Mavzu: Yengil atletika tarixi va O’zbekistonda rivojlanishi. Yengil atletika sport turining nechta turlari mavjud
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdishukurov Asilbek
MAVZU:YENGIL ATLETIKA TARIXI VA O’ZBEKISTONDA RIVOJLANISHI. YENGIL ATLETIKA SPORT TURINING NECHTA TURLARI MAVJUD. Reja: 1. Yengil atletika tarixi. 2. Yengil atletika sport turining O’zbekistonda rivojlanishi. 3. Yengil atletika sport turining nechta turlari mavjud. “ Atletika” – yunoncha so’z bo’lib, u bellashuv, kurash, mashq ma’nolarini anglatadi. Qadim yunonistonda kuch va chaqqonlik bo’yicha bellashganlarni atletlar deb nomlaganlar. Sportchilar mashqlarni yengil va o’z xohishiga ko’ra bajarganlar. “Yengil atletika” atamasi ham shu bilan bog’liq ravishda vujudga kelgan bo’lishi mumkin. Yengil atletika 5 ta bo’limdan iborat Yugurish Yurish Sakrash Uloqtirish Ko’pkurash 1. YENGIL ATLETIKA TARIXI Qadimgi Yunonistonning Ellada shahrida eramizdan avvalgi 776-yilda o’tkazilgan 1 Olimpiada o’yinlariga asos solingan. Afsona va tarixiy ma’lumotlarga ko’ra, 1 Olimpiada o’yinlarida atletlar 1 stadiylik ya’ni (600 oyoq izi yoki 192,27m) masofani yugurib baxslashgan. Demak, bu ham yengil atletikani yugurish turining rivojlanishi va musobaqalar o’tkazilishiga sabab bo’lgan. Aynan mana shu masofaga yugurish g’olibi navbatdagi Olimpiada o’yinini o’z yurtida o’tkazishi va Olimpiada mashalasini yoqish imkoniga ega bo’lgan. Birinchi Olimpiada o’yinlarining 1 stadiylik masofani birinchi g’olibi esa Ellada shahridan Koreb ismli atlet hisoblanadi. Keyinchalik Olimpiada o’yinlariga 2 va undan ortiq stadiylik (dasstlab 8, keyin 10, 12 va 24 stadiylik ) masofalarga yugurish turlari kiritiladi . Eramizdan avvalgi 708 yildan Olimpiada o’yinlariga beshkurash (“pentation” : disk o’loqtirish, uzoqlikka sakrash ,nayza uloqtirish, 1 stadiylik yugurish , kurash) musobaqalari kiritiladi. Beshkurash xilma xil turlarni kiritilishi musobaqa ishtirokchilari va muxlislarda o’ziga xos qiziqish uyg’otdi. Bu xildagi yondashuvdan Qadimgi Yunonistonda turli madaniy ma’rifiy tadbirlar va tantanalar munosabati bilan yengil atletika turlari bo’yicha bellashuv va musobaqalar tashkil etilishi orqali xalq orasida uning ommaviyligi ortib borgan. Qadimgi Yunonistonda eramizdan avvalgi V-IV asrlarda yengil atletika asosiy turlariga asos solingan. Eramizdan avvalgi 632 yildagi XXXVII Olimpiadao’yinlaridan boshlab musobaqalarga 18 yoshgacha bo’lgan o’smirlar ham musobaqalarda ishtirok eta boshlagan. Musobaqalar stadionlarda o’tkazilgan bo’lib, kattalar ishtirokidagi bellashuvlardan keyin yugurish masofalari oltidan bir qismgacha qisqartirib o’smirlar o’rtasida o’tkazilgan.Qizlar uchun esa yugurish musobaqalari har besh yelda bir marta o’tkazilgan. Qadimgi Yunonistonda Olimpiada o’yinlari asosiy musobaqa hisoblangan. Bir stadiyga (qisqa masofaga ) yugurishda qatnashuvchilar alohida va to’g’ri yo’lkalarda baland ovozli karnaylar yoki “Diqqat! “ va “Olg’a!” buyrug’ini berish bilan yugurish baxslari boshlangan. Uzoq masofalarga yugurishda esa to’g’ri yo’lka bo’ylab yugurib borib, maxsus to’sinni aylanibqaytib kelish bilan yugurishlar amalga oshirilgan. Keyinchalik Yunoniston Rim emperiyasi tomonidan bosib olinishi oqibatida Olimpiada o;yinlari o’z ommaviyligini va jozibasini yo’qota boshlaydi. Shunga qaramasdan, musobaqalar eramizdan avvalgi 393 yilgacha davom etadi. Feodesiya1 taxtga o’tirishi va u xristian dini raxnamosi bo’lgani sabab, Olimpiada o’yinlari musobaqalari ushbu din e’tiqotiga ko’ra ta’qiqlab qo’yadi XVIII asrda Evropa davlatlarida sakrash,uloqtirish va yugurish bo’yicha musobaqalar o’tkazila boshlanadi. Zamonaviy yengil atletika sport turining vatani xaqli ravishda Angliya hisoblanadi. Ayniqsa, yengil atletika sport turi regbi, Oksford, Kemberj shaharlarida ommalashgan va rivojlana boshlagan. Bu yerda kollej va universtet jamoalari yengil atletikaning butun dunyoda ommalashishida katta hissa qo’shgan. Bu davrlarda yengil atletika bo’yicha musobaqalar talabalar o’rtasida tashkil etilgan. Angliyadagi puldor va amaldorlar musobaqa ishtirokchilari uchun katta miqdordagi pul mablag’lari va qimmatbaho sovrinlar qo’yishgan qo’yishgan. Shu sababdan qo’yilgan yutuq va sovrinlarni qo’lga kiritish uchun qatnashuvchilar soni ortib, yengil atletika turlari yanada rivojlanib borgan. Ushbu musobaqalar va g’oliblar matbuot orqali ommaga targ’ib etilishi natijasida rasmiy musobaqalar o’tkazilib, unda ilk rekordlar qayt etila boshlagan. 1770 yilda soatbay yugurish bo’yicha birinchi musobaqa tashkil etiladi va unda dastlabki rekord natijasi rasmiy qayt etiladi. Unga ko’ra bir soat davomida, atlet 17 km 300m masofani bosib o’tganligi tarixiy manbalardan bizga malum. Keyinchalik yengil atletikaning bu turi AQSH da ham rivojlana boshladi. AQSH yengil atletika havaskorlari Angliyadagi kabi musobaqalarda soatbay va ko’p kunlik yugurishlarga e’tibor qaratadi. Angliya va AQSH da rivojlanishi bilan birga dunyoning boshqa mamlakatlarida ham keng ommalashib bordi. Dastlab Fransiya, keyinchalik Germaniya, Skandiyaviya xalqlari, Rossiya, Janubiy va markaziy Afrika hamda sharqiy Osiyo mamlakatlarida ham taraqiy eta boshlaydi. Shu tariqa XIX asrning oxirlariga kelib, yengil atletika sport turi dunyoning ko’plab mamlakatlarida ommalashib, shug’ullanuvchilar soni orta boshladi. 1770 yilda soatbay yugurish bo’yicha birinchi musobaqa tashkil etiladi va unda dastlabki rekord natijasi rasmiy qayt etiladi. Unga ko’ra bir soat davomida, atlet 17 km 300m masofani bosib o’tganligi tarixiy manbalardan bizga malum. Keyinchalik yengil atletikaning bu turi AQSH da ham rivojlana boshladi. AQSH yengil atletika havaskorlari Angliyadagi kabi musobaqalarda soatbay va ko’p kunlik yugurishlarga e’tibor qaratadi. Angliya va AQSH da rivojlanishi bilan birga dunyoning boshqa mamlakatlarida ham keng ommalashib bordi. Dastlab Fransiya, keyinchalik Germaniya, Skandiyaviya xalqlari, Rossiya, Janubiy va markaziy Afrika hamda sharqiy Osiyo mamlakatlarida ham taraqiy eta boshlaydi. Shu tariqa XIX asrning oxirlariga kelib, yengil atletika sport turi dunyoning ko’plab mamlakatlarida ommalashib, shug’ullanuvchilar soni orta boshladi. 2. YENGIL ATLETIKA SPORT TURINING O’ZBEKISTONDA RIVOJLANISHI. Buyuk mutafakkir olim Ibn sino bemorlarini davolashda gimnastika, suzish, kurash bilan birga tez yurish , yugurish, sakrash, nayza otish, tosh ko’tarish mashqlaridan unumli foydalanishni tavsiya qilgan. Sohibqiron sarkardamiz Amir Temur esa o’z lashkarlarini jismoniy baquvvat, epchil va chidamli qilib tarbiyalashda yengil atletikani past- baland joylarda yugurish (kross) , nayza otish, tosh irg’itish, to’siqlardan sakrab yugurish mashqlaridan muntazam ravishda foydalangan. 1916 yilda Farg’ona shahriga yugurish bo’yicha Rossiyada mashhur bo’lgan Lev Barxash keladi, u yengil atletikada ishqibozlari to’g’aragini tuzib, ular bilan birgalikda Marg’ilon soy qirg’og’idagi velosiped sporti bo’yicha mashqlar va poyga o’ykaziladigan o’yingohni qayta qurib yugurish uchun moslashtiradi, 280 metrlik yugurish yo’liga quradi va hatto, sakrash uchun qo’ndoqlar o’rnatilgan. 1924 yilning mayida Toshkentda, birinchi o’yingoh ochildi. (keyinchalik “Pishchevik “ deb nomlangan). Shu yilning avgust oyida umum Turkiston jismoniy madaniy bayrami o;tkazildi. Sportning to’qqiz turi o’tkazilgan bu musobaqalarda respublikamiz viloyatlaridan 260 nafar sportchimiz qatnashdi. 1926 yil 15 iyulda Toshkentda Shayhantohur tumanida “Spartak” stadionining tantanali ochilish bulib o’tdi. 1927 yildagi umum O’zbek spartakiasi, 1928 yildagi II spartakiada butun ittifoq sparkiadasi oldidan o’tkazilgan. 1932 yilda Toshkent, Samarqand, Farg’ona, Buxoro va respublikamizning boshqa shaharlarida yengil atletika bomiblari majud bo’lib, birinchi sport markazi ochiladi. Bu xayirli ish tezda o’z mevasini beradi. 1938 yili yengil atletika bo’yicha mamlakat birinchiligida o’zbekiston yosh atletchilar jamosi ikkinchi o’rinni egallaydi. N.Seryukova, E.Demchenko, N>Kovtunova, K.Kapustyanskiy , Y,U. Sholom itskiy, V.D robchiniskiylar yuqori natijalarni qo’lga kiritishadi. O’zbekiston yengil atletikachilari 80- yillar oxiriga kelib vatanimizda yengil atletika musobaqalari boshlaganining 100 yilligini munosib kutib olish, shuningdek, 88-yilgi Olimpiadaga yo’llanma olish uchun qizg’in tayyorgarlik ishlari olib borishdi.Bunday qutlug’ sanani nishonlashga o’zbek yengil atletikachilarning1923 yildan 1987 yilga qadar bo’[lgan vaqt ichida xalqaro, Butun ittifoq chempionatlarda qo’lga kiritgan yutuqlar asos bo’ldi. 3. YENGIL ATLETIKA SPORT TURINIG TURLARI Yengil atletikaning asosiy turlari va Olimpiada dasturiga kiritilgan variantlari hamda masofalarning tasnifi bo’limlari turlari xar xil turlari variantlari va masofalari Olimpiya o’yinlari variantlari va masofalarni erkaklar ayollar o’yingoh yo’lkasida yurish 3-50 km 1 soat mobaynida 10 km yurish sportcha yurish shosseda 20-30 km 20,50 km20 km vaqti1 soat mobaynida yugurish Qisqa masofaga yugurish 30-400 m 100, 200,400m 100,200,400m Ctrta masofalarga yugurish 500-2000 m 800-1500m 1 tekis yugirish uzoq masofaga yugirish 3000-10000 m 5000-10000 m yugurish Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling