Mаvzu: Yer po’stining mineral tarkibi


Yer po’stining mineral tarkibi


Download 1,66 Mb.
bet2/8
Sana08.11.2023
Hajmi1,66 Mb.
#1758611
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9 ma\'ruza Yer po\'stining mineral tarkibi

8.1. Yer po’stining mineral tarkibi
Yer qobig’ining ichida va uning sirtida bo'lib turadigan xima-xil fizik-kimyoviy va termodinamik jarayonlar natijasida vujudga kelgan tabiiy kimyoviy birikmalar yoki sof tug’ma elementlar minerallar deb yuritiladi.
Yerning ustki qattiq qobig’i litosfera deb ataladi. U turli tog’ jinslaridan, kamroq ma'danlardan tuzilgan. Tog’ jinslari va ma'danlar har xil minerallardan tashkil topgan. Bu termin qadimiy “mineral”, ya'ni ma'danli tosh, ma'danning parchasi degan so'zdan kelib chiqqan.
Minerallar Yer qobig’ida sodir bo'ladigan xilma-xil fizik-kimyoviy jarayonlarning tabiiy birikmalaridan iborat. Tabiatdagi minerallar, asosan qattiq holatda uchraydi, lekin simob, suv va neft kabi suyuq minerallar ham bor. Gazsimon minerallardan esa karbonat angidridi, vodorod sulfidi, sulfid angidrid gazi va boshqalarni misol qilib ko'rsatish mumkin.
Hozirgi vaqtda taxminan 4000 dan ortiq minerallar va ularning turi turi aniqlangan. Tog’ jinslarining hosil bo'lishida, asosan faqat 50 taga Yaqin mineral qatnashadi. Bunday minerallar jins hosil qiluvchi minerallar deb yuritiladi.
Jins hosil qiluvchi minerallarning paydo bo'lish qonuniyatlarini, tarkib va fizik xossalarini bilmasdan turib tog’ jinslarini o'rganish mumkin emas.
Minerallarning fizik xossalari. Minerallarning muhim fizik xossalarini aniqlashda kimyoviy, termik va boshqa analizlar natijalaridan foydalaniladi. Ularga quyidagilar kiradi:
Morfologik xossalari - kristalli shakllari, ularning tabiiy o'simtalari, agregatlarining tuzilishi, konkretsiyalar, jeodalar, oolitlar.
Optik xossalari - mineral bo'lagining rangi, izining rangi, tiniqligi, yaltiroqligi.
Mexanik xossalari - mineralning qattiqligi
(Moos shkalasi), ulanish tekisligi, sinishi va mo'rtligi.
Kimyoviy xossalari - xlorid kislota bilan o'zaro reaktsiyasi, erishi, mazasi va hidi.
Boshqa xossalari - solishtirma og’irligi va magnitlik xususiyati.
Talabalar minerallarning fizik xossalarini Yaxshi o'zlashtirishlari uchun quyida ularning qisqa ta'rifini keltiramiz.
Minerallarning qattiqligi - mineralning tashqi mexanik kuchga nisbatan (tirnashga yoki boshqa) qarshilik ko'rsatish darajasi. Qattiqligini mineralning yangi yuzasida aniqlash kerak. Nuragan minerallar, mayin va tuproqsimon minerallar agregati kam qattiqlikka ega. Quyida Moos shkalasidagi 10 ta mineralni keltiramiz.

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling