning  tushunishicha,  mangu  va 

o‘zgarmasdir.  Shu  sababli  klassitsizm  asoschilari  badiiy  ijod  normalari,  uning 

o‘zgarmas  va  mutlaq  qonunlarini  belgilashga  harakat  qiladilar.  San’atni  qat’iy 

qoida  va  qolipga  soladilar.  Klassitsizm  nazariyasi  olimlarning  mavhum  aqliy 

mulohazalaridan  kelib  chiqqan  bo‘lsa  ham,  lekin  ularning  antik  san’atkorlarning 

adabiy  tajriba  va  metodlarini  urganishga  intilishlari  o‘sha  davr  uchun,  shubhasiz, 

ijobiy hol edi. Lekin ular Aristotelning antik adabiyotni yakunlab bergan va asosiy 

belgilari bilan  materialistik  bo‘lgan estetikasini tushunib  yetmadilar, unga formal 

taqlid qildilar. Shuning uchun ham klassitsizm yozuvchilari yaratgan obrazlardagi 

mavhumiylik va sxematizm adabiyotning keng realistik yo‘lda rivojlanishiga yo‘l 

bermas  edi.  Bualo  estetikasidagi  realistik  tendensiyaning  chegaralanganligi  ana 

shundan kelib chikadi. 

Pushkin  «Xalq  dramasi  hakida»  maqolasida  klassitsizm  adabiyoti  paydo 

bo‘lgandan  boshlab  xalq  (Shekspir)  tragediyasi  bilan  saroy  (Rasin)  tragediyasi 

o‘rtasidagi  katta  farkni  ko‘rsatib  o‘tgan  edi.  Bu  farq  shundan  iborat  ediki.  xalq 

tragediyasi ijodchisi o‘z tomoshabinlariga nisbatan ancha ma’lumotli edi, shuning 

uchun  katta  jasorat  va  kutarinki  ruh  bilan  ular  talabiga  javob  beradigan  erkin 

asarlar  yarata  bildi.  Saroyda  esa  yozuvchi  o‘zini  tomoshabindan  tuban  deb  his 

kiladi, u «baland martabali» kishilar didiga yoqish uchun o‘z erkinligidan kechadi, 

ularni  ranjitib  quymaslikka  intiladi,  natijada  istar-istamas  sun’iylikkaberiladi, 

realistik  tasvir  o‘rnini  sxematizm  egallaydi.  Saroy  tragediyalari  tilidagi 

dabdabalilik saroy aqliga yoqishga urinishdan kelib chiqqandir. 


Biroq  XVII  asr  Fransuz  adabiyotining  ilg‘or  yozuvchilari  (Molyer, 

Lafonten)  klassitsizmning  qotib  qolgan  qoidalari  doirasidan  chetga  chiqib,  yirik 

realistik asarlar yaratishga erishadilar. 

 

JAN RASIN 



(1639—  99) 

XVII  asr  Fransuz  adabiyotining  yirik  dramaturgi  Rasin  provinqiya  shaxari 

Ferte-Milonda  sud  chinovnigi  oilasida  tug‘ildi.  Ota-onadan  yosh  yetim  kolgan 

Rasinni  buvisi  Bove  shaqridagi  kolledjga  o‘qishga  beradi.  U  maktabda  (   9—

    ) hukmron katolikcherkoviga qarshi oppoziqiyada bo‘lgan yansenistlar sektasi 

tarafdorlari qo‘lida tarbiya ko‘radi.      yilda yana uqishini davom ettirish uchun 

u Por-Royalga kuchiriladi. Yansenistlarning o‘qitishmetodi iyezuitlarning sxolastik 

metodidan  farq  qilar  edi.  Shuning  uchun  ham  Rasin  bu  yerda  filologiya  bilan 

shug‘ullanadi. 

So‘ngra u Parijga kelib, Garkur kolledjida o‘qiydi va falsafakursini tugatadi. 

Yansenistlar bolani asketik ruhda tarbiyalashga urinadilar. Lekin yosh Rasin 

poeziyaga qiziqadi. Antik yozuvchilarining asarlarini zo‘r havas bilan urganadi va 

badiiy  ijodga  kirishadi.  Rasin  Lyudovik  XIV  ning  uylanishiga  bag‘ishlab  yozgan 

qasidasi bilan nom chiqaradi. U Molyer va Lafontenga yaqinlashadi. 

.  1664  yilda  Molyer  teatri  yosh  dramaturgning  birinchi  mustaqil  asari 

«Fivaida yoki dushman aka-ukalar» tragediyasini sahnaga qo‘yadi. Rasin «Buyuk 

Aleksandr» tragediyasini avval Molyer teatrida ko‘rsatadi, lekin tezda undan olib 

bu teatrga rakobatchi Burgund Oteli teatriga beradi. Bu hodisa sahna san’ati haqida 

Molyer  va  Rasin  qarashlaridagi  prinsipial  ziddiyatlardan  kelib  chiqadi.  Kornel  va 

Molyerdan  yiroklashgan  Rasin  shoir-nazariyachi  Bualoga  yaqinlashadi.  1667—

1669  yillarda  ketma-ket  «Andromaxa»,  «Sudbozlar»,  «Britannik»  pyesalari 

sahnaga qo‘yildi. «Britannik» tragediyasiga Bualo yuqori baho beradi. 

1670  yilda  mashhur  tragik  yozuvchi  Kornel  va  Rasin  bir  syujetda  ikki  asar 

—«Tit  va  Berenika»,  «Berenika»  tragediyalarini  yaratadilar.  Bu  musobaqada 

Rasinning pyesasi ustun chiqadi. «Berenika» tragediyasida Rasin shaxsiy manfaat 

bilan  ijtimoii  burch  bir-biriga  zid  kelmasligi  kerakligi  va  monarxiya  tuzumining 

gumanizmga zid ekanini ko‘rsatadi. 

Rasin 1672 yilda turk saroyi urf-odatlarini aks ettirgan «Bayazit»,   7  yilda 

«Mitridat»  tragediyalarini  yozadi.  «Ifigeniya  Avlidada»  (  7 )  pyesasi 

dramaturgga  yangi  muvaffaqiyat  keltiradi.  Agar  Volter  «Berenika»  tragediyasini 

zaif deb atagan bo‘lsa, «Ifigeniya»ga yuqori baho beradi. 

Saroy intrigalari natijasida Rasinning eng yaxshi tragediyasi «Fedra» (  77) 

sahnada  muvaffaqiyatsizlikka  uchraydi.  Unga  nisbatan  qasddan  uyushtirilgan 

ig‘vodan  so‘ng  yozuvchi  drama-  turgiyani  tashlaydi  va  saroy  tarixchisi  bo‘lib 

qoladi. O‘n ikki yil o‘tgach, qizlar pansionining boshlig‘i de Mentenon xonimning 

iltimosi  bilan,  uch  aktli  «Esfir»  tragediyasini  yozadi.  Rasin    9   yilda  so‘nggi 

asari—«Gofoliya»  («Ataliya»)  tragediyasini  yaratadi.  Bu  pyesalarida  mutlaq 

hokimning  o‘zboshimchaliklariga  qarshi  norozilik  alomatlari  ochik;  ko‘rinib 

turadi. 


Yozuvchining so‘nggi asarlari Lyudovik XIV ni g‘azablantiradi va u Rasinni 

yoqtirmay  qo‘yadi.  Natijada  yozuvchi  hayotining  so‘nggi  yillari  osoyishta 

o‘tmaydi va, nixoyat, u   99 yilda vafot etdi. 

Rasin dunyoqarashida yuz bergan ziddiyat istibdod-monarxning xukmronlik 

qilishi  haqidagi  illyuziya  bilan  uning  o‘zboshimchaliklariga  qarshi  nafrat 

bildirishida  ko‘rinadi.  Absolyutizmga  ishonch  Rasindagi  realistik  yo‘nalishning 

keng  rivojlanishiga  to‘siq  bo‘ladi.  Lekin  Rasin  o‘zining  eng  yaxshi  asarlarida 

voqelikning haqqoniy tasviriga erishadi. Yozuvchi insonning qadr- qimmati uning 

kelib chiqishiga qarab emas, balki shaxsiy sifatlariga asoslanib belgilanishi kerak, 

degan  xulosaga  keladi.  U  sosloviyalik  tengsizlik  asosida  yuzaga  kelgan  feodal-

aristokratiya  jamiyatini  qoralaydi.  Rasin  asarlarida  realistik  belgilar  asta-sekin 

shartli  abstraktlikni  surib  chiqara  boshlaydi.  Rasin  dunyoqarashida  uchragan 

ziddiyat  uning  adabiy  metodida  ham  kurinadi.  Klassitsistlar  estetikasi  koidalariga 

amal qilgan dramaturg uch birlik talablariga buysunadi, syujetni antik adabiyotdan 

oladi,  sahnada  hukmron  doiralar  va  ularga  yaqin  turgan  shaxslar  ko‘rsatiladi. 

Ommaviy  ko‘rinishlardan  voz  kechadi.  Ish-  tirok  etuvchilar  sonini  kamaytiradi. 

Sahnada  voqea  qahramon-  larning  harakati  bilan  ochilmaydi,  balki  bo‘lib  o‘tgan 

yoki  bo‘layotgan  hodisalarni  dabdabali  so‘zlar  bilan  hikoya  qilib  berish  orqali 

tushuntiriladi.  Klassitsizmning  bu  shartli,  abstrakt  varatsional  qonunlari  Rasin 

ijodiga  salbiy  ta’sir  etmasligi  mumkin  emas  edi.  Lekin  dramaturg  bu  adabiy 

qonunlar doirasida o‘ralashib qolmaydi. U qahramonlarning faqat ijobiy tomonini 

emas, balki kamchiliklarini ham, umuman, sahnada ko‘rsatish mumkin bo‘lmagan 

voqealardan  boshqa  hamma  narsani  aks  ettirish,  o‘zluksiz  deklomatsiyaga 

berilmaslik  kabi  realistik  talablarni ham  ilgari surdi.  Rasin  gumanistik  g‘oyalarni 

qat’iy  himoya  qilib,  hukmron  doiralarning  zo‘ravonlikka  asoslangan  siyosatlarini 

qoralagan  eng  yaxshi  tragediyalari  («Andromaxa»,  «Britannik»,  «Fedra»)da 

pretsioz  adabiyotining  xashamdorligini,  klassitsizmning  shartli  mavhumiyligini 

ham yengib, favqulodda aniqlikka erishadi. 

«Andromaxa»  (   7)  Rasin  ijodida  yuz  bergano‘zgarishni  ifodalagan 

birinchi  yirik  tragediyadir.  Yozuvchi  pyesaning  syujetini  antik  mifologiyadan 

olgan.  Asarning  bosh  qahramoni  Troya  pahlavoni  Gektorning  xotini 

Andromaxadir. 

Shahar  greklar  tomonidan  bosib  olinib,  unta  o‘t  qo‘yilgan.  Gektor  Axilles 

tomonidan o‘ldirilgan bo‘lib, beva qolgan Andromaxa yosh o‘g‘li Astianaks bilan 

Axillesning  o‘g‘li  Epir  shohi  Pirr  qo‘liga  asir  tushadi.  Mayus  asira  jasur  va 

shafqatsiz Pirrda muhabbat uyg‘otadi. Biroq qahramon Pirr bu ayol oldida o‘zini 

yo‘qotib qo‘yadi. Lekin Andromaxa erini o‘ldirgan va xalq boshiga kulfat solgan 

kishining  o‘g‘lini  sevishi  mumkin  emas  edi.  Shuning  uchun  ham  Pirr  goh 

g‘azablanib,  uning  o‘ziga  buysunishini  talab  qiladi,  o‘g‘lini  jazolash  bilan 

qo‘rqitadi,  goh  unga  yalinib-  yolvoradi.  Andromaxa  farzandi  uchun  tug‘ilgan 

xavfni  bartaraf  etish  maqsadida  bir  makr  ishlatishga  qaror  qiladi.  U  Pirr  bilan 

nikohdan  o‘tadi-ku,  lekin  o‘sha  kuni  o‘zini  o‘ldirmoqchi  bo‘ladi.  Pirrni  sevuvchi 


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling