Minerallarning hosil bo'lishi. Minerallar asosan, ma'lum termodinamik sharoitda hosil bo'ladi. Hozirgi ma'lumotlarga ko'ra, mavjud minerallarning asosiy qismi Yer qobig’ining ichki qismida qaynoq magma (eritma) ning asta-sekin kristallanishida yoki uning mahsullari (gaz, par, qaynoq suv eritmalari va boshqalar) ning yon atrofdagi jinslar bilan o'zaro reaktsiyaga kirishishidan hosil bo'ladi. Bularni birlamchi endogen minerallar deyiladi. Ular atmosfera, biosfera va gidrosferada ikkilamchi minerallarga aylanadilar. Yerning ta'sirida ustki qismida hosil bo'lgan bunday tabiiy birikmalar ekzogen minerallar deb yuritiladi.
Ekzogen minerallar o'z navbatida Yer qobig’ining cho'kishi natijasida yoki magmaning ko'tarilishi, tog’ hosil qilish harakati natijasida yana boshqa bir holatga o'tadilar. Ular bunday sharoitda turg’un bo'lmaydilar, Yuqori temperatura va bosim ta'sirida yangi sharoitga moslangan metamorfogen minerallarga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |