Mavzu: Yangilanayotgan O`zbekiston: milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari


Download 309.05 Kb.
bet2/3
Sana28.12.2022
Hajmi309.05 Kb.
#1012902
1   2   3
Bog'liq
shakhzad

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 28-dekabrdagi «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga binoan Xalq qabulxonalari tashkil etildi. Uning xodimlari esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining xodimlari hisoblanishi belgilab qo‘yildi. 

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining (keyinchalik Prezident Administratsiyasi) Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati tomonidan mamlakatimizning barcha shahar hamda tumanlarida, chekka-chekka qishloqlarda, mahallalarda ommaviy qabullar, xalq bilan yuzma-yuz suhbatlar tashkil etildi. Qisqacha qilib aytganda, xalq ichiga kirib borildi. Odamlarning yuraklarida yig‘ilib qolgan dardlari, allaqachon hal qilinishi mumkin bo‘lgan-u, lekin to‘rachilik, o‘zibo‘larchilik, sansolarlik oqibatida yillar davomida yechilmay kelgan muammolar yuzaga chiqa boshladi

. Eng muhimi, odamlar dardlarini aytishi, kattayu kichik idoralar rahbarlari bilan yuzma-yuz gaplashishi, muammolariga qisqa fursatda yechim topishi uchun qulay imkoniyat yuzaga keldi. Nafaqat muammolar, ularning talab va takliflariga ham quloq tutildi, bu takliflar yig‘ilib, tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilishi yo‘lga qo‘yildi.


Prezidentimizning “Rahbarlar xalqning xizmatkori bo‘lishi zarur”, “Asosiy maqsadimiz – xalq roziligi, xalq bizdan rozi bo‘lsa, ishimizda unum va baraka bo‘ladi”, degan qat’iy talablari amalda o‘z ifodasini ko‘rsatdi. Bugungi kunda ana shu izlanishlar samarasi sifatida ko‘plab yangiliklar hayotga tatbiq etilmoqda.

Strategiya - bu ta’limotni izlash, ifodalash va rivojlantirish tizimi bo’lib, u izchillik bilan va to’liq amalga oshirilganda uzoq muddatli muvaffaqiyatni ta’minlaydi.

  • Strategiyaning mohiyati taktik vazifalarni belgilashdan iborat. Siyosat, strategiya va taktika - strategik rahbarlik va boshqaruv jihatlari bilan bog’liq uchta mustaqil kategoriyadir. Ularning farqi shundan iboratki, strategiya tasdiqlangan va amalga oshirish uchun qabul qilingan bo’lsa, uning joriy qilinishi strategiyalashtirilayotgan obyektning mayog’iga aylanadi. Taktika esa strategik vazifalarni amalga oshirish bo’yicha kundalik, oylik va yillik (joriy) rejalarni va ularning yechimi bo’yicha tadbirlarni taqozo etadi. Siyosat — bu strategiya va taktikani yagona samarali amal qiluvchi tizimga agregatsiya va integratsiya qilinishidir.

Download 309.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling