Mavzu: Yadro yemirilishlar. Reja: Kirish Asosiy qism
o’rniga to’ldiruvchi donalarining sement qorishmasidagi zichligi – ρ
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
3
o’rniga to’ldiruvchi donalarining sement qorishmasidagi zichligi – ρ z s.t olinadi (3) formula. Bo’shliqlik – bu to’ldiruvchilarning muhim xarakteristikasi xisoblanadi. Zich konstruksion betonda barcha bo’shliqlar sement qorishmasi bilan to’lishi kerak. Shu sababli bo’shliqlik qancha kam bo’lsa, betonda sement sarfi xam shuncha kam bo’ladi. Yirik g‘ovakli betonda esa aksincha, yani to’ldiruvchilarning bo’shliqligi katta bo’lishi kerak . To’ldiruvchi bo‘shliqligi, donalar shakli va donadorlik (granulometrik) tarkibiga bog‘liqdir. To’ldiruvchilarning dona g‘ovakligi G‘ovaklik - to’ldiruvchi donasidagi barcha g‘ovaklarning xajmlari yig‘indisini dona xajmiga nisbatiga aytiladi. Ko’pincha xar bir donaning aloxida g‘ovakligi emas, balki olingan namunadagi donalarning o’rtacha g‘ovakligi aniqlanadi. Agar donalar zichligi – ρ 3 va to’ldiruvchi modda zichligi – ρ malum bo’lsa, u xolda g‘ovaklik quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: Agar formuladagi ρ 3 o’rniga sement qorishmasidagi donalar zichligini qo’ysak, u holda barcha g‘ovaklik emas, balki uning qismi aniqlanadi, yani betonda sement qorishmasi to’ldirmaydigon g‘ovaklik aniqlanadi. Umumiy g‘ovaklikdan kelib chiqib ochiq g‘ovaklarni aniqlaymiz va natijada betonning to’ldiruvchilarining ochiq g‘ovaklarini to’ldirish uchun sarflanadigan qo’shimcha sement qorishmasi xajmi aniqlanadi. To’ldiruvchilarning namligi va suvshimuvchanligi To’ldiruvchilarning namligi va suvshimuvchanligini aniqlashda donalar g‘ovakligi asosiy omillardan biri xisoblanadi. To’ldiruvchilar namligini aniqlashda namuna tarozida tortiladi va 105°S da quritish shkafida doimiy massaga kelgunicha quritiladi. To’ldiruvchilarning namligi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: Bu erda: m nam - to’ldiruvchi namunasining tabiiy holatdagi massasi, g m kur - to’ldiruvchi namunasining quruq xolatdagi massasi, g To’ldiruvchilarning suvshimuvchanligi W cshm. (massa bo’yicha % da) aniqlashda, quruq yirik to‘liruvchilar namunasi suvga 48 soat davomida solib qo’yiladi, so’ngra 1 soat yoki boshqa vaqtda texnik shartlar yoki texnik talablarga ko’ra donalar yuzasidagi suvlardan qutuladi va torozida tortib olinadi: bu erda: m ssh – suvga shimdirilgan to’ldiruvchilar namunasining massasi, g. Sinash natijasida donalar yuzasidagi suvni yo’qotish maxsus jaraënga kiritiladi. UzRST bo’yicha shag‘al va shag‘al yuzasi yumshoq latta bilan artiladi. UzRST ga ko’ra yirik g‘ovakli to’ldiruvchilarning suvshimuvchanligi perforirlangan konteynerlarda aniqlanadi. Konteyner va undagi to‘ldiruvchilar namunasi birgalikda suvga solib qo’yiladi, 10 min suvdan chiqarib qo’yilib (ortikcha suvdan xalos etiladi), so’ngra tarozida tortib, hisob-kitov ishlari bajariladi. Ichki g‘ovaklarda mavjud suvni chiqarib tashlash qiyin. Mayda to’ldiruvchilar uchun esa bu jaraënni o’tkazish yanada qiyin. SHu sababli mayda to’ldiruvchi(qum)lar uchun bunday sinovni o’tkazish standartda ko’rsatilmagan. G‘ovak qumning suvshimuvchanligini aniklash AQSH standartiga ko’ra quyidagicha aniklanadi: qum namunasi suvda namlanadi, so’ngra issiq xavo oqimida quritiladi. Qumdan konus yasaladi. Qolip olinadi, agar konus cho‘kmasa quritish davom ettiriladi. Qachonki qolip olinganda konus cho’ksa, u holda donalar orasidagi suvdan xalos etildi deb hisoblanadi, fakat g‘ovaklardagi suv qolgan deb hisoblanadi. So’ngra qum tarozida tortiladi, doimiy massagacha quritiladi. Suvshimuvchanlik quritilguncha va quritilgandan so’ngi massalar nisbati bo’yicha topiladi. Qumning suvshimuvchanligini betonda sinashda aniklash muxim xisoblanadi. Ko’p hollarda yirik to’ldiruvchining suv shimuvchanligi xajm bo’yicha % da aniqlanadi, yani shimdirilgan suv hajmining dona hajmiga nisbatiga ko’ra topiladi. Massa bo’yicha % da suvshimuvchanlik – W sshm. va dona zichligi – ρ 3 malum bo’lsa, hajm bo’yicha % da quyidagi formuladan topiladi: W s.sh.x. hamma vaqt to’ldiruvchilar donasi g‘ovakligidan kichik bo’ladi, chunki barcha g‘ovaklar ham suv bilan to’lmasligi mumkin. W sshx va V g‘ovak dan kelib chiqib, g‘ovaklarning qaysi xajmi suv bilan to’lishi mumkinligi haqida ma’lumotga ega bo’lamiz. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling