Mavzu: XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning birinchi yarmida xiva xonligi reja


Download 29.07 Kb.
bet5/9
Sana18.06.2023
Hajmi29.07 Kb.
#1567258
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Xiva xonligi

Josus Jeyms Abbot
Xonlikda ingliz razvedkasi ham faoliyat boshladi. Chunonchi, 1840-yilda Xivaga kapitan Jeyms Abbot keldi va u Olloqulixon bilan uchrashdi. U Xiva xonini Rossiyaga qarshi harbiy istehkomlar qurishga da'vat etdi. U bunday istehkomlar qurilishi mumkin bo'lgan joylarni aniqlash bo'yicha ish olib borayotgan paytda Rossiya harbiylari tomonidan asir olindi va Peterburgga jo'natildi. U yerdan Londonga jo'natib yuborildi. Shu tariqa Buyuk Britaniya razvedkasi Xiva va Rossiya o'rtasida harbiy harakatlar keltirib chiqarishdek maqsadiga erisha olmadi.
«Majburiyatlar akti»
Rossiya hukumati Xiva xonligi bilan munosabatlarga aniqlik kiritish maqsadida
G. Danilevskiy boshchiligidagi elchilik missiyasini yubordi.
Muzokaralar davom etayotgan kunlarda Olloqulixon vafot etdi. Taxtni o'g'li Rahimqulixon egalladi. Muzokaralar yakunida 1842-yilning 27-dekabrida Xiva-Rossiya o'rtasida «Majburiyatlar akti» deb ataluvchi shartnoma imzolandi.
Aktda Xiva xonining Rossiya bilan tinchlik, mustahkam do'stlik munosabatida bo'lishi e'lon qilindi. Bundan tashqari, Aktda Xiva xoniga: Xivaning Rossiyaga nisbatan dushmanlik harakatlaridan voz kechishi, savdo karvonlarining hamda qozoq qabilalarining talanishiga yo'l qo'ymaslik; rus asirlarini saqlamaslik; Rossiya fuqarolarining shaxsiy va mulkiy xavfsizligini ta'minlash kabi majburiyatlar yuklandi.
Shuningdek, ikki davlat o'rtasidagi savdo aloqalariga ham katta e'tibor berildi. Chunonchi, boj to'lovlari Rossiya tovarlari qiymatining 5% miqdoridan oshmasligi belgilab qo'yildi. Biroq «Majburiyatlar akti» qog'ozda qolib ketdi. O'zaro munosabatlar keskinlashib bordi.


Xiva xonligining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti
Ijtimoiy hayotning o'ziga xos xususiyati
Xiva xonligining ijtimoiy hayotida Buxoro xonligidagidek sokinlik hukm surardi.
Bu sokinlikning sababi-xonlikning jahon taraqqiyotidan deyarli uzilib qolganligida edi. Mamlakatda uzoq vaqt siyosiy tarqoqlik hukm surgan, natural xo'jalik ustun bo'lgan, to'xtovsiz davom etgan o'zaro ichki urushlar hamda tashqi hujumlar oqibatida mamlakat iqtisodiyoti izdan chiqqan sharoitda ijtimoiy hayotning bundan boshqacha bo'lishi mumkin emas edi. Hukmron tabaqalarning aksariyat qismi davlat, millat taqdiridan ko'ra o'zlarining shaxsiy manfaatlarini ustun qo'yganlar.
Xonlik aholisi
XIX asrning 20-yillari boshlaridagi ma'lumotlarga ko'ra Xiva aholisining soni 300 ming kishini tashkil etgan. Bu raqam qat'iy bo'lmasdan xonlik hududining kengaya borishi bilan xonlik fuqaroligini qabul qilganlarning soni ko'payib borgan.
Xonlik poytaxti Xiva shahrida 4 ming aholi yashagan. Aholining katta qismi o'zbeklardan iborat bo'lgan. Undan keyingi o'rinlarni turkmanlar, qoraqalpoqlar va qozoqlar egallashgan. Q'zbeklar, asosan, qo'ng'irot, nayman, qiyot, uyg'ur, nukuz, qang'li, xitoy, qipchoq kabi qabilalariga mansub bo'lgan.
Ularning har biri, asosan, o'zlariga ajratilgan yerlarda joylashgan. Har biri alohida-alohida kanalga ega bo'lishgan. Har bir qabila o'zlariga qarashli sug'orish inshootlami tiklash va ta'mirlash ishlarida qatnashgan. Har bir qabilaning kanali ham shu qabila nomi bilan atalgan.

Download 29.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling