Mavzu: Yashil barg pigmentlarini ajratib olish. Fotosintez nima?


Download 2.65 Mb.
Sana13.09.2023
Hajmi2.65 Mb.
#1677437
Bog'liq
Yashil barg pigmentlarini


Mavzu: Yashil barg pigmentlarini ajratib olish.
Fotosintez nima?
🤔
Yashil o‘simliklarning quyosh energiyasi ta’sirida anorganik moddalardan
(suv va karbonat angidriddan) organik moddalar va molekulyar kislorod hosil qilish
jarayoni fotosintez deyiladi. Fotosintez jarayoni quyidagi tenglama asosida bo‘lib
o‘tadi:
Yashil barg pigmentlarini ajratib olish.
Nazariy qism: 1906-1914 yillarda nemis kimyog‘ari R.Vilshtetter
xlorofillning kimyoviy tarkibini har tomonlama o‘rganish natijasida uning elementar tarkibini aniqladi xlorofill "a" – C55H72O5N4Mg va xlorofill "b" - C55H70O6N4Mg. Nemis biokimyog‘ari G.Fisher esa 1930-1940 yillarda xlorofillning tuzilmaviy formulasini aniqladi. Xlorofillar asosan to‘rtta pirrol halqasini birlashtirgan porfirin birikmalar bo‘lib, ular tarkibida magniy va fitol qismi bor. Fitol asosan to‘rtta to‘yinmagan izopren uglevodorod molekulasidan tuzilgan.
Xloroplastlar tarkibida uchraydigan pigmentlar asosan uchta sinfga bo‘linadi:
1) xlorofillar, 2) karotinoidlar, 3) fikobilinlar_
Ishning maqsadi: Yashil o‘simliklardagi fotosintez jarayonida qatnashuvchi pigmentlarning spirtdagi yoki benzoldagi eritmasini olish usullari va ularning ba’zi bir kimyoviy hamda optikaviy xususiyatlari bilan talabalarni tanishtirish.
Kerakli jihoz va reaklivlar
Analitik tarozi
Varonka
СaСO3
10% li HCl eritmasi,
96% li etil spirti,
shtativ
filtr qog‘oz
pipetka
O‘simlikdan yangi uzib olingan yoki quritilgan barg
Benzin
Ishni bajarish tartibi: Pigmentlarning xususiyatlari bilan tanishish uchun,
o‘simliklar bargi tarkibidagi pigmentlarni ajratib olishda quyidagi usullardan
foydalaniladi.
1. O‘sib turgan o‘simlik bargidan bir nechtasini olib, ularning bandi qirqib
tashlanadi, keyin esa oq mato bilan changdan tozalanadi. Changdan
Nima uchun СaСO3 tuzi ham qo‘shib, ezish davom ettiriladi?
2. Mabodo, o‘sib turgan o‘simlik bargidan pigment eritmasini tayyorlash
imkoniyati bo‘lmasa, ilgaridan olib quritib qo‘yilgabargdan ham yuqoridagi
usulda pigmentlarni ajratib olish mumkin.
3. O‘simlikdan yangi uzib olingan barg maydalanib shisha bankaga solinadi va uning ustiga ma’lum miqdorda 96 % etil spirtdan quyib, banka og‘zi tiqin bilan berkitilib, 20-24 soatga qoldiriladi. Bir sutka davomida bargtarkibidan ajralib chiqqan pigmentlar aralashmasi toza yuvilib quritilgan probirkalargafiltrlanadi. Mabodo, maydalangan barg qismlari to‘la rangsizlanmagan bo‘lsa, unga yana ozgina spirt qo‘shib, yaxshilab chayqatiladi va probirkadagi filtrat ustiga filtrlanadi.
?
Nazorat uchun savollar.
1. Barg pigmentlari necha xil va ularning vazifasi nimadan iborat?
2. Xlorofillning pigmenti o`simliklarning qaysi qismida uchraydi?
3. Bargdan pigmentlarni ajratishning qanday usullari bor?
Mavzu yuzasidan fikr va mulohazalar
Download 2.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling