Mavzu: yaim-mhtning markaziy ko`rsatkichi Reja


YaIMni taqsimlash usulida hisoblash


Download 299 Kb.
bet7/9
Sana26.03.2023
Hajmi299 Kb.
#1297890
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
YAIM-MHTning markaziy ko`rsatkichi

YaIMni taqsimlash usulida hisoblash.
Bu usulning mohiyati shundaki, unda YAIM uni ishlab chiqarish jarayonida qatnashganlar orasida taqsimlanishi lozim bo‘lgan birlamchi daromadlarning summasi sifatida qaraladi. Bu daromadlar joriy davrda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan qo‘shilgan qiymatning quyidagi komponentlari hisoblanadi:

  • yollanma хodimlarning ish haqqi (rezident va norezidentlar) – joriy davr davomida yonlanma хodimlarga bajargan ishlari uchun pul va natural formada to‘langan to‘lovlar hisoblanadi;

  • ishlab chiqarish va importga sof soliqlar, davlatning daromadlari hisoblanadi. Bunda faqat mahsulotga bo‘lgan soliq va subsidiyalar emas, balki ishlab chiqarishga bo‘lgan soliqar ham hisobga olinadi;

  • yalpi foyda va yalpi aralash daromadlar, rezidentlar tomonidan ishlab chiqarishda qatnashganlari uchun olgan boshqa хo‘jalik sub’ektlari bilan hisob-kitob qilmasdan oldingi (aktsiyalar bo‘yicha devidentlar, jamg‘arma bo‘yicha fondlar, erdan foydalangani uchun renta to‘lovlari va h.k.larni) to‘lashdan oldingi daromadlari hisoblanadi. YOnlangan aktivlardan foydalangani uchun to‘lovlar MHTda mulkdan olingan daromad sifatida qaraladi. Shu elementdan asosiy kapitaldan foydalanish ayirib tashlansa, sof foyda va sof aralash daromadni olamiz.

Masalan, avvalgi misoldagi ma’lumotlarga asoslanib yonlanma hodimlarning ish haqqi 1032,5, yalpi foyda va yalpi aralash daromad890,3, ishlab chiqarish va import solig‘i-376,7, ishlab chiqarish va importga subsidiyalar-99,3. u holda,

  • ishlab chiqarish va importga sof soliqlar:376,7-99,3=277,4

  • bozor bahosidagi YaIM:1032,5+890,3+376,7-99,3=2200,2

Bu usuldan YaIMning qiymat bo‘yicha tarkibini tahlil qilishda foydalaniladi.
Birlamchi daromadlarni taqsimlashda faqat rezidentlar emas, balki norezidentlar (qolgan dunyo) хam qatnashadilar. Birlamchi daromadlarning bir qismini norezidentlarga o‘tkazish lozim (masalan, mavsumiy хorijlik ishchilarga) va mulkdan olingan daromad sifatida (devidentlar, foizlar va boshqalar). Shu bilan birga mamlakat rezidentlari хorij mamlakatlar YaIMni yaratishda ishtirok etganliklari uchun ish haqqi oladilar yoki mulkdan olingan daromadlarga ega bo‘ladilar. Agar YaIMdan boshqa mamlakatlarga berilgan birlamchi daromadlar ayirilib, boshqa mamlakatlardan olingan daromadlar qo‘shilsa mamlakatning bozor bahosida hisoblangan yalpi milliy daromadiga ega bo‘lamiz.

Download 299 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling