Mavzu: Yangi demokratik davlatlarning zamonaviy tarixi
Download 100.69 Kb.
|
zamonaviy davlatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Prezidentning imtiyoz va cheklovlari
Konstitutsiyaviy maqomi
Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti davlat boshligʻi, mamlakatning oliy mansabdor shaxsi hisoblanib, davlatning ichki va tashqi siyosatining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi, mamlakat ichida va xalqaro munosabatlarda Qozogʻiston nomidan ish olib boradi. Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti, konstitutsiyaga muvofiq: — xalq va davlat hokimiyati birligi, Konstitutsiya daxlsizligi, inson va fuqaro huquq va erkinliklarining ramzi va kafolati sanaladi. — davlat hokimiyati barcha tarmoqlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini shu bilan birgalikda hokimiyat organlarining xalq oldidagi mas’uliyatini taʼminlaydi. — xalq va davlat nomidan so‘z yuritish huquqiga ega deb qaraladi. Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining shaʼni va qadr-qimmati daxlsizdir. Respublika Prezidenti shaʼni va qadr-qimmatiga tajovuz qilish qonun bilan jazolanadi. Respublika Prezidenti va uning oilasini taʼminlash, boqish va himoya qilish davlat mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Prezidentning imtiyoz va cheklovlari Sobiq Prezident umrbod quyidagi imtiyozlarga ega: Qozogʻiston Prezidenti vakillik organining deputati boʻlishi, boshqa haq toʻlanadigan lavozimlarni egallashi va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi mumkin emas. Barcha sobiq prezidentlar, lavozimidan chetlatilganlardan tashqari, Qozog‘iston Respublikasining sobiq Prezidenti unvoniga ega boʻlib qoladi. Sobiq Prezidentlar Respublika Konstitutsiyaviy Kengashining umrbod aʼzolari hisoblanishadi. Sobiq Prezident parlament palatalarining qo‘shma majlislarida, yangi Prezident inauguratsiyasiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishlarda, respublikaning davlat bayramlarida va davlat tomonidan o‘tkaziladigan boshqa tadbirlarda qatnashish huquqiga ega. Sobiq Prezidentning shaʼni va qadr-qimmati daxlsiz deb hisoblanadi. Shuningdek, uning shaʼni va qadr-qimmatiga tajovuz qilish qonun bilan jazolanadi va taʼqib qilinadi. Sobiq Prezident va uning oilasini taʼminlash, boqish va himoya qilish davlat mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 1) amaldagi Prezidentning qarori bilan amaldagi Prezidentning lavozim maoshining sakson foizi miqdorida pensiya tayinlanadi. Shu bilan birga, sobiq Prezidentning pensiyasi amaldagi Prezidentning rasmiy maoshi oshishini hisobga olgan holda oshiriladi; Sobiq Prezident respublika Prezidentining vakolatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlar uchun javobgar bo‘lmaydi, davlatga xiyonat qilish hollari bundan mustasno sanaladi. 2) Sobiq Prezidentning zarur texnik xizmat koʻrsatadigan kvartira va davlat dachalari boʻlishi, tansoqchilar, haydovchilar bilan taʼminlanadigan shaxsiy avtomashinasi, mamlakat boʻylab bepul sayohati, tibbiy yordam va kurortda davolanishi taʼminlanadi. Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti (Nursulton Abishevich Nazarboyev) mamlakat konstitutsiyasi va qonunchiligida mustahkamlangan alohida mavqega ega hisoblanadi. Xulosa
Darhaqiqat, davlatimiz rahbarining qo‘shni mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlarni mustahkamlash yo‘lida yuritayotgan tashqi siyosati, avvalo, mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni ta’minladi. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekiston, shuningdek, mintaqamizning investitsion jozibadorligiga yo‘l ochdi. Prezidentimizning Oliy Majlisga so‘nggi murojaatnomasining tashqi siyosat bo‘limida Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Davlat yetakchisi tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi bo‘lgan Markaziy Osiyo davlatlari bilan ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va o‘zaro ishonch ruhidagi aloqalarimizni yanada mustahkamlash alohida e’tiborda bo‘lishini ta’kidladi. Foydalanilgan adabiyotlar International Monetary Fund. 27-may 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-dekabr 2011-yil. Data refer mostly to the year 2012.World Development Indicators database, World Bank. Database updated on 1-iyul 2013-yil. Accessed on 2-iyul 2013-yil. Download 100.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling