MAVZU:Yengil avtomobillarda yo‘lovchilarni tashish BAJARDI:HAZRATOV.D TEKSHIRDI:HAMROQULOV.Y REJA: - 1.Yengil avtomobillarda yo‘lovchilarni tashish
- 2. Logistikada marshrutlashtirishning o‘rni.
- 3. Shahar yo‘lovchi transportini ijtimoiy va mantiqiy tizimlarini munosabati
- a) taksi avtomobillarda pasajirlarni tashish; Yengil avtomobillarda yo‘lovchilarni tashish avtobuslar bilan tashishga nisbatan foydalanilayotgan transport vositalari va tashish ishlarni tashkil etish tamoyillarga ko‘ra tubdan farqlanadi. Yengil avtomobillarda yo‘lovchilarni tashish asosan quyidagilarga bo‘linadi: maxsus taksi avtomombillarda yo‘lovchilarni tashish; xizmat yuzasidan 65 yo‘lovchilarni yengil avtomobillarda tashish. Keyingi tashishlar qatoriga aholi buyurtmasiga binoan tantanalarga xizmat etuvchi yengil avtomobillar ishlari ham kiradi. Bundan tashqari aholining shaxsiy mulklari bo‘lgan yengil avtomobillarda tashishlar ham bor. Yengil avtomobillarda yo‘lovchilar tashish ishlarining aksariyati yengil taksi va shaxsiy mulk egalari avtomobillari zimmasidadir.
- Taksi yengil avtomobillarda shahardagi yo‘lovchilarni eng qulay tashish turlariga kiradi. Ammo, taksi yengil avtomobillardagi yo‘lovchilarni tashish shahar marshrut transporti almashtirolmay, ularga qo‘shimcha transport turi bo‘lib, aksariyat hollarda vaqti ziq bo‘lgan yo‘lovchilarni tashishlarda, yo‘lovchining talabiga binoan u aytgan “eshikdan-eshikgacha” bo‘lgan tashishlarda, yukli yo‘lovchilar qatnovida, shahar yo‘lovchilar transportning boshqa turi bo‘lmagan hududlardagi tashishlarda yoki shahar yo‘lovchilar transporti ishlamaydigan tungi soatlardagi tashishlarda ishlovchi yo‘lovchilar transporti hisoblanadi.
- Ayrim hollarda yengil avtomombillardan shahar atrofi, qishloq joylardagi va shaharlararo yo‘lovchilar tashishda ham foydalaniladi. Yengil taksi avtomobillarni ishlatishlikda ulardan jadal foydalanish xarakterlidir. Sutka davomida bunday avtomobillar 13-14 soat ishda bo‘lib, o‘rtacha bosib o‘tish masofasi 200-250 km.ni tashkil etadi. Aksariyat hollarda yengil taksi avtomobillardan foydalanuvchi yo‘lovchilar yuk bilan qatnovchi yo‘lovchilardir. Shuning uchun ham taksidan foydalaniladigan avtomobillarga texnik jihatdan yuqori darajada ishonchli, dinamik sifati yuqori, yo‘lovchilarni o‘tirish va ular yuklarini joylashtirish qulay bo‘lishi talablari qo‘yiladi.
- Barcha yengil taksi avtomobillarida kira haqini o‘lchab boruvchi asbob- taksometr hamda chiroqli signal qurilmalari bo‘lishi lozim. Bunda ko‘k chiroqli signal taksi bo‘shligini, qizil chiroqli signal uning aksi, ya‘ni bandligini ko‘rsatadi. Taksometrning bir necha xil kira haqini hisoblovchilari bo‘lib, avtomobil harakatiga uzatmalar qutisi orqali ishlaydi, agar buyurtmachi talabiga binoan kutib turilsa yoki harakat tezligi 15 km/soatdan kichik bo‘lsa, asbob ichiga o‘rnatilgan soat mexanizm bilan avtomobildan 66 foydalanish haqi hisoblanib boriladi. Taksometr asbobi Davlat standarti talabiga binoan va avtomobil spidometri (harakat tezligi ko‘rsatuvchi asbob) kabi plombalanishi shart.
- Zamonaviy iqtisodiy matematik uslublar va modellarni, hamda hisoblash texnikasini keng qo‘llamay turib, logistik tizimni ishlab chiqish va amalga oshirish mumkin emas. Bunday tasdiq shunga asoslanadiki, logistik tizim tashkil bo‘lishi, faoliyat yuritishi axborot va moddiy oqimlarni boshqarishda talab qilinadigan g‘oyat katta miqdordagi hisob-kitob operatsiyalari, hamda ko‘p variantli hisob-kitoblar bilan bog‘liq. Logistik tizimning asosiy maqsadi tovar harakati bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish bo‘lganligi sababli logistik tizim elementlari, xususan ta’minotchilar, iste’molchilar va transport tashkilotlari o‘rtasidagi eng ma’qul xo‘jalik aloqalarini o‘rnatish bo‘ladi.
- Har qanday logistik tizimlarni boshqarishning samaradorligini miqdoriy baholash uchun tizimdagi jarayonlaning matematik modelini ishlab chiqish kerak. Bugungi kunda logistik jarayonlarning (shu jumladan tashish jarayonlarining) matematik modellarini shartli ravishda ikki turga analitik va statistik modellarga ajratish mumkin. Bunda matematik modellar asosida marshrutlashtirishga to‘xtalamiz. Ayni paytda mazkur masalaga oid qator xususiyatlar masalan, yuk oluvchi (yoki jo‘natuvchi) tutashma manzilni tashish hajmiga bo‘lgan ehtiyojining texnologik xarakteri, mazkur ehtiyojni qondirilishi marshrutlar yo‘nalishlarida unga jo‘natuvchilardan olib kirilayotgan (yoki undan olib chiqilayotgan) yuk oqimlariga bog‘liqligi va bu oqimlar esa avtokorxona avtotransport vositalari (AV)ni yo‘nalishlarga samarali taqsimlash asosida logistik boshqarilishi mumkinligi, yo‘nalishlarga taqsimlanayotgan AV soni ularning yuk jo‘natish (yoki qabul qilish) imkoniyatlaridan to‘la foydalanish va tashish harajatlarini minimallashtirish mezonlariga muvofiq aniqlanishi lozimligi va shu kabi muhim holatlar hisobga olinmagan.
- Shahar mikrotumanlari yoki yo‘lovchilar oqimi ko‘p bo‘lgan yirik uzellardagi korrespondentlar (ya‘ni yo‘lovchilar) tashuvchi yo‘llarni yoki marshrutlarni tashkil etish asoslari bo‘lib, ularning yig‘indisi shahar transport shohobchalarini tashkil etadi. Aytilgan shohobchalarni shahar hududlariga oqilona joylashtirish va turli xildagi shahar transportlari orasida yo‘lovchilar tashish ishini muvofiqlashtirishda marshrutlarni iloji boricha yo‘lovchilar qatnovi uchun zarur bo‘lgan vaqtni tejash, ya‘ni uni minimal bo‘lishi, harakat muntazamligi va tekisligini hisobga olib, marshrutlarni to‘g‘ri chiziqli bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Bunday talablarni bajarish uchun harakatni eng qisqa yo‘nalish bo‘yicha (amalda bor yo‘l va ko‘chalarni hisobga olib), aholi zich yashaydigan va markazni chetki tumanlar bilan birlashtiruvchi hamda turli xil, eng avvalo bor metropoliten transportlari bilan (agar bunday transport bo‘lsa) tutashuvchi marshrutlar tashkil etilishi tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |