Mavzu: Yem xashak ekinlari yetishtirish texnologiyasi


Yem-xashak ekinlari to‘g‘risida ma’lumot


Download 238.97 Kb.
bet3/4
Sana11.05.2023
Hajmi238.97 Kb.
#1450613
1   2   3   4
Bog'liq
Yem xashak ekinlari yetishtirish texnologiyasi

Yem-xashak ekinlari to‘g‘risida ma’lumot Yem-xashak o‘tlari asosan chorva mollarining to‘yimli ozuqaga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida ekiladi. Yem-xashak tabiiy yaylovzorlardan, pichanzorlardan va maxsus ekilgan yem-xashak ekinlaridan tayyorlanadi. Bu oziqalarning tarkibida hayvonlar uchun zarur vitaminlar, oqsil moddalar, moy va mineral tuzlar mavjud. O‘tlardan tayyorlangan ozuqalar hushbo‘y va oson hazm bo‘ladi. Yem-xashak o‘tlari ko‘p yillik va bir yillik o‘tlarga bo‘linadi. Ko‘p yillik o‘tlar o‘z navbatida g‘allasimon va dukkaklilarga bo‘linadi. Bir yillik o‘tlar ham g‘allasimon va dukkakli o‘tlarga bo‘linadi. Ko‘p yillik g‘allasimon yem-xashak o‘tlariga ajriqbosh, betaga, oq so‘xta, erkak o‘t, suv bug‘doyiq, mastak va raygraslar kiradi. Bularning hammasi qo‘ng‘irboshlar oilasiga mansub ko‘p yillik o‘tlar bo‘lib, bir joyda uzluksiz 4-5 yil davomida yetishtiriladi. Ko‘p yillik o‘tlar erta bahorda ekiladi, ildizlari o‘q ildiz, poyalari g‘alla ekinlarinikiga o‘xshash, barglari cho‘zinchoq, lentasimon, gul to‘plami ro‘vakdan iborat. G‘allasimon ko‘p yillik o‘tlarning ildizlari baquvvat rivojlangan, tuproqning 1,5 m bo‘lgan qatlamidagi ozuqa elementlarini o‘zlashtirib oladi. Erta bahorda va kuzda juda tez o‘sadi. Bu o‘simliklar o‘rib olinganlan so‘ng tuplash qobiliyatiga ega. Bir joyda 20-25 tagacha poya hosil qiladi. O‘rib olingandan so‘ng yana yangi novdalar hosil qilib o‘sib chiqadi. Ayrimlarini 8-10 yilgacha bir dalada saqlab turish mumkin. Ko‘p yillik o‘tlar begona o‘tlarni qisib qo‘yadi. Ayrimlarini ko‘p yillik dukkakli o‘tlar bilan qo‘shib ekish mumkin. Ajriqboshni sebarga bilan qo‘shib ekilganda pichani tarkibida protein miqdori oshadi.

  • Yem-xashak ekinlari to‘g‘risida ma’lumot Yem-xashak o‘tlari asosan chorva mollarining to‘yimli ozuqaga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida ekiladi. Yem-xashak tabiiy yaylovzorlardan, pichanzorlardan va maxsus ekilgan yem-xashak ekinlaridan tayyorlanadi. Bu oziqalarning tarkibida hayvonlar uchun zarur vitaminlar, oqsil moddalar, moy va mineral tuzlar mavjud. O‘tlardan tayyorlangan ozuqalar hushbo‘y va oson hazm bo‘ladi. Yem-xashak o‘tlari ko‘p yillik va bir yillik o‘tlarga bo‘linadi. Ko‘p yillik o‘tlar o‘z navbatida g‘allasimon va dukkaklilarga bo‘linadi. Bir yillik o‘tlar ham g‘allasimon va dukkakli o‘tlarga bo‘linadi. Ko‘p yillik g‘allasimon yem-xashak o‘tlariga ajriqbosh, betaga, oq so‘xta, erkak o‘t, suv bug‘doyiq, mastak va raygraslar kiradi. Bularning hammasi qo‘ng‘irboshlar oilasiga mansub ko‘p yillik o‘tlar bo‘lib, bir joyda uzluksiz 4-5 yil davomida yetishtiriladi. Ko‘p yillik o‘tlar erta bahorda ekiladi, ildizlari o‘q ildiz, poyalari g‘alla ekinlarinikiga o‘xshash, barglari cho‘zinchoq, lentasimon, gul to‘plami ro‘vakdan iborat. G‘allasimon ko‘p yillik o‘tlarning ildizlari baquvvat rivojlangan, tuproqning 1,5 m bo‘lgan qatlamidagi ozuqa elementlarini o‘zlashtirib oladi. Erta bahorda va kuzda juda tez o‘sadi. Bu o‘simliklar o‘rib olinganlan so‘ng tuplash qobiliyatiga ega. Bir joyda 20-25 tagacha poya hosil qiladi. O‘rib olingandan so‘ng yana yangi novdalar hosil qilib o‘sib chiqadi. Ayrimlarini 8-10 yilgacha bir dalada saqlab turish mumkin. Ko‘p yillik o‘tlar begona o‘tlarni qisib qo‘yadi. Ayrimlarini ko‘p yillik dukkakli o‘tlar bilan qo‘shib ekish mumkin. Ajriqboshni sebarga bilan qo‘shib ekilganda pichani tarkibida protein miqdori oshadi.

Download 238.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling