Mavzu: Yadro yemirilishlar. Reja: Kirish Asosiy qism
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Xulosa Atom yadrolarining o`z-o`zidan yemirilib, og`ir fragmentlarni chiqishi hali uzoq muddat nafaqat eksprimentatorlarni, balki nazariyotchilar diqqatini tortadi. Hozirgi vaqtda yadrolarning klaster yemirilishi intensiv ravishda o`rganilmoqda. Bu hodisaning nazariy interpretatsiyasiva keyingi o`lchovlarni pragnozqilish bo`yicha bir qator masalalar yechilmoqda.Bu tipdagi yemirilishlar bo`yicha ish borilganda Mendeleyev davriy sistemasining o`rtasida joylashgan yadrolarning bu tipdagi yemirilishga berilishi ustida ilmiy ishlar olib borilmoqda. Klaster yemirilishda yanada passivroq elementlar uchib chiqishi mumkinligi ustida izlanishlar olib borilmoqda. O`tishlarning nozik strukturasini hosilaviy yadrolarning qo`zg`algan holatlari bilan bog`liqligi pronsopial ahamiyatga ega. Toq va toq-toq yadrolarning yamirilishida juft-juft zarralarning ciqishi hosilaviy yadrolarning pastki energetik sohalarida turli-tuman o`tishlar borligidan dalolat beradi. Bundan tashqari yaqin yillarda X-strukturasi payda bo`lishi mumkin. Bu struktura klaster yemirilishda yadro sathlarining xarakteristikalarini chuqur o`rganishi bilan bog`liq bo`ladi. Kurs ishining asosiy xulosasi shundan iboratki, kvant mexanika nuqtai nazaridan atom yadrolarini nuklonlar sistemasi deb va shu vaqtning o`zida turli tabiatga ega katta sondagi klasterlar sistemasi deb qarash mumkin. Bu esa berilgan yadroning yemirilishi natijasida tug`iladigan va bu yadro bilan turli yadro reaksiyalariga kirishadigan zarrachalar unda mavjud klasterlardan shakllanadi degan ma`noni anglatadi. Yadroning qobiq modeli klasterlarning effektiv sonlarini yadrolarga energetik va fazoviy taqsimotlarni hisoblashga yaxshi asos bo`lib xizmat qiladi. Yadrolar ko`p kvarkli tabiatga ega klasterlarni tadqiq etish ulaning turli yadro reaksiyalardagi ishtiroklarni o`rganish kvark materiyasining tabiatini o`rganish imkoniyatlarini ochadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling