Mavzu: Yangi demokratik davlatlarning zamonaviy tarixi
Download 100.69 Kb.
|
zamonaviy davlatlar
Meʼmorligi
Qirgʻiziston hududidan miloddan avvalgi 4—1-asrlarga oid manzilgohlar topilgan; ular paxsadan qurilgan uylardan, mudofaa devorlari va minoralardan iborat boʻlgan. Qirgʻizlarning anʼanaviy turar joylari yigʻma oʻtov va xom gʻishtdan qurilgan oddiy uylar. 5—10-asrlarda shaharlar paydo boʻldi, qoʻrgʻon va qasrlar, ibodatxona, rabot, karvonsaroylar bunyod etildi. 10-asr oʻrtasi — 12-asrda masjid, minora (Oʻzgan minorasi), maqbara (peshtoq-gumbazli; Oʻzgandagi 3 maqbara) kabi monumental binolar qurildi. 13-asrdan monumental maqbara (Manas maqbarasi, 14-asr) va karvonsaroy (Toshrabot karvonsaroyi, 15-asr), koʻshklar (Oʻsh shahri yaqinida Bobur qurdirgan koʻshk, 16-asr boshi) qurila boshladi. Qirgʻiziston Rossiyaga qoʻshib olingandan keyin shaharlar rivoj topa boshladi. Pishpak (hozirgi Bishkek), Qorakoʻl, Toʻqmoq kabi shaharlar reja asosida (bir qavatli, paxsa va xom gʻishtdan) qurila boshladi. 20-asrning 20-asrlaridan eski shaharlar qayta tiklandi, puxta reja asosida yangi shahar (Jalolobod, Qizilqiya, Koʻkyongʻoq, Talas) va shaharchalar (Koʻktosh, Qorasuv va boshqalar) barpo etildi. 30-yillarning oxiridan binolarda milliy bezaklardan keng foydalanildi (Bishkekdagi Yozgi teatr, meʼmor G. A. Gradov). 40-yillarning oxirlaridan mahalliy sharoit hisobga olingan holda yirik shaharlarning bosh rejalari ishlab chiqildi, shaharlar shu reja asosida qurila boshladi. 1960—70 yillarda binolar yigʻma temir-beton va shishadan barpo etila boshladi (Qirgʻiziston Fanlar akademiyasi binosi, 1960-yillar; Rus drama teatri, 1971; Sport saroyi, 1974, meʼ-mor M.Maruxov; Tasviriy sanʼat muzeyi, 1974, meʼmorlar Sh. Jekshenbo-yev, V. Nazarov, D. Irisqulov, hammasi — Bishkek shahrida; Oʻsh shahridagi „Semetey“ kinoteatri, 1976). Kurortlar qurilishiga eʼtibor berildi (Issiqkoʻl atrofida yirik kurort rayoni barpo etildi). Mamlakatda birinchi yirik panelli toʻqqiz qavatli uy 1975-yil, oʻn ikki qavatli uy 1982-yil, oʻn sakkiz qavatli uy 1985-yilquriddi. Qirgʻiziston hududidan topilgan qadimiy sanʼat asarlari namunalari neolit davriga mansub (Oq choʻnqir qoyatosh rasmlari, Soymalitosh rasmlari). Jez davrida qirma va qolipaki naqshli sopol idishlar tayyorlangan. Qirgʻiziston- ning shimoliy hududlari va Tyanshandan qoʻtos, echki, sher, qoplonlarning bronzadan quyilgan haykalchalari topilgan (miloddan avvalgi 7-asr — milodiy 5-asr). 5—10-asrlarda qabrlar ustiga tosh haykalchalar oʻrnatilgan. 4—5-asrlarga mansub sugʻdiylar qoʻrgʻonidan loydan quyib, har xil rangga boʻyab ishlangan Budda haykali (boʻyi 12 m dan ortiq) topilgan. Oʻtroq aholi oʻrtasida sirlangan sopol idishlar, oʻyma naqsh bilan bezatilgan ostadonlar tayyorlash, koʻchmanchi turkiy qabilalar orasida ot abzallarining qismlarini metalldan bezab tayyorlash rivojlangan: Qirgʻizistonda tasviriy sanʼat rivojida rassomlar V. V. Obrazsov, S. A. Chuykov, haykaltarosh O.M.Manuilova katta rol oʻynadi. 1930-yillardan qirgʻiz milliy rassomligining asoschilaridan biri Gʻ. Aytiyev samarali ijod qildi. 1935-yil Bishkekda badiiy studiya (1939-yildan Badiiy bilim yurti) ochildi. 1930-yillarda rassomlikda manzara janri rivoj topdi (S. A. Chuykov, Gʻ. Aytiyev, S.Oqilbekov va boshqalar). 1930-yillarning oxirlarida grafiklardan L. A. Ilina, A. I. Mixalyov, A. A. Sgibnev va boshqa samarali ijod qildilar. Ikkinchi jahon urushi yillari tashviqot va satirik grafika (plakat, karikatura) yuksaldi, urush qahramonlariga bagʻishlangan rassomlik asarlari, haykallar ijod qilindi. 1950-yillarda portret va manzara janrlari rivojlandi (Gʻ. Aytiyev, S. Oqilbekov). 1950-yillarning oxiri — 60-yillarda A.Usubaliyev, S.Ishenov, D.Jumaboyev, A.Usmonov kabi rassomlar yetishdi. 1960-yillarda haykaltaroshlardan T. Sodiqov, A.Muhiddinov samarali ijod qildilar. Xalq sanʼatida gilamchilik, kigiz bosish, kashtadoʻzlik, charm buyumlari tayyorlash va ularni bezash, kulollik kabi anʼanaviy tarmoklar rivojlangan. Musiqasi qirgʻizlarning asrlar davomida saqlanib kelgan, koʻchmanchi chorvachilikka asoslangan hayot sharoitida rivoj topgan. Shu bois anʼanaviy musiqasida ansambl hamda jamoa ijrochiligi shakllari deyarli uchramaydi, yakka xonandalik va sozandalik yoʻllari asosiy oʻrin tutadi. Xalq qoʻshiq (ir)lari marosim („qoshoq“ yigʻi, „jaramazan“, „beshik iri“ va boshqalar), mehnat („bekbekey“, „shirildan“, „op mayda“), lirik („Seketbay“, „kuy-gen“, „armon“), oʻyin („selkinchek“), shuningdek, „baldar iri“ (bolalar qoʻshiqlari), „qizdar iri“ va boshqalardan iborat. Qirgʻiz shomon-baxshi (baxshi, kuuchu, byubu, emchi va h. q.) lar tomonidan afsun-jodu va tabobat aytimlari ijro etilgan. Boshqa turkiy xalqlarda boʻlgani kabi oqin, manas-chi, jomokchu (terma ijrochilari)ning ijodi keng tarqalgan. Oqinlar nasihat („ulgu ir“, „sanat“), bagʻishlov („arnoo“, „maqtoo“), qutlov („kutuktoo“) qoʻshiqlari, manaschilar „Manas“, „Semetey“, „Seytek“ turkumlari, „Kurmanbek“, „Kojojash“, „Ke-deyxon“ kabi qahramonlik dostonlarini ijro etadi. Musiqa cholgʻulari orasida qad. diddirek, jekesan, shaldiroq, qoʻngʻiroq, ooz qoʻmuz (chsshgkoʻbiz) kabi idiofonlar, puflama sibizgʻa, choor (nay), torli qiyoq, qoʻmuz va boshqa mavjud. Ayniqsa, qoʻmuz va boshqa chol-gʻularda ijro etiladigan yirik shakldagi kuylar („qambarkan“, „kerbez“, „botoy“ va boshqalar) ommalashgan. Xalq orasida manaschilar Sagimboy Orozbakov, Sayakboy Qoralayev, oqinlar Toʻqtagʻul Sotilgʻonov, Qaliq Akiyev, Olimqul Usenboyev, irchilar Atay Ogombayev, Musa Bayotov, qoʻmuzchilar Muzooke Jamankarayev, Kurenkey Belekov, Karamoldo Orozov, Ibray Tumanov, Samarbyubyu Toʻxtaxunova, qiyoqchilar Muratali Kurenkeyev, Said Bekmuro-tov va boshqa mashhur. Anʼanaviy musiqa namunalarini toʻplash va oʻrganish ishlari, asosan, 1920—30 yillarda boshlangan (A. Zatayevich, V. Vinogradov va boshqalar). Shu davrdan boshlab milliy kompozitorlik maktabi ham shakllana boshladi, K. Moldiboyev, M.Abdrayev, A.Tuleyev, A.Omonboyev kabi professional qirgʻiz kompozitorlari yetishdi. Musiqali dramalar („Oltin qiz“, A. Vlasov, V. Fere, 1937; „Oʻlim emas, hayot“, Vlasov, Moldiboyev, Fere, 1938)ning sahnaga qoʻyilishi operalar yaratilishiga yoʻl ochdi, balet, simfoniyalar ijod qilindi. „Manas“ eposi asosida birinchi qirgʻiz operasi („Oygoʻzal“, 1939, Vlasov, Moldiboyev, Fere) yaratiddi. Vlasov va Fere „Anor“ (1940), „Argʻimchoq“ (1943) birinchi qirgʻiz baletlarini, qirgʻiz xalq kuylari asosida ilk simfonik asarlarini (N.Rakov bilan) ijod qilishgan. Vlasov, Moldiboyev, Ferelarning „Manas“ (1946), „Toʻqtagʻul“ (1958) va boshqa operalari, A.Omonboyev, S. L. Germanovning „Aydar va Oysha“ (1952), A.Abrayevning „Boʻron oldida“ (1974) va boshqa operalarda qirgʻiz xalqining erk va baxt uchun kurashi eks etdi. Isteʼdodli ijrochilar yetishdi. Xonandalardan Xalq artistlari S.Kiyizboyeva, A.Moldiboyev, A.Mirzaboyev, X.Muxtorov, K.Sartboyev, T.Seytaliyev, Qirgʻiziston xalq artistlari K. Chodronov, M. Mustayeva, M. Mahmutova, dirijyorlardan Xalq artistlari A. Jumahmatov, K. Moʻldabasanov va boshqa mashhur. Opera va balet teatri (1942), filarmoniya (1936), Q. radio va televideniyesining katta simfonik orkestri (1970), Milliy konservatoriya (1993), Sanʼat instituti (1967), Bishkek va Oʻshda musiqa bilim yurtlari, 100 ga yaqin musiqa maktabi, xalq ijodi markazi mavjud. 1939-yilda Q. Kompozitorlar uyushmasi tashkil topgan. Moʻldabasanovning „Momo yer“ baletoratoriyasi (1975), Omonboyevning „Boʻydoklar“ (1961), N.Davlesovning „Ehtiyot boʻling, kelin“ (1970) va boshqa musiqali dramalari, Tuleyev, A. Jonibekov, E.Joʻmaboyevning simfoniyalari zamonaviy qirgiz musiqasi yutugʻi boʻldi. Qozoqlar — turk urugʻlari siyosiy birlashmalaridan biri(o‘zbek ulusi kabi) ,qozoq ulusi, Qozogʻiston Respublikasining asosiy aholisi. Turk tilining qipchoq lahjasida soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar. Qozoqlarning koʻpchiligi Qozog'iston hududida va Xitoy, Oʻzbekiston, Turkmaniston, Rossiya va Gʻarbiy Mongoliya hududlarida istiqomat qilishadi. Qozoqlarning etnogenezi turli koʻchmanchi qabilalarning uzoq muddat davomida aralashuvi sharoitida kechgan. Qozoqlarning qadimgi ajdodlariga saklar, usunlar va boshqalar kirgan. Milodning boshlarida Orol dengizidan gʻarbda qozoq etnogeneziga tasir etgan alanlar yashagan. VI—VII-asrlarda Dashti qipchoqning janubi-sharqida yashagan qabilalar Gʻarbiy Turk xoqonligi tarkibida boʻlgan. Bu davrda sharqdan turkashlar, telelar, qarluqlar va boshqa qabilalar kelib joylashgan. XII asr boshida hozirgi Qozogʻiston hududiga qoraxitoylar (kidanlar) bostirib kirgan, ular mahalliy turkiy aholi bilan aralashib ketgan. XIII asr boshida moʻgʻullar istilosi davrida Moʻgʻuliston va Oltoydan naymanlar, kereitlar va boshqa qabilalar kirib kelgan. XVI asr boshida gʻarbga qaytib kelgan qozoq qabilalari Qozoq xonligiga birlashadi. Shu bilan qozoq elatining shakllanish jarayoni tugallangan. Qozoqlarning qabila-urugʻlari tarixan 3 guruhga boʻlinib, alohida hududlarda yashaganlar. Ular juzlar deb atalgan (Katta juz, Kichik juz, Oʻrta juz). Tarixda asosiy mashgʻuloti koʻchmanchi chorvachilik, janubdagi baʼzi vohalarda sugʻorma dehqonchilik boʻlgan. Download 100.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling