Mavzu: Yangi demokratik davlatlarning zamonaviy tarixi
Asosiy siyosiy partiya va kasaba uyushma birlashmalari
Download 100.69 Kb.
|
zamonaviy davlatlar
Asosiy siyosiy partiya va kasaba uyushma birlashmalari.
Qirgʻiziston agrar partiyasi, 1933-yil tashkil etilgan; Qirgʻiziston agrar mehnat partiyasi, 1994-yil asos solingan; „Ar-Namis“ („Or-Nomus“) partiyasi, 1999-yil tuzilgan; Qirgʻiziston xotin-qizlari demokratik partiyasi, 1994-yil taʼsis etilgan; qirgʻiziston demokratik harakati, 1993-yil. tashkil etilgan; Qirgʻiziston Kommunistik partiyasi, 1999-yil asos solingan; „Mamlakatim“ harakati partiyasi, 1998-yil tashkil etilgan; „Manas-el“ („Manas xalqi“) maʼnaviy tiklanish partiyasi, 1998-yiltuzilgan; Q. kommunistlari partiyasi, 1992-yil asos solingan; „Erkin Qirgʻiziston“ progressiv-demokratik partiyasi, 1991-yil tuzilgan; „Ata-Meken“ („Vatan“) sotsialistik partiyasi, 1992-yil taʼsis etilgan. Q. kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1925-yil tuzilgan. Xoʻjaligi Qirgʻiziston agrar-industrial mamlakat. Yalpi milliy mahsulotda sanoat 20,5 %, qishloq xoʻjaligi 38,4 %, xizmat koʻrsatish tarmogi 12 %, savdo 10,1 % ni tashkil etadi. Sanoatining yetakmi tarmoqlari: mashinasozlik (qishloq xoʻjaligi mashinalari, metall kesuvchi stanoklar, elektrotexnika buyumlari, priborlar va boshqalar), rangli mstallurgiya (simob, surma va qoʻrgoshin-rux rudalarini qazib olish va boyitish), neftni qayta ishlash, yengil (ip-gazlama, jun, ipak matolar, trikotaj, koʻnpoyabzal, tikuvchilik buyumlari ishlab chiqarish, gilam toʻqish; asosiy markazlari — Ush, Bishkek), oziq-ovqat (goʻsht-sut, un-yorma va boshqa, yirik korxonalar Bishkek shahrida joylashgan) sanoati. Koʻmir, gaz va neft qazib olinadi. Qurilish materiallari (sement, shifer, devor panellar) ishlab chiqariladi. Yiliga 12,9 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi (GES va issiqlik elektr stansiyalarida). Norin daryosida Toʻqtagʻul, Uchqoʻrgʻon, Kurpsoy, Toshkoʻmir GESlari, Alamadin GESlar kaskadi ishlaydi. Bishkekda yirik issiqlik elektr stansiyasi mavjud. Qishloq xoʻjaligi uchun yaroqli yerlar maydoni 10,1 mln. gektar (mamlakat hududining 50,9 %). 1 mln. gektar yer sugʻoriladi. Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — chorvachilik (yalpi mahsulotning 55 %), asosan mayin va yarim mayin junli qoʻychilik; sut-goʻsht chorvachili-gi, yilqichilik ham rivojlangan. mamlakatda 988 ming qoramol, 88 ming choʻchqa, 3765 ming qoʻy va echki, 360,7 ming yilqi, 2100 ming uy parrandasi bor (2002). Dehqonchilikning asosiy tarmogʻi — paxta, tamaki, efir moyli ekinlar yetishtirish; shuningdek, yem-xashak ekinlari, gʻalla (bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori), kartoshka, sabzavot, poliz ekinlari ekiladi. Mevachilik, tokchilik va bogʻdorchilik rivojlangan. Qand lavlagi va beda urugi olinadi. Transportining asosiy turi — avtomobiltransporti. Avtomobil yoʻllarining umumiy uz. 28 ming km (19 ming km umumiy foydalanish yoʻllari). Transport yoʻlilar uzunligi 417 km (2002). Issiqkoʻlda muntazam kema qatnaydi. Ichki suv yoʻllari uz. 460 km. „Kirgizstai aba joddoru“, „Itek Eyr“, „Altin Eyr“ milliy aviatsiya kompaniyalari samolyotlari dunyoning bir qancha mamlakatlariga uchadi. q. hududidan Buxoro —Toshkent—Bishkek — Olmaota gaz quvuri oʻtgan; Maylisoy—Jalolobod—Oʻsh gaz quvuri mavjud. Chetga oltin, paxta tolasi, oziq-ovqat, yengil sanoat mahsulotlari, elektr energiyasi, tamaki, metall, jihozlar va boshqa chiqaradi; chetdan sanoat jihozlari va buyumlari, keng isteʼmol mollari oladi. Tashqi savdoda Rossiya, Oʻzbekiston, Xitoy, Germaniya, Qozogʻiston, Turkiya, AQSH bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — som. Download 100.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling