Mavzu: Yagona identifikatsiya tizimi
Download 130.91 Kb.
|
5. Yagona identifikatsiya tizimi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Kelishuv predmeti
- 3. Kelishuvni tuzish tartibi
- 4. Identifikatsiya tizimida ro‘yxatdan o‘tish shartlari
- 5. Foydalanuvchining huquqlari va majburiyatlari
- 6. Markaz huquqlari va majburiyatlari
- 7. Kelishuvning amal qilish muddati
- 9. Da’volarni ko‘rib chiqish tartibi
- 10. Nizolarni hal qilish tartibi
Elektron hukumat – davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi;
Elektron davlat xizmati — ariza beruvchilarning so‘rovlariga ko‘ra amalga oshiriladigan, davlat organlarining vazifalarini bajarish bo‘yicha ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat. Agar qonun hujjatlariga muvofiq davlat xizmatlari ko‘rsatish funksiyalari boshqa tashkilotlar zimmasiga yuklatilgan bo‘lsa, ular ham davlat xizmatini ko‘rsatishlari mumkin; Foydalanuvchi – davlat xizmatiga ehtiyoji bo‘lgan va uni olish uchun texnik imkoniyatiga ega bo‘lgan, ushbu Kelishuvda bayon qilingan shartlarda ushbu Kelishuvni tuzgan yuridk va/yoki jismoniy shaxs; Jismoniy shaxs — jismoniy shaxsning pasporti bo‘yicha aniqlanadigan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)ga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs; Yuridik shaxs – O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tashkil qilingan, soliq xizmati idoralarida hisobga olingan, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR)ga ega bo‘lgan tashkilot; ERI – Davlat xizmatlari markazlaridan olish mumkin bo‘lgan elektron raqamli imzo. 2. Kelishuv predmeti2.1. Markaz Identifikatsiya tizimi egasi hisoblangan holda elektron davlat xizmatlaridan ruxsat bilan foydalana olish uchun jismoniy va yuridik shaxslarga Identifikatsiya tizimidan ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatini taqdim etadi. 2.2. Identifikatsiya tizimi tomonidan «Elektron hukumat» tizimidan foydalana olish uchun Foydalanuvchilarni haqiqiy identifikatsiya, autentifikatsiya va avtorizatsiya qilish ta’minlanadi. 3. Kelishuvni tuzish tartibi3.1. Jismoniy shaxs Identifikatsiya tizimida ro‘yxatdan o‘tib, ushbu Kelishuv shartlarini so‘zsiz va to‘liq qabul qiladi hamda «Elektron hukumat» tizimining Foydalanuvchilarini identfikatsiyalash, autentifikatsiyalash va avtorizatsiyalashni ta’minlash uchun o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash va saqlashga rozilik beradi. 3.2. Identifikatsiya tizimida ro‘yxatdan o‘tguncha Foydalanuvchi ushbu Kelishuvning barcha shartlari bilan tanishishga majbur. Identifikatsiya tizimida ro‘yxatdan o‘tgan Foydalanuvchi ushbu Kelishuvning barcha shartlari bilan tanishgan va ularga rozi hisoblanadi, bunda Kelishuv ushbu ommaviy oferta shartlari asosida yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi va ikki tomon tarafidan imzolangan Kelishuv hisoblanadi. Jismoniy shaxsning Identifikatsiya tizimida ro‘yxatdan o‘tgan vaqti ushbu Kelishuv tuzilgan payt hisoblanadi. 4. Identifikatsiya tizimida ro‘yxatdan o‘tish shartlari4.1. Identifikatsiya tizimida ro‘yxatdan o‘tish uchun Foydalanuvchi – jismoniy shaxs quyidagi ma’lumotlarni ko‘rsatishi kerak: biometrik pasport ma’lumotlari (JSHSHIR, biometrik pasport seriyasi va raqami (keyingi o‘rinlarda – shaxsiy ma’lumotlar); login yoki parol yo‘qolganda, hisobga olish yozuvini birlamchi aktivatsiya qilish kodini olish va hisobga olish yozuvini (uchetnaya zapis) tiklash uchun mobil telefonning haqiqiy raqami; login yoki parol yo‘qolganda hisobga olish yozuvini tiklash uchun elektron pochtaning haqiqiy manzili; Elektron raqamli imzo kalitlari (keyingi o‘rinlarda – ERI)ning sertifikati bo‘lganda ERIdan foydalanib ro‘yxatdan o‘tish vaqtida o‘zining hisobga olish yozuvini tasdiqlash huquqiga ega. ERI kalitlarining sertifikati bo‘lmaganda ERIdan foydalanib hisobga olish yozuvini Identifikatsiya tizimida keyingi avtorizatsiya paytida tasdiqlash mumkin. login yoki parol yo‘qolgan holda Foydalanuvchi hisobga olish yozuvini tiklash uchun elektron pochtaning haqiqiy manzilini ko‘rsatishi mumkin; 4.2. ERI kalitining sertifikati Identifikatsiya tizimida ro‘yxatdan o‘tish paytiga amalda bo‘lishi kerak. 4.3. Identifikatsiya tizimida ro‘yxatdan o‘tish uchun Foydalanuvchi – yuridik shaxs 4.1-bandga muvofiq avval jismoniy shaxsning hisobga olish yozuvini ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak. Jismoniy shaxsning hisobga olish yozuvini yaratgandan keyin jismoniy shaxs kabinetida quyidagilar orqali yuridik shaxsni qo‘shish kerak: Yuridik shaxs ERI kalitining sertifikatini; Yuridik shaxsning STIRni. 4.4. Yuridik shaxsni to‘ldiriladigan va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga topshiriladigan 8-son hisobot shaklida ko‘rsatilgan shaxslar ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. 4.5. Mobil telefonning logini, paroli va raqamini bir vaqtning o‘zida aks ettirish imkoni bo‘lmagan holda hisobga olish yozuvini ERIni qo‘llash yoki davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish orqali tiklash mumkin. 5. Foydalanuvchining huquqlari va majburiyatlari5.1. Foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega: idoralararo elektron o‘zaro hamkorlikda davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlardan ruxsat bilan foydalana olish uchun Identifikatsiya tizimida o‘z hisobga olish yozuvidan foydalanish. O‘z shaxsiy ma’lumotlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining «Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonuni 30-moddasining birinchi qismiga muvofiq xatti-harakatlarni amalga oshirish. Istalgan vaqtda bir tomonlama tartibda ushbu kelishuvni bekor qilish va o‘zining hisobga olish yozuvini o‘chirib tashlash yo‘li orqali axborot tizimlari va resurslaridan foydalanishdan voz kechish. 5.2. Identifikatsiya tizimidan Foydalanuvchi quyidagilarga majbur: Identifikatsiya tizimi yoki Identifikatsiya tizimiga ulangan axborot tizimlarining ishlash jarayonini buzishga qaratilgan xatti-harakatlarni amalga oshirmaslik; Ro‘yxatga olish va autentifikatsiyalashda ishonchli bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek ularning aktual holatini ta’minlash, o‘zini boshqa shaxs yoki qandaydir tashkilot vakili qilib ko‘rsatmaslik, o‘zining ERIdan foydalanish; Markaz tomonidan Kelishuv shartlariga kiritilgan o‘zgartirishlarga rozi bo‘lmaganda Identifikatsiya tizimidan foydalanishdan voz kechish va Identifikatsiya tizimiga ulangan axborot tizimlari, resurslari va servislaridan foydalanishni to‘xtatish; o‘zining hisobga olish yozuvlarining saqlanishini ta’minlash uchun kerakli choralarni ko‘rish; konfidensiallik yoki hisobga olish yozuvidan o‘zining foydalana olish vositalari (mobil telefon raqami, login va parol)ning saqlanishi buzilgan holda zudlik bilan login va/yoki parolni o‘zgartirish yoki Markazni xabardor qilish. 6. Markaz huquqlari va majburiyatlari6.1. Markaz quyidagi huquqlarga ega: Identifikatsiya tizimida foydalanuvchining xatti-harakatlarining monitoringini o‘tkazish; Foydalanuvchi tomonidan ushbu Kelishuv talablari buzilgan holda, foydalanuvchining Identifikatsiya tizimiga ulangan axborot tizimlaridan foydalana olishini, shu jumladan Identifikatsiya tizimidagi foydalanuvchining hisobga olish yozuvini bloklash orqali cheklash; Dastlab Foydalanuvchini xabardor qilmasdan Identifikatsiya tizimidan foydalanishning ushbu shartlarini o‘zgartirish. O‘zgartirilgan shartlar Identifikatsiya tizimining bosh sahifasiga joylashtirilishi kerak. Foydalanuvchiga axborot xabarlarini yuborish. 6.2. Markaz quyidagi majburiyatlarga ega: Identifikatsiya tizimi ishlashini (Identifikatsiya tizimiga ulangan axborot tizimlaridan foydalanishda Identifikatsiya tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash, avtoriatsiyalash va autentifikatsiyalashni) ta’minlash; Identifikatsiya tizimida foydalanuvchilar ma’lumotlarining butunligi va o‘zgarmasligini kafolatlash; foydalanuvchilarning Identifikatsiya tizimiga murojaatlari hisobi va statistikasini yuritish; qonun hujjatlari talablari va shaxsiy ma’lumotlardan foydalanish shartlariga muvofiq foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini himoyalashni ta’minlash; 7. Kelishuvning amal qilish muddati7.1. Ushbu Kelishuv Foydalanuvchining Identifikatsiya tizimida ro‘yxatdan o‘tgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va Tomonlar tarafidan to‘liq bajarilgunchaga amal qiladi. 8. Javobgarlik8.1. Markaz uning aybi bilan yuzaga kelmagan shaxsiy ma’lumotlarning yo‘qolganligi uchun Foydalanuvchi oldida javobgar bo‘lmaydi. 8.2. Markaz Identifikatsiya tizimi faoliyatidagi nosozliklar yoki ishlash qobiliyatining yo‘qolishi uchun javobgar bo‘lmaydi, agar ko‘rsatilgan nosozliklar yoki ishlash qobiliyatining yo‘qolishi quyidagilar oqibatida sodir bo‘lgan bo‘lsa: uchinchi shaxslarning Identifikatsiya tizimi dasturiy ta’minotidan ruxsatsiz foydalanishiga va/yoki ko‘rsatilgan dasturiy ta’minotning ishdan chiqishiga qaratilgan xatti-harakatlari. ulangan veb-servislarning ishlamay qolishi. 8.3. Markaz Identifikatsiya tizimidan foydalanish yoki foydalanish imkoniyati bo‘lmaganligi sababli sodir bo‘lgan har qanday bevosita va bilvosita zararlar uchun javobgar bo‘lmaydi. 8.4. Markaz quyidagi hollarda Foydalanuvchining hisobga olish yozuvining xavfsizligi uchun javobgar bo‘lmaydi: Foydalanuvchi tomonidan uchinchi shaxslarga (qasddan yoki ehtiyotsizlik sababli) parol va shaxsiy ma’lumotlarning taqdim etilishi; parolni tanlash va/yoki kodni ochish imkonini beradigan dasturiy vositalardan foydalanish oqibatida Foydalanuvchining hisobga olish yozuvidan uchinchi shaxslarning foydalanishi; parol va hisobga olish ma’lumotlarini tanlash (podbor) yo‘li bilan Foydalanuvchi hisobga olish yozuvidan uchinchi shaxslarning foydalanishi. 8.5. Foydalanuvchi fuqarolik, jinoyat qonun hujjatlari, shuningdek ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq taqdim etilgan shaxsiy ma’lumotlarning ishonchliligi, shu jumladan ularning o‘z vaqtida yangilanishi va tuzatilishiga to‘liq javobgar bo‘ladi. 8.6. Foydalanuvchi ushbu Kelishuv bo‘yicha o‘zining vazifalariga rioya etmaganligi sababli Markazga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi. 8.7. Foydalanuvchi hisobga olish yozuvidan foydalanish uchun o‘zi tanlab olgan vositalarning xavfsizligi (shuningdek aniqlashga nisbatan barqarorlik), saqlanishi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi, shuningdek ularning maxfiyligini mustaqil ta’minlaydi. Bunda Foydalanuvchining hisobga olish yozuvi ostidagi barcha xatti-harakatlari Foydalanuvchi tomonidan amalga oshirilgan deb hisoblanadi. 8.8. Tomonlar ushbu Kelishuv bo‘yicha majburiyatlarni qisman yoki to‘liq bajarmaganligi uchun javobgar bo‘lmaydi, agar bunday bajarmaslik ushbu Kelishuv tuzilgandan keyin va Tomonlar oqilona chora-tadbirlar bilan oldini ololmagan favqulodda tusidagi hodisalar (fors-major) natijasida paydo bo‘lgan yengib bo‘lmas kuchlar holatining oqibati hisoblansa. Bunday favqulodda tusidagi hodisalarga Kelishuvni bajarishga to‘sqinlik qiluvchi suv toshqini, yong‘in, zilzila, tuproq cho‘kishi va boshqa tabiiy ofatlar; urush yoki harbiy harakatlar, embargo, qamallar, hukumat harakatlari kirishi mumkin. 9. Da’volarni ko‘rib chiqish tartibi9.1. Markaz ushbu Kelishuv bo‘yicha majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganda Foydalanuvchi Markazga yozma yoki elektron shakldagi da’vosini taqdim etish huquqiga ega. 9.2. Markaz O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonunida belgilangan tartibda kelib tushgan sanadan boshlab 15 kun ichida da’voni ko‘rib chiqishi va unga javob berishi, agar qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rash talab qilinganda bir oygacha bo‘lgan muddatda da’voni ko‘rib chiqishga majbur. Da’voga javob buyurtma xat orqali, elektron shaklda yuboriladi yoki Foydalanuvchiga imzo qo‘ydirgan holda taqdim etiladi. 9.3. Agar Foydalanuvchi taqdim etilgan javobdan qoniqmaganda, u O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga shikoyat qilish huquqiga ega. 10. Nizolarni hal qilish tartibi10.1. Ushbu Kelishuvni bajarish bo‘yicha barcha nizolar va kelishmovchiliklar Tomonlar tarafidan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi. Download 130.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling