Mavzu: Yem xashak ekinlari yetishtirish texnologiyasi


Download 238.97 Kb.
bet4/4
Sana11.05.2023
Hajmi238.97 Kb.
#1450613
1   2   3   4
Bog'liq
Yem xashak ekinlari yetishtirish texnologiyasi

Xulosa

  • Yem-xashak ekinlarilarining eng katta guruhini koʻp yillik oʻtlar: dukkaklilar — sebarga, beda, shabdar, bersim, esparset, qashqarbeda, oq nilufar va gʻal-ladoshlar (ajriqbosh, betaga, suvbugʻdoyiq, oqsoʻxta, erkakoʻt) tashkil qiladi. Koʻp yillik oʻtlar sof holda va aralash (mas, sebarga bilan ajriqbosh, beda bilan erkakoʻt) ekiladi. Ular yaylov ozigʻi sifatida hamda koʻk massasi pichan, senaj, silos, oʻt uni, donador oziq va briketlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Bu Yem-xashak ekinlari oqsilga (ayniqsa, dukkaklilar), vitaminlarga va mineral tuzlarga boy boʻladi. Bundan tashqari, koʻp yillik oʻtlar yerni azotga boyitadi, chunki ular ildizidagi tuganak bakteriyalar havodagi azotni oʻzlashtirish xususiyatiga ega. Koʻp yillik oʻtlarning aksariyati namsevar oʻsimliklardir. Nam yetishmasa, ularning hosili kamayib ketadi yoki butunlay nobud boʻladi (qurib qoladi), shuning uchun qurgʻoqchil rayonlarda koʻp yillik oʻtlar (eng avvalo beda) asosan sugʻoriladigan yerlarga ekiladi.
  • Yashil konveyr hosil qilish uchun bir yillik oʻtlar ekiladi. Ulardan ham pichan va boshqa ozuqalar tayyorlanadi. Bir yillik dukkaklilardan shabdar, bersim, bahorgi va kuzgi yovvoyi noʻxat, noʻxat ekiladi. Oqsilga boy bu oʻsimliklar, odatda, bir yillik gʻalla ekinlari — suli, arpaga qoʻshib ekiladi. Oʻzbekistonning qurgʻoqchilik rayonlarida qurgʻoqchilikka chidamli bir yillik oʻtlar — sudanoʻt, oqjoʻxori, oqjoʻxori-sudanoʻt duragaylari, mogar, qoʻnoq, shuningdek, cheklangan miqdorda vika, burchoq ekiladi. Koʻp rayonlarda koʻkat ozuqa uchun bir yillik oʻt sifatida kuzgi javdar, tariq, soya, oʻris noʻxat, shuningdek, yangi ekin — tritikale ekiladi. Yaqin vaqtdan boshlab koʻk massa olish maqsadida pane (bahorgi va kuzgi), perko ekiladigan boʻldi.

Foydalanilgan adabiyotlar

  • 1. Baxodirov M., Rasulov А.M., «Tuproqshunoslik» // «O‘qituvchi» Toshkent, 1975., 35-32 b.
  • 2. Boboxo‘jayev I., Uzoqov P. «Tuproqshunoslik» // «Mehnat». Toshkent 1995., 511 bet
  • 3. Rasulov А., Ermatov I. «Tuproqshunoslik dehqonchilik asoslari» // «O‘qituvchi». T. 1980. -386 bet.
  • 4. Boboxo’jaev I, Uzoqov P. Tuproqshunoslik. T.: «Mehnat» - 1995, 512 bet.
  • 5. Bahodirov M. Tuproq va uning unumdorligini oshirish yo’llari. Toshkent. 1957 yil. 82-88 betlar.

Download 238.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling