Mavzu: “yashil iqtisodiyot” kursining predmeti va metodi


Download 356.96 Kb.
bet15/22
Sana20.09.2023
Hajmi356.96 Kb.
#1682646
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
1 мавзу

Ushbu tushunchaning mohiyatini yoritib berishda umumqabul qilingan yondashuvning mavjud emasligi “yashil iqtisodiyot” konsepsiyasi hali shakllanish bosqichida ekanligidan dalolat beradi. Ushbu konsepsiya iqtisodiyot tarmoqlari, “yashil iqtisodiyot” nazariyasi, tamoyillari yoki “yashil iqtisodiyot” siyosatiga nisbatan ham qo‘llanilishi mumkin

“YASHIL IQTISODIYOT” KONSEPSIYASINING MAQSADI

barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va investitsiyalar faolligini oshirish, atrof muhit muhofazasi va ijtimoiy integratsiya sifatini yaxshilash hisoblanadi.

Ushbu maqsadga erishish uchun davlat va xususiy investitsiyalarni barqaror rivojlanishning ekologik va ijtimoiy omillariga keng miqyosda yo‘naltirish zarur bo‘ladi.


Fikrimizcha, “yashil iqtisodiyot” barqaror rivojlanish o‘rnini bosa olmaydi va barqaror rivojlanishga erishishga xizmat qiluvchi muhim mezon hisoblanadi.
Barqaror rivojlanishning mazmuni hozirgi avlod o‘z iqtisodiy faoliyatini shunday tashkil etishi kerakki, keyingi avlodlar ulardan kam bo‘lmagan iqtisodiy imkoniyatlar va turmush farovonligiga ega bo‘lishlari lozimligida namoyon bo‘ladi.
Barqaror rivojlanish iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik komponentlarni yaxlit, o‘zaro bog‘liqlikda rivojlantirishni taqozo etadi.
“YAshil iqtisodiyot” konsepsiyasi tarafdorlari amal qilayotgan iqtisodiy tizim aholi turmush darajasining yaxshilanishida muayyan ijobiy natijalarga olib kelganligiga qaramasdan mukammal emas, deb hisoblashadi. Ekologiyaning buzilishi (iqlim o‘zgarishi, cho‘llashish, bio xilma-xillikning yo‘qotilishi), tabiiy kapital cheklanganligi, tugab borayotganligi, kambag‘allik miqyosining ortib borishi, chuchuk suv, oziq-ovqat, energiyaning etishmasligi, odamlar va mamlakatlar o‘rtasidagi tengsizlik kabi muammolar amaldagi iqtisodiy tizimning mukammal emasligini shahodatlovchi holatlar hisoblanadi. YUqorida qayd etilgan sabablarga ko‘ra amaldagi iqtisodiy model “jigar rang iqtisodiyot”, deb ataladi.
Qayd etib o‘tilgan ta’riflarni umumlashtirgan holda “yashil iqtisodiyot”nining tor va keng ma’nodagi ta’riflarini farqlash mumkin.

Download 356.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling